01:46
Erning tug'ish jarayonida ishtirok etishi

Hozirgi kunda deyarli barcha
mamlakatlarda erning xotini
tug'ayotganida birga bo'lishi
ko'zda tutilgan. O'zbekistonning
ayrim tug'ruqxonalarida ham
bunday amaliyot tadbiq
qilinmoqda. Er bilan tug'ish yoki
tug'maslik bu har bir er-
xotinni shaxsiy tanlovi. Agar
tug'ish jarayonida birga bo'lishni
er-xotin niyat qilgan bo'lsa, u
holda er xotiniga qanday yordam
ko'rsatishi mumkinligi haqida bilib
olish kerak.
1. Erning xotini tug'ayotganida
birga bo'lishiga ham o'zining, ham
xotinining xohishi bo'lishi zarur.
Agar eri bundan bosh tortayotgan
bo'lsa yoki xotiniga bu holat
uncha yoqmasa, birga tug'ish
foyda keltirmaydi.
2. Erkak xotini dard tutayotganda
og'ir bo'lib, xotinini qo'ldan
kelgancha tinchlantirib turishga
qodir bo'lishi kerak. Uning
hotirjamligi xotiniga kuch beradi.
3. Er to'lg'oqlar orasidagi vaqt
intervalini o'lchab turishni bilishi
kerak. Bu haqda oldindan
vrachdan so'rab olsa bo'ladi.
4. Er ayoliga nafas olishi, to'g'ri
holatda bo'lishig yo'l ko'rsata
bilishi kerak. Og'riqdan
qiynalayotgan ayolda nafas olish
ritmi buzulsa, dard og'irroq
kechadi.
Ba'zi erkaklar
tug'ishda
ishtirok etishni
istaganlari bilan,
aslida tayyor
bo'lmasliklari
mumkin. Bu esa,
tug'ish
davomida
ayolga
qo'shimcha
muammolar
yaratib beradi.
Shuning uchun
ayol erini bilgan,
eri birga bo'lish
kerak yoki
kerakmasligini
o'zi hal qilishi
lozim.
5. To'lg'oqlar orasida ayolning
belini va yelkalarini asta massaj
qilib turish kerak.
6. Ayolda og'riqlar kuchayotgan
paytida unga jismoniy holatini
o'zgartirishga, o'tirib olishga yoki
aksincha turib yurishga yordam
berish lozim.
7. Ayolga yordam bo'lishi uchun
uni maqtab turish kerak,
qilayotgan harakatlari, kuchanishi
to'g'ri va hammasi yaxshi
tugashiga ishontirib turish kerak.
O'zbekiston
shifoxonalarida
tug'ish
jarayonidagi
sharoit chet
eldagi tug'ish
holatidan ancha
farq qiladi.
Masalan,
O'zbekistonda
ayol operatsiya
xonasida
yengillashsa,
chet elda tabiiy
tug'ayotganlar
uydek
bezatilgan
shinam xonada
tug'adilar.
Albatta bu narsa
erning tug'ish
jarayoniga
bo'lgan
munosabatiga
o'z ta'sirini
ko'rsatadi. Buni
ham inobatga
olishni
unutmaslik
kerak.
8. To'lg'oq jarayonida ayol
so'rayotganini (suv, yordam qo'li,
suyukli er yelkasi yoki vrach
yordami) tezda bajo keltirish
darkor.
9. Yangi tug'ilgan chaqaloqni
rasmini olish esdan chiqmasligi
kerak.
10. Eson-omon qutilib olgan
xotiniga "Rahmat" deyishni
unutmaslik kerak.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 8114 | Добавил: XakkeR_Kg | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 87
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama