15:32
Homiladorlik jarayoni

Urug'lanish kunini aniq bilish juda
qiyin. Odatda shifokorlar
homiladorlik boshlangan davrni
oxirgi hayz kuniga qarab
belgilaydilar. Urug'lanish yuzaga
kelgandan boshlab homildorlik
jarayoni haqida bilib olish
foydadan xoli bo'lmaydi.
Ovulyatsiya
Har oy ayol tuxumdonlarida bir
nechta tuxum guruhi follikula deb
atalmish kichik xaltada o'sishni
boshlaydilar. Tuxumlardan biri
follikuladan chiqib ketadi. Bu
jarayon ovulyatsiya deb atalib, u
odatda keyingi hayz kuniga 2
hafta qolganda sodir bo'ladi.
Gormonlar oshishi
Tuxum follikuladan chiqgach
yorilgan follikula sariq moddaga
aylanadi va maxsus gormon ishlab
chiqarishni boshlaydi. Bu
gormon bachadon devorlarini
qalinlashtirib urug'langan tuxum
uchun tayyorlab turadi.
Tuxum fallopiya trubasiga
borishni boshlaydi
Follikuladan chiqqan tuxum
fallopiya trubasi tomon
harakatlanadi va u yerda 24 soat
davomida 1 dona spermatozoidni
urug'lanish uchun kutadi.
Saboq.Org saytidan olingan. Ko'pincha bu jarayon hayz
kelganidan 2 hafta o'tgach yuzaga
keladi.
Agar tuxum
urug'lanmasa
Agar tuxum
spermatozoid
bilan
urug'lanmasa, u
nobud bo'ladi.
Ayolning
gormonal holati
esa
normallashadi.
Bachadon
devori
qalinlashgan
qoplamni
tashlaydi va
yangi hayz
boshlanadi.
Urug'lanish
Agar bitta spermatozoid fallopiya
trubasiga yetib borib, tuxum
ichiga kira olsa, u tuxumni
urug'lantiradi. Tuxum o'zgaradi va
unga boshqa spermatozoid endi
kira olmaydi. Aynan shu damda
bo'lajak bolaning jinsi va genlariga
asos solinadi. Agar spermatozoid
Y xromosomga ega bo'lsa, o'g'il,
agar X xromosomaga ega bo'lsa,
qiz tug'iladi.
Implantasiya
Urug'langan tuxum fallopiya
trubasida 3-4 kun davomida turib
o'ta yuqori tezlikda ko'plab
hujayralarga bo'lina boshlaydi.
Bachadon tomon harakatlanish
jarayoni boshlanadi va bunda ham
bo'linish davom etadi.
Urug'langan tuxumning keyingi
vazifasi bachadon devori
qatlamiga joylashish, ya'ni
implantatsiya. Ba'zi
ayollarda
aynan
implantasiya
jarayonida
qindan
1-2
tomchi
qon
chiqishi
kuzatilishi
mumkin. Endi ayol organizmida HCHG -
human chorionic gonadropin
gormoni paydo bo'ladi. Uni
homilaning bo'lajak yo'ldoshi
hujayralari ishlab chiqaradi.
Aynan shu gormon homiladorlik
testi qilinganda aniqlanadi. Test
natijasi aniq bo'lishi uchun
ovulyatsiyadan so'ng kamida 3
hafta o'tishi talab etiladi.
Uch-to'rt hafta ichida tuxum
ko'plab hujayralarga bo'linib,
homilaning ilk asab hujayralari
shakllanadi.
Homiladorlik davri
Homiladorlik davri uch trimestrga
yoki 3 oylik 3 davrga bo'linadi.
Buning sababi har bir davr ayol
va homila organizmida ma'lum
bir o'zgarishlarni taqazo etishidir.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 11896 | Добавил: Admin | Рейтинг: 4.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama