Нозик муносабатлар чигаллашаверса…

Juma00:48


Ёхуд ҳамма гап темпераментдами?
Оила эркак ва аёлнинг ўзаро ҳурмати, ишончи ва ҳамжиҳатлиги асосида қурилиши рост. Муҳаббат, туйғулар ҳам бўлиши керак, албатта. Яна жинсий ҳаёт сифати ҳам муҳим. Лабингизни буриб, қовоғингизни учиришдан аввал тўхтанг! Ахир сиз эмасми, жинсий муносабатларда эрининг совуққонлигию қўполлигидан шикоят қилган? Ёки кунда-кунора яқинликни истаётган жуфтингиздан чарчаганингизни айтиб нолиётган? Хўш, муаммо сиздами ёки унда? «Ҳамма гап темпераментда!» дейсизми?! Аслида унинг нималигини биласизми? Ўзингизнинг темпераментингиздан-чи, хабарингиз борми? Келинг, барча шубҳа-гумонларга бугун нуқта қўйиб, муносабатлардаги инқирозни таҳлил қиламиз. Эҳтимол шунда бир-бирингизнинг «тил»ингизни тушунарсиз…

Мутахассис — сексапотолог Дилмурод ЭРГАШЕВ.

ЭРКАК «+» АЁЛ «-»

Жинсий яқинликда истакларнинг бўлиниши ҳақида сўз очдикми, демак, муаммони ҳам рўйи-рост гапиришимиз лозим. «Эрим кунора яқинликни истайди. Менда эса бунинг акси. Биз икки хилмиз!» Йўқ! Сиз икки хил эмассиз, балки бир-бирингизни тушунишни, тинглашни истамайсиз, холос. Темпераментни ҳам тинч қўйинг.

Табиатан темпераменти юқори бўлган эркаклар бор. Уларнинг жинсий яқинликка бўлган эҳтиёжи бир кунда 3-4 мартадан ҳар кунликкача бўлиши мумкин. Баъзиларда муносабатга киришиш истаги ҳафтада 1-2 марта содир бўлади. Бу ҳам нормал ҳолат. Яъни эркакнинг темпераменти шунга мос. Ушбу ҳолатдан муаммо ясаш, камига уни оилани инқирозга етакловчи омил ... Читать дальше »

Эҳтиёт бўлинг: муҳаббатни сўндирувчи одатлар!

Chorshanba22:39


Бу сафар нозик муносабатларга янгилик киритиш ёхуд жуфтимизнинг кўнглини забт этишда асқотадиган усуллар ҳақида сирлашмаймиз. Таажжубланаяпсизми? Эътироз билдиришга шошилманг-да, яхшиси танлаган мавзумизга диққат қилинг. Зеро, бугунги суҳбатимиз жинсий яқинлик борасида йўл қўйиладиган хатолар ва эҳтиросларнинг сўнишига олиб келувчи ҳолатлар тўғрисида бўлади.

Мутахассис – андролог-сексопатолог Дилмурод ЭРГАШЕВ.


Бир хиллик

Тасаввур қилинг, яқинлик вақти ҳеч қандай ҳиссиётлар юзага келмади. Хўш, бунга ким айбдор? «Албатта, турмуш ўртоғим, ахир мен нима ҳам қилолардим?». Агар шу баҳона билан ўзингизни овутаётган бўлсангиз, билингки бу сизнинг биринчи ва энг катта хатонгиз. Муносабатларингиздаги бир хиллик эҳтиросларнинг сўнишига олиб келаяпти. Эрингизга турланиб юришингиз ёқадими, демак, шахсий ҳудудда ҳам ана шу жараёнга эътибор беришни унутманг.

«Бир дақиқа, ойим қўнғироқ қилаётганди…»

Ҳар қандай масалада қатъиятли эркак, нозик муносабатларга келганда ўта таъсирчан бўлиши ҳеч гап эмас. Айниқса, висол онларига ишора қилсаю, кутилмаган қўнғироқ ёки бирор бир сериал билан диққатини бўлсангиз, қўпол муомаласини кутаверинг. Худбинлиги уйғонсаю, эътиборини ҳам сиздан қизғона бошлайди. Ахир сиз уни рад этдингиз.
Жуфтингизнинг кайфиятини билдингизми, демак, ҳар қандай қўниғироқлару кино ва сериалларни унутинг-да, бор диққатингизни унга қаратинг.

Сохта туйғулар…

... Читать дальше »

Жинсий алоқа пайтидаги катта-кичик нохушликлар

Juma23:11


Жинсий алоқа пайтидаги катта-кичик нохушликлар ҳақида аёлларнинг очиқ гапиришга уялишлари рост. Аммо бу жинсий ҳаёт сифати ва жуфтликларнинг ўзаро муносабатларига салбий маънода таъсир этаётган бўлса, албатта, чорасини кўриш зарур. Айниқса, жинсий яқинликка киришишдан қўрқиш, қориннинг пастки соҳаси, қинда оғриқ юзага келиши тез-тез такрорланаётган бўлса, мутахассисга мурожаат қилишдан асло чўчимаслик керак. Тиббиётда мазкур ҳолат вагинизм касаллиги номи билан юритилиб, бугунги кунда уни даволашнинг самарали усуллари мавжуд.

Вагинизм — нима?

Жинсий яқинликка киришишдан хавфсираш, алоқа вақти қин мушакларининг тортилиб, сиқилиши натижасида оғриқ юзага келишидир. Мазкур касаллик белгилари фақат жинсий яқинлик пайтида намоён бўлгани боис, кўпчилик аёллар уни жиддий қабул қилмай, жинсий аъзолар яллиғланиши билан адаштиришлари мумкин. Шунинг учун ҳам оғриқлар кузатилганида ёки ҳомиладор бўлолмасангиз, муаммонинг асл негизи билан дарҳол қизиқинг. Чунки жинсий алоқа вақтида тез-тез ва мунтазам такрорланувчи безовталиклар айнан вагинизм касаллигига хос бўлиб, тўлиқ даволанилмаса, жинсий ҳаёт сифатини ошириш ёки исталган ҳомиладорликка эришиш мушкул.
Сабаблари қандай?
Касалликнинг келиб чиқишига сабаблар турлича тахмин қилинса-да, асосий омил сифатида қўрқув, жинсий ҳаётдан хавфсираш, стресс, невроз ҳолатлари кўрсатилади. Вагинизм аксарият ҳолларда янги турмуш қурган жуфтликлар орасида кўпроқ кузатилади. Турмушга чиқмаган қизлар руҳиятид ... Читать дальше »

Jinsiy Tarbiya

Seshanba23:09


Jinsiy tarbiya - bolalar, oʻsmirlar va yoshlarda jins masalalariga nisbatan toʻgʻri munosabatni shakllantirib borishga qaratilgan tibbiy va pedagogik tadbirlar tizimi; tarbiya jarayonining muhim qismi. J. t. shaxsning jismoniy, aqliy, maʼnaviy va estetik rivojlanishi bilan bevosita bogʻliq. J. t.ning asosiy vazifasi yosh avlodning yaxshi oʻsib-unishiga, zurriyot berish funksiyasini bekamu koʻst qilib shakllantirishga, nikoh va oilani mustahkamlashga yordam berishdan iborat. J. t.ni bolalarning yoshi, jinsi va malakasiga moc tushadigan qilib olib borish zarur. Koʻplar J. t.ni balogʻat yoshida boshlash kerak deb hisoblashadi. Bu notoʻgʻri, chunki bunga taalluqli ayrim masalalarni bolaning yoshligidan boshlab hal qila borish kerak. Koʻpgina ota-onalar jins masalasini muhokama qilish odobdan emas deb oʻylab yoshlarni qiziqtiradigan masalalar toʻgʻrisida soʻzlashmaslikni lozim koʻrishadi. Natijada, bolalar atrofdagilardan, koʻpincha tasodifiy manbalardan koʻr-koʻrona maʼlumotlar olib, oʻzlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan aksari notoʻgʻri tasavvurga ega boʻlib qoladilar. Avvalo, yoshlar jins orasidagi tafovutlar, ular jinsiy aʼzolarining tuzilishi va mohiyati haqida tasavvurga ega boʻlishlari lozim. Buni maktab yoshidan boshlagan maʼqul. Maʼlumki oʻsmirlik davriga kelib gormonal oʻzgarishlar, balogʻatga yetish, jismoniy yetilish tufayli qarama-qarshi jinsga qiziqish paydo boʻladi. Xuddi shu davrda ular jinsiy aʼzolarning anatomik va fiziologik xususiyatlaridan boxabar boʻlishla ... Читать дальше »

Jazmanning xotindan farqi

Juma05:17


"Shunday go'zal xotini bo'la turib,
jazman orttirib olibdi", degan gapni
ko'pchilik eshitgan bo'lsa kerak.
Nega erkaklar jazman orttirib oladi?
Yonidagi turmush o'rtog'i ayol sifatida u
jazmani oldida ming barobar ustunroq
bo'lishi mumkin, lekin erkak o'sha
boshqasini oldiga boraveradi.
Albatta bunga ko'plab sabab bo'ladi,
ularning orasidagi biri haqida gapirib
o'tishni lozim deb topdik.

Turmushning ilk yillarida er-xotinning
munosabatlari 10-15 yil birga yashagan
er-xotinnikidan tubdan farq qiladi.
Bunga asosan turmush, uy-yumushlari,
farzandlarning katta bo'lishi, ularning
muammolari va oilada bo'ladigan
boshqa muammolar sabab bo'ladi.
Undan tashqari turmushning ilk yillarida
erkak va ayol orasidagi ehtiros
kuchliroq bo'ladi, bu esa ko'p narsaga
boshqa ko'z bilan qarashga undaydi.
Yillar o'tgan sari ayollarning eriga
bo'lgan "talabi" ortib boraveradi. Agar
oldin "Ishdan kelayotganingizda 2 dona
muzqaymoq olib keling, birga yeymiz"
deb so'ragan bo'lsa, keyinchalik bu
iltimosni o'rniga ayolning aptekadan
dori, bolaga taglik, bozordan go'sht olib
kelish, "chiroq o'chdi, to'lash kerak",
"oshxonada suv oqmayapti",
"bolamizning maktabiga borib kelish
kerak" kabi "talab"lari ko'payib boradi.
Turmushda bu tabiiy holat. Lekin ba'zi
bo'shroq er ... Читать дальше »

Mehr ko'zda...mi?

Payshanba04:28


Qadimgi "Mehr ko'zda" degan iboraning
kuchli ekanligini hozirgi kundagi
psixologlar ham ta'kidlamoqdalar. Er-
xotin orasidagi munosabatlarga masofa
qanday ta'sir qiladi?

Bugungi kunda oilalarda afsuski,
erkaklar yoki bo'lmasa ayollar biron
moliyaviy muammo tufayli oilasidan
yiroqda yashaydilar. Boshqa yurtta yoki
shaharda xizmat qilayotgan erkaklar
oramizda juda ko'p. Hatto bolam-
chaqam deb o'zga yurt yoki shaharlarda
tirikchilik qilayotgan ayollar ham yo'q
emas. Ular buning barini oilasi uchun
qiladilar. Bolam yaxshi yesin, yaxshi
kiyinsin, deb er-xotin orasiga katta
masofa qo'yib turmush beshigini
tebratadilar.

To'g'i buning natijasida, bolalarda yangi
krossovka, uyda esa yangi mashina
paydo bo'lishi mumkin. Lekin mehr-chi,
unga nima bo'ladi?

Erkrak o'ylanganida nozik bir niholni
xotin qiladi. Yonidagi yosh ayol 1-2
yilda ona bo'ladi. Bir necha yilda esa u
yosh qiz tajribali, biroz charchagan,
biroz zerikkan, biroz qo'pollashgan va
tili chiqqan juvonga aylanib boradi.
Erkak ham shu yo'lda o'zgarib
boraveradi. Mana shu o'zgarishlar
davomida er-xotin bir-birini yonida
bo'lsa, o'zgarish kuchi bunchalik
bilinmaydi. Chunki har kuni bir insonni
yoningizda ko'rib tursangiz uning
o'zgarib borayotgani, qariyotgani sizga
yaq ... Читать дальше »

Turmushning bosqichlari

Shanba06:32


Har bir oila hayot davomida bir necha
bosqichdan o'tadi. Bu jarayonda er-
xotin yanada yaqinlashadi yoki yanada
uzqolashib ketadi.

1-bosqich

O'rganish davri. Bu davr turmushning ilk
3-5 yilga to'g'ri keladi. Bunda qaynona-
kelin munosabatlari, birinchi farzand
krizisi, er-xotinning bir-biri bilan
yashashga o'rganishi bu yog'iga
turmushning chiroyli kechishiga ta'sir
qiluvchi muhim omil bo'ladi. Bu bosqich
ikki juftlik haqiqiy oila bo'lishga
o'rganish, yonidagiga yon bosish,
o'zining istaklaridan ko'ra oilaning
ehtiyojlarini ustun qo'yishni o'rganish
davridir.

2-bosqich

Moliyaviy muammolar davri.
Turmushning ilk 3 yilidan yaxshi o'tib
o'lgan juftliklar endi yangi
muammolarga duch keladi. 2-bosqich
odatda 5-7 yil davom etadi. Bu davrda
odatda oilada yana bir farzand dunyoga
keladi, yosh oila esa biron katta ishga
qo'l uradi. Yangi uy olish, uyni
ta'mirdan chiqarish, mashina olish kabi
qo'shimcha harajat va moliyaviy
maqsadlar yuzaga keladi. Bunda oilada
er-xotin munosabatlari takomillashadi,
chunki ularda endi umumiy maqsadlari
bor, ular endi o'zini emas oilasini
ehtiyojini qondirish uchun ikkovi ham
harakatini ayamaydilar.

3-bosqich

Zerikish davri. Turmushning 10
yillidigan boshlana ... Читать дальше »

Erkakning yotoqdagi muammolari: sabab va choralar: (Ayollar uchun)

Dushanba00:16


Impotensiya hozirgi kundagi erektil disfunksiya (ED)— jinsiy aloqaga kirishish uchun erkakning ereksiya (qo‘zg‘alish) hosil qilolmasligi yoki jinsiy aloqani davom ettirish uchun kerakli qattiqlikni ta’minlay olmasligi. Jinsiy mayl (Libido) susayishi, urug‘ning tez to‘kilishi, jinsiy qoniqish bilan bog‘liq muammolar erektil disfunksiya xastaligiga aloqador emas.

Ereksiyaning buzilishi asosan 2 katta guruhga bo‘linadi: psixologik va organik.
Ba’zan ular aralash holda ham uchrashi mumkin.
Birinchi holda ereksiyaning risoladagidek yuz bermasligiga erkak ruhiyatidagi zo‘riqish, stress, depressiya, qo‘rquv sabab bo‘lsa,
Ikkinchi holda disfunksiya turli urologik, neyrogen, endokrin va qon-tomir kasalliklari ta’sirida rivojlanadi.

Oddiy aniqlash usuli
Oilalik erkak 3 oy davomida har ikki yaqinlikning birida omadsizlikka uchrayversa, albatta, uni chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, bu erkaklarda ayni qirchillama yoshida kuzatilsa. Organik ED’ni boshlanish belgilari bo’lishi mumkin.

Sabablar va tadbirlar
To‘shakda qaytalanayotgan muvaffaqiyatsizlikka quyidagilar ham sabab bo‘ladi:
1. Erkaklarning haddan ortiq semirib ketishi natijasida teriostidagi yog‘ kletchatkasi ayollik gormonini ko’payib ketganligidan darak beradi, natijada ereksiya qiyinlashadi.

Ayollarga maslahat:
Eng birinchi ishingiz turmush o‘rtog‘ingizga parhez tuttirish b ... Читать дальше »

Asal Oyi

Payshanba00:15


Deyarli har bir er-xotin turmushida asal oyi bo'ladi. Bir oy, uch oy, ba'zilarda 1-2 yillab ham davom etadi u.

Asal oyi davri hammaga yoqimlidir, u
ehtiroslarga boy bo'lib, bizga
yoshligimizni eslatadi. Lekin negadur butun hayotimizni asal oyidek o'tkaza
olmaymiz...
Turmushning o'n yilligida, yigirma yilligida ham huddi oldingidek ehtiros va tuyg'ularga boy munosabatni hamma qumsaydi, shunga intiladi, lekin negadur iloji bo'lmaydi. Nahot asal oyi yoshi o'tgan juftliklarda bo'lmasa...

Haqiqatan ham shundaymikin?

Turmushning ilk oylarida asal oyi. U payt er-xotin bir-biriga
to'yolmaydigandek tuyuladi. Erning xayoli xotinida, xotininiki erida. Orada tushunmovchilik bo'lsa ham, juftliklar kuni bilan bir-birini qumsab, tezda
kechirib yana diydorlashish ilinjida
yashaydilar.


Vaqt o'tib bu munosabatlarga
qarindoshlar qo'shiladi. Ularning yaxshi-yomon aralashuvi asta-sekin juftliklarni jismonan uzoqlashtira boshlaydi. Keyin turmushning moliyaviy tomoni paydo bo'ladi. Pul topish harakati, uni ishlatish muammosi juftliklar munosabatiga yana
bir kichik ta'sir o'tkazishni boshlaydi.

Yana vaqt o'tgach oilada farzand
dunyoga keladi. Ana shunda ilk bora er-xotinda umumiy bir hayol paydo bo'ladi.

Bu - farzandi haqidagi xayol. Agar oldin erkakda moliyaviy hayol bo'lib, ayolni bu bezovta qilmagan yoki ayolning qarindoshida biro ... Читать дальше »

Tonggi jinsiy aloqa ... Foyda yoki Zarar ?

Payshanba03:59


Ertalab ham er-xotin birga bo'lishi mumkinmi? Uyatli joyi yo'qmi? Havfli joyi yo'qmi?
Tongda er-xotin jinsiy munosabatda bo'lishi nafaqat zararsiz, balki foydalidir ham!

Birinchidan, bu er-xotin kun mobaynida ko'tarinki kayfiyatda bo'lishini ta'minlaydi;

Ikkinchidan, ertalabki jinsiy aloqa sifatliroq bo'ladi. Chunki erkak va ayolning jinsiy gormonlari ertalab avjida bo'ladi, bu esa aloqa yoqimli bo'lishini ta'minlaydi.

Uchinchidan, ertalab erkakning jismoniy kuchi ko'proq bo'ladi;

To'rtinchidan, ertalab charchov bo'lmaydi, bu esa yoqimli aloqa garovidir;

Homilador bo'lish niyatidagilarga aynan tonggi jinsiy aloqa tavsiya etiladi. Chunki kunning bu davrida erkak spermatozoidlari kuchi ko'proq bo'ladi.

Beshinchidan, tonggi jinsiy aloqa ertalabki jismoniy mashg'ulot o'rnini bosib beradi;

Oltinchidan, ertalabki jisniy munosabatlarni xush ko'radigan juftliklar stress va depressiyaga kam uchrashi aniqlangan.

ЯҚИНЛИК ЯРАШИШГА ЁРДАМ БЕРАДИМИ?!

Shanba21:50


«Эр-хотиннинг уриши дока-рўмолнинг
қуриши», дейишади халқимизда.
Ҳақиқатан ҳам бир уйда яшаётган, бир
рўзғор учун жавобгар икки инсоннинг
жанжаллашиб туриши табиий. Аммо
ярашишчи? Аксарият эркаклар низони
яқинлик орқали ҳал этишга
уринишаркан... Улар қанчалик ҳақ ёки
ноҳақликларини эса шифокор-
сексопатолог Рамазон НАЗАРОВнинг
тавсиялари орқали аниқлаймиз.

«Сен бир тараф, мен бир тараф...»
– Аёлим билан уришиб қолган
пайтимизда ҳафталаб аразлайди. Яқинлик
ҳақидаку, сўз бўлиши мумкин эмас. Мен
эса ҳаммасини босди-босди бўлиши учун
у билан яқин бўлишни истайман. Бунинг
нимаси ёмон? Қандай қилсам, хотиним
буни тушунади?

С. Ф, Тошкент шаҳри

ЁТОҚХОНА – ЖАНЖАЛДАН ҲОЛИ
ҲУДУД!


Аксарият ҳолларда жанжалдан кейин
яқинликни эркак истайди. Бу йўл билан
нақ учта муаммони ҳал қилмоқчи
бўлади: 1. Унга бефарқ эмаслигини
кўрсатиш. 2. Қаттиқ алам қилган бўлса,
тажовуз орқали аёлини ўзига
бўйсиндириш. 3. Жанжални изсиз
тугатиш.

Бу одатда кўпинча аёлини руҳан
тушунмайдиган эркакларда рўй беради.
Бироқ эркакларни айбламанг. Чунки
низоли ҳолатдан кейин эр-хотин қонида
адреналин даражаси юқори бўлади,
шунинг учун аёл эркак кўз ўнгида янада
жозибали кўринади. Яқинлик
одатдагидан фарқ қилиши ҳам рост.
С ... Читать дальше »

Эр-хотин ўртасидаги қизғин эҳтирослар даври абадий эмас... Бунга тайёр бўлинг!

Juma23:12


Биргаликда ўтадиган дастлабки мафтункор
тунлар шу қадар қисқадек туюладики, ёш
келин-куёв қандай қилиб тонг отганини ҳам
билмай қолади. Қорни оч, кийими
дазмолланмаган ёки ҳовлиси чала супурилган
бўлса ҳам эркак ва аёлнинг кўзлари порлаб
туради. Севган ёри бир зумга бўлса-да
ҳаёлидан кетмайди, исми эса тилидан
тушмайди... Эр-хотиннинг бир-бирига бўлган
телбаларча интилиши вақт ўтгач оила олдидаги
маъсулият ҳиссига жой бўшатади. Жуфтлик
муносабатлари у қадар лаззатли туюлмай
қўяди. Оилавий ҳаётнинг турли даврларида
кечувчи бундай жараён жуфтлик
муносабатларига хавф солиши тайин. Қандай
қилиб бундай “совиш” дан ҳимояланиш
мумкин? Бу саволларга олий тоифали шифокор,
андролог-сексопатолог Рамазон НАЗАРОВ
жавоб беради.
Биринчи йил. “Сенсиз ўламан!”


Куёв имкон топилди дегунча ишидан эртароқ
уйга қайтишга ҳаракат қилади. Келин эса
сепидаги энг чиройли кўйлакларини кийиб,
пардоз учун ҳафсала ва атир-упани аямайди.
Бир-бирига меҳр тўла нигоҳлар билан соатлаб
тикилиб ўтиришади. Севимли футбол
команданинг ўйини ҳам, битта қисми
қолдирилмай кўриладиган сериал ҳам
унутилади. Эҳтиросларга бўйсунган жинсий
ҳаётнинг жўшқинлиги эртами-кечми, ёшларни
чарчатади. Романтикага бўлган иштиёқнинг
пасайиши натижасида ёш эр-хотиннинг ётоғи
энди икир-чикирлар борасидаги ... Читать дальше »

Uyda chaqaloq bo'lsa, er-xotin jinsiy munosabatlari o'zgaradimi?

Juma00:57


Ba'zi er-xotinlarda "Bizda chaqaloq tug'ilishi bilan jinsiy munosabatlarimiz buzildi","Jinsiy munosabatlarga vaqt qo'lmayapti" yoki "Chaqaloq jinsiy munosabatlarimizga xalaqit qilyapti" kabi hayollar paydo bo'ladi.
Uyda chaqaloq tug'ilsa, er-xotin jinsiy munosabatlari o'zgaradimi?
Albatta o'zgaradi. Faqat salbiy tomonga deyishga shoshilmang!
To'g'ri, 1 yoshgacha bo'lgan bolaning uxlashi har doim ham bizning rejalarimiz asosida bo'lmaydi. Er-xotin yolg'izlanishga tayyor bo'lgani bilan jajji bolajoni ular bilan shu payt o'ynagisi kelib qolishi mumkin yoki qorni ochib qolishi hech gap emas. Yoki bo'lmasa, kuni bilan bola va uy yumushlari bilan ovora bo'lgan onaning jinsiy munosabatlarga hech qanday xohish va kuchi qolmasligi mumkin. Ishdan charchab kelgan erni esa bolasi uxlaguniga qadar o'zi uyquga ketib qolishi osonroq bo'ladi. Shu kabi holatlar albatta er-xotin orasidagi jinsiy munosabatlarni o'zgartiradi, lekin yaxshi yoki yomon tomonga emas. Bu munosabatlar shunchaki boshqacha bo'ladi.
Oldin romantikaga joy bo'lgan bo'lsa, endi 5 daqiqa vaqt ham er-xotin uchun yolg'izlanishga oltindek tuyuladi. Chaqaloq tug'ilishidan oldin, shirin suhbatlar, erkalashlarga vaqt bemalol bo'lgan bo'lsa, endi tezroq maqsadga o'tish va chaqaloq uxlayotgandagi vaqtdan unumli foydalanish afzalroq bo'lib qoladi.
Endi er-xotin avallambor ota-ona, undan keyin esa erkak va ayol bo'ladi.
Muhimi shundaki, chaqaloq tug'ilganidan so'ng jinsiy munosabatlardan er-xo ... Читать дальше »

Jinsiy aloqa usullari va shakllari

Shanba23:36


Jinsiy aloqaning sifati uning
ko'rinishiga yoki turlariga bog'liq
deyishadi. Haqiqatdan ham
shundaymikin?

Jinsiy aloqa haqidagi ko'plab
kitoblarda uni takomillashtirish yo'llari
ko'rsatilgan. Aloqaning turlicha ko'rinishi, har xil
holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va
hokazo. Ushbu maslahatlarni yig'sa 1000 dan
oshib ketadi. U maslahatlarga amal qilgan
juftliklarda esa negadur muammo yo'qolmaydi.
Bu muammolarga:

-Ayolning uyalishi;
-Ayolning lazzatlana olmasligi;
-Erkakning aloqani tez tugatib qo'yishi;
-Aloqaga erkak va ayolning befarqligi;
-Jinsiy ojizlik va boshqalar kirishi mumkin.


Juftliklar jismoniy munosabatlarini yaxshilash
niyatida har xil yo'llarni izlaydilar. Tajriba
kamligidan shubha qilib do'st-dugonalardan
maslahat oladilar, ba'zilar kitob va videolarga yuz
o'giradilar.

Natija bo'ladi, lekin 1 oy o'tgach yana eski holat
va eski muammolar.

Nega?

Chunki erkak va ayol o'z jinsiy munosabatlari
bilan bog'liq muammolarni faqat jismoniy
muammolarda deb o'ylaydilar.
Aslida unday emas. Jinsiy munosabatlar
to'g'ridan to'g'ri ruhiy munosabatlarga bo'gliq.
Agar eri-xotin orasida ruhan to'liq yaqilnlik bo'lib,
mehr va muhabbat kuchli bo'lsa, jinsiy
munosabatlarda muammo yuz bermaydi.
Faqatgina s ... Читать дальше »

Lazzatlanish san’ati

Seshanba01:28


Jinsiy yaqinlik tabiat in’om etgan hodisa bo‘lib,
tibbiy tilda koitus deyiladi. Jinsiy yaqinlikda jinsiy
a’zolardan tabiiy foydalaniladi. Bu jinsiy yaqinlik
vaqti sevgi bilan haqiqiy shug‘ullanish bo‘lib,
farzandning dunyoga kelishiga sababchi bo‘ladi.

Jinsiy yaqinlikning ko‘ngilli o‘tishi, undan ayol va erkakning lazzatlanishi uchun ikkala tomon ham
uning barcha san’ati bilan tanish bo‘lishlari lozim.
Jinsiy yaqinlik ayol va erkak o‘rtasidagi mehr-
muhabbatni mustahkamlaydi, oila totuvligini,
turmush halovatini hamda uning mazmunini
ta’minlaydi. Jinsiy lazzatlanishning yo‘qligi, uning
madaniyati, san’ati bilan notanishlik ko‘pchilik
yoshlarning ajralib ketishiga sabab bo‘ladi.

Talabalik davrimda tug‘ruqxonadagi amaliy
mashg‘ulot o‘tish vaqtida yosh juvon va o‘rta
yoshdagi tajribali xotin o‘rtasida bo‘lib o‘tgan
suhbat hali-hali yodimdan chiqmaydi. Bu suhbat
qulog‘imga chalinishi bilan o‘zimii panaga olib,
uni oxirigacha eshitishga muyassar bo‘ldim.
Tajribali xotin yosh juvonga savol berdi: «Hay,
eringiz bilan qo‘shilganda nimani sezasiz? Mazza
qilasizmi? Keyin sizda qo‘shilishga tez-tez ehtiyoj
bo‘ladimi?» Yosh juvon uyalib va bir oz qizarib:
«Qaydam, men bu narsalariing mazmuniga
yetganimcha yo‘q, ko‘pincha bu narsadai
qo‘rqaman ham, hech nimani sezmayman, u
kishim tez uxla ... Читать дальше »

Jinsiy yaqinlik vaqtlari to‘g‘risida

Shanba00:41


Ko‘pgina adabiyotlarii ko‘rib chiqsak, amaliy
faoliyatda orttirilgan tajribalarga e’tiborni
qaratsak, bu borada ibn Sino keltirgan dalillar
to‘g‘riligi isbotlanadi, shu bois biz bu o‘rinda
uning asosiy fikrlarini targ‘ib bilan keltirishni lozim
topdik.

1. Qorin to‘lib turganda, to‘q paytda yaqinlik
qilmaslik kerak
, chunki oshqozon faoliyatiga zid
kelib, mazkur holatdagi jinsiy muloqot kelib
chiqadigan kasalliklarga tez va og‘ir ta’sir etadi.
Och qoringa ham aloqa qilmaslik kerak, chunki u
yanada zararliroq bo‘lib, kishi tabiatiga ziddir,
tabiiy quvvatini kesib tashlaydi va bu bilan
kasallik keltirib chaqiradi.

2. Me’da buzilgan vaqtda, shuningdek, qusish, ich
ketish bilan bog‘liq kuchli bo‘shanishdan, hayz va
qonli ich ketishdan so‘ng, jismoniy hamda
nafsoniy harakatlardan keyin qon oldirish, jinsiy
yaqinlikni vaqtincha to‘xtatib turish lozim. Issiq
vaqtlarda va issiq joylarda bunday aloqadan
saqlanish lozim.

3. Ichkilik ichilgandan keyingi mast holdagi jinsiy
yaqinlik ham keraksiz va xavflidir
. Jinsiy yaqinlik
sog‘lom va haqiqiy istak bilan bo‘lishi, shu nozik
soniyalarda noxush narsalarni o‘ylash, qo‘pol
harakat va muomala qilmaslik kerak. Mayl istak
ko‘pligi va to‘laligi bilan qo‘zg‘alishi lozim, bular
erkak quvvati sog‘lomligiga kafolat beradi. Alo ... Читать дальше »

Jinsiy yaqinlik va oila qurish bobida Kaykovusning pandlari

Shanba00:33


Mashhur axloqshunos mutafakkir Kaykovus
«Qobusnoma» asarining yigirma oltinchi bobida
uylanish, jinsiy yaqinlik masalalarida o‘z pand-
nasihatlarini keltirib o‘tgan. Biz ham mavzu
doirasida ushbu nasihatlarni keltirib o‘tishni joiz
deb topdik.

XOTIN OLMOQ ZIKRIDA

«Ey farzand, agar xotin olmoq tilasang, o‘z
hurmatingni yaxshi saqlagil. Garchi mol aziz
bo‘lsa ham, xotin va farzandingdin darig`
tutmagil. Ammo xotinni pokdil, farzandni
farmonbardor va mehribon tutgil, bu ish sening
qo‘lingdadur, Xotin talab qilsang, xotinning molini
talab qilmagil. Nihoyatda xushro‘y xotin olmagilki,
uni ma’shuq tutarlar. Xotin pok niho1 va pok dil
bo‘lsun: kadbono‘ eriga dust bo‘lgay. Hayolig,
taqvodor, tili qisqa, molni yaxshi saqlaguvchi
bo‘lsun. Debdurlarki, yaxshi xotin erning va
umrning rohati bo‘lur, Agar xotining xo‘bro‘y,
mehribon va maqbul bo‘lsa ham, ixtiyoringni
butkul unga bermagil va uning hukmi ostiga
kirmagil. Nedinkim, Iskandarga debdurlar:
«Doroning qizin nima uchun olib xotin qilmassan,
bag’oyat xushro‘ydur». Iskandar dedi: «Jahon
xalqiga golibman, endi bir xotinga mag‘lub
bo‘lsam, ko‘p yomon ko‘rinur». Bas, o‘zingdin
muhtashamroq xotinni olmagil, qiz topilsa, eridin
qolg’on xotinni talab qilmagil. Nedinkim uning
(qiz bolaning) ko‘nglida sening mehringdin o‘zga
... Читать дальше »

Jinsiy tarbiya darslari haqida

Seshanba07:57


O‘smirlik yillari boshlanib, yigit va qizlar
organizmda keskin o‘zgarishlar jarayoni
boshlangach, jinsiy hayot mavzusi haqidagi
to‘liq va sifatli ma’lumot, bilim va
ko‘nikmalarga muhtojlik seziladi. O‘z vaqtida
shu talab sifatli axborot manbai orqali
qondirilmas ekan, bo‘shliq o‘z-o‘zidan sifatsiz
manbadan olingan ma’lumot bilan to‘ldiriladi.
Ma’lumotning sifati, ishonchligiga hech kim
kafolat bera olmaydi.

O‘zbek oilalarining necha foizida ota-ona o‘z
farzandiga jinsiy hayot saboqlarini bera
oladi? Juda kam bo‘lsa kerak. Kimdir
uyaladi, kimdir ko‘p narsani, shunchaki, o‘zi
ham bilmaydi. Maktabda bu mavzu
o‘tiladimi? Bizning maktabda o‘tilmagan,
masalan. Qizlarni to‘plab bir narsalarni
o‘tishgan, lekin o‘g‘il bolalar chetda qolgan.
Kimdir maktabda erkak va ayol o‘rtasidagi
jinsiy aloqalar mavzusi yoritilgan darsda
qatnashgan bo‘lsa, shu blogpost ostiga
komment sifatida nima o‘tilgani, qanday
savollar muhokama etilgani haqida yozib
o‘tsa, xursand bo‘lardim. Ko‘rib turibmiz-ki,
o‘smirlar maktabda ham, oilada ham bu
borada bilim olmaydi. Ko‘cha-ko‘yda, gazeta-
jurnal, televizor va internetda o‘zi bilganicha
ma’lumot to‘playdi. Shular asosida bu
mavzu bo‘yicha muayyan qarashlar
shakllansa, ajab emas.

Fikrimcha, jinsiy tarbiya masalasiga davlat
miqyosida e ... Читать дальше »

Jinsiy yaqinlik to`g`risida ma`lumot

Payshanba07:16


Mashhur olim Erik Bern jinsiy yaqinlik to‘g‘risidagi
ma’lumot olish davrini uch qismga bo‘ladi: Jinsiy
yaqinlik to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumot. Jinsiy
yaqinlik to‘g‘risidagi urtacha ma’lumot. Jinsiy
yaqinlik tugrisidagi chuqur ma’lumot. Jinsiy
yaqinlik to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotni bola 3
yoshidan 11 yoshigacha oladi. Ma’lumki, bola 3
yoshdan oshgach, tabiatdagi butun borliqqa
qiziqaveradi va ota-onasiga turli-tuman savoldar
beradi. Ana shunday qaltis savollar ichida «Men
qayerdan paydo bulganman?» degan savol
ko‘pchilikni uylantirib, qiyin ahvolga solib qo‘yishi
turgan gap. Kupchilik ota-onalar bu savolga javob
berolmay, «Seni laylak olib kelgan», «Seni
tug‘ruqxonadan olib kelganmiz» degan mujmal
javob bilan osongina qutulib quya qoladilar. Jinsiy
yaqinlikni yosh bolalarga tushuntirish oson emas.
Ular ko‘pincha bu jumboqning javobini o‘z
tengqurlari va o‘zlaridan kattaroq yoshdagi
bolalardan eshitib bilib olishadi, chunki
«majlis»dagi bolalarniig hech qaysisi yolg‘on
gapirmaydi yoki ota-onalariga uxshab gapni
boshqa yoqqa burmaydilar.

Jinsiy yaqinlik to‘g‘risidagi o‘rta ma’lumotni
maktab o‘quvchilari 12 yoshdai 20 yoshgacha
oladilar. Yoshlar jinsiy yaqinlik to‘g‘risidagi
ma’lumotni kitoblardai, ba’zan ma’ruzalardan
oladilar. Bu ma’lumotdar «Jinsiy yaqinlik - katta
qarmo ... Читать дальше »

« 1 2 3 4 ... 6 7 »
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama