23:44
Jinsiy quvvatni oshirish uchun maslahatlar (Muhlis Talabiga Binoan)

Yangi pishirilgan
halim asablarga
kuch beradi, erlik
urug‘ini ko‘paytiradi
va jinsiy quvvatni
oshiradi.Yangi
sog‘ilgan sigir sutini ichish yoki
sutni yong‘oq mag‘zi yoki xurmo
bilan iste’mol qilish maniy (erlik
urug‘i) paydo qiladi, shahvat
quvvatini oshiradi. Yangi
sog‘ilgan sutga arablarda
o‘sadigan xurmo (finik)
mevasidan va dolchindan bir
kecha-kunduz ivitib qo‘yib, keyin
eyilsa va ustidan yangi sut ichilsa,
jinsiy a’zoni baquvvat qilib,
shahvatni kuchaytiradi. Ammo bu
tadbir issiq o‘lkalarda va issiq
mijozli kishilarga to‘g‘ri
kelmaydi.Olma gulining
murabbosi, ya’ni gulqandi jinsiy
a’zoni quvvatli qilib, harakatga
keltiradi, yurakni baquvvat qiladi.
Buning uchun olma gulini ikki
baravar ko‘p qizil atirgul
yaproqlari bilan aralashtirib,
gulqand tayyorlanadi. Buni
iste’mol qilishning bir kunlik
miqdori 30 grammgacha.Eman
(dub) daraxti mevasini xamir yo
loy orasiga joylab olov qo‘rida
pishirsangiz, buni sabzi
murabbosi yoki boshqa
quvvatbaxsh vositalar bilan
iste’mol qilsangiz Saboq.Org saytidan olingan. badanga kuch
bag‘ishlaydi, jinsiy quvvatni
oshiradi, badandagi zararli xilt va
zaharlarni haydab chiqaradi.
Tudariy (tikanli daraxt turi)
urug‘ini eyilsa, ishtahani ochadi,
jinsiy quvvatni oshirib, erlik
olatini harakatga keltiradi.Omila
(Hindistonda o‘sadigan daraxt
mevasi) asal va dolchinga
ralashtirib iste’mol qilinsa, tanani
bardam qilib, shahvat quvvatini
oshiradi.Baliqning hamma turi
shahvoniy quvvatni oshiradi,
agar baliq piyoz bilan eyilsa,
maniyni (erlik urug‘ini)
ko‘paytiradi. Mayda baliq
kabobini qurigan gazako‘t,
sedana urug‘i, petrushka urug‘ini
teng miqdorda olib kerakli
miqdordagi zaytun yog‘i bilan
nonxurush qilib eyilsa, erlik
quvvatini oshiradi.Shahvatni
jonlantirishda kiyik, o‘rdak,
bedana, chumchuq, qo‘tos, arxar
(tog‘ echkisi) go‘shtlarini iste’mol
qilish yaxshi samara beradi.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 32886 | Добавил: Admin | Рейтинг: 3.0/3
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama