21:06
Azospermiya (azoospermiya)

Erkak bepushtligining asosiy
sababchilardan biri bo'lmish
azospermiya(azoospermiya),
bugungi kunda dolzarb muammo
hisoblanmoqda. Halqaro Sog'liqni
saqlash tashkilotining
ma'lumotiga ko'ra bepusht
erkaklarning 10%da azospermiya
mavjud ekan.
Azospermiya nima degani?
Erkak jinsiy suyuqligida
spermatozoidlarning yo'qligi yoki
juda kamligiga azospermiya
deyiladi.
Azospermiya holatiga nima
sabab bo'ladi?
Ko'pincha u moyak
yetishmoqchiligi tufayli yuzaga
keladi. Undan tashqari erkak jinsiy
yo'llarining ikki tomonlama
buzilishi asoratida ham rivojlanishi
mumkin. Agar azospermiyaning
kelib chiqish sababi aniqlanmasa,
u holda noaniq genezga ega
azospermiya, degan tashhis
qo'yiladi.
Azospermiya turlari:
Azospermiyaning obsturktiv
(ekskretor) va noobstruktiv
(sekretor) shakllari mavjud. Ular
quyidagicha farqlanadi: Saboq.Org saytidan olingan. Obstruktiv azospermiya:
Gormonal holat normada;
Tuxum razmeri tabiiy ravishda
normal;
Erkak jinsiy suyuqligida maxsus
tekshiruv natijasida
spermatozoid hujayralari
aniqlanmaydi;
Urug' o'tuvchi yo'llarda
patologik o'zgarish mavjud, bunga
quyidagilar sababchi bo'ladi:
Tug'ma kasalliklar, ya'ni tashqi
va ichki jinsiy a'zolarning
shakllanishida patologiya;
Jinsiy a'zolar yallig'lanishi;
Kichik toz a'zolarda jarrohlik
operasiya o'tkazilgani;
Jinsiy va reproduktiv a'zolarda
tan jarohati mavjudligi.
Noobstruktiv azospermiya:
Gipogonadizm (erkak jinsiy
bezlari faoliyatining
yetishmovchiligi);
Jinsiy suyuqlikda oz miqdorda
spermatozoid hujayralari mavjud;
Gormonal buzilish;
Bemor anamnezida (tarixida)
gen va xromosom o'zgarish ro'y
bergan.
Noobstruktiv azospermiyaning
tug'ma bo'lishi sabablaridan biri
tuxumning rivojlanishidagi
anomaliyalardir. Undan tashqari
noobstruktiv azospermiyaga
nurlanish, varikosele, alkogol
ichimliklar, muzlash va infeksiya
sababchi bo'lishi mumkin.
Azospermiyaning davolanishi:
Azospermiya turiga va kelib
chiqish sababiga ko'ra davolanadi.
Bunda jarrohlik yo'li, gormonal
terapiya va kerakli dori-vositalar
bilan terapiya qo'llaniladi. Ko'p
hollarda azospermiya tufayli
homilador bo'la olmayotgan
juftlikka IKSI muolajasi tavsiya
etiladi. Bunda mikrojarrohlik usuli
bilan moyakdan sun'iy ravishda
spermatozoislar ajratib olinadi va
o'z farzandiga ega bo'lish
imkoniyati paydo bo'ladi.
Просмотров: 5130 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 86
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama