16:35
Sistit

Sistit - bu siydik pufagi va siydik
yo'llarining yallig'lanishidir.
Afsuski, sistit tez-tez uchrab
turadigan kasallik bo'lib, ayolga
ko'plab muammolar yaratib
berishi mumkin. Aslida jiddiy
bo'lmagan bu kasallik tezda
surunkali shaklga o'tib qolish xavfi
borligi tufayli uni vaqtida
davolashga jiddiy yondashish
talab etiladi.
Alomatlari:

Siyish jarayonida achish;
Tez-tez siyish qistashi;
Siyishning qistashi kuchli bo'la
turib, bir-ikki tomchidan ko'proq
siya olmaslik;
Siydikka qon aralashishi.
Sababi:
Siydik pufagini yetarlicha
bo'shatmay, siydikni uzoq vaqt
mobaynida ushlab yurish;
Tozalikka rioya qilmasdan
yurish. Ichki kiyim, tualetning
kirligi va noto'g'ri gigiena;
Shikast: jinsiy a'zolardagi
arzimagan shikastlanish,
timdalanish natijasida bakteriyalar
ko'payib sistitga olib kelishi
mumkin;
Jinsiy aloqaning haddan
tashqari ko'pligi;
Homiladorlik : homiladorlik
davrida ayolning asab tizimi va
immuniteti pasaygan bo'lishi
mumkin, bu esa sistitga olib
kelishi mumkin;
Klimaksdan so'nggi davr
boshlanishi, bu davrda ayol
organizmida keskin gormonal
o'zgarishlar sodir bo'ladi;
Asablarning buzulishi, stress,
charchov. Saboq.Org saytidan olingan. Davolanishi:
Sistit davolanishning asosiy
tamoyili tez-tez ko'p miqdorda
siyish orqali siydik pufagini
tozalash. Buning uchun siydik
chiqaruvchi vositalardan damlab
ichish tavsiya etiladi:
Namatak damlamasi;
Maxsus buyrak choylari;
Tarvuz;
Ko'k choy;
Brusnika barglari damlamasi
(nafaqat siydik chiqaradi balki
antibakterial xususiyatga ham
ega);
Klyukva sharbati (sistitni
davolashda uni oldini olishda eng
yaxshi vosita).
Odatda sistit belgilari
ko'ringanidan boshlab yuqoridagi
damlamalardan kuniga kamida 3
litr ichilib, oyoq issiq yung paypoq
yoki adyolga o'ralib, qorin past
qismiga dumba yog' surilib dam
olinsa, kasallik 3-4 kunda yo'q
bo'ladi.
Agar kasallik cho'zilayotgan bo'lsa,
u holda shifokor bilan
maslahatlashgan holda
antibakterial dori vositalarni ichish
talab etiladi.
Afsuski
sistitning
surunkali xili
mavjud bo'lib, u
yilda bir necha
bor qaytarilib
turishi bilan
oddiy sistitdan
farqlanadi.
Surunkali sistitni
faqat shifokor
maslahati bilan
davolash lozim.
Sistitni oldini olish
1. Jinsiy aloqadan so'ng albatta,
kuchanib bo'lsa ham siyish;
2. Jinsiy aloqadan so'ng yuvinish;
3. Vitamin C ga boy mahsulotlarni
ko'p iste'mol qilish;
4. Agar sistit tez-tez qaytarilib
turadigan bo'lsa, klyukva
sharbatini har kuni ichib yurish;
5. Gigienaga rioya qilish;
6. Najasni jinsiy a'zolarga tegib
ketmasligini ta'minlash;
7. Siyish qistaganda albatta siyish;
8. Kuniga kamida 8 soat uxlash;
Homiladorlik davrida sistitga
ehtiyot bo'lish kerak, chunki
buyrakka o'tib ketish ehtimoli
katta.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 17382 | Добавил: Admin | Рейтинг: 4.5/2
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Qaysi bo'limlarni sevib mutolaa qilasiz ?
Всего ответов: 7
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama