21:16
Varikotsele nima degani?

Erkak kishining jinsiy a'zolarida
mavjud bo'lgan tomir va
arteriyalar uning tuxumini qon
bilan ta'minlash vazifasini
bajaradi. Qon tomirlari orqali qon
yurakdan butun tana bo'ylab
aylanadi. Aylanish bir tomonlama
bo'ladi. Bazida organizmda biror
kasallik tufayli qon bir tomonga
emas, balki uning oz miqdori
teskari tomonga qayta boshlaydi.
Shunda qaytgan qon hisobiga
tomirlar kengayadi, shishadi,
kattalashadi. Natijada varikotsele
kasalligi yuzaga keladi.
Kim varikotsele bilan kasallanishga
moyil bo'ladi?
Varikotsele juda ko'p tarqalgan
kasallik bo'lib, odatda 15-25
yoshlik erkaklarda paydo bo'ladi.
Buning sababi jinsiy rivojlanish
jarayonida tuxumlar katta tezlikda
o'sadi va ularning to'g'ri
rivojlanishi uchun ko'p miqdorda
qon talab etiladi. Agar shu davrda
qon tomirlari yaxshi faoliyat
ko'rsatmayotgan bo'lsa, kuchli
qon oqimiga bardosh bera olmay
tomirlarda varikotsele yuzaga
kelishi oson bo'ladi.
Ko'pincha varikotsele chap
tomondagi tuxum tomirlarida
namoyon bo'ladi. Kam hollarda
o'ng tomonda ham yuzaga
chiqishi mumkin.
Varikotsele xavflimi?
Varikotselening xavfliligi uning
darajasiga bog'liq. Varikotsele
tufayli erkak tuxumida harorat
yuqori yuradi, bu esa
spermatozoidlarni o'limiga, sifatini
buzilishiga natijada bepushtlikka
ham olib kelishi mumkin .Saboq.Org saytidan olingan. Varikotsele alomatlari qanday?
Varikotsele mavjudligi haqida
erkak ko'pincha bilmay yuradi.
Issiq kunda yoki uzoq vaqt bir
joyda o'tirish yoki tik turish
natijasida ba'zi alomatlar
namoyon bo'lishi mumkin:
- tuxumlarning qichinishi;
- jinsiy a'zolarda og'irlik paydo
bo'lishi;
- tomirlarning bortganligini qo'l
bilan sezilishi;
- tuxum tomonda noqulaylik
sezilishi;
- bir tomondagi tuxumning
boshqa tomon tuxumdan shakli va
razmeri bilan farq qilinishi.
Varikotsele qanday davolanadi?
Shifokor varikotsele kasalligini
aniqlash uchun tuxumni
tekshiradi. Bunda tuxum razmeri,
shakli, joylashishi,
harakatlanishiga ahamiyat
beriladi. Agar varikotsele borligiga
shubha paydo bo'lsa, qo'shimcha
ultra tovushli diagnostika yoki
stretoskopik tekshiruv talab
qilinishi mumkin.
Agar varikotsele erkakka hech
qanday noqulaylik keltirmayotgan
bo'lsa, u holda u odatda
davolanmaydi.
Varikotsele darajasiga qarab
ba'zida uni jarrohlik yo'li bilan olib
tashlash yoki varikotsele tufayli
tuxum va boshqa jinsiy a'zolardagi
yallig'lanishni dori vositalari bilan
davolash talab etilishi mumkin.
Yana bir yo'l, tomir ichiga sun'iy
yo'lakcha joylashtirish orqali
plastik jarohlik qo'llaniladi.
Просмотров: 6933 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama