XAVFGA EGA HOMILADORLIK

Chorshanba22:23


Agar homilador ayol yoki tug'ilajak
bolaning salomatligida muammo
bo'lish xavfi yuqori bo'lsa, bunday
homiladorlikka xavfga ega
homiladorlik deb aytiladi.
"Xavfga ega homiladorlik " degan
ibora qo'rqinchli tuyilgani bilan,
aslida bu ibora shifokorlar uchun
qo'llaniladi. Bunda shifokorlar xavfga
ega homilador ayol va homila
salomatligiga yanada e'tiborliroq va
jiddiyroq yondashadilar, kerak
bo'lganda esa muammolarning oldini
oladilar.
Agar homilador ayolda quyidagi
holatlardan biri mavjud bo'lsa,
bunday homiladorlik xavfga ega
hisoblanadi.
Diabet;
Saraton kasalligi;
Yuqori qon bosimi;
Buyrak kasalliklari;
Epilepsiya;
Homilador ayol spirtli ichimliklar
ichadi va chekadi;
Ayolning yoshi 35 dan yuqori;
Ikki va undan ko'p homilali
homiladorlik;
Bundan oldin 3 va undan ko'p
bola tushishi yuz bergan;
Homilada Daun sindromi
aniqlangan;
Homilada yurak, o'pka yoki buyrak
kasalliklari aniqlangan;
Bundan oldingi homiladorlikda
muddatidan oldin bola tug'ilgan;
Bundan oldingi homiladorlikda
preeklampsiya holati mavjud
bo'lgan;
Bundan oldingi bola Daun yoki
boshqa genetik kasallik bilan
tug'ilgan;
Homilador ayolda OITS, gepatit C,
sitomegalavirus, varisella, rubella,
toksoplazmos yoki sif ... Читать дальше »

Homiladorlikda og'riqlar

Chorshanba11:21


Homiladorlik davomida ayolni turli xil og'riqlar
bezota qilishi mumkin. Bularning ba'zilari
homiladorlik uchun xavf soluvchi og'riqlar
bo'lsa, ba'zilari xavfsiz normal og'riqar
hisoblanadi. Ularni qanday ajratsa bo'ladi?
1. Homiladorlikning dastlabki davridagi
sanchishlar.
Ko'pchilik homilador ayollarda
homiladorlik ning ilk 12 haftasida qorinda,
qorinning past qismida va belda yengil, og'riq
bermaydiagn sanchishlar kuzatiladi. Bu
sanchishlar o'sayotgan bachadonning mushak
va toz suyaklariga og'irliq berishi natijasida
yuzaga keladi va ular xavotirli emas.
Xavfli holatlar:
O'griq, sanchishlar kuchi va soni ortib
borayotgan bo'lsa;
Og'riq yoki sanchishlar qon ketish bilan birga
namoyon bo'lsa;
Davomiy og'riq faqat bir tomonda kuzatilsa;
Siyish og'riq bilan kelib, siydikda qon bo'lsa.
2. Qorin pastki qismidagi og'riqlar.
Shu kabi og'riqlar odatda homiladorlik ning 2
trimestridan boshlanadi. Bunga sabab
bachadonning keskin kattalshib qorin pastki
ligament(mushaklar)ni tortilishiga olib
kelishidir. Bu mushaklar oyoqlarning badanga
to'qnashgan joyida joylashgan. Aynan
ligamentlar beradigan og'riq biron harakatdan
so'ng, jismoniy holatni birdan o'zgartirish yoki
uzoq vaqt mobaynida oyoqda turish natijasida
yuzaga keladi. Undan tashqari aksirish,
yo'talish, qatti ... Читать дальше »

Homiladorlik davomida vazn nima hisobiga oshadi

Dushanba00:56


Ba'zi homilador ayollar keskin semirib ketsa,
boshqalar meyorida vazn qo'shadilar. Bunga
asosan ayolning gormonal salomatligi va
ovqatlanish tarzi ta'sir qiladi.
Agar organizmda gormonal disbalans
bo'lmasa va homilador ayol to'g'ri ovqatlansa,
homiladorlik davomida vazn oshishi
quyidagicha namoyon bo'ladi:
Bolaning vazni - 3.4 kg
Bachadon kattalashi - 900 gr
Yo'ldosh - 670 gr
Amniotik suyuqlik - 900 gr
Organizmda qo'shimcha qon va boshqa
suyuqlikning hajmi - 3.6 kg
Qo'shimcha yog'lar - 3 kg
Jami - 13.4 kg.
Demakki, normal balanslashgan
homiladorlik da ayolning vazni 13-15 kgga
oshadi. Shuning uchun bunday ayollar
tuqqandan so'ng tez o'z vazniga qaytadilar.

Homiladorlik va soch parvarishi

Dushanba00:56


Homiladorlik davrida sochlar yanada
go'zallashadi, lekin ayni shu davrda ular
qo'shimcha parvarishni talab etadi.
Quyidagi maslahatlar homiladorlik davrida
soch kuchini yoqotmaslikka va tuqqandan
so'ng sog'lom soch tolalariga ega bo'lishga
yordam beradi.
1. Homilador ayolni ko'p narsaga vaqti
ba'zida esa kuchi ham yetmaydi. Shuning
uchun bu davrda qulay va ko'p vaqt talab
etmaydigan soch turmagini qo'llash lozim;
2. Agar sochingiz quruq bo'lsa, homiladorlik
payti va sovuq kunda ularni kamroq yuvish
tavsiya etiladi;
3. Homiladorlik payti uchun kerakli shampun
tanlay olish muhim. Ba'zida shu davrgacha
foydalanilgan shampun birdaniga soch
tolalariga yoqmay qolishi mumkin;
4. Sochlarni fen bilan emas sochiq bilan
quritgan ma'qulroq;
5. Dush ostida turib bosh terini massaj qilish
qon aylanishini yaxshilanishiga olib keladi;
6. Elektr depilyatorlar zararsiz hisoblanadi.
Lekin kimyoviy epilyasiya va rang beruvchi
vositalarni homiladorlik davrida qo'llamagan
ma'qul;
7. Ba'zi tadqiqotlarning ko'rsatishicha,
homilador ayolning soch bo'yashi uchun
kimyoviy vositalarni qo'llashi homilada
xromosom o'zgarishlarni keltirib chiqarishga
sababchi bo'lar ekan;
8. Sochlar salomatligi uchun vitaminga boy
sabzavot va mevalardan ko'proq iste'mol
qilish maqsadga muvofiq bo ... Читать дальше »

Urug'lanish jarayoni

Chorshanba06:14


Ayolda ovulyasiya sodir bo'lib, homiladorlik
yuzaga kelgunga qadar bo'lgan davrda ayol
tuxumi erkak spermatozoidi bilan uchrashib
bachadonga joylashadi. Shu davr o'rtacha 1-2
hafta davom etadi va urug'lanish deb ataladi.
Shundan so'ng navbatdagi hayz sikli
boshlanmaydi va homiladorlik aniqlanadi.
1. Ayol tuxumdonidan tuxum ajralib
ovulyasiya yuz beradi. Tuxum bachadon
tomon harakatlanadi, uning o'rnida sariq
tanacha hosil bo'ladi. Ushbu sariq tanacha
urug'langan tuxum bachadonga joylashishi
uchun va homiladorlik boshlanishi va normal
davom etishi uchun kerakli gormon ishlab
chiqaradi. Agar tuxum urug'lanmay nobud
bo'lsa, sariq tanacha ham nobud bo'ladi.
Sariq tanachaning progesteron gormonini
yetarlicha ishlab chiqarmasligi tufayli
homilador bo' la olmaslik yoki homilaning erta
tushib qolishi xavfi bor.
2. Ovulyasiya sodir bo'lgan kun atrofida erkak
va ayol jinsiy aloqada bo'lsalar, erkak
spermatozoidi bilan ayolning urug'lanish
uchun tayyor tuxumi bachadon bo'ynida
uchrashadi.
Urug' lanishga tayyor bo 'lgan tuxum 24 soat
yashaydi. Aynan shu 24 soat ichida u
spermatozoid bilan urug 'lanishga ulgurishi
kerak . Spermatozoid ayol organizmida 3 -7
kun yashay oladi .
3. Spermotozoidlarning biri tuxum tashqi
qoplamini buzib, uning ichiga kirib olsa,
tuxum urug'l ... Читать дальше »

Homiladorlik payti yuzaga keladigan anemiya

Shanba02:16


Homilador ayollarning deyarli 30 foizi
anemiyani boshidan kechiradi. Vaqtida
davolanmagan anemiya homilaga ham,
homilador ayolga ham salbiy ta'sir ko'rsatishi
mumkin.
Anemiyaning bir necha turi mavjud bo'lib,
homiladorlik davrida asosan temir moddasi
yetishmovchiligi anemiya si yuzaga keladi.
Homilador ayolda anemiya borligini qanday
bilsa bo'ladi?
Odatda homilador ayol ginekolog nazoratida
bo'lganida, bir necha bor qon analizlarini
topshiradi. Shunda uning qonidagi
gemoglobin darajasi ham aniqlanadi.
Gemoglobin darajasi pasayib ketgan bo'lsa,
onada anemiya rivojlanayotgani aniqlanadi.
Agar homilador ayol egizaklarni ko'tarayotgan
bo'lsa, u holda homiladorlik davomida
gemoglobin tez-tez tekshirilib turadi.
Odatda normal homiladorlik da qondagi
gemoglobin darajasi o'zgarib turadi. Agar
homiladorlik ning boshida u kerakli darajada
bo'lsa, uchinchi trimestrga kelib pasayishi
namoyon bo'ladi.
Agar anemiya rivojlanayotgani aniqlansa, u
holda ginekolog qo'shimcha temir moddasini
vitamin shaklida qabul qilishni tavsiya etishi
mumkin.
Temir moddasi yetishmovchiligi tufayli
anemiya kimda yuzaga keladi?
Temir moddasiga boy mahsulotlar (qizil
go'sht, o'rik, uzum, banan, magiz va
hokazolar)ni kam iste'mol qiluvchilarda;
Homilador bo'lishdan oldin ko'p qon
... Читать дальше »

Yozning issiq kunlarida homiladorlik muammolari

Seshanba00:40


Homilador ayolning tashqi haroratga
jismoniy munosabati oddiy
ayolnikidan farq qiladi. Yozning
jazirama issig'ini homilador ayolga
kechirish ba'zida qiyinchiliklar
tug'dirishi mumkin.
Quyidagi maslahatlar homilador
ayolga issiqlikni osonroq kechirishga
yordam beradi:
1. Ko'proq suyuqlik iching. Bunda
nafaqat oddiy suv balki elektrolidlik
maxsus suyuqliklar ham as qotadi.
2. Faqat tabiiy matolardan
tayyorlangan kiyimda yuring.
Paralonlik byustgalter va to'rlik ichki
kiyimlar issiq kunda faqat salbiy
ta'sir ko'rsatadi, xolos.
3. Quyosh nurlaridan nari bo'ling.
Homilador ayollar teri quyosh
nurlariga yanada ta'sirchan bo'ladi.
4. Kunning issiq paytida tashqariga
chiqmaganlik ma'qul.
5. Issiq kunda homilador ayolga
ko'roq dam olish tavsiya etiladi.
Issiqlik organizmni holsizlantiradi,
demakki homilani ko'tarish uchun
kuch yig'ish talab etiladi. Oyoqlarni
ko'taribroq kunida kamida 2 soat
dam olish maqsadga muvofiq
bo'ladi.
6. Kechki payt salqin tushganida
albatta tashqarida sayr qilib keling.
Yozda ham toza havoda homilador
ayol uchun muhim bo'lgan
kislorodga ehtiyoj katta.
7. Ich keltiradigan dori vositalarini
qabul qilmang. Bunday vositalar
organizm suvsizlanishini kuchaytirib
yuboradi.
8. Kunida kamida 1 marta ... Читать дальше »

Homiladorlik payti xavotirga solishi kerak bo'lgan 7 holat

Yakshanba05:27


Ko'pincha homiladorlik
muammosiz o'tadi. Lekin har bir
homilador ayol homiladorlik
uchun xavfli holatlar haqida bilib
qo'ygani yaxshi. Quyida
homiladorlikda eng ko'p
uchraydigan ahamiyattalab 7 holat
keltirilgan.
Shifokor homilador ayolni kuzatish
davomida xavotirga soluvchi
holatlarni aniqlash va vaqtida
bartaraf etish uchun kerakli
analiz , test va tekshiruvlarni
muntazam ravishda o'tkazib
turadi. Homilador ayol ham o'z
holatidan xabardor bo'lib, xavfli
alomatlarni shifokorga vaqtida
aytib turishi foydadan xoli
bo'lmaydi.
Bola tushishi
Homiladorlikning ilk 20 haftasida
bola tushishi ehtimoli mavjud.
Barcha homiladorliklarning 10-20
foizi bola tushishi bilan
yakunlanadi. Ularning 80 foizi esa
homiladorlikning dastlabki 12
haftasida sodir bo'ladi. Ushbu
davrda sodir bo'lgan bola
tushishining asosiy sabablaridan
biri urug'langan tuxumda
xromosom nuqsonlar
mavjudligidir. Bu nuqsonlar
embrion rivojlanishiga to'sqinlik
qiladi va embrion rivojlanmay
tushib qoladi.
Bola tushishi alomatlariga asosan
qon ajralishi va qon dog'larining
paydo bo'lishi kiradi. Ba'zida
homiladorlikning ilk davrida oz
miqdorda qon ajralishi normal
holat bo'lishi mumkin. Shunga
qaramay homilador ayol o'zida
qon ajralay ... Читать дальше »

Homiladorlikda soch bo'yash va boshqa kimyoviy moddalarni qo'llash...mumkinmi?

Yakshanba05:21


Ushbu savolga "ha" yoki "yo'q"
javob berishdan oldin, ba'zi
ma'lumotlardan sizni xabardor
etsak.
Homiladorlik davrida soch
bo'yashni istaydiganlar juda ko'p.
Sochni muntazam ravishda bo'yab
yuradigan ayol 9 oy davomida
bundan voz kecha olmaydi.
Sochiga oq tushganlar esa o'zini
bo'yalmagan soch bilan tassavur
qila olmaydilar. Homiladorlik kabi
nozik davrda soch bo'yashning
ziyoni yo'qmikin? "Rivojlanayotgan
bola salomatligiga soch bo'yoqlari
tarkibidagi va umuman boshqa
kimyoviy moddalar salbiy ta'sir
ko'rsatmasmikin?", kabi savollar
bo'lajak onani bezota qilishi ajab
emas.
Afsuski, bu savolga hech bir
tadqiqot ham hech bir ilmiy tajriba
ham aniq javob bera olmaydi.
Homiladorlikda soch bo'yashning
ziyoni chala o'rganilgan desak
adashmaymiz. Ba'zi tadqiqotchilar
uni ziyon keltiradi desalar, ba'zilar
buning homilaga hech qanday
zarari yo'q deb ta'kidlaydilar.
Kimga ishonish kerak?
Ahamiyat bersak, 21 asr
kasalliklarining ko'pchiligi yomon
ekologiya bilan bo'gliq. Atrofda,
har kunimizda, har qadamimizda
bizga kimyoviy moddalar sherik
bo'lib kelmoqda.
Oddiy mineral suvi baklashkasi bir
martadan ko'p ishlatilsa organizm
uchun zararli kimyoviy modda
ishlab chiqishi tasdiqlangan.
Uyimizdagi plastik idishlar, ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 1 haftasi

Seshanba00:57


Aslida homila hali vujudga
kelmagan bu davrni ham
ginekologlar homiladorlik davri
deb atashadi. Bu davr ayolning
homiladorlikkacha bo'lgan oxirgi
hayz ko'rishining birinchi
kunidan boshlab hisobga olinadi.
Aynan shu kundan boshlab ayol
tuxumdonida tuxum hujayrasi
bo'lajak urug'lanishga tayyorlanib
rivojlanishni boshlaydi.
Homiladorlik alomatlari namoyon
bo'lishi mumkin.
Homilador bo'lishni
rejalashtirayotgan ayol
homilarodlikdan 3 oy oldin
butunlay sog'lom hayot tarzida
yashashi lozim. Alkogol ichimliklar
va dori qabul qilmaslik tavsiya
qilinadi. Majburiyat tug'ilganda
ba'zi dorilarni shifokor bilan
maslahatlashgan holda ichish
mumkin, lekin noma'qul.
Agar oilangiz a'zolaridan biri
tug'ma kasallikka chalingan bo'lsa,
ayrim kasalliklar homiladorlikka
yoki homilaga ta'sir ko'rsatishi
sababli bu haqda kelajakda sizni
nazorat qiladigan ginekologga
xabar berish kerak.
Ushbu davrda stress, jismoniy
zo'riqish va asabiylashishdan xoli
bo'ling. Imkon qadar ko'proq
meva va sabzavotlardan iste'mol
qilib, toza havoda ko'p vaqt
o'tkazishni odat qilishni boshlang.

manba: Uzbaby.uz

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 2 haftasi

Seshanba00:56


Bu haftada ayol tuxumdonida
ovulyatsiyaga tayyorlanish avj
olmoqda. Haftaning oxiriga kelib
tuxumdonda tuxum hujayralari
vujudga kelib bachadon yo'llariga
tushish va erkak spermatozoidlari
bilan uchrashish ehtimoli bor.
Ovulyatsiya bo'lganini dorixonada
sotadigan maxsus ovulyatsiya
testlari yordamida aniqlasa bo'ladi.
Undan tashqari hayz kelgan
kunidan boshlab 2 hafta oldinga
sanab ovulyatsiya davrini
tahminan hisoblasa bo'ladi. Aynan
shu kunlarda ayol tuxum hujayrasi
urug'lanishga tayyor bo'ladi.
Ayol tuxum hujayralari 1-2 kun
davomida aktiv holatda bo'ladi.
Erkak spermatozoidlari esa 3-4
kun davomida urug'lantirish
qobiliyatini saqlab tura oladilar.
Shunga homilador bo'lish uchun
jinsiy aloqani tahminan
ovulyatsiyadan 1 kun oldin yoki
ovulyatsiya kuni yoki undan 2 kun
o'tmasdan amalga oshirish lozim.
Shunda spermatozoidlar ayol
tuxum hujayralarini uchratish
ehtimoli eng katta bo'ladi.
Shu hafta davomida erkak sog'lom
hayot tarzida yashamog'i
maqsadga muvofiq bo'ladi.
Alkogol, chekish, zararli gazlar
kabilardan yiroqda bo'lib, yaxshi
ovqatlanib yurishi lozim. Ayolni
urug'lantirish kunidan oldin
spermatoizoidlarning sonini
oshirish maqsadida 2-3 kun
davomida jinsiy aloqada bo'lmaslik
tavsiya qilinadi.
... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 3 haftasi

Seshanba00:54


Ayolning urug'langan tuxum
hujayrasi 3 kun davomida
bachadonga kelib tushadi. Bunda
hujayra bir necha bor bo'linib
haftaning oxiriga kelib o'z ichida
250 ta hujayraga ega bo'ladi.
Uning shakli 0.1-0.2 mmlik
diametrga ega sharni eslatadi.
Keyin 2 kun davomida
bachadonda erkin bo'lib,
urug'lanishning 7- kuniga kelib
homila bachadon devoriga
yopishadi. Bu homila
rivojlanishidagi kritik holat bo'lib,
implantasiya deb ataladi. Agar
implantasiya sodir bo'lsa, shu
kundan boshlab siz o'z
homilangizni oziqlantirishni
boshlaysiz.

manba: Uzbaby.uz

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 4 haftasi

Seshanba00:53


Homila xorion ganodropin
gormonini ishlab chiqarishni
boshladi. Aynan shu gormon yaqin
kunlarda homiladorlik test
natijasining ijobiy chiqishida
yordam beradi.
Lekin gormon miqdori hali juda
kam bo'lgani uchun testni keyingi
hafta o'tkazish tavsiya qilinadi.
Ayol tuxumdonida tuxum
hujayrasining o'rniga qolgan sariq
modda o'z faoliyatini boshlab
sizga homiladorlikning dastlabki
alomatlarini his qildirishi mumkin.
Homila astoyidil rivojlanib
bormoqda. Asta sekinlik bilan
uning organlarini vujudga keltirish
uchun to'qimalar shakllanmoqda.

manba: Uzbaby.uz

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 5 haftasi

Seshanba00:52


Shu haftada homiladorlikni
aniqlovchi testni amalga oshirish
mumkin.
Chunki hayz kelmagan, demak
homilador bo'lish ehtimoli katta.
Ushbu davrda ayolda
homiladorlik alomatlari o'tgan
haftaga nisbatan sezilarliroq
bo'lishi mumkin. Xususan, bosh
og'riqlar, ko'ngil aynish, yig'loqilik,
o'ta sezgirlik, ishtahaning oshishi
yoki kamaygani, uyquchilik va
hokazo. Lekin ba'zi ayollarda
homiladorlikning alomatlari
sezilmasligi ham mumkin. Bu
normal holat bo'lib, xavotir olish
o'rinsizdir.
Homiladorlik 3 trimestrga
bo'linadi.
1-trimestr: homiladorlikning 13
haftasigacha davom etadi;
2-trimestr: homiladorlikning
14-27 haftalari oralig'ida bo'ladi;
3-trimestr: 28-42 haftalari
oralig'ida bo'ladi.
1-trimestr homila rivojlanishidagi
eng muhim va keskin rivojlanuvchi
davrdir. Aynan shu davrda homila
tushish ehtimoli kattaligi tufayli
unda ayol o'z salomatligiga o'ta
e'tiborli bo'lishi talab etiladi.
Embrion uzunligi 1.5-2.5 mm
bo'lib, u silindr shaklini o'xshatadi.
Homila kerakli ozuqani ayol
qonidan olmoqda. Aynan shu
haftada uning yuragi shakllanadi
va uning urishini maxsus Ultra
tovushli diagnostika apparatida
eshitish mumkin bo'ladi. Bu
davrda bolada vujudga kelishi
mumkin bo'lgan ayrim tug'ma
nuqsonlarni ol ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 6 haftasi

Seshanba00:51


Onaning holati
Toksikozdan qiynalayotgan ayollar
quyidagi maslahatlarga amal
qilsalar, toksikoz namoyondalari
kamroq bilinadi:
Kun davomida tez-tez lekin oz-
ozdan yeyish;
Ertalabki birinchi nonushtani
karavatdan turmasdan yotgan
holda yeyish;
Oqsilga boy mahsulotlar
toksikoz alomatlarini kamaytirgani
tufayli ulardan ko'roq ist'emol
qilish.
Shu davrda homilador ayol o'ziga
juda ehtiyot bo'lishi, o'tkir
harakatlar qilmasligi, sakramasligi,
zinalardan yiroqroq yurish,
poshnali tuflidan 9 oyga voz
kechish va vannaxonada sirpanib
ketishdan ehtiyot bo'lish kerak
bo'ladi.
Homilador ayollarda ovqatlanish
tarzi butunlay o'zgarib ketishi
mumkin. Birdan shirinlikka yoki
sho'r mahsulotlarga talab paydo
bo'lib qoladi. Yoki umuman
ovqatlanishdan bosh tortadiganlar
ham bo'ladi. Kimdir esa ko'p
yeyishga o'tadi. Lekin shunday
ayollar borki, homiladrolik davrida
hech qanday o'zgarishni his
qilmay xuddi oldindagidek hayot
tarzini davom etadilar.
Bir nima yeyishni istab qolsangiz,
uni imkon qadar topib yeb
olganingiz lozim. Agar u foydasiz
shirinlik, shokolad, pivo kabi
mahsulot bo'lsa, u holda ularning
o'rnini bosuvchi va shu bilan birga
sizni ehtiyojingizni qondirib bolani
salomatligiga zarar bermaydigan
... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 7 haftasi

Seshanba00:49


Onaning holati
Ko'p ayollar bu davrda quyidagi
jismoniy va psixologik
ko'rinishlarini his etadilar:
ko'ngil aynish, qusish,
so'lakning keskin ajralib chiqishi;
ich qotishi;
jig'ildoq qaynashi, qorinda
gazlar yig'ilishi, ovqat hazm qilish
tizimining buzulishi;
ishtahaning o'zgarishi;
ovqatlarga nizbatan kuchli
nafrat yoki ehtiyoj paydo bo'lishi;
ko'krak bezlarining oz'garishi:
kattalashishi, uchlarining atrofi
to'qlashishi;
bosh og'riqlar namoyon bo'lishi;
bosh aylanishi;
vahima, qo'rquv, kayfiyatning
tez-tez o'zgarishi.
Homiladorlikning 2-oyida quyidagi
analizlar topshiriladi:
Qin mazogi;
OITS va sifilis testlari;
Qon va siydikning umumiy
analizlari;
Xorionganodropin gormonini
aniqlovchi siydik analizi (uning
yordamida homiladorlik ma'qul
tarzda o'tayotgani aniqlanadi);
Boshqa maxsus tekshiruvlar (agar
bundan oldingi homiladorlikda
muammolar yoki homila
yo'qotilishi sodir bo'lgan bo'lsa).
Bolaning holati
Homilaning uzunligi 6-9 mm ni,
og'irligi esa 0.8 grammni tashkil
qiladi. Uning jigari qon yaratish
markaziga aylandi. Qizilo'ngach va
traxeya rivojlanmoqda. Ingichka
ichak bilan ko'krak qismi
rivojlanishni endi boshlamoqda.
Buyrak usti bezlari shakllanmoqda.
Bosh miya intensiv riv ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 8 haftasi

Seshanba00:46


Onaning holati
Ayol bachadoni kattalashgani bilan
tashqaridan hali homiladorlik
bilinmaydi. Toksikoz alomatlari
saqlanibgina qolmay kuchayishi
ham mumkin. Ayrim
ayollarda tomirlarning kengayishi
namoyon bo'lishi mumkin.
Buning sababi bachadon
tomirlarininig toz tomirlariga
bosimi, oyoq tomirlaridagi
bosimning ortib borishi, qon
hajmining ko'payishi va
boshqalardir. Tomir kengayishini
ayolning oyoqlarida tormilarning
setkasimon bo'lib yoyilib
qolishidan ko'rsa bo'ladi. Tomir
kengayishi homiladorlikning
dastlabki kunlarida boshlanib
homiladorlikning oxirgi davrida
ayolga qiyinchiliklar tug'dirib
qo'yishi mumkin. Uni oldini olish
maqsadida quyidagilarga amal
qilish kerak:
Vazn o'ta oshib ketishini nazorat
qiling, yog'li va uglevodli
mahsulotlar(shirinliklar, tortlar)dan
kamroq iste'mol qiling;
Uzoq vaqt o'tirish yoki turishdan
xoli bo'ling;
O'tirganingizda oyoqlaringizni son
balandligiga ko'tarib qo'ying;
Yotganda oyoqlar ostiga ko'rpa
yoki yostiq qo'yib yoting;
Og'irlik ko'tarmang;
Siqadigan kiyim kiymang;
Toza havoda ko'p aylaning;
Vitamin C ga boy mahsulotlardan
ko'proq iste'mol qiling.
Bolaning holati
Homila uzunligi 8-11 mm bo'lib,
og'irligi 1.5 grammni tashkil
qilmoqda.
Ko'rini ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 9 haftasi

Seshanba00:45


Onaning holati
To'qqizinchi hafta juda muhim
hafta hisoblanadi. Chunki bu
davrga kelib ayol
tuxumdonidagi sariq moddaning
gormon ishlab chiqarish faoliyati
sustlanib ushbu faoliyatni asta
sekinlik bilan yo'ldosh o'z
zimmasiga olishi kuzatiladi.
Yo'ldoshning shu davrga kelib
qanchalik rivojlanganligi
homiladorlik normal davom
etishiga ta'sir ko'rsatadi. Agar
yo'ldosh yetarlicha rivojlangan
bo'lsa, u holda u kerakli
gormonlarni ishlab chiqarishni o'z
zimmasiga oladi, lekin uning
rivojlanishi kechikkan bo'lsa, u
holda homilaning tushish ehtimoli
vujudga keladi.
Agar sizda qalqonsimon bez
muammolari mavjud bo'lsa, bu
davrda endokrinolog bilan
maslahatlashish maqsadga
muvofiq bo'ladi. Onaning
qalqonsimon bez faoliyatining
buzulishi homilaning qalqonsimon
bezi faoliyatiga salbiy ta'sir
ko'rsatishi mumkin. Shuning
uchun edokronologning tavsiyasi
bilan kerakli muolajani olish
foydadan xoli bo'lmaydi.
Ba'zida qinda ozgina sariq
ajralishlar kuzatilishi mumkin. Bu
narsa tabiiy bo'lib, sizni bezovta
qilmasligi kerak.
Bolaning holati
Homila uzunligi 13-15 mm bo'lib,
og'irligi 2 grammni tashkil
qilmoqda. Embrionning beli
bukilgan holatdan asta sekinlik
bilan to'g'rilanib kelmoqda. Boshi
hali ham ko'kr ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 10 haftasi

Seshanba00:45


Onaning holati
Gormonlar miqdorining ko'pligi
ayol jismoniy va ruhiy holatiga
katta ta'sir o'tkazmoda. Asta
sekinlik bilan bel yo'qolishi
boshlamoqda. Toksikoz alomatlari
bo'lajak onani kuchli bezovta
qilmoqda.
Agar toksikoz tufayli ayol ko'p
vazn yo'qotib, ko'p qusayotgan
bo'lsa, u holda ginekologga
murojaat qilish tavsiya qilinadi.
Qusish natijasida ayolning
suvsizlanishi homilaga salbiy ta'sir
ko'rsatishi mumkin.
Homilador ayollarda ich qotishi
tez-tez uchrab turadi.
Homiladorlikning 1-trimestrida
ortiqcha kuchanish mumkin emas.
Vujudga kelishi mumkin bo'lgan
gemmoroyni oldini olish
maqsadida ayol meva va
sabzavotlar, qaynatilgan loviya,
turshak va uning sharbati, olxo'ri
sharbatidan iste'mol qilib turishi
kerak.
Homilador ayollarga klizma qilish
man etiladi, chunki u bachadon
mushaklariga ta'sir qilib homilani
tushib qolishiga olib kelishi
mumkin.
Yotishdan oldin 1 stakan qatiq
ichish ham ich qotishini oldini
oladi.
Bolaning holati
Homilaning uzunligi 27-35 mm
bo'lib, og'irligi taxminan 4
grammni tashkil qilmoqda.
Homiladrolkning 10-haftasida
homila tanasining umumiy
parametrlari shakllanib bo'lib,
keyingi 6.5 oyda ular rivojlanishda
davom etadilar. Homilaning shu
paytgacha ma ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 11 haftasi

Seshanba00:43


Onaning holati
Bu davrda onani quyidagi holatlar
bezovta qilishi mumkin:
- charchov;
- uyquchilik;
- tez-tez siydik qistashi;
- ko'ngil aynish va qusish;
- so'lakning ko'p ajralishi;
- jig'ildoq qaynashi;
- gaz yig'ilishi;
- ko'krak bezlarining o'zgarishi
(kattalashgani, tajanglashgani,
ko'krak uchinining chiqib qolishi,
va rangi o'zgarishi);
- qorin va oyoqlarda tomirlarning
kengayishi;
- bosh og'rishi;
- kayfiyatning o'zgaruvchanligi.
Har kuni kamida 2-3 soat
davomida toza havoda aylanib
yurish, chiroyli narsalarga qarab,
yoqimli musiqa eshitish haqida
unutmang.
Bolaning holati
Homilaning uzunligi - 55 mm,
og'irligi 7 gramm atrofida.
Homila nafaqat qimirlayapti, balki
onaning harakatlari (kulishi,
yo'talishi)ga javob ham
qaytarmoqda. Uning qo'lchalari
ushlash harakatlarini amalga
oshirmoqda. Endi homila hid seza
oladi. Ona yeyayotgan ovqatning
hidini homila ham his eta oladi.
Qon-tomir tizmi shakllanishni
tugatmoqda. Shakllanish
jarayonida onaga tashqi
muhitning salbiy ta'siri homilada
yurak kasalliklar paydo bo'lishiga
olib kelishi mumkin. Shuning
uchun 1-trimestr homilani himoya
qilish va tashqi muhitdan
asrashda eng muhim davr. Tashqi
muhit ta'siriga har xil dori
vosit ... Читать дальше »

« 1 2 3 4 »
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytning yangi ko'rinishi yoqdimi ?
Всего ответов: 3
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama