15:28
Homiladorlikka tayyorlanish

Homiladorlik davrida bolaning
rivojlanishi jaddal ravishda davom
etishi tufayli bu davr o'ta
muhim hisoblanadi. Shuning
uchun homiladorlik davri yaxshi
kechib, bolaning salomatligiga
zarar yetkazmaslik uchun ba'zi
maslahatlarga amal qilish
foydadan xoli bo'lmaydi.
1. Ginekolog huzurida muntazam
ravishda bo'lish. Ba'zilar
homiladorlikning ilk oylarida
shifokorga bormay yuradilar. Bu
noto'g'ri, chunki aynan ilk davr(1-
trimestr)da bolaning deyarli
barcha tana a'zolari shakllanishni
boshlaydi, bunda onaning
salomatligi, xususan gormonal
holati muhim o'rin egallaydi.
Shuning uchun homiladorlik
aniqlangach, ginekolog huzurida
kerakli analizlar topshirib
tekshiruvlardan o'tish lozim.
2. Toza havo bilan nafas
olish. Sigaret va yong'in tutuni
homilador ayol organizmi uchun
va o'sayotgan homila salomatligi
uchun xavflidir. Saboq.Org saytidan olingan.Aylanish uchun
imkon boricha park, o'rmon va
mashina kam bo'lgan boshqa
joylarni tanlash tavsiya etiladi.
3. Suvsizlanmaslik. Homilador ayol
keraklikcha suyuqlik iste'mol
qilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Mineral yoki filtrlangan suv, ko'k
choy va qaynagan sovutilgan suvni
kun mobaynida ichish
kerakligi haqida unutmaslik kerak.
Shirali va gazlangan ichimliklardan
homiladorlik davrida voz kechgan
ma'qul.
4. To'g'ri va foydali ovqatlanish .
Kalsiy, temir va foliya kislotasiga
boy mahsulotardan ko'proq
iste'mol qilish. Bug'doy va
danaklarning ham foydasi katta.
Go'shtdagi yog'larni iste'mol
qilmaslik kerak.
5. Toksin(zahar)lardan xoli bo'lish.
Uy tozalash vositalari, poroshok,
chivin va hashoratlarga qarshi
vositalar toksinlarga boy bo'ladi. Zaytun
yog'i
teriga
yetmaydigan
namlikni
berish
qobiliyatiga
ega.
Undan
namlatish
kremi
vositasi
sifatida
foydalanish
mumkin.Imkon boricha ularning o'rniga
zararsiz vositalardan (masalan,
soda) foydalanish maqsadga
muvofiq bo'ladi. Bo'yoqlar, o'gitlar
va o'simliklar dorivorlari
homilador ayol va homila
salomatligiga zarar keltirishi
mumkin. Undan tashqari ba'zi
kosmetika vositalari ham kuchli
kimyoviy moddalardan tashkil
topgan bo'ladi. Masalan, soch
bo'yoqlarining homilaga zarar
keltirishi mumkinligi haqida ilmiy
tadqiqotlar mavjud. Shuning
uchun homilador kimyoviy
vositalardan foydalanayotganda
nihoyatda ehtiyot bo'lishi yoki
umuman foydalanmasligi tavsiya
etiladi. Ularning o'rniga tabiiy
vositalarni qo'llash maqsadga
muvofiq bo'ladi.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 6965 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Baho Bering!
Всего ответов: 127
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama