01:08
Ovulyasiya va uni aniqlash

Ayol hayz siklining ma'lum bir
davrida tuxumdondan tuxum
hujayralarining yetilib chiqib,
bachadon bo'ynida joylashib,
urug'lanishiga tayyor bo'lib
turishiga ovilyatsiya deyiladi.
Ovulyatsiyani bilish ayol uchun
muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki ovulyasiya kuni va undan
bir necha kun oldin va keyin
amalga oshirilgan jinsiy aloqadan
so'ng ayolning (boshqa faktorlar
mavjud bo'lmasa - masalan jinsiy
kasalliklar, qo'shimcha saqlanish
vositalardan foydalanish va
hokazo) homilador bo'lish
ehtimoli yuqori bo'ladi.
Ovulyasiyaga qarab er-
xotin homiladorlikdan saqlanishi
mumkin, ya'ni o'vulyasiya kunlari
jinsiy aloqa qilinmaydi yoki jisniy
aloqa bo'lsa ham prezervativdan
foydalaniladi. Ammo ovulyasiya
bo'layotganini aniq bilish juda
qiyin.
Ovulyasiyani qanday aniqlash
mumkin:
1. Ultra tovushli diagnostika orqali
(eng aniq yo'l).
2. Ovulyasiya testlari (Dorixonada
sotiladigan maxsus test: siydik
testerga tomchilash yordamida
ovulyatsiya yaqinlashayotgani
aniqlanadi).
3. Qon tekshiruvi. Saboq.Org saytidan olingan. 4. Rektal (anusdagi) haroratni
kuzatish (Bunda bir necha oy
davomida rektal harorat
aniqlanadi. Buning uchun har kuni
ertalab o'rindan turmasdan
anusga termometr joylashtirilib 5
daqiqa davomida ushlanadi. Har
kungi harorat yozib boriladi.
Haroratning muntazam ko'tarilishi
ovulyatsiya jarayoni
yaqinlashayotganidan dalolat
beradi. Haroratning eng yuqori
darajaga ko'tarilgani ovulyasiya
yaqinlashganini ko'rsatadi.
Haroratning ko'tarilib pasayib
borishi ovulyasiya o'tib ketganini
ko'rsatadi. Agar harorat
ko'tarilgan holda qolsa, demak
homiladorlik vujudga kelgan
bo'lishi mumkin. Bu usul jinsiy
a'zolarda infeksion kasallik mavjud
bo'lmagandagina ishonchlidir)
5. Qindagi suyuqlik (Ovulyasiya
paytida qindan ajraladigan
suyuqlik ko'payadi, cho'ziluvchan
va tuxum oqiga o'xshash rangda
bo'ladi. Ovulyasiya o'tgandan
keyin qindagi suyuqlik ancha
kamaygani yoki umuman yo'q
bo'lgani seziladi.)
6. Og'riq (Hayz siklining o'rtalarida
paydo bo'ladigan bel, ko'krak va
qorin pastidagi og'riqlar
ovulyatsiya jarayoni
bo'layotganidan dalolat berishi
mumkin.)
7. Ayrim ayollarda ovulyatsiya
paytida libido (jinsiy aloqaga
intilish) kuchayishi kuzatiladi.
Homiladorlikdan saqlanish
vositasida ovulyatsiya kunini
hisoblab yurish yo'li (ovulyasiya
kuni atrofida jinsiy aloqa qilmaslik
yoki aloqa davomida
prezervativdan foydalanish)
ishonchsiz bo'lishiga qaramay,
ko'pchilik undan foydalanadi.
Homilador bo'lishni istagan har bir
ayol esa aynan ovulyatsiya kuni
yoki undan bir necha kun oldin va
keyin jinsiy aloqada bo'lishi kerak.

manba: uzbaby.uz
Просмотров: 34833 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama