01:47
Asfiksiya (bo'g'ilib qolib) bilan tug'ilish

Tug'ish paytida ko'p uchraydigan
qiyinchiliklardan biri bu
asfiksiyadir. Asfiksiya natijasida
homila tanasining deyarli barcha
organlari va to'qimalari lat yeydi,
lekin asosiy zararni asab tizimi
ko'radi. Chunki asfiksiya davomida
organizmga kislorod bormaydi, bu
esa asab tizimi hujayralarini
yashay olishiga to'sqinlik qiladi.
Asfiksiya nima degani?
Yangi tug'ilgan chaqaloq
asfiksiyasi shunday holatki, bunda
bola tug'ilgan zahoti yurak
urishidan qat'iy nazar nafas olaydi
yoki juda sust nafas oladi, natijada
organizm yetarlicha kislorod bilan
ta'minlanmaydi. Oddiy qilib
aytganda, askiksiya - bu bo'g'ilib
qolish.
Asfiksiya sababini uch guruhga
bo'lib ko'rishimiz mumkin:
- Homilador ayol organizmida
kislorod yetishmovchiligi (qattiq
qon ketish, shok, yurak-tomir
kasalliklari, intoksikatsiya, qon
kasalliklari);
- Homilaning qon aylanish tizimida
yoki kindik-yo'ldosh tizmida
mavjud bo'lgan buzilish (kindik
yoki yo'ldoshdagi patalogiya,
homiladorlik muammolari,
muddatidan o'tgan homiladorlik,
tug'ish faoliyatining buzulgani va
boshqalar);
- Homila kasalligi yoki homila asab
tizimidagi patologiya;
- Homilaning nafas olish
yo'llarining to'liq yoki qisman
bekilib qolgani.
Asfiksiya alomatlari:
Asfiksiyani og'irligiga qarab 3
darajaga ajratadilar:
Birinchi darajadagi asfiksiya - bola
ko'k rangda tug'ilishi, bunda
uning yurak urishi sekinlashgan
bo'ladi va nafas olishi juda sekin
bo'ladi;
Ikkinchi darajadagi asfiksiya -
bolaning rangi juda ko'kargan
bo'ladi, yurak urushi yanada
sekinlashgan va nafas olishi
deyarli yo'q bo'ladi;
Uchinchi darajadagi asfiksiya -
chaqaloq nafas olmaydi, terida
rang qolmagan, yurak urishi tez-
tez lekin muntazam emas,
mushaklari bo'shashgan (qo'l-
oyoqlari osilib turadi).
Asfiksiyaning asorati:
Asfiksiya asoratlari 2 xil bo'ladi:
dastlabki va kechki namoyon
bo'ladigan asoratlar.
Dastlabki asoratlarga:
- asab tizimining lat yeyishi - miya
shikastlanishi;
- yurak-qon tizimining lat yeyishi;
- buyrak faoliyatining buzulishi;
- o'pka faoliyatida o'zgarishlar -
o'pka shishi, o'pkada qon
yig'ilishi, o'pka yallig'lanishi;
- oshqozon-ichak tizimini lat
yeyishi;
- qondagi o'zgarishlar -
kamqonlik, trombotsitlarning
ko'payishi.
Asfiksiyani davolash:
Asfiksiya namoyon bo'lganda
reanimatsiya ishlari amalga
oshiriladi:
- Nafas yo'llarini bo'shatish - nafas
yo'llarida yig'ilgan suyuqlikni
chiqarib tashlash;
- O'pka faoliyatini sun'iy davom
ettirish - bola tomog'iga maxsus
trubka o'tkazilib o'pkasiga nafas
olish smesi yuboriladi;
- Yurak faoliyatini yo'lga solish va
qon aylanishini ta'minlash - yurak
massaji qilinadi va maxsus dorilar
yuboriladi.
Asfiksiya bo'lgan bolalarga
maxsus parvarish talab etiladi. Ular
kislorodli kuvesda boqiladi,
kamida 12 soatdan keyin
sog'ilgan sut bilan ovqatlantiriladi.
Og'ir asfiksiya holatida bola
tug'ilganidan so'ng 48 soatdan
keyin zond bilan ovqatlantiriladi.
Asfiksiya bilan tug'ilgan
bolalarning kelajagi asfiksiya
darajasiga, davolanish o'z vaqtida
va to'g'ri amalga oshirilganiga
bog'liq.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 2970 | Добавил: XakkeR_Kg | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saboq.ORG saytiga qay darajada muhlissiz ?!
Всего ответов: 56
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama