16:39
Ko'krak og'rishi-mastopatiya

Mastopatiya - ayol ko'krak bezi
to'qimalaridagi o'zgarishdir.
Mastopatiya sababi
Mastopatiyaning asosiy
sababi ayol gormonal tizimidagi
buzulish hisoblanadi.
Ayol organizmida har oy gormonal
o'zgarishlar siklik ravishda bo'lib
o'tadi. Bu siklik jarayon buzulsa,
ko'krak bezida o'zgarishlar, ya'ni
mastopatiya vujudga kelishi
mumkin.
Gormonal sikl buzulishiga nima
olib kelishi mumkin:
1. Bachadon va bachadon oldi
yo'llar yallig'lanishi;
2. Ona avlodida bunday
kasallikning mavjudligi;
3. Qolqonsimon bez kasalliklari;
4. Jigar va o't pufagi kasalliklari;
5. Diabet, semirish;
6. Organizmda yod moddasining
yetishmovchiligi;
7. Stress, depressiya, noregulyar
jinsiy hayot;
8. Abort, ko'krak bezi shikasti,
alkogol, chekish, radiasiya;
9. Homilador bo'lmaslik yoki
kechki homiladorlik ;
10. Emizish davrining qisqaligi;
11. Xayzning kech yoki erta kelishi.
Mastopatiya simptomlari
Mastopatiyaning asosiy simptomi
bo'lib, ko'krakdagi aniq
seziladigan shishlar hisoblanadi. Saboq.Org saytidan olingan. Ayrim hollarda ko'krakdan qon
ko'rinishidagi suyuqlik chiqishi
kuzatilishi mumkin (rak kasalligi
yoki ko'krak bezlarining jiddiy
kasalliklari haqida dalolat beruvchi
simptom).
Odatda shishlarga ayhollar
ahamiyat bermay yuradilar. Bu
shishlar ko'pincha xayz
boshlanishidan 2-3 kun oldingina
og'riq berishi mumkin, keyin
og'riq sezilmaydi. Ayrim hollarda
og'riq qo'lga va yelkaga ham
tarqalib, mastopatiyaning og'ir
ko'rinishi yuzaga kelganidan
dalolat beradi.
Mastopatiya diagnostikasi
To'qson foiz holatda
mastopatiyani ayolning o'zi
belgilay oladi. Agar siz
ko'kragingizda shishlarning
mavjudligini yoki ko'krak og'rig'ini
sezib tursangiz darhol vrachga
murojaat qiling. Erta aniqlangan
kasallikni davolash osonroq
bo'ladi.
Mastopatiyani davolash
Asosan mastopatiya gormonlar va
nogormonal usullar bilan
davolalandi. Bu usulning har biri
kasallikning hususiyatiga va
boshqa bir qator faktorlarga
qarab belgilanadi. Davolashning
asosiy maqsadi organizmdagi
gormonal buzulish sababini yoq
qilishdan iborat.
Mastopatiyaning o'tib ketgan
ko'rinishi jarroxlik yo'li bilan
davolanadi.
Mastopatiyani oldini olish
Birinchi navbatda sog'lom
turmush kechirish;
Yodning moddasining
organizmga yetarlicha kelib
tushishini ta'minlash;
Jismoniy mashg'ulotlar bilan
shug'ullanish;
Stressdan holi bo'lish;
Ko'krakka shikast yetkazmaslik;
Muntazam ravishda ko'krakni
tekshirib turish (shishlar bor-mi,
yo'qmi?);
Bir yilda 2 marta vrach
nazoratiga borish.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 25161 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytning yangi ko'rinishi yoqdimi ?
Всего ответов: 3
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama