Tuqqandan so'ng qorinni bog'lab olish natijasi

Chorshanba16:55


Onalarimizning ta'kidlashicha, tuqqan ayol belini (qornini) bog'lab olsa, birinchidan beli og'rimas, ikkinchidan qorni osilib qolmas ekan.
Bu haqda biron aniq tadqiqot mavjud emas. Undan tashqari shifokorlarning ta'kidlashicha uzoq vaqt mobaynida belni bog'lab yursa, bel mushaklari bo'shashib qoladi va belbog' yechilganidan so'ng og'rishi mumkin.
Darhaqiqat, ba'zida ota-bobolarimizdan qolgan odatlar minglab tadqiqotlardan ustunroq bo'la olarkan. Xususan, tuqqandan so'ng belni bog'lash haqidagi odat. Tuqqandan so'ng belni bog'lab yurish juda kerak ekan!
Tuqqandan so'ng ayol bachadoni 1-3 kun mobaynida keskin qisqarib undan ko'p miqdorda qon ajralishi kuzatiladi. Shu davr o'tgach, Ultra tovushli diagnostika bachadonda hech qanday qoldiq yo'qligini tasdiqlagach, bemalol qorinni bog'lab olish mumkin.
Qorinni har kuni, iloji bo'lsa tunda ham qattiq bog'lab olish kerak.
Bog'lov qattiq bo'z yoki cho'zilib ketmaydigan chitdan bo'lishi lozim. Razmeri bir choyshapchalik bo'ladi. Uni engli(20-25 sm) qilib taxlab belbog' shakliga keltirasiz. So'ng qalin tomonini qoringa qo'yib, bel tomondan bitta o'girib yana qoringa keltirib qattiq bo'glab olasiz






... Читать дальше »

Tuqqandan so'ng homiladorlikdan saqlanish usullari

Chorshanba16:53


Qo'lda chaqaloq bilan yangi homiladorlikdan saqlanish masalasiga jiddiy yondashish lozim. Bu onaning sog'lig'i uchun, o'sayotgan chaqaloqning jismoniy va ruhiy rivojlanishi uchun ham muhimdir.
1. Eng ishonarlik va bezarar usul bu prezervativdir. U foydalanishda qulay, erkak yoki ayol salomatligiga, hatto emayotgan bola salomatligiga ham hech qanday salbiy ta'sir ko'rsatmaydigan deyarli 99% samaraga ega bo'lgan saqlanish usulidir. U nafaqat rejalashtirilmagan homiladorlikdan, balki ko'plab jinsiy kasalliklardan ham himoya qiladi.
2. Gormonal kontrasepsiya vositalari. Bola tug'ilgach kamida 6 haftadan so'ng foydalanish mumkin. Ba'zi tadqiqotlarning ta'kidlashicha, emayotgan bola salomatligiga salbiy ta'siri mavjud emas. Lekin gormonal tabletkalar tufayli onada vazn oshishi, ba'zida bosh og'rishi kuzatilishi mumkin. Kam hollarda uzoq vaqt davomida qabul qilingan gormonal vositalar ko'krak saratoniga moyilligi bor ayollarda saraton kasalligini qo'zg'atib yuborishi mumkin. Undan tashqari gormonal tabletkalar qabul qilishning kamchiligi shundaki, ularni har kuni bir vaqtda o'tkazib yubormay ichish shart. Aks holda, homiladorlikdan saqlash samarasi pasayadi va onaning gormonal salomatligi buziladi.
3. Bachadon ichi vositalari. Ular mexanik va gormonal turlarga bo'linadi. Gormonal turining samarasi va ta'siri gormonal tabletka singari namoyon bo'ladi. Mexanik vositalar homiladorlikdan 98%ga saqlaydi, lekin ba'zi ayollarda bachadon yallig'lanishini keltirib chiqar ... Читать дальше »

Bachadon yo'llarini yopib tashlash (sterilizatsiya)

Seshanba00:59


Ayol yana homilador bo'lmasligi uchun ko'p tug'ruqxonalarda ayolga bachadonini bog'lab tashlash (sterilizatsiya) qilish muolajasi taklif etiladi.

Bunday muolajaga rozi bo'lishdan oldin ayol yaxshilab o'ylab to'g'ri qaror qilishi lozim. Bachadonini bog'lab tashlagan ayollar bir necha yil o'tgach, taqdir taqazosi bilan yana tug'ish ni istab afsuslanishi keng tarqalgan holatdir.
Ayolning roziligisiz esa hech qanday shifokor bachadonni yo'llarini bog'lab tashlashga haqqi yo'q.

Ko'pincha oilada 3 farzand dunyoga kelgach boshqa homilador bo'lish rejalashtirilmaydi. Lekin hayot juda uzun, nima bo'lishini hech kim bilmaydi, shuning uchunbachadonni bog'lab qo'yib yana farzandlik bo'lish imkoniyatini umuman yo'q qilish uchun jiddiy sabab bo'lishi lozim. Shunchaki homiladorlik dan saqlanish vositasi sifatida bu yo'lni tanlash to'g'ri emas.

Homiladorlikdan himoyalanish uchun prezervativ, dori vositalari, bachadon ichki moslamalaridan foydalanish mumkin .

Ayolning yoshi kattaligi, tibbiyot tomonidan tug'ish umuman taqidlanganligi, bir necha bor
kesarcha yo'l bilan bola tuqqani, ayolda jiddiy irsiy kasalliklar mavjudligi bachadonni bog'lab qo'yishga sabab bo'lishi mumkin.

Uch va undan ko' p homiladorlik kesarcha kesish yo' li bilan yakunlangan bo' lsa, bachadon devorlari ingichkalashib ketgani sabab keyingi homiladorlikda bachadon yorilib ketish xavfi katta bo'ladi.

Juda kam hollarda b ... Читать дальше »

Og'riqsiz ukol (epidural anesteziya) bilan tug'ish: yaxshimi, yomonmi?

Seshanba00:54


Tug'ayotganda ba'zida shifokor ayolga tug'ish jarayonini og'riqsiz ukol bilan o'tkazishni taklif qiladi. Og'riqsiz ukolning keng tarqalgan turi epidural anesteziyadir.
Epidural anesteziya nima degani?
Epidural anesteziya biron joydagi mahalliy og'riqni blok qiluvchi vositadir. Epidural anesteziyaning umumiy anesteziyadan farqi u asosan og'riqni sezdirmaydi, umumiy anesteziya esa umumiy sezgirlik vaqtinchalik yo'qolishini ta'minlab beradi.
Epidural anesteziya qanday amalga oshiriladi?
Tug'ish jarayoni yaqinlashayotgan payti anesteziolog ayolni o'tirgan holida belini orqaga chiqarib bukilib turishini buyuradi.
Bu holat anesteziyaning samarasini oshirib beradi. Anesteziya vositasi yuboriladigan joy sterillanadi va kichik shpritsda kiritilgan shol qiluvchi dori bilan atrof teri va mushaklar muzlatiladi. So'ng epidural anesteziya qilinadi, ya'ni orqa miya kanaliga kateter joylashtiriladi va u orqali tug'ish jarayonida anesteziya dorisi yuborilib turiladi.
Epidural anesteziyaning yaxshi tomonlari qanday?
Uzoq davom etadigan tug'sh jarayonida ayolga yegillik keltiradi;
Ayol tug'ish dan charchab, ohiriga qadar holsizlanib qolmaydi;
Epidural anesteziyada ayol
tug'ish jarayonini his qiladi va unda to'liq ishtirok eta oladi, ya'ni o'zi kuchanadi, bolani o'tayotganini sezadi;
Agar bola kesarcha tug'ish yo'li bilan tug'diralayotgan bo'lsa, ona uyquda bo'lmay bolasini tug'ilishini ko'ra oladi. ... Читать дальше »

Tug'ish jarayonida ishlatiladigan og'riqni yo'q qiluvchi(anesteziya) vositalar

Seshanba00:50


Hozirgi kunda homilador ayol og'riqsiz tug'ish i ham mumkin. Buning uchun unga maxsus dori yuboriladi.

Tug'ish jarayonida ishlatiladigan anesteziyaning asosiy keng tarqalgan turlari:
Mahalliy anesteziya - kerakli mushaklarga qilinadigan ushbu ukol tug'ish jarayonida qinda yirtilish va chok tutishi ko'zda tutilsa ishlatiladi.
Uxlatish yo'li - tomirga qilinadigan ukol yordamida odam bo'shashib qoladi, og'riq kamroq seziladi, lekin umuman yo'q bo'lmaydi.
Blokada - bola chiqish yo'lidagi asab tomirlariga qilinadigan ukol bo'lib, bolani chiqishga tayyorgarlik jarayonida amalga oshiriladi.
Epidural anesteziya qilinayotganida ingichka trubka-kateter orqali orqa miya kanaliga dori yuboriladi. Bunda ayol o'g'riq sezmagani bilan tug'ish jarayonini o'zi boshqara oladi. U kuchanishni va bolani chiqishini sezadi. Dori tug'ish jarayoni cho'zilgan sari katereк orqali asta-sekinlik bilan berilishda davom etadi.
Orqa miya anesteziyasi huddi epidural anesteziyaga o'xshaydi, lekin bunda dori maxsus igna orqali orqa miya kanaliga to'g'ridan to'g'ri yuboriladi va uning samarasi shu zahotiyoq bilinib kuchliroq bo'ladi. Bunda tug'ayotgan ayol harakat qilishida qiynaladi. Anesteziyaning ushbu turi kesarcha usul bilan tug'ish da keng foydalaniladi.
Umumiy anesteziya tomirlar orqali va nafas yo'llari orqali organizmga ta'sir qiladi. Tug'ish jarayoni murakkablashib qo'shimcha muaamolar yuz berganda ishlatiladi. Bu ... Читать дальше »

Haqiqiy to'lg'oqlar alomati

Chorshanba01:23


Ilk bor tug'ayotgan ona haqiqiy
to'lg'oq larni homiladorlikda yuz
beradigan og'riqlardan yoki
Brekston-Xiks to'lg'oq laridan
ajratishi qiyin bo'ladi.
Tug'ish to'lg'oq larining alomatlari:
To'lg'oqlar muntazam ravishda,
ya'ni ma'lum bir muddat
oralig'ida qaytalanmoqda;
To'lg'oqlar kuchaymoqda: og'riq
keskinlashadi, to'lg'oq lar soni
ko'payadi, to'lg'oq lar davomiyligi
uzayadi ular orasidagi oraliq esa
qisqaradi;
To'lg'oqlar, asosan, qorin past
qismida belga kengaygan holda
namoyon bo'ladi;
To'lg'oqlar yoqimsiz bosim yoki
tortuvchi to'lg'oq simon og'riq
ko'rinishida bo'ladi.
Agar homiladorlik
ikkinchi va undan
keyingi bo'lsa , u
holda to'lg' oqlar
boshlanishidan bola
tug 'ilishigacha
bo 'lgan davr
qisqaradi . Ya'ni ilk
bor tug 'ayotgan
ayolda bachadon
bo 'yni ochilishi ,
to' lg'oqlar davri
uzoqroq kechadi .
Og'riqlar ayol jismoniy holatini
o'zgartirishi bilan to'xtamaydi,
yurganda esa kuchayadi.
Og'riqlar qindan qon ajralishi
bilan birga kechadi.
Qindan suyuqlik ajralishni
boshlaydi va uning miqdori
ko'payadi.
Tez-tez siydik qistaydi.

ТУҒРУҚҚА ТАЙЁРМИСИЗ?

Juma23:48


Туғруқ табиий жараён. Она соғлом бўлса
ва туғруқ жараёни нормал ўтса, боланинг
туғилиши учун жиддий тиббий
аралашувнинг ҳожати бўлмайди. Ёдда
тутинг, ҳар бир аёлда туғруқ турлича
ўтиши мумкин. Қуйида келтирилган
маълумотлар туғруқ жараёни ҳақидаги энг
асосий маълумотлардир.
Тайёрлаш жараёни
Қуйида туғруқ яқинлигини кўрсатувчи
белгилар келтирилган, аммо улар ҳар
доим ҳам туғруқ яқинлашганлигидан
далолат бермайди. Улар танангиз туғруқа
қандай тайёргарлик кўраётганлиги ҳақида
аниқ хабар берувчи асосий белгилардир.
Баъзи аёллар уларни сезади, бошқалар эса
сезмаслиги мумкин, бу иккала ҳолат ҳам
нормал ҳисобланади. Агар бу белгилар
кузатилмаса ҳам, ҳеч хавотирланманг.
– Кутилманда қувватнинг кўпайиши ёки
оналик ҳиссиётининг кучайиши.
– Бола бачадонда пастроққа тушади
(бунда нафас олишингиз осонлашади ва
тез-тез сия бошлайсиз), ўзингизни енгил
сезасиз.
– Ошқозон фаолиятининг бузилиши.
– Ичкетар.
– Қонли ажралма чиқиши – қиндан
бачадон бўйнини бекитиб турувчи пушти
рангли қон аралаш қуюқ шилимшиқ
ажралма чиқиши.
– Қуюқ шилимшиқ ажралмалар чиқиши.
Кўп аёллар туғруқ бошланиши муддатини
аниқ билишмайди ва туғруқхонага қачон
бориш кераклиги ҳақида
хавотирланадилар. Қайси вақтда
туғруқхонага боришингиз зарурлиги
ҳақида шифокор билан с ... Читать дальше »

Tuqqandan so'ng bavosil (gemorroy)

Shanba02:25


Ko'pchilik ayollarda homiladorlik va undan
so'ng bavosil(gemorroy) yuzaga keladi.
Ba'zilarda bu holat bir necha kundan so'ng
o'zi o'tib ketsa, ba'zilarda oylab ayolga salbiy
ta'sirini ko'rsatib keladi.
Bavosil(gemorroy) nima degani?
Bavosil deb, varikoz tomirlarning keskin
shishiga aytiladi. Bavosil shakli va kattaligi
turlicha bo'ladi. U qichish, og'riq, ba'zida
anusdan qon ketishini bilan namoyon bo'ladi.
Ba'zida kattalashgan bavosil tashqariga
chiqib ketadi, shunda uning mavjudligi orqa
tomonda shish borligi hissi bilan namoyon
bo'ladi.
Homiladorlik payti va tug'ish dan so'ng bavosil
(gemorroy) chiqishi keng tarqalgan holat.
Agar homiladorlikdan oldin ayolda bavosil
mavjud bo'lgan bo'lsa, homiladorlikda u
ko'pincha qayta chiqadi va qo'ziydi.
Nega bavosil(gemorroy) yuzaga keladi?
Homiladorlik nafaqat katta ichak tomirlarini,
balki oyoq va ba'zida jinsiy a'zolar tomirlarini
ham shishiga olib keladi. Bunga asosiy sabab,
homilador ayolning o'sayotgan bachadoni toz
tomirlarini va o'ng tomonda joylashgan katta
tomirni siqib qo'yishidadir. Natijada qorindan
pastda joylashgan qon tomirlaridan qon
qaytishi qiyinlashadi va shuning ta'sirida ular
shishadi.
Undan tashqari homiladorlik payti progesteron
gormonining oshishi tomir devorlarini
mayinlashishiga olib keladi. Bu ... Читать дальше »

Tuqqandan so'ng ko'p uchraydigan noxush holatlar

Shanba02:18


Tuqqan ayolni 40 kun chillada saqlash
kerakligi bejiz aytilmagan. Tuqqan ayolning
organizmi juda zaif va ta'sirchan bo'lib qoladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq parvarishi birinchi
o'rinda bo'lgani bilan, yangi tuqqan ayolga
ham maxsus e'tibor talab etiladi.
1. Bola tug'ilishi jarayonida ayolning jinsiy
a'zolarida yirtilish yoki kesish ro'y bergan
bo'lsa, yaraning batamom bitishiga bir necha
hafta talab etiladi.
Amaliy yordam:
Ko'proq yoting yoki maxsus o'rtasi teshik
yostiqda o'tiring.
Xojatga borib kuchanayotgan paytingizda
yara yoki chok tushgan joyni toza latta bilan
bosib ushlab turing, yirilib ketmasligini
ta'minlash uchun.
Chok yoki yaraga dezinfeksiyalovchi vositani
qo'llang.
Ichni yumshatish vositalarini shifokor bilan
maslahatlashgan holda qabul qiling.
Agar og'riq kuchayishi, chok yallig' lanishi ,
yoqimsiz hid chiqishi , chok va atrofida shish
paydo bo 'lishi kuzatilsa, shifokorga uchrash
zarur .
2. Qon ajralishi.
Tug'ishdan so'ng qindan bir necha hafta
davomida qon ajraladi. Qon ajralishi sekin-
sekin kamayib boradi, rangi o'zgaradi.
Bu davrda gigienaga rioya qilish muhim
ahamiyat kasb etadi. Tez-tez iliq suvda
yuvining. Toza tagliklardan foydalaning.
Agar sizda qon ajralishi keskin ko'payib
borayotgan bo'lsa yoki ajralayotgan qon hidi
... Читать дальше »

Tug'ishga tayyorgarlik ko'rish

Shanba02:14


Tug'ish jarayonidan har xil ayol turlicha
o'tadi. Og'riq va stress hammada bo'ladi, lekin
og'riq davomiyligi, kuchi va ayolga bo'lgan
ta'sirini kamaytirish tug'ish ga bo'lgan
tayyorgarlikka bog'liq.
Chet elda necha o'n yilliklar davomida
tug'ish ga tayyorgarlik o'quv kurslari mavjud.
Bu kurslar yordamida bo'lajak ona tug'ish
jarayonini yengillashtirish yo'llari bilan
tanishib amalda qo'llashni o'rganadi.
Tug'ish jarayoniga tayyorgarlik nega kerak?
1. Tug'ish jarayonida ona kamroq stress oladi;
2. To'lg'oq og'riqlari kamroq seziladi;
3. Bola chiqayotganida unga ona o'z xatti-
harakati va nafas olishi bilan yordam bera
oladi;
4. Tug'ish tufayli yirtilish yuzaga kelmaydi;
5. Tug'ish tufayli gimorroy yuzaga kelmaydi;
6. Tug'ish jarayoni organizm xususiyati tufayli
uzoq vaqt davom etsa, ona kuchsizlanib
qolmaydi;
7. Tug'ish tufayli kuchli stress olgan onada
sut qochib ketmaydi;
8. Tug'ishdan oldin onani vahimaga soladigan
qo'rquv bo'lmaydi;
9. Bo'lajak ona tug'ish jarayoniga ma'suliyat
bilan yondashadi;
10. Tug'ish jarayonidan ijobiy xotiralar qoladi.
Har bir ayol tug'ish oldidan o'z shifokori bilan
qiyidagi masalalar bo'yicha maslahatlashishi
darkor:
1. Shifoxonaga to'lg'oq lar boshlanganidan
so'ng qanchada borish zarur?
2. Tug'ishga borishdan oldin uyd ... Читать дальше »

Tuqqandan so'ng bo'ladigan depressiya

Chorshanba01:57


To'qqiz oy davomida ayol katta bir
voqeaga tayyorlanib yuradi.
Nihoyat 9 oy tugaydi va ayol
dunyodagi eng baxtli inson
bo'ladi. Bu borada unung yaqinlari
ayolning har bir iltimos-u talabini
bajarishga tayyor bo'lib turadilar.
Chunki farzand ko'rgan ayol eng
yuqori, eng chiroyli mehrga to'la
e'tiborga loyiqdir.
Lekin bir hafta o'tar - o'tmas
yaqinda ona bo'lganidan
qanotlanib yurgan ayolni ko'z
yosh bilan ko'rib qolishingiz ajab
emas.
Bunga sabab birinchi navbatda
ayol organizmidagi gormonal
o'zgarishlardir. Undan tashqari
tunda uyqu bo'lmasligi, ko'krakda
og'riqlar, beldagi og'riq, erning
munosabati ayol istaganicha
emasligi, og'ir tug'ishdan so'ng
jinsiy organlarda og'riq, ko'krakda
sut yetishmasligi ayolni
tushkunlikka tushib qolishiga olib
keladi.
Depressiya tushkunlik, qo'rquv,
vahima, yig'lash, uyqusizlikda
namoyon bo'ladi. Agar depressiya
namoyondalari ayolda kuzatilsa,
demak organizm
qiynalayotganidan, ya'ni yetarlicha
dam olmaslik, kuchli stress,
umuman jismonan va psixologik
kuch yetishmovchiligi, mehr va
e'tiborning kamligidan dalolat
beradi. Bu faktorlar qanchalik tez
bartaraf etilsa, tug'ishdan so'ng
ayol shunchalik tez o'ziga keladi va
kerakmas, ortiqcha kasalliklarga
duch bo'lmaydi. Depr ... Читать дальше »

Tuqqandan so'ng qon ketishi

Chorshanba01:56


Odatda onada bola tug'ilganidan
so'ng bir necha kun qon ketadi.
Lekin 1 oylar ichida u kamayib
butunlay to'xtashi kerak. Agar 6-8
haftadan so'ng bachadondan
to'xtamay qon kelishi kuzatilsa,
bunga quyidagilar sabab bo'lishi
mumkin:
bachadonda tug'ruqdan so'ng
qon lahtalarining qolib ketishi va
ularga ajralib chiqib ketish uchun
yo'l yo'qligi;
bachadon hajmining o'zgarishi;
bachadonda yo'ldosh qoldiqlari
mavjudligi;
bachadonning tug'ishdan so'ng
yetarlicha qisqarmagani.
Eng ko'p uchraydigan hol - bu
bachadonda yo'ldoshning
qismlarini qolib ketishidir. Buning
oldini olish uchun tuqqandan
so'ng 2-3 kun o'tib, yo'ldosh
qoldiqlari mavjud emasligini UTD
(UZD) orqali tekshirib olishi kerak.
Agar ayrim sabablarga ko'ra UZD
qilinmay ona uyga chiqarib
yuborilgan bo'lib, uyda qattiq qon
ketishi kuzatilsa, darhol vrachga
murojaat qilmoq lozim.
Qon ketishi og'riqsiz bo'lishi
mumkin, lekin qon juda ko'p
yo'qotiladi. Shuning uchun uy
sharoitida uni to'xtatishga
urunmay, vrachga murojaat qiling.

manba: Uzbaby.uz

Tuqqandan so'ng bel og'rishi

Chorshanba01:56


Beldagi og'riq ham ma'lum bir
kasallikning belgisi bo'lib xizmat
qilishi mumkin.
Ma'lumki, ayol tanasining tuzilishi
ortiqcha zo'riqishga yo'l
qo'ymaydi. Tana skeleti, mushaklar
va boylamalar faqat homilani olib
yurishga va uni dunyoga
keltirishga moslashgan bo'ladi.
Homiladorlik vaqtida organizmga
yuklama asta-sekin osib boradi,
tuqqandan keyin esa bu
muvozanat keskin buzuladi,
cho'zilgan mushaklar va
boylamalar azaliy holatiga
qaytmaydi. Bu holat qandaydir
darajada har bir ayolda saqlanib
qoladi va hayz ko'rish paytida
belda qattiq og'riq paydo
bo'lishiga qisman sabab bo'ladi.
Jinsiy organlarning noto'g'ri
joylashib qolishi, masalan
bachadonning qiyshayib qolishi,
bachadonning tushib yoki
kattalashib ketishi, qoniqarsiz
jinsiy hayot kechirish beldagi
og'riqlar manbai bo'lishi mumkin.
Shifokorlar tuqqan ayollarga
maxsus jismoniy mashqlar,
ginekologik massaj, fizioterapiya,
mushaklar massaji, muntazam
jinsiy hayot va jismoniy
yuklamalarni kamaytirishni tavsiya
qiladilar.

manba: Uzbaby.uz

Tuqqandan so'ng erkak va ayol munosabatlari: jinsiy aloqa

Chorshanba01:52


Tu'gishdan keyin ayollarda eriga
talpinishi (jinsiy aloqaga
munosabati)
Ko'pchilik erkaklarga ayollarda
homiladorlik va emizish bilan
bogliq badanidagi o'zgarishlar
yoqadi. Ayollarda esa tuqqandan
keyin eriga nisbatan talpinish
(jinsiy aloqaga ehtiyoj) pasayib
ketadi. Buning sababi nima ekan?
Bu munosabat, aslida kuni bilan
bola bilan ovora bo'lgan onaning
charchaganidan kelib chiqadi.
Jinsiy aloqa haqida o'ylash u
yoqda tursin, "tezroq bolam
uxlasa-yu, men ham to'yib uxlab
olsam" degan fikr ustun bo'lib
qoladi. Agar er uy yumushlarini bir
qismini o'ziga olib, bolani
parvarish etishda xotiniga
yordamini ayamasa, bundan o'zi
ham yutgan bo'ladi. Ayollar esa
biroz bo'lsada eriga ahamiyat
berishga, o'zida, uyda romantik
holatni yaratishga harakat
qilmog'i lozim. Albatta
yotog'ingizni hamma burchagida
kir pelyonkalar va pamperslar
yoyilib yotsa jinsiy aloqa uchun
yetarlicha sharoit bo'lmaydi. Yana
bir narsani unutmaslik kerak-ki,
ayollarda emizish davrida jinsiy
organlaridan jinsiy aloqani
yumshatuvchi maxsus suyuqlik
chiqishi sustlashadi. Bu esa
erkaklardan yanada katta sabr va
mehrni talab etadi. Agar erkakning
barcha harakatlari ham ayolda
lazzatlanish imkoniyatini
yaratuvchi suyuqlik ajralishiga olib
k ... Читать дальше »

Otalar uchun 10 maslahat

Chorshanba01:50


Xonadonda yangi chaqaloq
tug'ilganda katta o'zgarishlar
sodir bo'ladi. Ota-ona munosabati,
uy-ro'zg'or ishlari, katta farzandlar
bilan munosabat - bularning
barchasi qayta shakllanishni talab
etadi. Shu o'rinda otalarning o'rni
beqiyos. Agar siz mas'uliyatni his
qiladigan, suyukli xotiningiz uchun
barcha sharoit yaratib berishdan
bosh tortmaydigan, qolaversa
yangi tug'ilgan chaqaloq sizga
ham bog'langan bo'lishini istagan
va oilada tinchlik va xotirjamlikni
maqsad qilib qo'ygan ota
bo'lsangiz, u holda bu maslahatlar
siz uchun juda foydali bo'ladi.
1. Uyni toza saqlang. Chaqaloqli
uy toza bo'lishi shart. Lekin
chaqalog'i bor ona hozircha uy-
yumush ishlari bilan band
bo'lishga kuchi ham, iloji ham
yo'q. Shuning uchun o'zingiz yoki
do'st-qarindoshlar yordamida uyni
tozaligini ta'minlang.
Yig'ishtirilmagan, chang bo'lib
qolgan uy onani asabiylashishiga,
bu esa o'z navbatida chaqaloqni
qiynalishiga olib keladi.
2. Xotiningizga ko'p ahamiyat
bering. Kuni bilan bola bilan ovora
bo'lgan onaga mehr, qo'shimcha
taom, mazali yeguliklar, sharbat va
mevalar berib turish foydadan xoli
bo'lmaydi. Siz bolaga ozingiz
qarab turganingizda, xotiningiz
issiq vanna qabul qilib olishini yoki
kosmetolog, parikmaxerga borib
kelishga vaqt ... Читать дальше »

Tug'ishdan so'ng ayoldagi og'riqlarni kamaytirish yo'li

Chorshanba01:49


Amerikalik olimlarining fikricha,
tug'ishdan so'nggi onaning
og'riqlarini kamaytirish yo'li
mavjud ekan. Tadqiqodda tug'ish
davomida va undan keyin turlicha
og'riqlarni his etgan 1200 ayol
qatnashdi.
Tadqiqodlar natijasi shuni
ko'rsatdiki, ona organizmidagi
oksitotsin gormoni tug'ruqdan
so'ng onani og'riqdan himoya
qilib turar ekan.
Oksitotsin jismoniy va ruhiy
holatni bog'lovchi muhim gormon
hisoblanib, tug'ruqdan so'ng ona
va bola orasida bog'lanishni hosil
qilar ekan, yosh onani esa
og'riqdan xoli qilib turar ekan.
Shuning uchun bo'lsada,
shifokorlar orasida oksitotsin
gormoni "baxt gormoni" deb ham
ataladi. Muhimi, oksitotsin
gormoni emizish jarayonida
ishlab chiqariladi. Yangi tuqqan
onalar aslo emizishdan bosh
tortmasalar, og'riq va asabiylik
kabi noxush holatlardan xoli bo'lar
ekanlar.

manba: Uzbaby.uz

Tug'ish davomida yirtilish, kesilish (epiziotomiya)

Chorshanba01:48


Tug'ish paytidagi og'riq tezda
esdan chiqib ketadi. Shuning
uchun ko'pchilik ayollar farzandini
tug'ilishini eslayotganda to'lg'oq
og'riqlarini emas, balki bola
chiqish yo'llaridagi yirtilish yoki
vrachlar tomonidan amalga
oshiriladigan kesilishni esga
oladilar. Bu esa onaga 1 oy
davomida
og'riq keltirishi mumkin. Kesilish
yoki yirtilishni bo'lmasligi uchun
nima qilish kerakligi haqida gapiri
o''tamiz.
Bola tug'ilayotganda chiqish
yo'llaridan o'tayotganda, onada
nega yirtilish sodir bo'ladi?
Afsuski, onaning jinsiy a'zolari
joylashgan kirish yo'llarida
mushaklar qanchalik yaxshi
rivojlanganiga qaramay, ularning
elastiklik xususiyatini pasayishiga
olib keluvchi bir nacha faktorlar
mavjud:
- Ona yoshi 35 dan oshgan
(ayniqsa agar birinchi tug'ishi
bo'lsa);
- Kirish yo'llari baland bo'lsa, bu
degani anus bilan qin orasi 7-8 sm
dan ko'p bo'lsa;
- Qin mushaklarining juda
rivojlanganligi (sport bilan
shug'ullanuvchi ayollarda);
- Qin mushaklarining
rivojlanmaganligi (Kegel
mashg'ulotlarini qarang);
- Jinsiy kirish yo'llaridagi
mushaklarda bo'lib o'tgan
operasiya yoki tug'ishlardan keyin
qolgan asoratlar mavjudligi;
- Uzoq cho'zilib ketgan tug'ish
jarayoni;
- Tezlik bilan o'tgan tug'ish
j ... Читать дальше »

Asfiksiya (bo'g'ilib qolib) bilan tug'ilish

Chorshanba01:47


Tug'ish paytida ko'p uchraydigan
qiyinchiliklardan biri bu
asfiksiyadir. Asfiksiya natijasida
homila tanasining deyarli barcha
organlari va to'qimalari lat yeydi,
lekin asosiy zararni asab tizimi
ko'radi. Chunki asfiksiya davomida
organizmga kislorod bormaydi, bu
esa asab tizimi hujayralarini
yashay olishiga to'sqinlik qiladi.
Asfiksiya nima degani?
Yangi tug'ilgan chaqaloq
asfiksiyasi shunday holatki, bunda
bola tug'ilgan zahoti yurak
urishidan qat'iy nazar nafas olaydi
yoki juda sust nafas oladi, natijada
organizm yetarlicha kislorod bilan
ta'minlanmaydi. Oddiy qilib
aytganda, askiksiya - bu bo'g'ilib
qolish.
Asfiksiya sababini uch guruhga
bo'lib ko'rishimiz mumkin:
- Homilador ayol organizmida
kislorod yetishmovchiligi (qattiq
qon ketish, shok, yurak-tomir
kasalliklari, intoksikatsiya, qon
kasalliklari);
- Homilaning qon aylanish tizimida
yoki kindik-yo'ldosh tizmida
mavjud bo'lgan buzilish (kindik
yoki yo'ldoshdagi patalogiya,
homiladorlik muammolari,
muddatidan o'tgan homiladorlik,
tug'ish faoliyatining buzulgani va
boshqalar);
- Homila kasalligi yoki homila asab
tizimidagi patologiya;
- Homilaning nafas olish
yo'llarining to'liq yoki qisman
bekilib qolgani.
Asfiksiya alomatlari:
Asfiksiya ... Читать дальше »

Erning tug'ish jarayonida ishtirok etishi

Chorshanba01:46


Hozirgi kunda deyarli barcha
mamlakatlarda erning xotini
tug'ayotganida birga bo'lishi
ko'zda tutilgan. O'zbekistonning
ayrim tug'ruqxonalarida ham
bunday amaliyot tadbiq
qilinmoqda. Er bilan tug'ish yoki
tug'maslik bu har bir er-
xotinni shaxsiy tanlovi. Agar
tug'ish jarayonida birga bo'lishni
er-xotin niyat qilgan bo'lsa, u
holda er xotiniga qanday yordam
ko'rsatishi mumkinligi haqida bilib
olish kerak.
1. Erning xotini tug'ayotganida
birga bo'lishiga ham o'zining, ham
xotinining xohishi bo'lishi zarur.
Agar eri bundan bosh tortayotgan
bo'lsa yoki xotiniga bu holat
uncha yoqmasa, birga tug'ish
foyda keltirmaydi.
2. Erkak xotini dard tutayotganda
og'ir bo'lib, xotinini qo'ldan
kelgancha tinchlantirib turishga
qodir bo'lishi kerak. Uning
hotirjamligi xotiniga kuch beradi.
3. Er to'lg'oqlar orasidagi vaqt
intervalini o'lchab turishni bilishi
kerak. Bu haqda oldindan
vrachdan so'rab olsa bo'ladi.
4. Er ayoliga nafas olishi, to'g'ri
holatda bo'lishig yo'l ko'rsata
bilishi kerak. Og'riqdan
qiynalayotgan ayolda nafas olish
ritmi buzulsa, dard og'irroq
kechadi.
Ba'zi erkaklar
tug'ishda
ishtirok etishni
istaganlari bilan,
aslida tayyor
bo'lmasliklari
mumkin. Bu esa,
tug'ish
davomi ... Читать дальше »

Kesarev kesish

Chorshanba01:46


Kesarev kesish uchun qachon
zarurat paydo bo'ladi:
homila asfeksiyasi (bo'g'ilib
qolishi) vujudga kelsa ;
dard tutishning zaifligi bo'lsa;
homila bachadonda noto'g'ri
joylashgan bo'lsa(ya'ni chiqish
yo'llariga boshi bilan emas, balki
tozi yoki qo'l-oyoqlari bilan);
bosh va chanoq oralig'ida
nomutanosiblik bo'lsa;
yo'ldosh ko'chgan bo'lsa;
homila patalogiyasi bo'lsa.
Kesarev kesilish rejalashtirilgan va
rejalashtirilmagan bo'lishi
mumkin. Kesarev kesilishda
homilador ayolning qorin pastki
qismi orqali jarrohlik yo'li bilan
bachadondan homila olinadi.
Operatsiyadan keyin ayol
reanimatsiya bo'limiga o'tkaziladi
va u yerda 3 sutka davomida
kuzatiladi. Bachadon o'z shakliga
qaytishi, kesilish joylarida
yallig'lanish vujudga kelmasligi
uchun maxsus muolajalar qilinadi.
Ko'pincha kesarev kesishdan keyin
tabiiy yo'l bilan tug'ish mumkin,
buning uchun keyingi
homiladorlikgacha kamida 3 yillik
interval bo'lishi lozim.
Kesarev kesilish
bilan tuqqan
ayollar
tug'ruqxonada
fiziologik
tuqqan
ayollarga ko'ra
3-4 kun ko'proq
bo'ladilar.
Kesarev kesilish yo'li bilan
tug'ilgan bolaning sog'lig'i oddiy
tug'ilgan bola sog'lig'idan farq
qilmaydi.
Agar kesarev kesilish shart bo'lsa,
operat ... Читать дальше »

1 2 »
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Ёшингиз Неччида ??
Всего ответов: 373
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama