01:48
Tug'ish davomida yirtilish, kesilish (epiziotomiya)

Tug'ish paytidagi og'riq tezda
esdan chiqib ketadi. Shuning
uchun ko'pchilik ayollar farzandini
tug'ilishini eslayotganda to'lg'oq
og'riqlarini emas, balki bola
chiqish yo'llaridagi yirtilish yoki
vrachlar tomonidan amalga
oshiriladigan kesilishni esga
oladilar. Bu esa onaga 1 oy
davomida
og'riq keltirishi mumkin. Kesilish
yoki yirtilishni bo'lmasligi uchun
nima qilish kerakligi haqida gapiri
o''tamiz.
Bola tug'ilayotganda chiqish
yo'llaridan o'tayotganda, onada
nega yirtilish sodir bo'ladi?
Afsuski, onaning jinsiy a'zolari
joylashgan kirish yo'llarida
mushaklar qanchalik yaxshi
rivojlanganiga qaramay, ularning
elastiklik xususiyatini pasayishiga
olib keluvchi bir nacha faktorlar
mavjud:
- Ona yoshi 35 dan oshgan
(ayniqsa agar birinchi tug'ishi
bo'lsa);
- Kirish yo'llari baland bo'lsa, bu
degani anus bilan qin orasi 7-8 sm
dan ko'p bo'lsa;
- Qin mushaklarining juda
rivojlanganligi (sport bilan
shug'ullanuvchi ayollarda);
- Qin mushaklarining
rivojlanmaganligi (Kegel
mashg'ulotlarini qarang);
- Jinsiy kirish yo'llaridagi
mushaklarda bo'lib o'tgan
operasiya yoki tug'ishlardan keyin
qolgan asoratlar mavjudligi;
- Uzoq cho'zilib ketgan tug'ish
jarayoni;
- Tezlik bilan o'tgan tug'ish
jarayoni
- Tug'ilayotgan bolaning boshi va
yelkalari chiqayotganda akusher
tomonidan kirish yo'llarini
yetarlicha himoya qilinmaganligi;
- Tug'ish jarayonida onaning
o'zini noto'g'ri tutishi (akusher va
vrach gaplariga quloq solmasligi).
Ayrim hollarda onaning jinsiy
kirish yo'llari akusher yoki vrach
tomonidan kesiladi. Nega?
- Bola juda katta bo'lib, o'tish
yo'llar mushaklari bo'sh bo'lgan
hollarda;
- Muddatidan oldin sodir bo'lgan
tug'ish (muddatidan oldin
tug'ilgan chaqaloqqa shikast
yetkazmaslik uchun);
- Bola tug'ilishini tezlashtirish
uchun (onada qon bosimining
ortib ketishi tufayli, yoki bolada
ayrim kasalliklar mavjud bo'lgan
hollarda);
- Bolaga havo yetmay qolishi;
- Operativ tug'ish jarayonida
(vakuum yoki maxsus moslamalar
qo'llanilganda);
- Bolaning bachadonda chiqish
yo'llari tomon ko'ti bilan
joylashgani.
Agar sizga tug'ruq jarayonida
chok tushgan bo'lsa:
1. Chok tushsa odatda ona 1
kundan so'ng yura oladi va 7-10
kundan so'ng o'tira oladi.
2. Bolani yotgan holda emizing;
3. Iloji boricha ichingiz qotmasin,
suyuqliklardan va qatiqdan ko'p
iste'mol qiling (kuchanish mumkin
emas);
4. O'tirishni boshlaganda, astalik
bilan, biroz yotib o'tiring;
5. Chok tushgan joyni tozalikda
saqlang.
Yirtilish va kesilishdan holi bo'lish
iloji bormi?
Birinchidan, tug'ish jarayoniga
mas'uliyat bilan yondashing. Iloji
bo'lsa tug'ish jarayoni haqida
vrach bilan oldindan
suxbatlashing. Nafas olish usullari,
bo'shashish va kuchanish haqida
bilib oling.
Ikkinchidan, qo'rquvdan xoli
bo'ling.
Uchinchidan, jinsiy kirish yo'llarni
homiladorlikning 36 haftasidan
so'ng maxsus o'simlik yog'i bilan,
tozalikni saqlagan holda, haftasiga
2-3 marta dushdan so'ng massaj
qiling. Massaj harakatlari qin
yo'lini anus tomonga asta cho'zish
bilan bajariladi.
To'rtinchidan, homiladorlikning
36-38 haftasidan so'ng vrach
bilan maslaxatlashgan holda Kegel
mashg'ulotlarini bajaring.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 12089 | Добавил: XakkeR_Kg | Рейтинг: 5.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 87
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama