21:10
Prostata bezi bilan bo'gliq muammolar

O'ttiz yoshdan oshgan
erkaklarning asosiy muammosi
hisoblanmish prostata bezi haqida
ma'lumot.
Prostata bezi nima degani?
Prostata bezi-mushakli bez a'zosi
bo'lib, qovuq pufagi ostida
joylashgan va unga tirmashib
turadi.
Prostata bezining vazifalari:
Bu bez shaffof suyuqlik ajratib
chiqaradi. Bu suyuqlik ajralib
chiqib eyakulyasiya (shahvat
chiqishi) jarayonida maniyga
aralashadi va undagi
spermatozoidning harakatlanishi
va hayotchanligiga sharoit
yaratadi. Chunki prostata
suyuqligida maniyni
suyuqlashtiruvchi fibrinolizin va
fibrogeneza fermentlari mavjud.
Undan tashqari prostata bezi
urug' hujayralarning hosil
bo'lishiga turtki berib, jinsiy
gormonlarni ishlab chiqaruvchi
moyak faoliyatiga katta ta'sir
ko'rsatadi. Prostata ishlab
chiqaradigan suyuqlik asab-
mushak tarmog'i, ruhiy faoliyatni
rag'batlantiradi, jinsiy ehtiyojni
qo'zg'atadi, ereksiya va
eyakulyasiyaga hamkorlik qiladi.
Prostati bezi faoliyati qachon
namoyon bo'ladi?
Balog'at yoshidan boshlab
keksalikka qadar. Keksalikda jinsiy
bezlar faoliyati susayganda
prostata bezining faoliyati ham
pasayadi.
Prostata bezi faoliyati
buzulishiga nima sabab bo'ladi:
Prostata bezi faoliyatining
tug'ma muammolari;
Yoshning 50 dan oshishi;
Uzoq vaqt davomida jinsiy
yaqinlikdan tiyilish;
Surunkali qabziyat;
Kam harakatli turmush tarzi;
Betartib ovqatlanish;
Betartib jinsiy aloqada bo'lish;
Spirtli ichimliklarni ko'p iste'mol
qilish.
Prostata bezi bilan bo'gliq asosiy
muammo nima?
Prostatit kasalligidir.
Prostatit kasalligi nima?
Prostata bezining yallig'lanishidan
kelib chiqqan kasallik. Hozirgi
kunda dunyo bo'yicha 73-90%
erkak aynan shu kasallikdan aziyat
chekadi. Saboq.Org saytidan olingan. Prostatitga nima sabab bo'ladi?
Siydik pufagi, siydik yo'li, to'g'ri
ichak, qon tomirlari, kichik tozning
limfa tomirlari orqali prostata
beziga infeksiya tushib
yallig'lanishga sabab bo'ladi.
Prostatit alomatlari:
Prostata bezining yallig'lanishi
alomatlari o'tkir shamollash
kasallik alomatlari singari bo'lishi
mumkin. Bunda
Tana harorati 38-39
darajagacha ko'tariladi;
Hojat chiqarish davomida
anusda qattiq og'riq bo'ladi;
Tez-tez siydik qistab, lekin siydik
tomchilaydi, xolos;
Siyish og'riq bilan bo'ladi;
Qovuq bo'shlig'i atrofida
og'riqlar bo'ladi.
Lekin ko'p hollarda kasallik
surunkali kechadi va bu haqda
erkak bilmay yurishi ham mumkin.
Prostatit nimaga ta'sir qiladi?
Prostatit tufayli prostata bezi
ishlab chiqargan suyuqlik qonga
so'rilmagani uchun erkakda
ereksiya funksiyasi buziladi.
Prostatit oqibati qanday?
Agar bemor vaqtida shifokorga
murojaat etmasa, keyinchalik
bezda yiring paydo bo'lishi
mumkin. Kasallikning surunkali
holati yillar mobaynida erkak
tanasida yashirin kechib o'zini
sezdirmaydi, lekin uning
oqabatida sistit (qovuqning
yallig'lanishi), pielonefrit (buyrak
yallig'lanishi), vezikulit (urug'
pufakchalarining yallig'lanishi),
epidimoorxit (moyaklar
yallig'lanishi) kasalliklari
rivojlanishi mumkin.
Bu kasalliklar esa erkakda
bepushtlikni yuzaga keltirishi
mumkin.
Prostatitni davolash:
Davolashdan oldin quyidagi
tekshiruvlar o'tkaziladi:
Kompyter orqali skaner;
Uch tomonlama ultratovushli
tashhis;
Immunoferment muolajasi.
So'nggi paytlarda prostatitni
davolashda vakuumli transuretalli
aspirasiya usuli qo'llaniladi. Uning
ichiga transuretallik gipertermiya,
radioto'lqinli terapiya,
biorezonansli terapiya kiradi.
Prostatitni davolashning eng
zamonaviy usullaridan
Toshkentdagi Doctor-D
shifoxonasida foydalanish
mumkin.
Prostatitni oldini olish:
Har kuni kamida 1 soat jismoniy
mashg'ulotlar bajarish;
Ko'p harakat qilish;
Sog'lom turmush tarzida
yashash;
Palapartish jinsiy aloqalardan
voz kechish;
Ortiqcha muzlashdan o'zini
asrash;
Qabziyatni oldini olish;
Sink moddasiga boy
mahsulotlarni ko'proq iste'mol
qilish;
Muntazam ravishda jinsiy
aloqada bo'lish;
Yoshi 30 dan oshgan bo'lsa,
yilda 1 marta urolog, androlog
ko'rigidan o'tish.
Просмотров: 22686 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Qaysi bo'limlarni sevib mutolaa qilasiz ?
Всего ответов: 7
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama