16:29
Hayz nega kechikishi mumkin?

Homiladorlikni kutayotgan ayolda
hayz kechikayotganligi haqidagi
xayol o'rnini hech narsa bosa
olmasa kerak. Nahotki
homiladorman? Lekin hayz
kechikishiga nafaqat
homiladorlik , balki boshqa
faktorlar ham sababchi bo'lishi
mumkin ekan.
1. Stress
Stress hayotimizdagi ko'p narsaga
ta'sir etishi mumkin. Shu qatorda
hayz siklining buzilishiga ham.
Ba'zida biz shunday kuchli siqilib
stress olishimiz mumkinki,
organizmda GnRH gormoni
miqdori ko'payib ovulyasiya
bo'lmasligi yoki hayz kelmasligiga
olib kelishi mumkin. Stress holati
o'tganda, hayz sikli odatda
normallashadi.
2. Kasallik
Og'ir yoki uzoq vaqt davom etgan
kasallik ham hayz kelmasligini
keltirib chiqarishi mumkin. Bu
vaqtinchalik muammo bo'lib,
kasallik davolangandan so'ng hayz
sikli yana normaga tushadi.
3. Vaqt o'zgarishi
Ma'lum bir mamlakatdan boshqa
mamlakatda tez-tez safarga borib
turgan ayollarda ham hayz sikli
buzilishi mumkin. bir mamlakatda
tun bo'lib, boshqa mamlakatda
shu payt kun bo'lishi ayol
organizmi soatlarini biroz
adashtirib yuboradi. Natijada
kutilayotgan hayz sikli
boshlanmaydi.
4. Dori vositalari
Ba'zi dorilarning ta'siri natijasida
hayz sikli o'zgarib ketishi yoki
hayz umuman kelmasligi mumkin.
Agar siz yangi dori vositasini
qabul qilayotgan bo'lib, hayz
siklingiz buzilib yoki hayz kuni
kechikayotgan bo'lsa, u holda
ichayotgan dorini almashtirish
yoki to'xtatish to'g'risida shifokor
bilan maslahatlashish talab etiladi.
5. Semirish
Vaznning ortishi organizmda
ma'lum gormonal o'zgarishlarni
yuzaga keltiradi. Ortiqcha vazn
natijasida hayz sikli buzilishi yoki
umuman kelmasligi ham mumkin.
Ko'pincha ayol ozishi natijasida
ayz siklini normaga qaytadi.
6. Ozib ketish
Keskin va qisqa vaqt ichida ozish
natijasida hayz sikli normadan
chiqib ketishi mumkin.
7. Menopauzadan oldin
Bu davr ayolning tug'ish yoshidan
tug'maydigan yoshga o'tadigan
davrga aytiladi. Saboq.Org saytidan olingan. Bunda hayz
miqdori kamaygan bo'lib,
davomiyligi qizqara boshlaydi.
Undan tashqari hayz sikllar soni
ham kamayib boradi.
8. Menopauza
Menopauza davrida ayol hayz ham
ko'rmaydi ovulyatsiya ham yuz
bermaydi. Menopauza tabiiy
ravishda ayolning yoshi 50dan
oshganda va ba'zi kimyoviy
operatsiyalar tufayli boshlanadi.
9. Adashish
Hayz sikli har xil ayolda turlicha
bo'ladi. Norma deb qabul qilingan
28 kunlik sikl hammada ham
uchramaydi. Bir ayolda 26 kunlik
sikl bo'lsa, boshqa ayolda hayz har
32 kunda ham kelishi mumkin.
Ikkala holat ham normal
hisoblanadi. Shuning uchun
ba'zida ayol siklni noto'g'ri
hisoblashi tufayli hayz kelishi
kechikkandek tuyulishi mumkin.
10. Homiladorlik
Nihoyat hayz kelmayotganligining
yana bir sababi - homiladorlikdir.
Aynan homiladoroik yuz berganda
hayz kelmaydi.
manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 27797 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Baho Bering!
Всего ответов: 127
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama