Homiladorlik yuz berganini qanday bilsa bo'ladi?

Juma20:53


Urug'lanish yuz berganini tezroq bilish imkoni bormi? Homiladorlik bo'lganini xis etish mumkinmi?

Homilador bo'lishni orzu qiladigan ayollar agar uzoq muddat davomida maqsadiga erisha olmayotgan bo'lsalar, o'z organizmiga quloq soladigan va uning har bir o'zgarishiga kuchli e'tibor qaratadigan bo'lib qoladilar. Oddiy bosh og'riqni ham bunday ayollar homiladorlik belgisiga aylantirishni xohlaydilar.

Organizmda bo'layotgan urug'lanish jarayonini his etish mumkinmi?

Homilador ayollarning deyarli 80% bu savolga yo'q deb javob beradilar. Lekin qolgan 20% ayollar aynan urug'lanish sodir bo'lgan kuni organizmida qandaydur o'ziga xos o'zgarishlar yuz berganini ta'kidlaydilar.
Urug'lanish jarayoni hayz siklining o'rtalarida sodir bo'lgan bo'lsa, uni haqiqiy natijasini faqat keyingi hayz sikli boshlanish davrida homiladorlik testi yoki qon analizi orqali bilsa bo'ladi. Ungacha o'tadigan 10-14 kun ayol uchun o'ta uzundek tuyuladi. Chunki aynan shu 10-14 kunda organizmda nima bo'layotganini hech qanday analiz ko'rsata olmaydi.
Hissiyotlar-chi?
Tibbiyotning ta'kidlashicha, ayol hech qachon urug'lanish jarayonini his eta olmaydi. Chunki ayol tuxumi erkak spermatozoidi bilan uchrashgandan so'ng 6-7 kun o'tgandagina zigota(urug'langan tuxum) bachadonga kelib tushadi. Ana shundan keyin homiladorlik davri boshlanishi mumkin. Bu muddat ichida zigota ma'lum sabablarga ko'ra o'z manziliga yetib bormasligi yoki bachadonda nobud bo'lishi h ... Читать дальше »

Homiladorlikda qorin og'rishi

Juma20:53


Homilador ayolni har bir og'riq havotirga solishi sir emas. Homiladorlik davrida qorin og'rishi ba'zida xavfsiz bo'lsa, ba'zida tez tibbiy yordamni talab etishi mumkin.

Homiladorlik davrida ayol og'riqlariga quloq tutishi va ularni ajrata olishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Quyidagi turdagi og'riqlar
homiladorlik davomida keng tarqalgan bo'lib, onaga va homilaga xavf tug'drimaydi.

1. Qorin pastidagi son boshlanish joyidagi paylarda yuz beradigan og'riqlar. Odatda bu kabi og'riqlar homiladorlikning 2-trimestrida ko'p namoyon bo'ladi. Bunda paylar qorin kattalashgani tufayli cho'ziladi va kuchli bo'lmagan og'riqni keltirib chiqarishi mumkin.

2. Qabziyat va gaz yig'ilishi tufayli yuz beradigan og'riqlar. Homiladorlik davomida ayolda progesteron gormonining ortishi tufayli gazlar yig'ilishi ko'p kuzatiladi. Ushbu gormon
homiladorlik davomida ko'paygan sari ovqat hazm qilish jarayoni shuncha sekinlashib boraveradi. Shuning uchun meva-sabzavotlardan ko'proq iste'mol qilish, suyuqlik ko'proq ichish tavsiya etiladi.

3. Yolg'on (Brekston-Xiks) to'lg'oqlar og'rig'i. Bu og'riqlar odatda homiladorlikning 3 trimestrida boshlanib, tuqqunga qadar davom etadi. Bunda qorin huddi to'lg'oqdagi singari bir necha soniyaga toraygandek tuyuladi. Bu og'riqlarning haqiqiy
to'lg'oq lardan farqi shundaki, ular muntazam ham emas, ko'paymaydi va kuchli bo'lmaydi.

4. Undan tashqari homiladorlik davomida ayol o ... Читать дальше »

Homiladorlikda ich qotishi (qabziyat): oldini olish va davolash

Juma20:52


Qabziyat erkaklardan ko'ra ayollarda ko'p uchraydigan holatdir. Homiladorlikda esa qabziyat bo'lishi ehtimoli yanada oshadi.

Nega aynan homiladorlikda qabziyat holati jadallashadi?

Homiladorlikning ilk davri organizmda progesteron gormonining oshishi bilan boshlanadi. Aynan shu gormon ichak tizimi faoliyatini sekinlashuviga, natijada qabziyat yuzaga kelishiga olib keladi. Homiladorlikning 2-3 trimestrida qabziyatga gormonlardan tashqari ayolning o'sayotgan qorni najas chiqish yo'llarini bosib qo'yishi, noto'g'ri ovqatlanishi va ba'zi vitaminlar(temir moddasi va kalsiy)ni qabul qilishi sababchi bo'ladi.

Homiladorlikda qabziyatning zarari yo'qmi?

Umuman olganda ayolga keltiradigan noqulayliklaridan tashqari qabziyatning
homiladorlikka zarari yo'q. Lekin qabziyat tufayli ayol hojatga borganida jismonan qiynaladi. Homiladorlikda davom etgan qabziyat bavosil(gemorroy)ga olib kelishi mumkin. Hojatga borganda og'riq kuchayib, najasda qon ko'rinsa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Homiladorlikda qabziyat bo' lganda bavosil chiqib ketishi oson bo'lgani uchun kuchanish mumkin emas .

Homiladorlik davomida qabziyatga olib kelmaslik uchun nima qilish kerak?

1. Meva va sabzavotlardan ko'proq iste'mol qilish;

2. Kuniga kamida 1,5-2 litr suyuqlik ichish;

3. Toza havoda ko'p yurish;

4. Tanaga quloq solish. Ichingiz kelayotgani ... Читать дальше »

Homiladorlikda aslo mumkin bo'lmagan 10 ta faoliyat

Juma20:39


Homiladorlik bu kasallik emas. Normal
homiladorlikda oddiy hayot tarzini davom ettirsa ham bo'ladi. Lekin quyidagi 10 ta faoliyatdan 9 oyga butunlay voz keshish kerak.

1. Chekish. Homilador ayolning o'zi ham yonidagilari ham uni oldida bu davrda
chekmasliklari muhim. Tamaki tufayli homilaga kislorod yetishmasligi aniqlangan. Bu esa homila rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

2. Alkogol ichimliklarini ichish. Homiladorlikning 1-trimestrida ko'p miqdorda alkogol ichilsa, bolada tug'ma nuqsonlar rivojlanishi aniqlangan.

3. Kofe ichish. Ko'pchilik ayollar kofesiz o'z kunini tasavvur qila olmaydi. Albatta kunida ichilgan 1-2 chashkaning zarari tegmaydi. Lekin butun homiladorlik davomida kuni bilan kofe ichib yurish mutlaqo mumkin emas. Birinchidan, bu homilador ayolning qon bosimining oshirib yuborishi mumkin, ikkinchidan onaning yurak urishi tezlashib bolani muddatidan oldin tug'ilishiga, hatto homila tushishiga turtki bo'lishi mumkin.

4. Dori vositalarini palapartish qabul qilish. Homiladorlik davomida, ayniqsa 1-trimestrda dori vositalarini qabul qilishda nihoyatda ehtiyot bo'lish kerak. Imkon qadar bu davrda ortiqcha dori ichmaslik uchun shamollamaslik va kasallanmaslik lozim. Ba'zi dorilar bolada karlik, tug'ma nuqsonlar, asab tizimidagi patologiyalarni keltirib chiqaradi.

5. O't damlamalari ichish. Qadimdan o't damlamalarini biz dori emas deb ichishga odatlanganmiz. Lekin har qanday o't damlam ... Читать дальше »

Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish mumkin bo'lmagan holatlar

Payshanba22:20


Sog'lom homiladorlik da odatda jinsiy aloqaning zararli tomoni bo'lmaydi. Lekin ba'zi hollarda jinsiy aloqadan vaqtinchalik voz kechish muhim hisoblanadi.

Homiladorlik davomida jinsiy aloqada bo'lish quyidagi hollarda mumkin emas. Ya'ni bu holatlarda jinsiy aloqa
homiladorlikni normal davom etishiga xavf tug'diradi:

1. Yo'ldoshning noto'g'ri joylashuvi aniqlansa. Bu holatni shifokor ko'rigida bilsa bo'ladi. Yo'ldoshning noto'g'ri joylashuvi tufayli qon ketish ehtimoli yuqori bo'lib, jinsiy aloqa bunga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi qo'shimcha faktor bo'ladi.

2. Muddatidan oldin tug'ish xavfi mavjud bo'lsa. Jinsiy aloqa tufayli bachadon qisqarishi, suv ketishi yoki bachadon yo'li ochilishiga turtki berib yuborish mumkin.

3. Qindan suyuq oq rang, qon yoki boshqa ajralmalar chiqayotgan bo'lsa. Ajralmalar sababini bilmaguncha jinsiy aloqada bo'lmaslik lozim. Chunki ba'zida ajralmalar xavfli holat belgisi bo'lishi mumkin.

4. Bachadon bo'yni rivojlanmagan yoki muddatidan oldin qisqargan bo'lsa. Ba'zi ayollarda bachadon bo'yni sust rivojlanganligi tufayli muddatidan oldin uning ochilishi kuzatiladi. Buni oldini olish yo'llari mavjud, undan tashqari jinsiy aloqada bo'lmaslik ham muhim.

5. Suv ketishi boshlangan bo'lsa. Agar bachadon shishi yorilib suv ketayotgan bo'lsa, jinsiy aloqada bo'lish aslo mumkin emas. Homilaga infeksiya kiritib yuborish xavfi yuqori bo'ladi.

6. Jinsiy infeksiyalar a ... Читать дальше »

Homiladorlikda qanday uxlash(yotish) lozim

Seshanba17:08


Homilador ayol yotganida badani va karavoti bilan kurashishi ayollarga tanish holat. Unday yotsa ham, bunday yotsa ham joyini topa olmaydi.
Homiladorlikda ayollarda uxlash holatini topish qiyinchiliklari yuzaga keladi. Doimgidek uxlash holati borgan sari to'g'i kelmay qoladi. ... Читать дальше »

Ovulyatsiya jarayoni: u nima, kunini aniqlash, belgilari, davomiyligi, qachon sodir bo’ladi

Payshanba23:41


Ovulyatsiya (lot. ovulla — tuxumcha) — gormonlar darajasidagi o’zgarish tufayli tuxumdonlardan tuxum hujayranini chiqishi hisoblanib, odatda har bir hayz davrida bir marta sodir bo’ladigan jarayondir. Ovulyatsiya vaqti keyingi hayz boshlanishidan 12-16 kun oldin sodir bo’ladi. Ushbu maqolada biz bu jarayonni yaqindan ko’rib chiqamiz va olingan ma’lumotni tezroq homilador bo’lish uchun qanday ishlatilishini tushuntiramiz.

Ovulyatsiya nima?

  • Ovulyatsiya — gormon darajalari o’garishi tufayli tuxumdon tuxum hujayrani chiqarishi jarayoni;
  • Homilador bo’lish uchun spermatozoid tuxum hujayrani uchratishi va uni urug’lantirishi kerak;
  • Ovulyatsiya odatda lyuteinlovchi gormon (LG) keskin ko’tarilishidan 24-36 soat o’tib sodir bo’ladi, shuning uchun LG ko’tarilishini aniqlash sizga ovulyatsiya qachon boshlanishini tushunishga yordam beradi;
  • Spermatozoidlar besh kungacha faol qolishi mumkin, shuning uchun juftliklar tuxum hujayra ozod qilinishidan oldin jinsiy aloqa qilgan bo’lishsa ham homiladorlik sodir bo’lishi mumkin.

    Ovulyatsiya yaqinlashishi bilan ayol organizmi ko’proq estrogen gormonini ishlab chiqara boshlaydi. Bu gormon bachadon shilliq qavatining qalinlashishiga olib keladi va sperma uchun qulay muhit yaratishga yordam beradi.

    Yuqori estrogen o’z navbatida boshqa bir gormon — lyuteinlovchi gormonning (LG) keskin darajada ortishiga sabab bo’ladi. LGning birdan ko’tarilishi tuxumdondan ... Читать дальше »

  • Homiladorlikda hayz ko’rish: sabablari, nimadan dalolat berishi, xavfi, tavsiyalar

    Dushanba23:00


    Avvalambor, ayollar bir narsani bilishlari va yodda tutishlari kerak: homiladorlik davrida hayz tushunchasi tom ma’noda sodir bo’lishi mumkin bo’lmagan narsa. Ha, homiladorlik paytida qon ketishi ayol hayz ko’rishi kerak bo’lgan paytlarda sodir bo’lishi mumkin, lekin birinchi navbatda ularning tabiati odatdagi normal menstruatsiyadan juda farq qiladi, bu narsa nimadir noto’g’ri ekanligidan shubhalanishga undaydi, ikkinchidan, har qanday holatda ham bu normadan chetlanish hisoblanadi va shuning uchun shifokor bilan maslahatlashishni talab qiladi.

    Vaziyat shunisi bilan murakkablashadiki, homiladorlikning erta davrida hayz kelishi ayolni noto’g’ri fikrga olib keladi va shu sababli u homilador bo’lganini bilmasligi mumkin. Ayniqsa homiladorlikda hayz ko’rish va homiladorlikka testning inkoriy natijalari birgalikda aniqlansa. Aynan shu uchun ko’pincha shunday holatlar kuzatiladiki, ayollar 3-4 oylikkacha o’zlarining vaziyati haqida bilishmaydi. Biroq, ba’zan faqatgina homiladorlikni dastlabki bosqichlarda aniqlash gina uni saqlab qolishning hal etuvchi omili bo’ladi.

    Hayz nima? Homiladorlikda hayz ko’rish mumkinmi?
    Nima uchun odatiy talqindagi hayz va homiladorlik bir-biriga mos kelmasligini tushunish uchun, barchamizga maktabda anatomiyadan olingan boshlang’ich bilimlarni esga olish kifoya, ammo aksariyat ayollar allaqachon ularni foydasiz deb hisoblab, unutib yuborishgan.

    Bachadon uch qatlamdan iborat: tashqi shilliq qavat, si ... Читать дальше »

    Homilador ayolga bayram kunlari yeyish mumkin bo'lmagan yeguliklar

    Dushanba22:42


    O'zbeklarning bayramona dasturxoni xilma hil yeguliklarga boy bo'ladi. Odatda bayramda hamma aralash yeyishga odatlangan. Homilador ayolga bu borada ehtiyot bo'lish lozim.

    Quyidagi yeguliklarni homilador ayol yemasligi tavsiya etiladi:
    1. Mayonezlik salatlar. Uni o'zrniga smetana yoki zaytun yog'iga aralashgan salat yegan ma'qul.
    2. Xom baliqdan qilingan salatlar. (masalan, karischa Hek salati)
    3. Selyodka balig'i solingan yeguliklar.
    4. Konservadan qilingan yeguliklar.
    5. Sushi.
    6. Spirtli ichimliklar.
    7. Sho'r va dudlangan taomlar.
    8. Yog'liq shirinliklar.
    9. Gazli ichimliklar.
    10. Bundan oldin hech qachon yeb ko'rilmagan mahsulotlar. Allergik reaksiya qo'zg'otishi havfi bor.
    11. Ko'cha-kuydagi taomlar. Yangi yil kechasi homilador ayol ko'cha ovqatidan yemagani ma'qul.
    12. Chala pishgan taomlar. (masalan, steyk yoki kabob).
    Eng muhimi meyorida yeyish tavsiya etiladi. Dasturxondan og'ir qorin bilan emas, sal to'ymagan qorin bilan turish eng yaxshi qoida.

    Homiladorlikda asabiy bo'lish, yig'lash.

    Dushanba22:39


    Homiladorlikning alomatlaridan biri asabiylashish, yig'lash desak adashmagan bo'lamiz. Aslida xursand bo'lib yuradigan ushbu davrda ko'pchilik ayollar asabiy, yig'loqi bo'lib qoladi. Nega?
    Homiladorlik davomida ayol organizmida kuchli gormonal o'zgarishlar yuz beradi. Aynan shu gormonal o'zgarishlar tufayli ayolning kayfiyati o'zgaruvchan bo'lib qoladi. Hozirgina kulib turgan ayol birdaniga yig'lab yuboradi. Yoki arzimagan gap uni 1 soat tinmay yig'lashga undaydi.
    Eng qizig'i, homiladorlikni oylab, hatto yillab kutgan ayolda ham bu davr xursandchilikni o'rniga mayuslik, bexotirjamlik, havotir tuyg'ularini olib keladi.
    Ko'pincha kayfiyatdagi keskin o'zgaruvchanlik 2 trimestrning oxirlariga borib yo'qqa chiqadi. Bunga sabab ayol organizmidagi gormonal o'zgarishlar keskinligi bu davrda kamayadi.
    Eng alam qilgani, atrofdagilar yig'ab yurgan homilador ayolni tushunmaydilar. Aksincha, unga tanbeh berib, bunday qilish noto'g'ri ekanligini o'qtiradilar.
    Lekin ayol atayin bunday qilmaydi, undan tashqari atayin bunga chek qo'yish ham qo'lidan kelmaydi. Ko'chadagi daraxtga qarab turib ham yig'lab yuborishi hech gap emas bo'lib qoladi.Homilador ayolning yig'lashi keng tarqalgan holat.
    Bu yomonmi? Yo'q, albatta.
    Bu normal holatdir. Bunga hech qanday kasallik ham sababchi emas, lekin hadeb yig'layverish ham ayolga yengillik bermaydi. Undan tashqari rivojlanayotgan homilaga ham ijobiy ta'sir etmaydi.
    Shuning uchun eng muhimi homilador ... Читать дальше »

    Ultra tovushli diagnostika (UZD, UTD)

    Payshanba01:08


    Hozirgi kunda homilador ayolning
    ultratovushli diagnostika (UTD) qilinishi
    oddiy hol bo'lib qolgan. O'zbekistonda
    normal homiladorlik jarayonida bunday
    tashhis usuli homiladorlik davrida 3
    marta (10-12 haftada, 20-24 haftada va
    32 haftada) amalga oshirilsa, chet elda
    homilador ayolning deyarli har bir
    ginekologga qatnashi UTD (UZD, UZI)
    bilan tekshirilishini talab etadi. Buning
    zarari yo'qmikan degan savol barchani
    qiziqtirsa kerak.

    1. Hamma homiladorlar ham UTD
    qilishi shartmi?

    Ha, ilmiy tadqiqotlarning ko'rsatishicha,
    homiladorlik davrida kamida 3 marta
    homilador ayolni UTD qilish kerak.
    2. Homiladorlik davrida UTD necha
    marta va qachon amalga oshirilishi
    lozim?

    Bolaning bachadonda rivojlanishi bir
    necha dinamik bosqichlardan iborat.
    Shuning uchun ultratovushli
    diagnostikani, bachadon, yo'ldosh,
    bolaning anatomiyasi va holati haqida
    maksimal ma'lumot olish imkoniyati
    mavjud bo'lgan muddatlarda amalga
    oshirish lozim. Bu muddatlar
    homiladorlik ning 12-14 haftasiga, 22-24
    haftasiga va 30-34 haftasiga to'g'ri
    keladi.
    3. Har bir diagnostika jarayonida
    shifokor qanday masalalarni o'z oldiga
    qo'yadi?

    - 12-14 haftadagi UTD homiladorlik
    muddatini aniq ko'rsatadi, bachadonda
    nechta homila borligini aniqlaydi, ... Читать дальше »

    Homila tushishi

    Payshanba01:02


    Homiladorlik davrining 20-haftasigacha
    homiladorlik ni o'z-o'zidan
    yakunlanishiga homila tushishi deb
    ataladi.
    Aslida homiladorlik larning taxminan
    15-20% homila tushishi bilan
    yakunlanadi.
    Ba'zida ayol hatto homilador ekanligini
    bilishga ulgurmay turib homila tushishi
    yuz berishi mumkin.

    Homila tushishi alomatlari

    - qindan qon ajralishi, qonli surkalish
    kuzatilishi;
    - qorin past qismida va belda qattiq
    og'riqlar paydo bo'lishi;
    - qindan to'qima qismlari ajralishi;
    - qattiq ich ketishi;
    - qizil yoki jigarrang ajralishlar chiqishi.

    Homila tushishi sabablari

    I. Gen yoki xromosoma anomaliyalar:
    1. Ko'pincha homila tushishi homila
    rivojlanishidagi patologiya mavjudligi
    tufayli ro'y beradi. Bu patologiya
    embrion hujayralarini bo'linishi noto'g'ri
    bo'layotganidan vujudga keladi. Bunday
    embrion noto'g'ri xromosomaga ega
    bo'lganligi tufayli o'z-o'zidan tabiiy
    ravishda nobud bo'ladi.
    2. Homila tuxumining bo'shligi. Bunda
    urug'langan tuxum hujayrasi embrion
    emas, yo'ldosh to'qimalarini tashkil
    qiladi, xolos. Ushbu holat homiladorlik
    davrining dastlabki 12 hafta ichida ro'y
    bergan homila tushishining 50% iga
    sabab bo'ladi.
    3. Homilaning nobud bo'lishi. Bunda
    homiladorlik yakunlanishidan avval
    ho ... Читать дальше »

    Yozning issiq kunlarida homiladorlik muammolari

    Payshanba01:01


    Homilador ayolning tashqi haroratga
    jismoniy munosabati oddiy ayolnikidan
    farq qiladi. Homilador ayolga yozning
    jazirama issig'ini kechirish qiyinchilik
    tug'diradi.

    Quyidagi maslahatlar homilador ayolga
    issiqlikni osonroq kechirishga yordam
    beradi:

    1. Ko'proq suyuqlik iching. Bunda
    nafaqat oddiy suv balki elektrolidlik
    maxsus suyuqliklar ham asqotadi.
    2. Faqat tabiiy matolardan tayyorlangan
    kiyimda yuring. Paralonlik byustgalter
    va to'rlik ichki kiyimlar issiq kunda
    faqat salbiy ta'sir ko'rsatadi, xolos.
    3. Quyosh nurlaridan nari bo'ling.
    Homilador ayollar teri quyosh nurlariga
    yanada ta'sirchan bo'ladi.
    4. Kunning issiq paytida tashqariga
    chiqmagan ma'qul.
    5. Issiq kunda homilador ayolga ko'roq
    dam olish tavsiya etiladi. Issiqlik
    organizmni holsizlantiradi, demakki,
    homilani ko'tarish uchun kuch yig'ish
    talab etiladi. Oyoqlarni ko'tarib, kunida
    kamida 2 soat dam olish maqsadga
    muvofiq bo'ladi.
    6. Kechki payt salqin tushganda,
    albatta, tashqarida sayr qilib keling.
    Homilador ayolning toza havoga bo'lgan
    ehtiyoji yanada katta bo'ladi.
    7. Ich keltiradigan dori vositalarini qabul
    qilmang. Bunday vositalar organizm
    suvsizlanishini kuchaytirib yuboradi.
    8. Shifokor bilan maslahatlashgan
    holda, kuniga kamida 1 marta salqin
    ... Читать дальше »

    Bolaning bachadonda noto'g'ri joylashuvi

    Seshanba01:39


    Homiladorlikning 32-35 haftasidan so'ng
    bola chiqish yo'li tomon boshi bilan
    emas, yoni yoki tozi bilan joylashgan
    bo'lsa, noto'g'ri joylashuv hisoblanadi va
    kesarcha kesish orqali tug'dirilishni
    taqazo etishi mumkin.

    Normada bola homiladorlik ning ohirgi
    haftalariga kelib chiqish yo'llari tomon
    boshi bilan joylashib oladi. Har 2500
    ming homiladorlik larning faqat 1
    donasida bola tug'ish davriga kelib
    bachadonda noto'g'ri joylashgan bo'ladi.
    Ko'pincha bola tug'ish kuniga qadar
    kerakli holatga ag'darilib oladi. Lekin
    ba'zi sabablarga ko'ra bola boshi bilan
    pastga qarab joylashib ola olmasa, u
    holda uni kesarcha usulda tug'dirib
    olish kerak bo'ladi. Aks holda tug'ilish
    jarayonida bolaning salomatligiga zarar
    yetkaziladi.

    Nega bola bachadonda noto'g'ri
    joylashib oladi?

    Bolaning vazni juda kichik bo'lsa;
    Homila oldi suv miqdori normadan
    ko'p bo'lsa;
    Bundan oldingi bola kesarcha kesish
    usuli bilan tug'dirilgan bo'lsa;
    Yo'ldosh pastda joylashgan bo'lsa;
    Homilador ayolda preeklampsiya
    holati bo'lsa;
    Bolaning salomatligida muammolar
    bo'lsa;
    Ko'p homilali homiladorlik da;
    Bachadon shakli bilan bog'liq
    kasalliklar mavjudligida va boshqalar.

    O'ttiz besh - o'ttiz
    yetti haftagacha aniqlangan bolaning noto'g'ri joyl ... Читать дальше »

    Qo'lda chaqaloq bilan homilador bo'lish

    Shanba00:39


    Emizayotgan ayol homilador bo'lib
    qolishi ko'p uchraydigan holat.
    Ayniqsa, kontrasepsiya vositasi
    sifatida emizishni qo'llaydigan
    onalarda shunday vaziyat keng
    tarqalgan.
    Shifokorlarning ta'kidlashicha, ikki
    farzand orasidagi muddat kamida 2
    yilni tashkil qilishi kerak. Bu muddat
    onaning salomatligi tiklanib
    olinishiga, bola sog'lom muhitda
    katta bo'lishiga kerakdir. Shuning
    uchun ham chaqalog'i bor onalar
    bolani emizib, hayz ko'rmayotgan
    bo'lsalar ham, qo'shimcha
    kontrasepsiya vositalaridan
    foydalanishi zarur. Emizish
    homiladorlikdan himoya qilmaydi.
    Emizib turib, tuqqandan so'ng hayz
    ko'rmagan ayolda ham homiladorlik
    yuz berishi ehtimoli katta.
    Bolani emizayotgan davrda eng
    qulay va zararsiz kontrasepsiya
    vositasi bu prezervativ va bachadon
    ichi spiralidir.
    Qo'lda chaqaloq bilan homilador
    bo'lib qolsa, nima qilish kerak?
    Birinchi navbatda, xursand bo'lish
    kerak! Olloh sizni yana bir bora
    shunday oliy ne'mat bilan
    taqdirlayotganiga shukur qiling.
    Ikkinchidan, yuz bergan homiladorlik
    tufayli asabiylashuv asoratini
    qo'ldagi chaqaloqqa chiqarmaslik
    zarur. Asabiy bo'lib qolgan
    bo'lsangiz, tinchlaning. Ko'proq dam
    oling. Ko'pincha ayolning
    homiladorlikdagi asabiylashuvi uning
    charchashidan kelib chiqadi.
    Uchinch ... Читать дальше »

    Homiladorlikda jig'ildoq qaynashi

    Juma23:45


    Ko'plab homilador ayollar ovqatdan
    so'ng yoki uyqudan oldin jig'ildoq
    qaynashi kabi noxush holat bilan
    tanishdirlar. Bunga sabab
    homiladorlik gormonlaridir.
    Ayniqsa, progesteron gormoni
    oshishi natijasida homilador
    ayolning xazm qilish tizimi
    kuchsizlanadi, oshqozon mushaklari
    bo'shashadi. Shunda ovqatning xasm
    bo'lish davri cho'ziladi. Natijada
    ovqat xazm bo'lguniga qadar
    jig'ildoq qaynashi kabi hissiyot
    kuzatiladi. Homiladorlik davomida
    bachadon kattalashgan sari
    oshqozonni bosadi va jig'ildoq
    qaynashi hissi yanada ortishi
    mumkin.
    Homiladorlikda paydo bo'lgan
    jigildoq qaynashi tuqqandan so'ng
    o'z-o'zidan o'tib ketadi. Buning hech
    qanday salbiy tomoni mavjud emas.
    Jigildoq qaynashi hissini kamaytirish
    maqsadida dori-vositalarini
    qo'llashga shoshilmang, buni o'rniga
    quyidagi maslahatlardan foydalanib
    ko'ring:
    Tez-tez va oz-ozdan ovqatlaning.
    Shu yo'l bilan siz oshqozonga
    tushadigan og'irlikni kamaytirasiz.
    Ovqat "pastroqqa" tushishini
    ta'minlang. Ovqat yegandan so'ng
    kamida 30 daqiqa davomida
    yotmay, o'tirgan holatda bo'ling.
    Shunda ovqat tezroq oshqozonga
    tushadi va jig'ildoq qaynashi hissi
    kuzatilmaydi.
    O'ng biqiningizda yoting. Bu yo'l
    bilan oshqozondagi ovqatni
    tezroq xazm bo'lishiga yordam
    berasi ... Читать дальше »

    Homiladorlik davrida vazn ko'payishining o'rtacha ko'rsatkichlari

    Chorshanba22:33


    Homiladorlik davomida barcha
    ayollar vazni ko'payadi. Albatta, bu
    ko'payish hammada har xil kechadi.
    Kimdir 10 kg ga semirsa, kimdir 30
    kg ham semirishi mumkin.
    Homiladorlik davomida vazn
    ko'payishining o'rtacha normal
    ko'rsatkichlari bilan tanishib chiqing.
    Buning uchun homiladorlik boshiga
    to'gri kelgan sizning bo'y va vazn
    og'irligingizni bilishingiz lozim.
    Vazn og'irligi indeksini (VOI)
    hisoblaymiz:
    VOI=vazn o'girligi (kg)/bo'yi (m)
    VOI <19.8 vazn og'irligi past
    VOI=19.8-26.0 vazn og'irligi
    normada
    VOI > 26 vazn og'irligi ortiqcha
    Masalan, homiladorlik boshida
    ayolning bo'yi 1.60 cm, vazn og'irligi
    60 kg edi.
    VOI = 60/1.60 = 23.4
    Demak, ayol vazn og'irligi normada.
    Quyida keltirilgan jadvalga asosan
    homiladorlikning 30 - haftasiga
    kelib, shu ayolning vazni o'rtacha
    9.1 kg ko'payishi va
    homiladorlikning 40-haftasiga kelib
    13.6 kg ga ko'payishi normal
    hisoblanadi.

    Homiladorlikda molochnitsa (kandidoz)

    Chorshanba22:32


    Homiladorlik davrida kandidoz
    kasalligi homilador bo'lmagan
    ayollardan ko'ra 2-3 barobar ko'proq
    uchraydi. Bunga sabab homiladorlik
    davrida qindagi kimyoviy muhit
    bakteriya uchun qulay bo'lib qolishi,
    immunitetning pasayishi va ona
    organizmidagi gormonal
    o'zgarishlardir.
    Kandidoz alomatlari:
    - tashqi jinsiy organlarda qattiq
    qichishish (ayniqsa uyqu payti va
    suv tekkanda qichishish kuchayadi);
    - qindan oq rangli, tvorogsimon
    suyuqlik ajralishi;
    - jinsiy aloqa davomida og'riq;
    - siyish davomida og'riq.
    Lekin bu simptomlar boshqa
    infeksion kasalliklar (trihomoniaz,
    gardnerellez, gonoreya, gerpes va
    boshqalar) simptomlariga o'xshash
    bo'lgani uchun, faqat simptomlarga
    asoslanib davolanish noo'rin bo'ladi.
    Davolanishdan oldin qin analizi
    orqali infeksiya turi aynan kandida
    ekanligi aniqlab olinishi shart.
    Homiladorlik davomida kandidozni
    davolash:
    Odatda vrach kandidoz kasalligi
    onaga homiladorlik davomida jiddiy
    qiyinchilik keltirmayotgan bo'lsa,
    davolamaydi. Lekin tug'ish dan oldin
    qinni barcha infeksiyalardan holi
    qilish shart. Chunki bola onaning
    jinsiy organlaridan o'tayotganda, u
    yerdagi mavjud infeksiyalarni o'ziga
    yuqtirib olishi mumkin.
    Davolash usulini
    shifokorning o 'zi homilador
    ayolning organizmiga v ... Читать дальше »

    Homilaning birinchi bor qimirlashi

    Chorshanba22:28


    Homilador ayollarda bolaning
    qimirlashi har xil davrda boshlanib,
    ayollarning hissiyotlari ham bunda
    bir-biridan farq qiladi.
    Aslida, homila 2 oyligidan boshlab
    qimirlaydi. Lekin bola kichikligi
    tufayli uning harakatlari juda zaif
    bo'ladi va onaga sezilmaydi.
    Homiladorlikning 18-haftalariga
    kelib, bola qo'l-oyoqlarini kerib
    bachadon devorlariga tega
    boshlaydi. Ko'pincha bo'lajak ona
    aynan shu harakatlarni sezishni
    boshlaydi. Bu davr, odatda,
    homiladorlikning 18-22 haftalariga
    to'g'ri keladi. Farzandi bor homilador
    ayollar homilaning harakatlarini
    oldinroq sezishi ham mumkin. Ba'zi
    ayollar esa bola qimirlashini 22-24
    haftadan o'tib ham sezmay yurishlari
    mumkin.
    Ozg'in ayollar bola qimirlashini to'la
    ayollardan ko'ra tezroq sezadilar.
    Bolaning ilk qimirlashlarini faqatgina
    uning onasi his eta oladi. Shu bilan
    ham homilador ayol o'zini baxtiyor
    his etib yuradi.
    Homilador ayolning hissiyotlari
    Bolaning harakatlari zaif yoki sust
    deb ranjishga shoshilmang. Qo'l va
    oyoqchalari 5 santimetr atrofida
    bo'lgan bolaning kuchi juda ham
    katta emasligini tushuning. Boshida
    ayol bolaning harakatlarini qorin
    g'uldirlashi bilan adashtirib ham
    yuboradi. Lekin vaqt o'tgan sayin bu
    aynan bola harakatlari ekanligiga
    amin bo'lasiz va bu hissiyo ... Читать дальше »

    Homiladorlikda tomir tortishishi

    Chorshanba22:25


    Homilador ayolda oyoq yoki qo'l
    tomirlarining tortishib qolishi
    to'satdan yuz beradi. Ayniqsa dam
    olish payti, uyquda bunday holat
    soni ko'payishi mumkin.
    Homiladorlik paytida tomir tortishish
    sabablari turlicha bo'lib, ularning
    asosiylari
    1. Ayol organizmida kalsiy, kaliy,
    magniy va vitamin B6
    mikroelementlarning yetishmasligi;
    Bunga quyidagilar sabab bo'lishi
    mumkin:
    Homiladorlikning dastlabki
    davridagi kuchli toksikoz, bunda
    ayol ko'p qayt qilib kerakli
    mikroelementlarni keraklicha
    hazm qilmaydi.
    Homilaning mikroelementlarga
    bo'lgan ehtiyojini kuchayishi
    (odatda homiladorlik davrining
    o'rta qismida namoyon bo'ladi).
    Siydik keltiruvchi dori va
    suyuqliklarni vrach nazoratisiz
    ko'p iste'mol qilish.
    Noto'g'ri ovqatlanish
    natijasidaayol organizmiga kerakli
    moddalar yetarlicha tushmaydi.
    2. Qonda gemoglobin moddasi
    darajasi keskin pasayib ketishi
    (anemiya);
    3. Qondagi shakar miqdorining
    buzilishi, ko'pincha homilador
    ayolning ovqatlanish tizimi buzilib,
    katta vaqt oralig'ida birdaniga ko'p
    yeb olish yoki shirinliklarni ovqat
    o'rniga yeb yurish sabab bo'lishi
    mumkin;
    4. Oyoqda tomirlarning varikoz
    kengayshi, bu ayniqsa oyoqlarga
    katta og'irlik tushayotganda
    kuzatiladi;
    5. Kofeinga boy suyuql ... Читать дальше »

    1 2 3 4 »
    Eng ko'p o'qilganlar
    Материалов за текущий период нет.
    Homiladorlik Taqvimi
    Saytdan izlash
    So'rovnoma
    Saboq.ORG saytiga qay darajada muhlissiz ?!
    Всего ответов: 56
    Saytga Kirish

    Hisobot


    Reklama