Lablarni katta qilish: usullari, yo’llari, pardoz qilish qoidalari, massaj qilish

Dushanba23:11


Bizning zamonamizda «o’lchov ahamiyatga ega» umumiy iborasi nafaqat erkaklarga tegishli. Insoniyatning nozik yarmi uchun, bu nafaqat ko’krak yoki sonlarning hajmiga, balki lablarga ham taaluqlidir. Qadim zamonlardan beri hajmdor lab sohibalari ko’proq pushtli hisoblangan. Salobatli lablar sog’lom avlod yaratish uchun erkaklarni mayoq kabi jalb qilgan.

Bu fakt erkaklarning genetik xotirasida saqlanib qolgan. O’z-o’zidan yozilmagan go’zallik idealiga mos kelish va insoniyatning kuchli yarmida qiziqish uyg’otish sabab qizlar doimo lablarni katta qilish uchun harakat qilishgan.

Qadimgi Misrda bu maqsadda moylar va ilon zahari ma’lum miqdorda aralashtirilib, lablarga tatbiq etilgan. O’rta asrlarda lablarni kattaroq qilish uchun tatuaj sohasida birinchi muolajalarni qilishga harakat qilishgan.

Lablarni 3D-hajmini yaratish bo’yicha jarrohlik operatsiyalari kashf qilingach, ular juda keng tarqaldi. Biroq, bizning davrimizda invaziv estetik vositalar (gialuron kislta (filler), botoks, turli gellarga asoslangan inyektsiya) allaqachon skalpelga raqobatdosh bo’lib ulgurishgan.
Mavsumdan mavsumga qadar katta lablar urf to’lqinida bo’lmoqda, shuning uchun kosmetologlar va jarrohlar mijozlar yakunini ko’rishmayapti. Angelina Joliniki singari lablar sohibi bo’lishni xohlaydiganlar soni tobora ortib bormoqda.

Bir tomondan, kichik «tabiat nuqsonini» tuzatish uchun mutaxassisga ishonish o’zini o’zi his qilish va psixologik holatni yaxsh ... Читать дальше »

Erkakka yoqmaydigan ayolmisiz?

Yakshanba00:04


O'zbek ayoli deganda, birinchi o'rinda hamma narsaga ko'nikuvchan, sabrli, chidaydigan ayolni ko'z oldimizga keltiramiz.

Eri qo'pollik qiladi, chidaydi. Uradi, chidaydi. So'kadi, chidaydi. Boqmaydi, chidaydi. Kamsitadi, chidaydi.
Bu ro'yhatni uzoq davom ettirsak bo'ladi. Muhimi, o'zini o'zi kamsitadigan o'zbek ayollari juda ko'p.

Aslida o'zbek ayoli uyida shunday tarbiya oladiki, erkak doim haq. Ursa ham, so'ksa ham u haq. Chunki u erkak.
O'zbek oilasida erka bo'lib o'g'il o'stiriladi. Unga hammasi mumkin. O'g'il dunyoga kelsa, hamma xursand. Qiz tug'ilsa, muotam tutadiganlar ham yo'q emas. Mana shunday oilalarda qiz bola tug'ilganidan aybdordek o'sadi. U tushgan joyiga borsa ham, mana shu aybni yelkasida ko'tarib boradi. Eri qo'pollik qildimi, demak ayol shunga loyiq. Ahir uyida ham ota-onasi doim uni kamsitardi, yerga urardi, "senga yaxshi gap yaramaydi" deb tanbeh berardi.
Mana shunday mentalitet bilan birovni uyiga tushgan ayol, ya'ni o'zini o'zi kamsitgan, o'z ota-onasiga to'g'ri ma'noda erka bo'la olmagan, o'z qizlik uyida hurmatga sazovor bo'lmagan ayol hech qaysi erga keyinchalik yoqmaydi!
Yaxshiyamki, shunday oilalar borki, unda o'g'ildan ko'ra qizlar ko'proq mehrga to'yadilar. Bunday oilalarda qiz ham o'g'il ham birdek suyukli bo'ladi. Tantiq qiz emas, lekin mehrga to'ygan, oilada kamsitilmagan, nafsoniyati yerga urilmagan qizlar hayotda er bilan baxtli bo'lishida imkoniyati ko'proq. Nega?
Chunki mehrni o' ... Читать дальше »

Ayollar jinsiy a’zosini toraytirish: muolajalar, tabiiy yo’llari, tug’ruqdan keyin qinni tiklash

Shanba01:13


Ayollar jinsiy a’zosini toraytirish va uni oldingi tarangligini qaytarish — bu kabi savollar qin mushaklari tonusi va elastikligining pasayishi muammosiga duch kelgan ayollar tomonidan ko’p so’raladi. Ayolning chiroyliligi asosan, uning sog’lig’i va jismoniy holatiga har doim g’amxo’rlik qilishi kerak bo’lgan ayol a’zolari tomonidan belgilanadi. Ammo odatda menopauzaning boshlanishi va tug’ruqdan keyin jinsiy yo’llar (qin devorlari) elastiklik va tonusini yo’qotadi va kengayishi qayd qilinadi.

Ayollar jinsiy a’zosini toraytirish: ularning kengayishi sabablari
Mushak tonusini kamayishiga xizmat qilgan omillar bir nechta bo’lishi mumkin. Eng keng tarqalganlariga:
-Tug’ruq va tez-tez abort qilish;
-Ayollarda 50 yoshdan keyin yuzaga keladigan organizmdagi fiziologik o’zgarishlar;
-Muntazam surunkali ich qotishi;
-Jinsiy a’zolarda operatsiyalar o’tkazilishi;
-Mushaklarni ortiqcha jismoniy zo’riqishi tufayli zaiflashishi;
-Profilaktik choralar yetishmasligi.
Qin mushaklarining kuchsizligini nafaqat jinsiy xohishning kamayishi, balki nazoratsiz siydik chiqarish, sekretsiya faolligining pasayishi, jinsiy aloqa vaqtida noqulaylik, og’riq, achishish kabi belgilar orqali aniqlash mumkin.


Bunday o’zgarishlar muqobil tibbiyot va farmatsevtik preparatlar, gimnastika mashqlari yoki jarrohlik aralashuvi yordamida majburiy tuzatishni talab qiladi

Ayollar jinsiy a’zosini tab ... Читать дальше »

ЭРКАКЛАРНИ ҚАНДАЙ СЕВИШ КЕРАК?

Shanba00:31


Аёллар ҳиссиётга берилувчан бўлишади, бу ҳеч кимга сир эмас. Биз ҳамма ишни жўшқинлик билан амалга оширамиз, айниқса, муҳаббат бобида. Лекин эрни нафақат туйғу, балки ақл билан ҳам севиш керак. «Қандай қилиб, шунақаси ҳам бўларканми?» дейишга шошилманг. Яхшиси, қуйидаги 10 маслаҳатга амал қилишга уриниб кўринг.
1. Муносабатларнинг қадрига етинг
Унда-бунда, эсингизга тушганда эмас, ҳамиша, ҳар доим, ҳар дақиқада. Икки инсон бир-бири билан нима мақсадда никоҳ ришталарини боғлайди? Бир-бирини бахтли қилиш, қўша қариш, ували-жували бўлиш... Ҳар сафар эрингиздан норози бўлганингизда, уни қайта тарбиялаш, танқид қилиш, заҳарингизни сочишга шайланганингизда, дўстларию яқин қариндошларини ёмонлашга оғиз жуфтлаганингизда, болангиз ёки шимининг ранги борасида баҳслашишга киришганингизда шу гапни эсланг: сизга бахтли бўлиш муҳимми ё ҳақ бўлиш? Кўпинча аёллар йўқ жойдан муаммо ўйлаб топишади ва унга жуфтларининг муносабати ўзлари кутгандек бўлмаганидан жаҳлланиб, муаммонинг миқёсини оламшумул даражага олиб чиқишади.
2. Мақтанг!
Агар мақтовга арзирли жиҳатлари бўлмаса, ҳеч бир иши кўнглингизга ўтиришмаса, нима учун унга турмушга чиққансиз? Бирор фазилати бордирки, ёқтиргансиз, севгансиз. Ўша жиҳатларини ёдда тутинг. Турмуш ўртоғингиз учун талабчан бошлиқ, маслаҳатгўй она ёки инжиқ қиз ролига кирманг. Шунчаки, унга ғамхўрлик қилинг-у, аммо буни жуда бўрттириб юборманг. Муҳими, эрингизни мақтаб туринг. Йўқ эмас, бор сифатларини айтиб, самимий равишд ... Читать дальше »

Бўлажак келинчакларга 20 маслаҳат

Chorshanba23:02


Тўйдан олдинги ният
1. Синглим, тўйдан олдин ҳам, кейин ҳам ўйламай гапирадиган янгалар, катта ёшли аёлларнинг никоҳнинг биринчи кечаси, ҳомиладорлик ва туғруқ, қайноналарнинг «анаконда»лиги, эрнинг севмай қўйиши ҳақидаги ваҳимали гапларига қулоқ солма. «Менда бундай бўлмайди! Худо хоҳласа, бахтли яшайман! Қайнонам билан она-боладек бўламан, умр йўлдошим учун бир умрлик севимли ёр бўлиб қоламан!..» дея ЯХШИ ният қил. «Қиз боланинг тўйдан олдин қилган ниятлари амалга ошади» деб сен ҳам кўп эшитгандирсан? Сен бахтли ҳаётингга ишон ва ўйлаганингдек бўлмай, хафсаланг пир бўлишини ўйлама! Унутма, фикрлар моддийлашади. Шундай экан, ўзингга хаёлингда ҳам ёмонликларни «чақирма», фақат яхшиликларни ўйла!

Оналикка тайёргарлик
2. Тўйдан олдинги ниятларинг ичида ОНА бўлиш орзунг ҳам акс этсин. Агар талаба бўлсанг, «тўйдан кейин дарров бўйимда бўлиб қолмасин-да, ўқишимни тугатиб олай, кейин туғаман» дея ўйлама (ҳаётда шундайлар йўқ эмас) . Іамма нарса ўз вақтида бўлгани яхши. Қайсидир танишинг ёки қариндошинг, қўшнинг каби бефарзандликдан қийналиб, дўхтирма-дўхтир югуриб юрмаслик учун тўйдан олдин албатта тиббий кўрикдан ўт, лозим топилса, беэътибор қолдирмай, даволан. Ёдингда бўлсин, бу тўйдан кейинги югур-югурлардан кўра сенга ҳар томонлама анча «арзонга» тушади.

Никоҳ кечасида...
3. Илк никоµ кечасида аввало Яратгандан никоµнинг хайрли бўлишини сўра. Қолаверса, келин-куёвнинг бу пайтда икки ракаат нафл намози ўқишид ... Читать дальше »

Чиройли қомат сари 4 қадам

Chorshanba22:27


Иш, уй, болалар ва яна иш… Фитнесга, машғулот залларига боришга вақтингиз йўқми? Қайғурманг! Ушбу машқларни қаерда истасангиз ва қачон xоҳласангиз, бажаришингиз мумкин. 1 ҳафта ўтибоқ натижа сезила бошлайди.

1. Қориндаги ёғлардан халос бўламиз!

Стул ёки креслога суяниб ўтиринг. Қўлларингизни текис тутган ҳолда стулнинг ўнг тарафига қўйинг. Тиззаларни секин кўтаринг. Товонлар полдан 15-20 см. кўтарилсин. Бир неча дақиқа тиззангизни шу ҳолатда ушлаб туринг. Ва яна секин тушуринг.

2. Бўксангиз қоматингизга мос бўлиши учун…

..лифтни эсингиздан чиқаринг. Иложи борича зиналардан тушиб-чиқинг.

Оёқлар чигилни ёзамиз!

Ишxонада, жамоат транспортида, ошxонада, телевизор қаршисида умуман қаерда бўлса ҳам, қандай оёқ кийимда бўлса ҳам, бу машқни бажара оласиз.
Аввал оёқ учини кўтаринг, сўнг товонни навбатма-навбат кўтариб тушуринг. Оёқларингиз толмагунича машқни такрорлайверинг. Бу машқ нафақат оёқларни гўзаллаштиради, балки варикознинг ҳам олдини олади.

Умуртқа поғонаси учун…

Қоматингизни тик тутинг, елкаларни орқага то кураклар бир-бирига текканини ҳис қилгунингизча ушлаб туринг, бошингизни юқорига кўтаринг-да, тўғрига қараб юринг. Бошида бундай юриш сизга қийинлик туғдириши мумкин, аммо кейинчалик кўникасиз.

Xipcha belga erishish uchun nima qilish kerak?

Dushanba19:54


Qomatni qumsoat shakliga o‘xshatish juda
qiyin. Lekin mashqlarga va ovqatlanishga
alohida e’tibor qaratilsa, barcha qiyinchiliklarni
yengish mumkin!

Bel aylanasi qanday bo‘lishi kerak?

Eng asosiysi bel, tos va ko‘krak bir-biriga
mutanosib ko‘rinishi lozim. Bo‘yingiz
uzunligidan 100 ni ayirib tashlang, qolgani
sizga bel uchun o‘rtacha o‘lcham hisoblanadi.
Ya’ni, agar bo‘yingiz 165 santimetrni tashkil
qilsa, siz uchun 65 santimetr uzunlikdagi bel
aylanasi optimal hisoblanadi.

Bel aylanasi uzunligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri
organizmdagi ayollar gormonlari miqdoriga
bog‘liq. Ular qomatning go‘zalligi va
xushbichimligiga javob beradi. Xipcha bel
uchun kurashishni boshlashdan oldin
mutaxassisga uchrashish xalal bermaydi.

Ingichka bel uchun mashqlar
Belni xipcha qilish uchun o‘nlab mashqlar
mavjud, mashq dasturini aniqlab olish uchun
ularni o‘zingizda sinab ko‘ring.

Ayniqsa, massajli pufaklari bo‘lgan
xulaxup (obruch) belni xushbichim
qilishda eng oddiy va samarali asbob
hisoblanadi .
Obruchni har kuni va kamida
yarim soat aylantirishni tavsiya qilamiz.

Yonboshga yotib oyoqlarni ko‘tarish.
Mashqlarni o‘zingizga qulay bo‘lgan har
qanday joyda bajarishingiz mumkin
, bu
mashqlar qisqa vaqt ichida belni ingichka
qilis ... Читать дальше »

Ayollarga emas erkakka yoqing, ayollar

Juma05:43


Bir nazar bilan qaraganda, g'alati
eshitilsa kerak. Shundoq ham erkakka
yoqish harakatida bo'ladiku, ayol?
Ayol o'ziga zeb berayotganida aslida
erkakka yoqish uchun harakat qiladi,
to'g'ri, lekin haqiqattan uning qilgan ishi
erkakni ko'ziga mo'ljallanganmikin?
Ayollar yoqimli ko'rinish uchun asosan
nima qiladilar?

Manukyur-pedikyur qilish;
O'ziga jalb qiluvchi, tor, ochiq-sochiq
yoki bayramona kiyimlar kiyish;
Juda uzoq va puxta bo'yanish,
bo'yanayotganda kiprikning har bir
donasiga ahamiyat bergudek bo'lish;
Sochini kerakli shaklga keltirib
turmaklash;
Taqinchoqlar taqish;
va hokazolar.

Endi bir o'ylab ko'raylik yoki eslab
ko'raylik, erkaklar bunga yoki shu
harakatlarimiz natijasiga qanchalik
ahamiyat beradilar?


Agar ayoli aytmasa, umuman ahamiyat
bermaydi yoki ayolini harakat qilganini
ko'rib uni ko'nglini olish uchun ahamiyat
berganligini aldaydi.
Erkakka bo'yalgan tironqlar emas, toza
va qaralgan tirnoqlar muhim. Qo'l va
oyoqlar teri qotib qurib ketmaganligi
muhim. Silaganida yoqimli bo'lishi
muhim. Lakning rangini esa u umuman
ko'rmaydi.

Biling, sizning chiroyli manikyuringiz
faqat boshqa ayollarga yoqishi mumkin.
O'ziga jalb qilish uchun kiyilgan ochiq-
tor yoki umuman zebli kiyimlar erkakni ... Читать дальше »

Туғруқдан кейинги қорин муаммоси…

Yakshanba00:25


Қуйидаги машқларни мунтазам
бажариб борсангиз, қорин
мушакларини чиниқтириб,
таранглашишига эришишингиз
мумкин.


1. Ён тарафингиз билан ётинг. Аввал ўнг,
сўнг чап оёқни юқорига кўтариб, қайчи
машқини бажаринг. Бу машқ бўксадан
қорин мушакларига зўриқиш тушишини
таъминлайди.

2. Кукрак билан ётинг. Нафас олганда қорин
мушакларини ичкарига тортинг. Нафас
чиқарганда бўшатинг. Машқни 6-8 марта
бажарасиз.

3. Ён тарафингиз билан ётинг. Бош салгина
кўтарилган, оёқ тиззасини букиб, олдинга
ҳаракатлантиринг.

4. Оёқ тиззаси ва қўл кафтига тиранганча
машқ гиламчасига жойлашинг. Саноқ
бошида чап қўл ва ўнг оёқни юқорига
кўтариб, туширинг. Машқни ўнг қўл ва чап
оёқ билан ҳам бажарасиз. Такрорийлиги 8
марта.

5. Деворга суянинг. Ўтириб-туриш машқини
бажаринг. 8 марта.

ВАЗН БИЛАН КУРАШИШГА ЁРДАМ
БЕРАДИ


– Фарзандингиз билан бир кунда икки
маҳал сайёр қилинг. Эрталаб ва кечқурун.
Пиёда юриш кун давомида истеъмол
қилинган маҳсулотлар калориясини
парчалашда ёрдам беради.

– Эмизикли аёллар бир кунда ўртача 500
килокалорияни йўқотишади. Ишониш қийин-
а?! Бироқ ҳақиқатан ҳам шундай. Шу боис
ҳам болани кўпроқ эмизиш тавсия этилади.

– Таомланганда сабзавотларга эътибор
беринг. Хами ... Читать дальше »

Ҳомиладор аёллар учун фитнес

Chorshanba16:05


Оналик қоматни қандай ҳолга келтиришини
ҳамма яхши билади. Ортиқча вазн, тонусини
йўқотган қорин мушаклари, томирларнинг
варикоз кенгайиши — фитнес ёрдамида бу
ёқимсиз ҳолатлардан қутулиш ёки ҳеч
бўлмаса камайтириш мумкин.

Ҳомиладорлик давридаги
оғирликлар

Ҳомиладорлар учун фитнес-дастур
машқлари сизнинг ҳар доим бажарадиган
машқларингиздан бошқачароқ бўлиши
керак. Энди сиз ёлғиз эмас, икки киши
эканлигингизни ва бундан кейин айнан ўша
иккинчи тирик жон сизнинг фитнес
услубингизни белгилашини эсдан чиқарманг.

Ҳомиладорлар учун
машқларнинг қора рўйхати

Буралиш, шунингдек турли хил эгилишлар —
бачадонни гипертонус ҳолатига келтириши
ва тушиш хавфини туғдириши мумкин.
Ҳомиладорликнинг иккинчи ярмидан бошлаб
ҳомилада кислород етишмаслик хавфининг
олдини олиш мақсадида чалқанча ётиб
бажариладиган машқлардан воз кечиш
лозим.

Тик туриб бажариладиган машқларни тизза
билан қўлга таяниб бажаришга алмаштириш
тавсия қилинади.
Шикастланиш хавфини келтириб чиқарувчи
машқлар — сакраш, югуриш, силкинишлар,
ўтириб-туришлар мутлақо йўл қўйилмайди.

Қандай машқлар бажариш
мумкин?

Масалан, ўртача аэробик машқ
ҳисобланувчи – пиёда юриш. Бу ҳеч қандай
аҳамияти йўқдек туюлса ҳам фойдаси жуда
катта. Сиз юрак- ... Читать дальше »

Уй ҳавосини хушбўй қилиш йўллари

Chorshanba16:01


Уйга киришингиз билан нафасни
қайтарадиган ёқимсиз ҳидни сезишдан
ёмони йўқ. Қуйидаги маслаҳатларимиз
уйингизни тозалик ва поклик ҳидлари билан
тўлдиришга ёрдам беради.

1. Кир ювиш машинаси учун
салфеткалар

Қуритиш вақтида чойшабларга қўшиладиган
хушбўй ҳидли салфеткаларни бошқа
жойларда ҳам ишлатиш мумкин. Ёқимли
ҳид келиб туриши учун чойшаблар
сақланадиган жойга, кийим шкафларига ва
ҳаво алмаштириш тешикчаларига бир-икки
донадан салфеткалар қўйиб чиқинг.

2. Ваниль экстракти
Электр лампочкаларига бу экстратдан бир-
икки томчи суриб қўйсангиз, лампочка
ёнганида ёқимли ҳид таралади. Ёки
ванилнинг нозик ҳиди бутун уй бўйлаб
таралиши учун 2 чой қошиқ экстратни
духовкада 20 дақиқа давомида қиздиринг.

3. Қўлбола шамлар
Қўлда қилинган шамларга қўшилган оддий
маҳсулотлар — апельсин, лимон, қаҳва
донлари ва долчин (корица) уйнинг энг
муаммоли жойлари — ваннахона, ошхона ва
ўсмирлар хонасига ёқимли ҳид бағишлайди.

4. Табиий гуллар
Уйда гуллар ҳидини яратишнинг энг оддий
ва табиий йўли — гуллар ўстириш! Тувакда
ўстирилган лаванда, бута гул, ялпизлар —
хушбўйлик бағишлаш билан биргаликда уй
ҳавосини тозалайди.

5. Эфир ёғлари
Эфир ёғлари ёрдамида уй ҳидини
яхшилашнинг кўплаб усул ... Читать дальше »

Hayz vaqtida og'riq: sababi va davolanishi

Juma00:00


Hayz kelishi hammada har xil kechadi.

Ba'zi ayollarda hayz kelishi o'g'riqsiz o'tsa, ba'zi ayollar hayz kunidan oldin yoki hayz kelishi davomida og'riq sezadi.
Agar og'riq kuchli emas bo'lib, 48-72 soatdan oshmasa, bu normal holatdir. Hayz og'riq bilan kechishiga
dismenoreya deb ataladi.

Og'riq qanday bo'ladi?

-Qorin past qismi og'riydi;
-Bel va sonda og'riq bo'ladi;
-Qorinda bosim seziladi.

Hayz davrida og'riq bo'lishiga nima sabab bo'ladi?

Bachadon devorlarining hayz payti
qisqarishi og'riqni keltirishi mumkin.
Bu qisqarish bachadon devori
qoplamini tushirib yuborish uchun
kerak. Bu normal holat bo'lib,
davolanishni talab etmaydi.
Undan tashqari quyidagi holatlar
hayz davomida og'riqni keltirib
chiqarishi mumkin:


Endometrioz. Bunda bachadon
xujayralari bachadondan tashqarida rivojlanishni boshlaydi. Bu holat hayz payti kuchli, ba'zida chidab bo'lmas
og'riqni ham keltirib chiqarishi
mumkin.
Kichik toz a'zolaridagi shishlar. Bu
shishlar hayz ni og'riqli va ko'p hajmli bo'lishiga olib kelishi mumkin.

Jinsiy a'zolar shamollashi. Bunda
kichik to'z a'zolarida biron bakteriya tufayli yallig'lanish namoyon bo'ladi bu esa ayol hayz davomida
og'riq sezishiga olib keladi.
Adenomiosis. Bunda bachadon
end ... Читать дальше »

Erimni bilmagan ekanman !

Yakshanba23:34


Er-xotin birga ma'lum bir vaqt yashab turmush o'rtog'imni bilmagan ekanman, deb birdan nolib qoladilar.Shu paytgacha ayyorlik bilan o'z haqiqiy yuzini bekitib yurgan ekan, deb ayolda eriga nisbatan nafrat uyg'ona boshlaydi.
Nahotki erkak turmush qurib butun kuchini shu ayolim mani qanday ekanligimni bilib qolmasin, degan narsaga ketqazsa? Nahotki o'zbek erkagi uchun o'zini xarakteridagi ayblarini xotinini oldida bekitish shunchalik muhim bo'lsa? Nahotki ayoli, o'zbek ayoli, uning asl yuzini bilib qolsa, tezda u bilan ajrashishga qo'l ursa? U holda erkak nimadan qo'rqadi? Nima qilib bir necha oy yoki yil davomida o'zining haqiqiy qiyofasini ayyorlaricha bekitib yurar ekan?
Kulgilik emasmi? Kulgilik emasku, lekin ayanchli holat. Birinchi navbatda shunday deb o'ylaydigan ayol uchun ayanchli holat.
Erkak o'ynashini, pulini, biron kasalligi borligini, jismoniy nuqsonini yoki biron oilaviy yoki ijtimoiy sirini berkitishi mumkin, lekin xarakterini, o'z qiyofasini u bekita olmaydi, bu haqda o'ylamaydi ham, buni afsus uddalay olmaydi ham.
U holda nega erim turmushimizning boshida unday bo'lgan edi endi bunday bo'lib qoldi yoki bunday va'da qilgan edi, uni amalga oshirmadi, deb savol berish mumkin. Buning javobi esa juda oddiy.
U o'zgargan, o'zgarmoqda va o'zgarishda davom etadi.
Hech kim butun umr bir xil bo'la olmaydi. Yosh o'tgan sayin odam o'zgaradi, uning qarashlari, qiliqlari, gaplari, qadriyatlari vaqt o'tib tubdan o'zgarishi hech gap em ... Читать дальше »

Chimildiqdan qo'rqma, kelinchak!

Shanba23:19


Таҳририятга бир йигит қўнғироқ қилди.
Тўғриси, унинг мурожаати бизни жуда
ажаблантирди, узоқ давом этган ўзаро
муҳокамага сабаб бўлди. Ҳатто телефон
орқали бўлган бу суҳбатдан бехабар айрим
ҳамкасбларимиз «ростдан ҳам қўнғироқ
бўлдими?» деб ажабланишди. Яқинда бу
йигитнинг тўйи бўлиши керак экан.
Бўлажак келин эса тўй кунини нуқул ортга
сураверар экан. Сабабини сўраса,
чимилдиқдан қўрқишини айтганмиш.
«Чимилдиқдан қўрқадиган қизларга
маслаҳат беринглар, бўлажак рафиқам
тинмай «Суғдиёна» ўқийди. Янгалар
бўлади-ю, лекин сизлар ёзсангиз,
бошқача-да, чунки у «Суғдиёна»га жуда
ишонади», дейди йигит.

Йигитнинг мурожаатидан сўнг
ҳамкасбларим бирма-бир қайсидир
танишининг, қўшнисининг, дугонасининг
бошдан кечирганларини сўзлай кетди.
Уларнинг бирини тўйдан олдин янгаларау
дугоналари чимилдиқ ҳақидаги ваҳимали
гаплари билан қўрқитиб қўйиб, охир-
оқибат оиласи бузилганини гапирса,
бошқаси ҳеч нима билмайдиган
келинчакнинг изтиробларини сўзлай кетди.
Ўйлаб қарасак, масала ростдан ҳам
жиддий. Айтишларича, никоҳ арафасида
келин-куёвнинг руҳияти шунчалик нозик
бўларканки, унга зиғирдек нозик сўз ҳам
улкан талофат етказиши мумкин экан.
Хуллас, янгалик қилишга ҳам тўғри келади
энди, дедик-да, ишни бошладик. Бу нозик
масалани тушунтиришда Пайғамбарим ... Читать дальше »

Қайнонани «она»га, келинни «қиз»га «айлантирувчи» «сеҳрли» қоидалар

Chorshanba23:46


2017 - йилни
қаршилаётган қайноналарга
келинлари ўз қизларидан-да
меҳрибон бўлишларини тилаб
қоламиз! Ва уларни ўз қизларига
айлантириб қўйувчи оддий, аммо
сеҳрли қоидаларни эслатиб ўтамиз!
Аввало келинингизни ўз болангиздек
кўриб, «қизим, болам», деб уй-рўзғор
ишларини эринмай ўргатинг.


Байрамга бирга тайёргарлик кўринг.
Оила аъзоларингиз қандай таомларни
хуш кўришини эслатинг. Ўз ўрнида
унинг ҳам фикрларига қулоқ тутинг.
Балки келингиз Янги йилни янгича
тарзда кутиб олиш сирларини билар!
Келиннинг қилган иши, овқати, юриш-
туришидан айб қидираверманг.

Бошқаларнинг эътирозига ҳам
келинингизнинг ёнини олган ҳолда
жавоб қайтаринг. Бирор айби бўлса,
бошқалардан холи ўзига тушунтиринг.

Ҳеч қачон «келиним ёмон чиқди,
ўғлимга бошқа хотин олиб бераман»,
деманг. Бу ҳақда ўйламанг ҳам! Ахир
инсонни тарбиялаш мумкин-ку?!

Ўғлингиз, қизларингизга келинингизга
совға олиб беришларини маслаҳат
беринг. Ўзингиз ҳам унга Янги йил
ҳадяси беринг. Бундан унинг кўнгли
тоғдек кўтарилади!

Набираларингиз билан бирга байрам
сайлларига боринг. Фарзандларига
меҳрибон, эътиборли эканингиздан
келинингизнинг сизга янада меҳри
ошади!

Қайноналар, оилалар мустаҳкамлиги
сизга боғлиқ. Бу энг аввало сизнинг
... Читать дальше »

Соч тўкилишини тўхтатамиз!

Yakshanba00:03


Аёлларга кўркамлик бахш этувчи безак –
сочлардир. Улар соғлом жилокор ва
мустахкам бўлиши жуда яхши, бироқ бундай
бўлмаса нима қилиш керак? Шуни билиш
жоизки, айнан сочларнинг ўсишига жавоб
берувчи соч фоликулаларининг пойдевори
эмбрионал ривожланишнинг 2 3 ойидаёқ
бошланади. Биз дунёга келганимизда
бошимизда майин туклар бўлади ва улар бир
неча маротаб ўзгаради. Инсон ҳаёти давомида
энг қалин ва мустахкам сочлар одатда
ўсмирлик даврида бўлади. Ёш катталашгач,
сочларнинг ўсиш цикли қисқаради ва борган
сари ингичкалашиб, аста секинлик билан ранги
ўзгаради, мустахкамлигини йўқотади ҳамда
секин ўсади. Нотўғри овқатланиш ёки
инфекциялар каби жиддий қоида бузилишлари
сочлар дистрофияси ҳамда уларнинг
тўкилишини келтириб чиқаради. Энг аввало
сочларни атрофдаги турли зарарли
таъсирлардан асраш ва қўшимча
озиқлантириш керак. Сочларнинг тўкилиш
муаммосини махсус шампун, витамин-
минералли комплекслар ва шу каби қўшимча
воситалар ёрдамида ҳал қилиш ўзига хос
бўлмаган даво усули дейилади. Дарҳақиқат,
айрим соч парваришига таалуқли воситалар
таркибида фойдали ва парваришловчи
компонентлар бўлиб, сочларга ижобий таъсир
кўрсатади ва уларнинг ўсишини
рағбатлантиради. Витаминларнинг қабул
қилиниши ҳам сўзсиз ижобий таъсир
кўрсатиши аниқ. Улар зарур бўлган моддалар
... Читать дальше »

17 ёшли қизларнинг саволларига мутахассис жавоби

Shanba23:47


Олий тоифали акушер–гинеколог Маҳмуда
Имомқулова саволларга жавоб беради.


— Мен балоғатга етган бўлсам-да ханузгача
ҳайз кўрмаяпман, нима учун шундай?

З.К.

— Зудлик билан шифокор эндикронологга
кўриниб тўлиқ тиббий текширувдан
ўтишингиз зарур. Чунки баъзан эндокрин
безлари (қалқонсимон, гипофиз, буйрак усти
безлари) ишининг ишдан чиқиши, жинсий
гормонлар етишмаслиги, бачадондаги турли
нуқсонлар, масалан қиз бола бачадонсиз
туҚилган бўлса (гипоплазия) ёки тухумдон
фаолиятининг сусайиши ҳайз кўрмасликка
олиб келади. Асосий сабаб аниқлангандан
кейин ўтказилган даволаш ишлари албатта
наф беради.
* * *

— Ҳайз пайтида ишлатиладиган таглик
(прокладка) ва тампонларнинг зарари ҳам
бор деб эшитганман. Шу ростми?

Зиёда

— Қизлар учун мўлжалланган
прокладкаларнинг хеч бир зарарли томони
йўқ, чунки улар гигиеник талабларга тўла
жавоб беради. Бироқ, тампонлар қин ичига
қўйилиши сабабли, улардан қиз боланинг
фойдаланиши тавсия этилмайди.
* * *

— “Ёмон” касаллик юқтиришдан қўрқиб
яшайман. Улар чиндан хам хавфлимикин?
Қандай сақланиш керак?

Нодира

— Ҳозирча жинсий йўл билан юқадиган
касалликларнинг 20 дан ортиқ тури маълум.
Масалан, заҳм (сифилис), ОИТС (СПИД), ... Читать дальше »

“МЕНИНГ ДАДАМ ҲАММАДАН ЯХШИ!” (ТЕСТ)

Juma12:40



Ота бўлишни истамайдиган эркак йўқ.
Аммо бу орзуга эришгач, ҳар ким ўз
масъулиятига турлича ёндашади. Хўш,
сизнинг турмуш ўртоғингиз бу борада
қандай? Уни намунали ота дея оласизми?

Инсоннинг турли ҳаётий вазиятларда
ўзини қандай тутиши туғилишиданоқ
унинг қонига жо бўлган хусусиятлар, бир
сўз билан айтганда, мизожига боғлиқ
бўлади. Руҳшунослар фикрича, одам
мизожи (темпераменти)ни шартли
равишда тўрт турга бўлинади: холерик,
сангвиник, флегматик ва меланхолик.
Қизиғи шундаки, мизож бутун умр
давомида ўзгармайди.
Фарзандларингизнинг отаси қай бир
мизож соҳиби эканлигини аниқлаш учун
унинг кутилмаган вазиятларда ўзини
қандай тутишига эътибор беринг.

Тест

Бунинг учун эрингизни стресс (яъни
кутилмаган) ҳолатига тушириб, синовдан
ўтказишингиз керак. Масалан, ундан
ярим қозон қайнаб турган шавла (ёки
мошкичири)ни кавлаб туришини илтимос
қилиб, уни болангиз билан ошхонада
ёлғиз қолдирасиз. Орадан ўн беш дақиқа
ўтгач, ошхонага қайтасиз ва натижани
баҳолайсиз.

Биринчи вариант.
Ошхона остин-устин
бўлиб кетган... Сув жўмраги остида
идиш-товоқ уюми. Қозон-капгир товуши
орасида эрингизнинг овози эшитилади:
«Шундай қилиб бўғирсоқ юмалаб кета
бошлабди… Тегма, куясан! Йўқ, менга
бер! Кейин унинг ... Читать дальше »

O'zbek ayoli turlari - siz qaysinisi?

Juma11:48


Turmushda o'zbek ayolini bir nechta
turga ajratib ko'rsa bo'ladi.

1. Kelin ayol
Bu kabi ayollar yoshligidan faqat kelin
bo'lishga o'rgatiladi. Ular uchun
qaynona-qaynotaga xizmat hayotda
qilish birinchi o'rinda turadi. Bolasi
yig'lab turgan bo'lsa ham, qaynonasi
aytgan chuchvarani qilib qo'yish bunday
ayollar uchun eng birlamchi vazifadir.
Turmush o'rto'giga ham qaynona-
qaynotasining o'g'lidek qaraydi. Ya'ni,
erining ehtiyoji qaynona-qaynotasining
ehtiyojidan kelib chiqqan holda
baholanadi. "Kelin" ayol turmush
o'rto'gi bilan alohida chiqib ketsa,
turmushida kelishmovchiliklar ko'payadi,
chunki bu ayollar qaynona-qaynotalik
uyda yashashga moslashgan. Ularning
eri boshida ota-onamga yaxshi xizmat
qilyapti deb xursand bo'lsa, borib-borib
o'ziga va farzandlarga bo'lgan
bee'tiborlikdan nolishni boshlaydi.

2. Tili shirin ayol
Bunday ayollar tili bilan hammani o'ziga
qaratay oladi. Uyning kirligi, bolalarning
muammolari, ovqatning bemazaligi
ayolning shirin tili bilan qoplanib ketadi.
Ularni urishgan taqdirda ham uydagi
vaziyat o'zgarmaydi, lekin og'zidan bol
tomib, "ho'p bo'ladi" degan gapi bu kabi
ayollarga hamma narsani kechirishga
undaydi. Ular uy ishiga yo'q, farzandlari
tarbiyasiga befarq bo'ladilar. Bu kabi
vazifal ... Читать дальше »

Qazg'oqdan qutilish

Payshanba22:16


Ayolni sog'lom soch bezaydi. Qazg'oq
esa sochni go'zalligini yo'qqa chiqaradi.
Ayollarda qazg'oq paydo bo'lishining
sababi nimada?
Qazg'oq paydo bo'lishining asosiy
sababchisi Pityrosparum Ovale yoki
Malassezia Furfur zamburug'laridir.
Undan tashqari qazg'oq paydo bo'lishiga
organizmdagi gormonal va immunal
o'zgarishlar, bosh terisidagi bezlar
faoliyatining buzilishi olib keladi.
Juda kam hollarda qazg'oq jiddiy teri
kasalliklari alomati bo'ladi.

Ba'zida yangi
shampun qazg'oq sababchisi bo' lishi
mumkin . Yaqin orada shampun yoki soch
kosmetik vositasini yangisini ishlatgan
bo'lsangiz , uni to 'xtatib tekshirib
ko' ring .


Qazg'oqning turlari qanday?

Qazg'oq tabbiyotda seboreya deb
ataladi va uning 3 turi mavjud:

Yog'liq seboreya. Bunda qazg'oq paydo
bo'lishiga bosh terisi bezlari haddan
tashqari ko'p miqdorda yog' ishlab
chiqarishi sabab bo'ladi. Bunday sochlar
doim yog'liq ko'rinishda bo'lib,
qazg'oqlar yirik va boshi terisiga
yopishib turgan bo'ladi.

Quruq seboreya. Bunda qazg'oq asosan
sochning peshona qismida namoyon
bo'ladi. Qazg'oqlar quruq bo'lib, oson
to'kiladi. Sochlar unlangandek
ko'rinadi.

Aralash seboreya. Bunda boshning oldi
qismidagi sochlar yog'liq bo ... Читать дальше »

1 2 3 4 5 »
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama