01:50
Otalar uchun 10 maslahat

Xonadonda yangi chaqaloq
tug'ilganda katta o'zgarishlar
sodir bo'ladi. Ota-ona munosabati,
uy-ro'zg'or ishlari, katta farzandlar
bilan munosabat - bularning
barchasi qayta shakllanishni talab
etadi. Shu o'rinda otalarning o'rni
beqiyos. Agar siz mas'uliyatni his
qiladigan, suyukli xotiningiz uchun
barcha sharoit yaratib berishdan
bosh tortmaydigan, qolaversa
yangi tug'ilgan chaqaloq sizga
ham bog'langan bo'lishini istagan
va oilada tinchlik va xotirjamlikni
maqsad qilib qo'ygan ota
bo'lsangiz, u holda bu maslahatlar
siz uchun juda foydali bo'ladi.
1. Uyni toza saqlang. Chaqaloqli
uy toza bo'lishi shart. Lekin
chaqalog'i bor ona hozircha uy-
yumush ishlari bilan band
bo'lishga kuchi ham, iloji ham
yo'q. Shuning uchun o'zingiz yoki
do'st-qarindoshlar yordamida uyni
tozaligini ta'minlang.
Yig'ishtirilmagan, chang bo'lib
qolgan uy onani asabiylashishiga,
bu esa o'z navbatida chaqaloqni
qiynalishiga olib keladi.
2. Xotiningizga ko'p ahamiyat
bering. Kuni bilan bola bilan ovora
bo'lgan onaga mehr, qo'shimcha
taom, mazali yeguliklar, sharbat va
mevalar berib turish foydadan xoli
bo'lmaydi. Siz bolaga ozingiz
qarab turganingizda, xotiningiz
issiq vanna qabul qilib olishini yoki
kosmetolog, parikmaxerga borib
kelishga vaqt ajrata olishini
ta'minlang.
3. E'tiborli bo'ling. Xotiningiz
sizdan iltimos qilmasidan oldin
uning ehtiyojlarini qondirishga
harakat qiling. Ayrim ayollar
qiynalib qolsa, eridan yordam
so'ramasdan o'zi bir amallab
eplaydi. Lekin o'zi qilyapti deb
ahamiyat bermaslik noto'g'ri,
chunki ayol qiynalishi boshida
bilinmay keyin asabda, sog'lig'ida
namoyon bo'lishi mumkin.
4. Uyni ortiqcha mehmonlardan
xoli qo'ying. Yangi tug'ilgan
chaqaloqli uy tinch va toza bo'lishi
kerak. Uyga kunda mehmon
kelaversa ona ham, bola ham
qiynalishi mumkin.
5. Katta farzandlar bo'lsa, ular
bilan o'zingiz band bo'ling. Uyda
yangi chaqaloq tug'ilganda iloji
bo'lsa ta'tilga chiqib katta
farzandlar yumushini o'zingizga
oling. Katta farzand chaqaloq
kelganiga onasiga, ya'ni mehrga
yanada ko'proq zor bo'ladi,
onaning bir o'ziga esa uni
ehtiyojlarini qondirish qiyin
bo'ladi.
6. Yomon maslahatchilardan
oilangizni saqlang. Chaqaloqli
ota-onaga deyarli barcha o'z
maslahatini berishga tayyor bo'lib
turadi. O'z oilangiz manfaatlaridan
kelib chiqib, xotiningiz bolani
katta qilishga bo'lgan nuqtai-
nazarini hurmat qilgan holda
maslahatchilarga yo'q deyishni va
bu borada xotiningiz nuqtai-
nazarini, fikrlarini yonini olishni
o'rganing.
7. Uyda katta o'zgarishlarni
amalga oshirmang. Yangi uyga
ko'chish, remont, yangi ish
qidirish kabi katta o'zgarishlarni
chaqaloq tug'ilishidan oldin yoki
kattaroq bo'lganida amalga
oshirganingiz ma'qul.
8. Siz ham yangi tug'ilgan
chaqaloqqa qarang. Faqat ona
emas, balki ota ham chaqaloqni
parvarish qilishga qodir.
Xotiningizga bolani parvarish
qilishda, uxlatishda yordam
bering.
9. O'zingizni ishda ko'rsating.
Bolani tinchlantirish, kechasi
uyg'onganda qayta uxlatish,
cho'miltirish kabi ishlarda
yordamingizni ayamang.
10. Xotiningizga minnatdor
bo'ling. Iloji boricha xotiningizga
ko'p e'tibor bering va unga
mehringizni ayamang.
Bu maslahatlar sizdan ko'p kuch
talab etsa ham, uning foydasini
baxtli yor va sog'lom bolangizda
ko'rasiz.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 6526 | Добавил: XakkeR_Kg | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama