01:57
Tuqqandan so'ng bo'ladigan depressiya

To'qqiz oy davomida ayol katta bir
voqeaga tayyorlanib yuradi.
Nihoyat 9 oy tugaydi va ayol
dunyodagi eng baxtli inson
bo'ladi. Bu borada unung yaqinlari
ayolning har bir iltimos-u talabini
bajarishga tayyor bo'lib turadilar.
Chunki farzand ko'rgan ayol eng
yuqori, eng chiroyli mehrga to'la
e'tiborga loyiqdir.
Lekin bir hafta o'tar - o'tmas
yaqinda ona bo'lganidan
qanotlanib yurgan ayolni ko'z
yosh bilan ko'rib qolishingiz ajab
emas.
Bunga sabab birinchi navbatda
ayol organizmidagi gormonal
o'zgarishlardir. Undan tashqari
tunda uyqu bo'lmasligi, ko'krakda
og'riqlar, beldagi og'riq, erning
munosabati ayol istaganicha
emasligi, og'ir tug'ishdan so'ng
jinsiy organlarda og'riq, ko'krakda
sut yetishmasligi ayolni
tushkunlikka tushib qolishiga olib
keladi.
Depressiya tushkunlik, qo'rquv,
vahima, yig'lash, uyqusizlikda
namoyon bo'ladi. Agar depressiya
namoyondalari ayolda kuzatilsa,
demak organizm
qiynalayotganidan, ya'ni yetarlicha
dam olmaslik, kuchli stress,
umuman jismonan va psixologik
kuch yetishmovchiligi, mehr va
e'tiborning kamligidan dalolat
beradi. Bu faktorlar qanchalik tez
bartaraf etilsa, tug'ishdan so'ng
ayol shunchalik tez o'ziga keladi va
kerakmas, ortiqcha kasalliklarga
duch bo'lmaydi. Depressiya holati
ayolning organizm bo'shligidan
emas, o'z psixologik va jismoniy
kuchini haddan tashqari ko'p
ishlatib yuborganidan dalolat
beradi.
Quyidagi maslahatlar depressiya
holatini yengillashtirishga yoki uni
bartaraf etishga yordam beradi:
Tuqqan ayolning dam olishini
hurmat qiling.
Tuqqan ayol o'zi emas, balki
barcha unga e'tibor qilishi, unga
g'amxo'r bo'lishi kerak. Ovqat
qilish, uy yumushlari, katta farzand
tashvishi bilan bir qatorda yangi
tug'ilgan chaqaloq ehtiyojlarini
qondirish juda qiyin. Hech
kimning bunga kuchi yetmaydi.
Tuqqan ayol uchun mehringizni
ayamang.
Er tuqqan ayol uchun eng yaqin va
qadrli inson. Aynan er bilan ayol
o'z tashvishlari, xissiyotlarini
bo'lishgisi keladi. Shuning uchun
erlardan juda katta harakat talab
etiladi. To'g'ri oilaga yangi
chaqaloq kelganda er uchun bu
juda katta mas'uliyat. Lekin
ayolingizni shu ozgina vaqt
davomida erkalab turib, qadrini
ko'tarib, unga jismonan va ruhan
yordam va ko'mak berib tursangiz
siz sog'lom baxtli ayol suyukli yori
va xotirjam sog'lom bolaning
suyukli otasi bo'lganingizdan
o'zingiz yutasiz.
Ayol o'zi uchun eng muhim
narsani ajratib olishi kerak.
Ayrim kunlari "hech narsaga
vaqtim yetmayapti", "hech narsaga
ulgurmayapman" degan xayol
ayolni qiynab yuboradi. Aslo
tushkunlikka tushmang.
Siz dunyodagi
eng muhim
narsani amalga
oshirmoqdasiz -
siz yangi
tug'ilgan
chaqaloqni
voyaga
yetkazmoqdasiz.
Bir joyda o'tirib qolmaslik -
uydan chiqish kerak.
Hech qaerda yangi tug'ilgan
chaqaloq ko'chaga chiqish
mumkin emas deb aytilmagan.
Chaqaloq uchun "UY" bu onasi
mavjud bo'lgan joydir. Shuning
uchun bolangizni olib ko'chaga
toza havoga aylanishga chiqing.
O'zingizga o'xshagan yangi
onalar bilan do'stlashish kerak.
Chaqalog'i bor onalar bilan
suhbatda bo'lish, dardlashish
ancha yengillik keltiradi. Chunki
ularchalik sizni tushunadigan
inson bo'lmasa kerak.
Yaxshi ovqatlanish lozim.
Yaxshi ovqatlanmaslik depressiya
kuchayishiga sabab bo'ladi.
Sizning har kungi yeguligingizda
foydali, vitaminga boy yegulik
bo'lishi shart.
Tuqqan ayol o'ziga qarashni
boshlashi lozim.
Xomiladorlikdan so'ng hali o'z
holingizga qaytmagan
bo'lsangizda, o'zingizni chiroyli
qilib yursangiz depressiya
pasayishining guvohi bo'lasiz.
Erkalik qilish kerak.
Yangi tuqqan ayol eng ko'p
erkalashga loyiqdir. Kosmetolog,
massaj, gidromassaj,
aromaterapiya kabi hordiq siz
uchun hozir juda kerak.
Qadrli ayollar, farzand ko'rish - bu
dunyodagi eng ulug' ne'mat.
Shuni unutmang. Dunyoga farzand
keltirib uni voyaga yetkazish
naqadar buyuk ish ekanligini
unutmang!!!

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 3530 | Добавил: XakkeR_Kg | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан сайтимизни Топдингиз?
Всего ответов: 111
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama