2 oylik chaqaloq-rivojlanishi

Shanba00:11


Ikki oylik chaqaloq 1 oylikdan ko'ra ancha
katta desak adashmaymiz. Oradan
bir oy o'tgan bo'lsada, uning
rivojlanish darajasi keskin ortib
boradi. Bu davrdan boshlab iloji
boricha bola bilan ko'proq
gaplashing, unga tabassumingizni
ayamang. Bolangiz uchun yoqimli
qo'shiqlarni ayting, ota yoki ona
ovozi bilan aytilgan mayin qo'shiq
bola uchun butun umrga esdalik
bo'lib qoladi. Bolaning ko'rish
qobiliyati ham keskin kuchayib
boradi.

Shuning uchun bola ko'zidan 50-70
sm uzoqlikda rangli o'yinchoqlarni
ilib qo'ying, ularni vaqti vaqti bilan
qimirlatib qo'ying, bolaga bu ham
yoqimli, ham foydali bo'ladi.
Demak 2 oylik chaqaloq:
1. Ota-ona ko'zlariga qaray
boshlaydi;
2. Qo'l-oyoqlari biroz bo'shashib,
tanaga yopishib turmaydi;
3. Boshini 45' ga ko'taradi;
4. Bolani o'tqazib ushlab tursa boshi
likillab turadi;
5. Qo'l barmoqlari biroz ochiladi;
6. Qo'llari bilan hilpillatib yotadi;
7. O'yinchoqni bir oz ushlab tura
oladi;
8. Gugulaydi, qichqiradi;
9. Tabassum qiladi;
10. Emotsiya: xursandchilik yoki
xafagarchilikni namoyon qiladi;
11. Ota-ona kayfiyatini taqlid qiladi,
agar ota-ona xafa bo'lsa, u ham
xafa bo'ladi;
12. Katta barmog'ini so'radi;
13. Yuzingizni o'rganadi;
14. Yuzingiz mimikasini qaytarish ... Читать дальше »

1 oylik chaqaloq-rivojlanishi

Shanba00:06


Bu davr
bola
hayotidagi boshlang'ich davr
hisoblanadi. Bola 9 oy ona qornida
bo'lib, dunyoga kelib u yerga
moslashishni, ehtiyojlarini qondira
olishni, talablarini eta bilishni
o'rganadigan davr desak bo'ladi. Bir
oyning oxiriga kelib bola buyumlarni
bir necha soniya davomida kuzata
oladi, tovushlarga ahamiyat bera
boshlaydi. Ayrim baxtiyor ota-onalar
farzandining birinchi tabassumini
guvohi bo'lishga sazovor bo'ladilar.
Bola rivojlanishi:
Bir oylik chaqaloq:
1. Yig'laydi;
2. Gu-gulaydi;
3. Yotganda bachadonda yotgan
holatidek yotadi;
4. Qo'l-oyoqlari prujinasimon,
tortsangiz bukilgan holatga qaytati;
5. Boshini sal-sal ko'tara oladi;
6. Oyoqlarida tana og'irligini ushlay
olmaydi;
7. Barmoqlari qattiq siqilgan bo'ladi;
8. O'yinchoqni ushlay olmaydi;
9. Uxlayotganda kuladi;
10. Baqiradi;
11. 20-25 sm uzoqlikda yaxshi
ko'radi, lekin ko'rish darajasi past
bo'ladi;
12. Kun tartibi yo'q bo'ladi;
13. Quchoqlasa yig'lashdan tinadi;
14. Qiliqlari asosan refleks asosida
bo'ladi;
15. Allalaganni yaxshi ko'radi;
16. Yig'laganda emizishingizni
yaxshi ko'radi;
17. Ota-ona ovozlarini eshitadi;
18. Cho'milishni yaxshi ko'radi.

Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Ёшингиз Неччида ??
Всего ответов: 372
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama