Bolaning tili chiqishi uchun yordam

Payshanba23:36


Defektologlar maslahati.
Hamma bola vaqti kelganida gapiradi, deyishimiz mumkin. Lekin to'g'ri va ravon gapirishni hamma ham uddalay olmaydi. Ba'zi bolalar esa 3-4 yoshida ham so'zlasha olmasligini kuzatishimiz mumkin.

Bolaning tili chiqishida eng muhimi ota-onaning bunga bo'lgan yordamidir. Bolaning tug'ilishidanoq uning tili chiqishiga yordam berish mumkin.

1. Kun mobaynida har bir faoliyatingizni bolangiz bilan suhbatlashgan holda bajaring. Bola 1 oy bo'lsa ham, uning miyasi har bir ma'lumotni qabul qila oladi.
2. Ko'chada, uyda bolganingizga qilayotgan ishingizni, atrofdagi xodisalarni bolaga tushuntirib yuring.
3. Gapirayotganingizda lo'nda, aniq, ravon va to'g'ri tuzilgan gaplarni ishlatgan holda gapiring.
4. Bolaga to'g'ri savol bering. "O'ynayapsanmi?", deyishni o'rniga "Nima qilyapsan?", desangiz, u sizga oddiy "ha" yoki "yo'q" ni o'rniga to'liq javob berishga harakat qiladi.
5. Bola bilan suhbatlashayotganingizda sukut saqlashni ham biling. Sizning gaplaringiz orasida o'z fikrini, javobini qo'sha olishiga imkoniyati bo'lsin.
6. Tovushlarga ahamiyat bering va bolangiz e'tiborini qarating. Masalan, mashina yurishi, kuchuk akillashi va hokazolar.
7. Qizqa hikoyachalar aytib bering. Keyin bolangiz bu hikoyalarni boshqalarga aytib berishini so'rang.
8. Bolaning til boyligi juda sust bo'lsa, u bilan suhbatingizga har kuni 5-6 ta ... Читать дальше »

Ko'krakda sut yig'ilib qolishi - laktostaz

Juma05:06


Emizish davomida ko'krakda sut miqdori
ko'payib bola hammasini emishga
ulgurmay qolsa, ko'krakda ortiqcha sut
yig'ilib sut yo'llari bekilib qoladi. Ba'zida
yig'ilib qolgan sut ko'krakda og'ir
boshqa salbiy oqibatlarga ham olib
kelishi mumkin.

Agar yig'ilib qolgan sut vaqtida sog'ib
tashlanmasa sut yo'llarining bekilib
qolishi - laktostaz yuzaga kelishi
mumkin.

Shunda ko'krak to'lib qolgan ko'rinib,
tegsa og'riq keltriadi. Ko'krakning ba'zi
joylarida shishlar seziladi. Bunda
ko'krakdagi sut to'liq sog'ilmaydi yoki
umuman sog'ilmay qoladi. Keyinchalik
istma ko'tarilishi yuzaga keladi.

Laktostaz natijasida ko'krakda
og'riq paydo bo'lishining sababi:


-Bolani ko'krakga notog'ri tutqazish,
bunda bola emayotganda ko'krak
uchini butunlay og'zi bilan qamrab
olmay, faqat uchini tortib emadi;
-Ko'krakga mos bo'lmagan
byustgalter taqish;
-Ko'krakka shikkast yetkazib qo'yish
(masalan, bolani o'ynatib turib
oyoqlari ko'krakni tepib yuborganini
sezmay qolish mumkin);
-Qorinda uxlash;
-Sovuq qotish.

Bolani ko'krakka to'g'ri tutqazish
yo'li:



-Bunda bola butun tanasi bilan onaga
qaratilgan;
-Bolaning boshi bilan tanasi bir ... Читать дальше »

Sutim yetmayabdi: Asosiy sabab

Shanba00:32


Ko'krak suti yetmaganda nima qilish kerak, degan savolga ko'p maslahat bersa bo'ladi. Ba'zida esa oddiygina savolga javob muammo yechimiga aylanadi.

Bu savol: Emizishga vaqtingiz bormi? Albatta bor, deydi ko'pchilik. Bolani
ovqatlanishi uchun vaqtingiz bordur,
lekin emizish deganda bolaning
ovqatlanishini tushunmang.
Bola onani emishi bu nafaqat
ovqatlanish, balki bolaning onasini
bag'riga to'yishi, onasini mehrini olishi,
onasi bilan suhbatlashishi, onasi
allalashini eshitishi, onasiga qarashi va
boshqa shu kabi vaziyatlarni o'z ichiga oladigan psixologik holatdir.
Qorni to'q bola injiq bo'lishini
ko'rgansizku? Hozirgina emizdim, nega yana yig'layapti, deysiz.

Aslida uni ovqatga bo'lgan ehtiyojini ta'minlaganingiz bilan, sizga, bag'ringizga, qo'llaringizga,
ko'zlaringizga bo'lgan ehtiyojini hali to'ydirishga ulgurmagan bo'lasiz. U yana emishni istagandek sizga
talpinadi. Yana emizing.
Ovqat yeyishi uchun emas, sizga to'yib olishi uchun emizing. Ona suti shunday ajoyibki, bolaning ehtiyojiga qarab uning tarkibi o'zgaradi. Ya'ni qorni och bola emayotganda kuchli so'rishi natijasida
yog'liq sutni olsa, shunchaki mehrga
to'yishni istayotgan bo'la sekin-sekin
so'rib oldi sut, ya'ni yog'siz sutni ichadi.
Olti oygacha ona emizish uchun
kunining deyarli 70 foizini ajratishi
lozim. Agar uy ishlari kutib turgan
... Читать дальше »

Emizish davomida ko'kraklarim har xil bo'lib qoldi

Chorshanba23:25


Emizish davrida ayol ko'kragi razmeri
kattalashishi tabiiy holat. Bolaning
ehtiyojlarini qondirish uchun ko'kraklar
muntazam ravishda sut bilan to'lib
turadi.
Bir necha oy o'tgach, ba'zida ikki
ko'krak razmeri har xil bo'lib qolishi
mumkin.
Bunga sabab:
1. Bola faqat bir ko'krakni emizish ga
odatlanib qolgan;
2. Onaning o'ziga qulay bo'lgani uchun
yoki boshqa ko'kragida og'riq borligi
uchun faqat bir ko'krak bilan emizadi;
3. Emizishda bolaga ikkala ko'krak bir
maromda berilmaydi.
4. Bir ko'krak uchi kichikligi yoki
noqulayligi tufayli bola bu ko'krakdan
bosh tortadi.
5. Bir ko'krak uchi yorilgan bo'lib,
bolaga berilmaydi.
Uzoq davr mobaynida yuqoridagi
holatlar davom etaversa, ko'kraklarning
razmeri har xil bo'lib ketadi. Eng
muhimi buni emizish davom etayotgan
payti to'g'rilab olish kerak.
Aks holda, bola emishdan chiqgach,
ko'krakdan sut qaytganda ko'kraklar
razmeri turlicha bo'lib qolib ketadi.

Juda kam hollarda ko'krak kichiklashishiga
biron kasallik sabab bo ' lishi
mumkin, lekin bunda odatda qo'shimcha alomatlar ham bo'ladi.


Nima qilish kerak?
1. Kichik ko'rinayotgan ko'krakni
ko'proq va muhimi uzoqroq emizdirish
kerak. Odatda ayollar katta ko'krakni
kichkaytirish maqsadida tez-tez bera
boshlaydi ... Читать дальше »

Chaqaloq boshidagi qazg'oqlar

Payshanba22:15


Boladan ko'ra onani ko'p bezota
qiladigan chaqaloq boshidagi
qazg'oqlarni ketkazish mumkinmi?

Deyarli har ikkinchi chaqaloq boshida
qazg'oqlar paydo bo'ladi. Ular oq yoki
sarg'ish rangda bo'lib, qalin yoki
ingichka qoplamga ega bo'ladi.
Ba'zi chaqaloqlarda qazg'oq boshning
faqat ustki qismida bo'lsa, ba'zilarning
butun boshini qamrab oladi.
Chaqaloq boshidagi qazg'oqlar qanday
va qancha bo'lishidan qat'iy nazar ular
bezarar bo'lib, hech qanday kasallik
alomati emasdir.

Ular bolaning 1 yoshiga qadar o'zidan
o'zi iz qoldirmay o'tib ketadi.
Chaqaloq boshidagi qazg'oqlarni qirish,
ko'vlash mutlaqo man etiladi. Bolaning
terisi juda nozikligi tufayli qazg'oq bilan
terini ham shilib olish mumkin. Bu esa
infeksiya tarqalishiga yo'l ochadi.

Qazg'oqlarning kelib chiqishining aniq
sababi mavjud emas. Chaqaloqning teri
mayinligi tufayli u ba'zi bolalarda
yuzaga kelib, hech qanday muolaja yoki
dori qo'llashni talab etmaydi. Ba'zida
bolaning haddan tashqari tez-tez
terlashi qazg'oqlar paydo bo'lishiga
sababchi bo'lishi mumkin, deb aytiladi.
Qazg'oqlar paydo bo'lishini oldini olish
maqsadida chaqaloqqa uyda qalpoq
kiygazmaslik tavsiya etiladi. Undan
tashqari bolani boshini tabiiy
moddalardan tarkib topgan sovun yoki
shampunda yuvish lozim. ... Читать дальше »

Chaqaloq "injiqliklari"

Juma01:04


Chaqaloq ham injiq bo'ladimi? Yo'q, albatta. Lekin
uning ba'zi qiliqlari ota-onani qiynab qo'yishi
mumkin. Nima qilsa bo'ladi?

Yangi tug'ilgan chaqaloqda sekin-sekin odat va
qiliqlari paydo bo'la boshlaydi.
Shunda ba'zi ota-onada har xil qo'rquvlar yuzaga
chiqadi.

Qo'lga o'rgatib qo'yish;
Ota-onasini karavatida uxlashga o'rganib qolishi;
Qo'lda ko'tarib uxlatishga o'rgatib qo'yish.
Ko'krakni sut uchun emas, o'ynab emishga
odatlanishi;
Uyquda ham ko'krakni qo'yib yuboramasligi;
Tongda ota-onasini oldiga borib uxlashga
odatlanib qolishi;
Bolaning shu kabi boshqa odatlaridan ota-ona
tezroq holi bo'lishni istaydi.

"Voy, bu kichkinagina bo'lib qo'lni biladi-ya",
degan gapni ko'pchilik eshitgan bo'lsa kerak.
Aslida chaqaloq kichkinagina bo'lib qo'lga
o'rganib oladi emas, u qorinda yotganida doim
onasining bag'rida bo'lgani uchun bu dunyoga
kelib o'sha eski o'rgangan holatini qumsaydi.
Shunga onasini qo'liga talpinadi va qo'lda
tinchlanadi.

Chaqaloq hali o'ylashni yoki hiyla ishlatishni
bilmaydi. U nima qilsa ham refleks asosida yoki
ehtiyojidan kelib chiqib qiladi. Emib
uxlamoqchimi, demak shu kunlarda bunga ehtiyoji
bor. Ko'krakni o'ynab yotibdimi, demak onasiga
yaqinroq bo'lishni istayapti.

Chaqaloqlar shunday tez kattaradiki, bu kabi ... Читать дальше »

Bolalik uy aptechkasi

Yakshanba22:05


Bolalik uyda albatta aptechka (kerakli
dorilarga to'plam) bo'lishi shart. Aptechka dorilarining
asosiylariga quyidagilarni kiritish
mumkin:
1. Asetomenofen (og'riq qoldiruvchi
suyuq dori). Sotuvda bolalar uchun u
parasetamol bilan birga(isitma
tushirish uchun) suyuqlik shaklida
sotiladi. Asosiy sotuvdagi nomlari:
Taylenol, Panadol;
2. Oq oddiy leykoplastr;
3. Spirtli paxta tamponlari;
4. Antibiotikli maz;
5. Dezinfeksiyalovchi suyuqlik
(aptekalarda turli xili mavjud:
Betadine, Hibiclens);
6. Steril leykoplastr;
7. Paxtali yog'ochchalar;
8. Fonarcha;
9. Bint;
10. Vodorod periksi;
11. Muz solingan paketchalar (doim
muzlatgichda turib, bola lat yeganda
shikkastlagan joyga qo'yish uchun
tayyor bo'lib turadi);
12. Ipekakuana siropi (qustiradigan
suyuqlik bo'lib, bola zaharlanganda
vrach bilan maslahat qilgan holda
qustirish uchun qo'llaniladi);
13. Pipetka, o'lchov qoshiqcha (dori
berishda o'lchash uchun);
14. Burun tozalash uchun namokob
suv (aptekalarda Sodium Hloride deb
sotiladi);
15. Uchi o'tkir bo'lmagan kichik
qaychi (tirnoq olish uchun);
16. Kichik plastrlar;
17. Termometr;
18. Pinset;
19. Gliserin svechalar (bola qornida
gaz yig'ilib qolsa, ichi qotib qolsa
foydalaniladi);

A ... Читать дальше »

Chaqaloqning ko'zi g'ilay bo'lib qolishi

Seshanba23:52


Ko'pincha yangi tug'ilgan
chaqaloqning ko'z ikki chetga yoki
o'rtaga qarab siljib qoladi. Shunda
ko'zlari g'ilay bo'lib qolganidan ota-
ona cho'chib ketadi. Ko'zi har xil
tomonga ketib qolishi bir necha
soniya davom etadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda ko'z
mushaklari yaxshi rivojlanmagan
bo'lgani tufayli bu normal holatdir.
Ko'z mushaklari bolaning barcha
boshqa mushaklari singari o'z
maromiga yetishi lozim. Albatta ko'z
mushaklari tez rivojlanadi.
1. Agar homiladorlik yoki tug'ish
jarayonida ona yoki bola ma'lum
shikast yesa, u holda bola miyasida
ko'z mushaklariga javob beruvchi
ayrim qon sosudlari yorilib, bola
tug'ilishi bilan ko'zi g'ilay bo'lishi
mumkin. Agar vaqt o'tgan sayin bu
g'ilaylik ijobiy tomonga o'zgarmasa,
u holda okulistga uchrang. Lekin
ko'pincha bunday tug'ma g'ilaylik
o'z-o'zidan o'tib ketadi.
2. Chaqaloqning ko'zini g'ilay yoki
bir tomonga siljib ketgandek
ko'rinishiga yana bir sabab - bu yuz
mushaklarining ham bir oz
kattalarnikidan farqli (yetarlicha
rivojlanmagan) ekanligidan kelib
chiqishi. Bu holat ham hech qanday
muolajani talab qilmaydi va bola
yuzi kattalashgan sari g'ilaylik o'z -
o'zidan yo'q bo'lib ketadi.
3. Ikki oyga to'lgan go'dak qo'lidagi
o'yinchoqni ko'zlariga yaqin keltirsa,
ko'zi buru ... Читать дальше »

Bolani qanchada cho'miltirish kerak?

Juma23:52


Hozirgi kunda ko'pchilik ota-ona
maktab yoshigacha bo'lgan bolani
deyarli har kuni cho'miltirishga
odatlangan. Huddi shunday
chaqaloqlarni ham. Shartmikin?
Amerika Pediatrlari uyushmasining
ta'kidlashicha, chaqaloqlarni ham
maktab yoshigacha bo'lgan bolani
ham har kuni cho'miltirish shart
emas.
Tez-tez va astoyidil cho'miltirilgan
bolalarda allergiya, atopik dermatit,
teri qichinishi va astma kasalliklarga
moyillik kuchayar ekan.
Uyushmaning ta'kidlashicha, bolani
kir bo'lsagina cho'miltirish kerak.
Misol uchun loy yoki qumda
o'ynagan, ustiga spagetti ag'darib
yuborgan bo'lani cho'miltirish shart.
Shunchaki uyda o'ynagan yoki
ko'chada toza joyda aylanib yurgan
bolani haftada 1-2 marta
cho'miltirish kifoya ekan.
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarni esa,
asosan bukiladigan joylarini nam
lattada asta artish va tagliklar joyini
toza tutish tavsiya etiladi.
Chaqaloqlarni ham haftasiga 3
martadan ortiq cho'miltirmaslik
tavsiya etialdi.
Olti yoshdan katta bolalarni haftada
ko'pi bilan 2 marta yoki kir
bo'lganida va boladan hid kelganida
cho'miltirish lozim.
Bolaning nozik immun tizimi atrof-
muhitdagi virus, bakteriya va kirga
bardoshli bo'lishi uchun uni tez-tez
cho'miltirmaslik kerak ekan.
Ayniqsa, yuvish vositalarini ishlatga ... Читать дальше »

БЎЛАДИГАН БОЛА БОШИДАН МАЪЛУМ ЁХУД ЗАМОНАМИЗ ВУНДЕРКИНДЛАРИ

Payshanba08:49


Кўпчилик инсонлар ўз касбларининг
билимли ва етук мутахассислари бўлиш
учун анчагина йилларини сарфлаб,
тинимсиз меҳнат қилишади. Аммо
орамизда ўта иқтидорлилар ҳам борки,
улар болалик пайтларидаёқ катталар
эришолмаган муваффақиятларни қўлга
киритишган. Бундайларни “вундеркинд” –
“мўъжиза бола” деб аташади. Қуйида
замонамизнинг айрим вундеркиндлари
билан танишасиз.
Микаэла Фудолиг

Филиппинлик Микаэла Ирэн Фудолиг 1991
йилда туғилган. 11 ёшида у университетга
қабул қилиниб, 16 ёшида энг юқори балл
билан физика бўйича бакалавр
даражасини олди. 2007 йилдан
талабаларга дарс бера бошлаган Микаэла
ўтган йилнинг декабрида фан доктори
даражасини ҳам олди.

Акрит Ясвал

Акрит Пран Ясвал 1993 йилнинг 23
апрелида Ҳиндистонда таваллуд топган.
Унинг бошқа болаларга ўхшамаслиги
аввал-бошданоқ маълум эди: ўн ойлигида
тили чиққан, икки ёшида ўқиш ва ёзишни
ўрганган. Беш ёшида эса Шекспир
асарларини мутолаа қиларди. Шунингдек,
Акритни тиббиётга оид асарлар жуда
қизиқтириб қолган эди. У 2000 йилнинг 20
ноябрида ўзининг илк жарроҳлик
амалиётини бажарди: қўли куйиб кетган
саккиз ... Читать дальше »

Bolaning tili chiqishi - pediatr Komarovskiy maslahatlari

Chorshanba11:20


Ikki yoshga to'lgan bolaning tili chiqishi kerak.
O'zining uchinchi tug'ilgan kuniga qadar bola
o'rtacha 300 ta so'zni bilishi, tushunishi,
gapira olishi lozim. Bolaning tili vaqtida va
ravon chiqishi uchun ota-ona yordam berishi
mumkin ekan, deb ta'kidlaydi mashshur
Rossiyalik pediatr Komarovskiy.
Buning uchun:
1. Bola bilan homiladorligingizdan boshlab
suhbatlashishni boshlang.
Homiladorlikning 3 trimestrida bola
tovushlarga juda ta'sirchan bo'ladi. Aynan bu
davrdan boshlab ona yoki ota o'z farzandi
bilan muloyim gaplashishni, klassik
musiqalarni qo'yib berishni odat qilishi kerak.
2. Yangi tug'ilgan chaqaloq bilan doimo
suhbatlashib yuring.
chaqaloqligidan ravon nutqni eshitgan bolani
tili chiqishi oson bo'ladi.
3. Bolaning ko'zlariga qarab gapiring.
Ota-ona gapirayotganida bola uning lab
qimirlashini kuzatadi, shu yo'l bilan uning tili
chiqishi osonlashadi.
4. Bolaga ko'p savol bering.
Bola javob bera olmagan taqdirda ham, unga
savol berishga odatlaning. Savolingizga javob
berish niyatida uning aqliy va nutqiy
rivojlanishi kuchayadi.
Telefon va kompyuter o' yinlari bolani tili
chiqishini keskin sekinlashtiradi .
5. Bolaga ko'p ertak o'qing.
Kitobdagi yangi so'z va iboralar bolani tili
chiqishida muhim ahamiyatni kasb etadi.
6. Bola bilan birga y ... Читать дальше »

ТАГЛИКЛАРДАН ҚАНДАЙ ФОЙДАЛАНАСИЗ?

Shanba00:34


Ҳозирги кунда тагликлар урф бўлиб,
ўзининг фойдаланишда қулайлиги,
қийинчилик туғдирмаслиги, боланинг узоқ
муддат тинч юришини таъминлаши билан
ўзбек аёлларига маъқул келган. Бу,
айниқса, меҳмонга ёки тўйга кетаётганда,
болани айлантиришга олиб чиққанингизда,
кечаси тинч ухлаши учун ишлатилганда
жуда қўл келади.
Айниқса, ишлайдиган ёки ўқийдиган
оналар учун бу айни муддао! Лекин шуни
ҳам ёддан чиқармангки, қўшнингизнинг
боласига идеал равишда маъқул келган
тагликлар Сизнинг фарзандингиз
талабларига жавоб бермаслиги мумкин.
Бунда иқтисодий тарафдан ташқари
болангизнинг ўзига хосликлари ҳам катта
аҳамият касб этади.
Бир марталик тагликларнинг қулайлиги
шундаки, ювишингизни кутиб турган
кирлар уюми анча кам бўлади. Улар ҳам
вақтни, ҳам кучни тежайди, уларни кийиш
ҳам, ечиб олиш ҳам осон. Терида яхши
ўтириб, суюқликни тез шимиб, секин
ўтказиш хусусиятига эга. Шунингдек,
йўргак дерматитининг олдини олади.
Лекин туғилганидан памперсга ўраб
қўйилган бола кейинчалик ҳам ўйиндан
чалғимай, табиий равишда сийиб
қўяверади. Уни тагим ҳўл бўлиб қолади,
деган муаммо қийнамайди. Бу бир
томондан яхши. Лекин иккинчи томондан,
боланинг табиий физиологик равишда
сийдикни бошқариш каби хусусиятини
кечроқ ривожланишига сабаб бўлади.
Илгари шифокорлар фақат ... Читать дальше »

КИЧКИНТОЙ ДЎМБОҚ БЎЛСА…

Shanba00:28


Ёш бола вазнининг меъёрдан ортиши улар
соғлиғи билан боғлиқ муаммоларни
келтириб чиқаради. Бунинг оқибатида
ҳатто юрак қон-томир касалликлари
пайдо бўлиши, моддалар алмашинуви
бузилиши ва қонда қанд миқдорининг
ортиши рўй беради. Илк ёшдаги
болаларда семизлик ривожланишининг
бир қанча сабаблари бор.
Биринчидан, оилада ота ёки она тўладан
келган бўлса фарзандларда ҳам
семизликка мойиллик кузатилади.
Иккинчидан, болани гўдакликдан
тартибсиз ва кўпинча мажбурлаб
овқатлантириш кейинчалик семизликка
олиб келади.
Учинчидан, бола ошқозонининг
физиологик ҳажми 200-250 мл. бўлиб, у
шунча миқдордаги овқатни егандан сўнг
унда тўйиш ҳисси пайдо бўлади. Агар
кичикликдан у пала-партиш
овқатлантириб келинган бўлса, бола
меъдаси талаб қилганидан кўпроқ овқат
ейишга ўрганади ва вазни тўлиша
бошлайди.
Тўртинчидан, ҳозирги вақтда болалар
туғилганидан то мустақил юриб кетгунга
қадар камҳаракат бўлишади, яъни уларни
катталар доим болалар аравачасида олиб
юришади, бунинг эвазига уларда
семиришга имконият яратилади.
Хуллас, кичкинтойнинг семириб кетиши
саломатлик учун хавфли ҳисобланади.
Чунки семираётган кичкинтойнинг
танасида ёғ йиғила боради. Шундан сўнг
унда иммунитет пасайиши, ташқи
таъсирларга чидамсизлик, гавда ҳолатида
нуқсонлар пайдо б ... Читать дальше »

ЖИНСИЙ АХЛОҚ АЛИФБОСИ

Shanba00:44


Жинсий тарбия умумахлоқий тарбиянинг
ажралмас қисми бўлиб, унинг асосий
вазифаси ёш авлодни зурриёт қолдириш
сир-асрорларидан бекаму-кўст хабардор
этишдан иборат. Шартли равишда, балоғат
ёшига етмаганлар ҳамда расида (уйғониш
палласида) бўлганлар жинсий тарбиясини
тафовут қилиш мумкин. Ҳозирги кунда
болаларимиз акселерация (лотинча —
тезлашиш, эрта расида бўлиш)га мувофиқ
ҳолда эрта жинсий балоғатга етмоқдалар.
У қизларда 9 ёшдан, ўғил болаларда эса 11
ёшдан бошланиб, жинсий тарбия олиб
боришда қийинчиликлар туғдирмоқда.
Жинсий тарбиянинг биринчи босқичи
болаларни эрта балоғатга етишга олиб
келадиган сабаблар таъсиридан сақлашга
йўналтирилган бўлиши лозим.
Жинсий тарбиянинг иккинчи босқичи
боланинг балоғатга етган давридан
бошланиб, бу давр қизларда йигитларга
нисбатан 2-3 йил олдин бошланади.
Жинсий балоғат — тегишли аъзолар
биологик жиҳатдан етилган, кўпайиш ҳамда
насл қолдиришга қодирлигидан дарак
берувчи ўзгаришлар пайдо бўладиган
даврдир. Шу даврдан бошлаб боланинг
жинсий тарбиясига алоҳида эътибор бериш
лозим.
Сўнгги йилларда баъзи ривожланган
мамлакатларда “Халқ педагогик ҳаракати”
юзага келди. Уларнинг мақсади ёшларни
мустақил фикр юритишга, онгли иш
тутишга ва ўзини халқ хизматига батамом
бағишлашга қодир кишилар қилиб
етиштир ... Читать дальше »

6 oylik bola - rivojlanishi

Shanba23:41


Bola hayotining birinchi yarim
yilligi o'tdi. Shu oyda bolaning
vazni yana 600-650 grammga,
bo'yi esa 2.5-3 sm ga oshdi. Shu
davrda ko'pchilik bolalarda tish
chiqishi boshlanadi. AKDS
emlatishning uchinchi bosqichi
amalga oshiriladi. Bolaning miya
rivojlanishi jadal sur'at bilan
ketmoqda.
6 oylik bola rivojlanishi:
1. O'tira oladi;
2. O'tirganda yiqilmaslik uchun
qo'llarini tirab oladi;
3. Bolalar stulida o'tiradi;
4. Mebelni ushlagan holda tura
oladi;
5. Yotgan holda ikkala tomonda
ag'dariladi;
6. O'yinchoqqa qo'li yetishi
uchun yerda yotib, oyoqlari bilan
tanasini o'yinchoq tomon
siljitadi;
7. Narsani qo'li bilan oladi;
8. O'yinchoqlarni qo'llari bilan
ko'rsatadi;
9. Mayda narsalarni barmoqlari
bilan ushlaydi;
10. Ko'proq xilma-xilroq
tovushlarni chiqaradi;
11. Tovush balandligini
o'zgartirib chiqarishni yaxshi
ko'radi (eshitish qobiliyati yaxshi
bo'lishi kerak);
12. Qattiq kuladi;
13. Chapay chaladi;
14. Kubik o'ynaydi;
15.Kattalar mimikasini qaytaradi;
16. O'yin davomida bir nimalarni
o'ylagandek tuyuladi;
17. Taqillatishni xush ko'radi;
18. Sakratishganini yaxshi
ko'radi;
19. Qo'shimcha ovqat yeyishni
boshlaydi;
20. Stol ustidagi narsalarni tortib
olgisi ... Читать дальше »

Emizish davrida yeyish mumkin bo'lmagan mahsulotlar

Shanba23:38


Agar emizish davrida siz iste'mol
qilayotgan mahsulotlardan qaysi
biri bolajoningizga zarar
keltirishi haqida o'ylansangiz,
ushbu svetofor qoidasini eslab
qoling.
Qizil rang - aslo mumkin emas!
Bu turkumdagi mahsulotlar
bolaga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
1. Vino - alkogol 100%
bo'lmasada, albatta ona suti bilan
bolaga o'tadi.
2. Xom va konservadagi piyoz,
sarimsoq, garimdori, mayonez va
Tobasko souslari-sut mazasini
achchiqlashtirib buzadi.
3. Gorchitsa (mustard), achchiq
kofe, achchiq shokolad, ko'k
pishloq, har xil hidli
qo'shimchalarga boy bo'lgan
pishloq - sut mazasini buzadi.
4. Selyodka, dengiz mahsulotlari,
ikra - sutni sho'r qiladi.
5. Xom va konservadagi tunets
(tuna) balig'i va krevetka-allergiya
sabachisi bo'ladi.
Sariq rang - mumkin lekin
ehtiyotlik bilan!
Bu turkumdagi mahsulotlarning
zarari bo'lmasada, ularni ko'p
miqdorda va ehtiyotsizlik bilan
iste'mol qilish mumkin emas.
1. Qovun, lavlagi, qatiq, no'xat,
o'simlik yog'i - ushbu
mahsulotlarning ko'pligi bola
qornida og'riq va ichi ketishiga
olib kelishi mumkin.
2. Nok, anor, xurmo, guruch, non
va pishiriqlar - bola ichini
qotirishi mumkin.
3. Sigir suti, apelsin, greypfrut,
qora smorodina, tuxum, qizil ikra,
baliq, mankali, ... Читать дальше »

Chaqaloqlarga massaj qilish

Shanba02:02


Tadqiqodlarning
ko'rsatishicha,
massaj
bolani
rivojlanishiga,
hulq-
atvoriga
juda
ijobiy
ta'sir
ko'rsatar
ekan.
Bola
massaji bu avallo terini teri bilan
munosabatni ta'minlaydi, bu
munosabat esa ona va bolaning
o'zaro aloqalsini
takomillashtiradi, bir birlarini
yanada osonroq tushuna olishga
yordam beradi.
Albatta ayrim hollarda massaj
tibbiy tavsiya etilgan bo'lishi
mumkin. U holda bolangizga
maxsus vrach tomonidan massaj
qilinadi. Lekin agar chaqaloq
sog'lom bo'lib, vazni yaxshi
bo'lsa unga ham massaj juda
foydali. Bunday bolalarga
massajni onaning o'zi qilishi
mumkin. (bolaga massaj qilish
VIDEOdasturi)
Massaj shunchaki bolaga yoqimli
bo'lishidan qat'iy nazar, u bolani
yaxshiroq rivojlanishini va
o'sishini ta'minlaydi. Ayrim
mamalakatlarda bolaga ona
massaj qilmasa, bu katta xato
deb ta'kidlanadi. Massajning
qiziqarli tomoni shundaki, massaj
olgan bola tezroq o'sib, yaxshi
rivojlanadi. Nega?
1. Bolani silaganda bola
organizmida o'sish uchun kerak
bo'lgan maxsus moddalar ishlab
chiqariladi. Masalan, vaqtidan
oldin tug'ilgan chaqaloqlarga
massaj qilganda ularning vazni
47%ga ko'proq o'sayotgani
kuzatilgan. Hayvonlar ham
bolasini tili bila ... Читать дальше »

Muddatidan oldin (chala) tug'ilgan bola

Shanba01:52


Bolaning ona qornida rivojlanish
davri 38-40 hafta davom etadi.
Homila tashqi muhit ta'siridan
onaning organizmida
himoyalanadi va ona organizmi
orqali hayot uchun muhim
bo'lgan ozuqa oladi va to'liq
rivojlanadi. Normada bola
homiladorlikning oxiriga kelib
tug'ilishi lozim. Bu muddatda
uning barcha organlari tashqi
muhitda bemalol faoliyat ko'rsata
oladi. Agar bola muddatidan
oldin tug'ilib qolsa, u holda u
shifoxonada maxsus nazorat
ostiga olinadi.
Muddatidan oldin tug'ilgan
bolalarning 4 darajasi mavjud:
1-daraja: 35-37 hafta oralig'ida
tug'ilgan - vazni 2100-2500 gr;
2-daraja: 32-34 hafta oralig'ida
tug'ilgan - vazni 1501-2000 gr;
3-daraja: 29-31 hafta
oralig'idatug'ilgan - vazni
1001-1500 gr;
4-daraja: 29 haftadan oldinroq
tug'ilgan - vazni 1000 gr dan
kam.
O'ttiz besh haftadan keyin
tug'ilgan bolalar odatda tez vazn
oshirib muddatida tug'ilgan
tengdoshlariga yetib oladilar.
Odatda bunday chaqloqlarda
patologik kasalliklar mavjud
bo'lmasa, ularni shifoxonadan
1-2 hafta ichida chiqarib
yuborishadi.
Vazni 1500 grdan oshgan
bolalarni o'pkasi tashqi muhitda
faoliyat ko'rsatishga tayyor
bo'lmagani tufayli ular boshida
maxsus nafas olish apparatiga
bog'langan bo'ladilar va bunday
bo ... Читать дальше »

Chaqaloqning ko'zi g'ilay bo'lib qolishi

Shanba01:52


Ko'pincha yangi tug'ilgan
chaqaloqning ko'z ikki chetga
yoki o'rtaga qarab siljib qoladi.
Shunda ko'zlari g'ilay bo'lib
qolganidan ota-ona cho'chib
ketadi. Ko'zi har xil tomonga
ketib qolishi bir necha soniya
davom etadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda ko'z
mushaklari yaxshi rivojlanmagan
bo'lgani tufayli bu normal
holatdir. Ko'z mushaklari
bolaning barcha boshqa
mushaklari singari o'z maromiga
yetishi lozim. Albatta ko'z
mushaklari tez rivojlanadi.
1. Agar homiladorlik yoki tug'ish
jarayonida ona yoki bola ma'lum
shikast yesa, u holda bola
miyasida ko'z mushaklariga
javob beruvchi ayrim qon
sosudlari yorilib, bola tug'ilishi
bilan ko'zi g'ilay bo'lishi mumkin.
Agar vaqt o'tgan sayin bu g'ilaylik
ijobiy tomonga o'zgarmasa, u
holda okulistga uchrang. Lekin
ko'pincha bunday tug'ma g'ilaylik
o'z-o'zidan o'tib ketadi.
2. Chaqaloqning ko'zini g'ilay
yoki bir tomonga siljib ketgandek
ko'rinishiga yana bir sabab - bu
yuz mushaklarining ham bir oz
kattalarnikidan farqli (yetarlicha
rivojlanmagan) ekanligidan kelib
chiqishi. Bu holat ham hech
qanday muolajani talab qilmaydi
va bola yuzi kattalashgan sari
g'ilaylik o'z - o'zidan yo'q bo'lib
ketadi.
3. Ikki oyga to'lgan go'dak
qo'lidagi o'yinchoqni ko'zlariga
... Читать дальше »

Emizayotgan payti dori ichish

Shanba01:49


1. Dori ichishdan oldin o'zingizga
savol berib ko'ring:
- Bolaga bu dori zarar
keltiradimi?
- Dori tufayli ko'krakda sut
miqdori kamaymaydimi?
- Davolanishga bo'lgan ta'siri bir
xil bo'lib, zarari kamroq dori
mavjudligini surushtirib
ko'rdingizmi?
- Dori ichish vaqtini emizish vaqti
bilan turlicha qilish imkoniyati
bormi?
Ko'pincha vrachlar emizuvchi
onalarga dori yozayotganda
dorining bolaga zarari haqida
yetarlicha ma'lumotga ega
bo'lmay vaqtincha emizishni
taqiqlab qo'yadilar. Bu esa bola
va ona uchun qo'shimcha
muammolar keltirib chiqaradi.
Chunki emizish to'xtatilgach
ko'krakka sut kelishi kamayib
boradi, undan tashqari bola
butilkadan ovqatlanishga
o'rganib, ko'krakni olmay tashlab
yuborishi mumkin.
Nima qilish mumkin?
1. Haqiqatan ham siz shu dorini
ichishingiz shartmi? Masalan,
shamollagan bo'lsangiz
oyoqlaringizni issiq suvda ushlab,
malina, limon choy ichib, ko'p
suyuqlik ichib shamollashni yo'q
qilish imkoniyati bor. Juda
bo'lmasa, bir komponentli dorini
ichish bir necha komponentli
dori ichishdan ko'ra havfsizroq.
2. Muolajani boshqa vaqtga
surish iloji bormi? Masalan, bir
diagnostik muolaja kerak bo'lib
qolishi mumkin, rengen yoki
rejalashtirilgan operatsiya. Agar
bol ... Читать дальше »

1 2 »
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 86
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama