Qomatingiz go'zal bo'lishi uchun 10 qoida

Yakshanba01:24


Ayol go'zalligi nafaqat uning xusnida,
balki go'zal qomatida ham.

Quyidagi oson qoidalar qomatingiz tabiiy
ravishda go'zallashishiga yordam
beradi!


1. Har bir tamadidan oldin 1-2 stakan
suv ichib oling.
2. Kuniga kamida 2 litr suv iching.
3. Shirinliklarni kunduzgi 12 gacha yeb
oling, undan keyin mumkin emas.
4. Kartoshka, makaron, non o'rniga
bulg'or qalampiri, baqlajon, pomidor,
kabachok, sukkini kabi sabzavotlarni
iste'mol qiling.
5. Sosiska, kolbasa kabi mahsulotlardan
umuman voz keching.
6. Har 3 soat oz-ozdan ovqatlaning.
7. Uyqudan oldin kamida 3-4 soat
davomida hech narsa yemang.
8. Har kuni kamida 30 daqiqa davomida
jismoniy mashg'ulot bajaring (Tez
yurish, o'ynash, yo'ga kabi
mashg'ulotlar ham bo'ladi.)
9. Doim nonushta qiling. Nonushtani
o'tkazib yuborish mumkin emas.
10. Ovqat yegandan so'ng kamida 30
daqiqa davomida suv(suyuqlik)
ichmang.

Ozg'inlar kabi oson ozish yo'li

Yakshanba01:34


Ozg'inlar kabi fikr yuritishni
o'rganing. Bu nima degani?

Ko'pincha semirib ketayotgan odamning
fikricha, u juda kam yeydi, shuning
uchun u suyagi qalinligi yoki boshqa
tashqi faktorlar tufayli oza olmayotgan
bo'ladi. Aslida suyagi qalinlik, bu
erinchoqlar o'ylab topgan gap. Kam
yeyish tushunchasi esa juda nisbiydir.
Mana shu "kam yeyish" tushunchaga
ozg'in odamlar qaragandek qarashni
o'rganmoq lozim. Shunda ozish juda
oson bo'ladi. Ozg'in odam uchun "kam
yeyish" nima degani?

Bu avallambor bir porsiya ovqat 2
mushtingizdan oshmasligini bildiradi.
Ya'ni ikki mushtingizga sig'a oladigan
ovqat porsiyasini bir o'tirishda yeyish
yetarli bo'ladi.

Undan tashqari bu 2 musht ichiga
hamma narsa kirishi kerak. Masalan,
agar siz ham ovqat, ham meva, ham
shirinlik yeyishni rejalashtirgan
bo'lsangiz, u holda ovqatni 2 mushtdek
solib, ketidan shirinlik va meva yeyish
degani emas.

Siz mevani ham, ovqatni ham, shirinlikni
ham haligi 2 musht ichiga birgalikda
sig'dirib yeyishingiz kerak bo'ladi. Juda
kam deb o'ylaysizmi?
Demak, siz ozg'in isnondek o'ylashga
tayyor emassiz.

Shuni bilingki, olmani ham, danakni
ham, hatto pista-qurtni ham yaxshigina
kaloriyasi mavjud. Men kuni bilan hech
narsa yemadim degan gapning ostida
... Читать дальше »

Ozish uchun oson yo'l (Allen Karr maslahati)

Seshanba01:40


Dunyoga o'zining ozish haqidagi va
boshqa kitoblari bilan mashhur yozuvchi
Allen Karrning "Ozishning oson yo'li"
kitobiga asoslangan maslahatlar.

Bizga ma'lumki, ozish uchun kam
yeyish emas to'g'ri ovqatlanish zarur.
Ya'ni hammamiz biladigan semirtiradigan mahsulotlardan voz kechish vazn kamayishiga olib keladi. Semirtiradigan kalloriyasi ko'p
mahsulotlar bu - shokolad, yog'liq
go'sht, shirinliklar, non va non
mahsulotlari va hokazolardir. Allen Karr
bu tamoyilga qo'shimcha qilib bir qator
maslahatlar beradi. Ularning ba'zilarini
keltirib o'tamiz:

  • Ozishni niyat qilgan odam kuniga 3-4
    mahal ovqatlanishi kerak. Muhimi
    shundaki, shu ovqatlanish vaqti
    orasida suyuqlikdan boshqa hech
    nima yemaslik kerak.


  • Ertalabki nonushta faqat mevalardan
    iborat bo'lishi kerak.


  • Bir o'tirishda to'yib ketguncha emas,
    balki yetarlicha yeyish lozim. To'yish
    hissi paydo bo'lishi ko'p yeyilganidan
    dalolat beradi. Yetarlicha yeyishga
    esa o'z vazningizdan kelib chiqqan
    holda ma'lum bir portsiyani yeyish
    tushuniladi. Yetarli portsiya hajmini
    aniqlash uchun hozirgi yeyayotgan
    portsiyangizni asta-sekin kamaytirib
    borish kerak. Shunda to'qlik
    hissigacha olib kelmaydigan hajm siz
    uchun yetarli portsiya hisoblanadi.
    Undan ortig'i organizmingizg ... Читать дальше »

  • Tez va oson ozish usuli

    Yakshanba02:05


    Sakrash uchun arg‘amchi (skakalka) barchamizga
    bolalikdan tanish. U paytlarda arg‘amchi
    shunchaki o‘yin bo‘lsa, endi uning foydali
    tomonlarini ishlatishingiz mumkin. Arg‘amchi turli
    mashqlar uchun ajoyib vosita hisoblanadi. Narxi
    qimmat emas, ko‘p joyni ham egallamaydi,
    buning ustiga undan istalgan joyda va paytda –
    xoh uyda, xoh ko‘chada foydalanishingiz mumkin.
    U ozishga, mushaklarni va yurak qon-tomir
    tizimini mustahkamlashga yordam beradi…
    Sakrash uchun arg‘amchidan bokschilar,
    basketbolchilar, voleybolchilar foydalanadi, axir u
    ajoyib trenajyor-da. Kuniga bor-yo‘g‘i 20-30
    daqiqa sakrash butun tanangizning
    to‘g‘irlanishiga, ortiqcha kilogrammlardan xalos
    bo‘lishga, salomatligingizni mustahkamlashga,
    harakatlar koordinatsiyasini to‘g‘irlashga
    ko‘maklashadi. Ushbu maqolada sakrash uchun
    arg‘amchi bilan mashqlarning o‘ziga xos
    xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.

    Hozir arg‘amchida sakrashni “skiping” degan
    modali so‘z bilan atashadi, ingliz tilidan tarjimada
    bu so‘z “sakrash”ni bildiradi. Arg‘amchi
    chidamlilikni rivojlantiradi, vaznni kamaytiradi,
    nafas olish tizimini mustahkamlaydi, qomatni
    chiroyli qiladi, 2-3 daqiqa arg‘amchida mashq
    qilish davomida mashqlarning jadalligiga qarab
    100 dan 350 kaloriyagacha yo‘qotasiz, bunday
    yondashuv 34 kilometrga yugurishning o‘rnini
    bo ... Читать дальше »

    Semirish va ayol salomatligi

    Shanba13:10


    Ozishni istaganlar ko'p,
    lekin haqiqiy natijalarga
    faqat ba'zilar erisha
    oladi. Tez muddatda dori
    vositalar yordamida yoki
    och qolish yo'li bilan
    ozayotganlar katta xato
    qiladilar.
    Birinchidan, bu
    organizmga qattiq zarba
    keltiradi, ikkinchidan,
    bunday yo'l bilan
    yo'qotilgan vazn tez
    orada o'z o'rniga
    qaytadi. Chunki tez ozish
    natijasida organizmda
    yog'lardan tashqari suv,
    mushak massasi va
    uglevodlar miqdori ham
    kamayadi, ketgan yo'g'
    o'rni esa bo'sh qoladi,
    natijada ushbu bo'sh
    qolgan to'qimalar yana
    yog' bilan qoplanib
    olishga harakat qiladi.
    Undan tashqari har xil
    dietalar natijasida
    mushak massasi
    o'zgaraverib yurak
    kasalliklarini va qandli
    diabet kasalligini yuzaga
    keltirishi mumkin.
    Yuqoridagi salbiy
    oqaibatlardan xoli
    bo'lish uchun kuniga 5-6
    marta, lekin kichik
    miqdorda ovqatlanish
    tavsiya etiladi. Vazn
    yo'qotilgandan so'ng
    esa, yeyish porsiyasini
    oshirmagan ma'qul.
    Yana bir ayyorlik-bu
    oshqozonni aldash. Ya'ni
    oshqozonga to'qlik
    hissini berish. Bunga
    yengil sho'rvalar,
    sabzavotli pyure,
    yog'sizlangan sut
    mahsulotlari, qaynatilgan
    jigarrang guruch va
    tabiiy sharbatlar yordam
    beradi. Undan tashqari
    ovqatlanishda ... Читать дальше »

    Bayram oldidan ozish

    Shanba13:04


    Bu dieta 1 oylik
    hisoblanadi. Afsuski
    uning natijasi uzoq vaqt saqlanib qolishi qiyin, lekin bayram arafasida
    chiroyli ko'ylakni kiyish maqsadida ushbu dieta
    orqali ozish imkoniyati katta.
    Oyning 1 - haftasi
    Birinchi nonushta: 1
    choy qoshiq asal
    solingan iliq sut bilan
    qurutilgan nondan bir
    bo'lak. Ikkinchi nonushta: 1
    stakan choy bilan
    sariyog' surtilgan va
    salat bargi qo'yilgan 2
    dona qora non.
    Tushlik: Baliq, 2-3 dona qaynatilgan kartoshka, limon sharbati va zaytun
    yog'i solingan salat
    barglari. Oradagi tushlik: 2 dona
    pomidor va toman
    sharbati yoki 2 dona
    meva va uning sharbati. Kechki ovqat: 1 stakan
    qatiq bilan 2 bo'lak qora non.

    Oyning 2 - haftasi
    Birinchi nonushta: 1
    choy qoshiq asal
    solingan iliq choy bilan 1 bo'lak qora non.
    Ikkinchi nonushta:
    Qaynatilgan go'sht
    qo'yilgan ikki bo'lak
    qora non, pomidor va 1 stakan choy.
    Tushlik: Go'shtli 2 dona kotlet, sabzili salat, kisel
    Oradagi tushlik: Meva
    yoki 1 stakan qatiq.
    Kechki ovqat: 1 stakan
    choy bilan ikki bo'lak
    pishloq.

    Oyning 3 - haftasi
    Birinchi nonushta: Bir
    piyola kofe bilan asal
    surtilgan 1 bo'lak qora
    non.
    Ikkinchi nonushta: 1
    stakan qatiq, pishirilgan tuxum, sariyog' surtilgan
    1 bo'lak qora non.
    T ... Читать дальше »

    Eng ko'p o'qilganlar
    Материалов за текущий период нет.
    Homiladorlik Taqvimi
    Saytdan izlash
    So'rovnoma
    Saytga Baho Bering!
    Всего ответов: 127
    Saytga Kirish

    Hisobot


    Reklama