01:11
Immunologik bepushtlik

Bir qator tekshiruvlardan o'tgan
bepusht juftliklarga ba'zida
noaniq bepushlik degan diagnoz
qo'yiladi. Bunda homiladorlik yuz
bermasligiga yoki yuz berib
homila tushishiga keltiruvchi
sabab aniqlanmay qoladi.
Bepusht juftlik har tomonlama
tekshiruvlardan o'tgan bolsa ham,
homiladorlik yuz bermasligini yoki
bir necha bor homila tushishini
sababini aniqlash qiyin bo'lishi
mumkin. Ko'pincha bepushtlikka
genetik, gormonal yoki ayol va
erkak reproduktiv tizimidagi
boshqa kasalliklar sabab bo'ladi.
Bu muammolar maxsus
tekshiruvlar yordamida oson
aniqlanadi. Ota-ona sog'lom bo'la
turib, embrionda genetik
kasalliklar mavjud emasligi
aniqlangan holda ham homila
tushishi bir necha bor takrorlansa
yoki homiladorlik yuz
bermayotgan bo'lsa, immunologik
bepushtlikka shubha qilinadi.
Immunologik bepushtlik nima
degani?
Insonning immun tizimi o'ta
murakkab bo'lib, u organizmni
kasalliklardan, xususan virus va
bakteriyalardan himoya qiladi.
Aynan immun tizimi tufayli biz
ko'p kasal bo'lmaymiz. Buning
uchun organizmda biron
bakteriya yoki virus kabi "yod"
narsa paydo bo'lsa, immun tizimi
uni yo'q qilish harakatiga kiradi va
tez orada organizmdan chiqarib
yuborishga erishadi.
Immun tizimidagi nosozliklar
ba'zida immunologik bepushtlikni
yuzaga keltiradi. Bunda immun
tizimi homiladorlik yuz berishi
uchun zarur holatlarni "yod", deb
qabul qiladi va ularni nobud qilib
organizmdan chiqarish uchun
kurashadi. Natijada homiladorlik
yuz bermaydi yoki yuz bergan
taqdirda ham homila tushadi.
Immunologik bepushtlikka
moyillik kimda mavjud?
Oilada immunologik
bepushtlikka chalingan juftliklar
bo'lsa;
Sababi aniqlay olinmagan homila
tushishi bir necha bor takrorlansa;
Endometrioz bo'lsa;
Sababi aniqlanmagan bepushtlik
bo'lsa;
Ovulyasiyani stimulyasiya qilish
natijasida tuxum xujayralarining
hosil bo'lishi sust bo'lsa;
Bepushtlikkacha aniqlangan
immunologik kasalliklar mavjud
bo'lsa;
Erkak jinsiy a'zolarida
yalling'lanish mavjud bo'lsa.
Immunologik bepushtlikka erkak
va ayol birgalikda yoki alohida
sababchi bo'lishlari mumkin.
Erkaklarda immunologik
bepushtlik deganda, erkak immun
tizimi o'z spermasini "yod" modda
deb qabul hazon.ru saytidan olingan qilib, yo'q qilishiga aytiladi. Bunga ko'pincha jinsiy
a'zolardagi yallig'lanish sababchi
bo'ladi.
Ayol immun tizimida muammolar
bo'lsa, u ham erkak spermasini
"yod" modda deb qabul qiladi va
ularni tinmay nobud qiladi.
Davolanishi:
Immunologik bepushtlikni
davolash juda murakkab
hisoblanadi va 100% davolanadi
deb aytish qiyin. Undan tashqari
immun tizimini o'zgartirishga
qaratilgan davolanishni
boshlashdan oldin bepusht
juftlikda genetik bepushtlik yo'q
ekanligiga amin bo'lish zarur.
Shifokorlar bir qator analiz va
tekshiruvlardan so'ng
immunologik bepushtlikka shubha
qilgan bo'lsa, davolanishni sifatli
va bu borada tajribali klinikada
amalga oshirish talab etiladi.
Davolanish bir qator pog'ona va
turlardan iborat bo'ladi. Bunda
yaxshi diagnostika muhim
ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda zamonaviy EKO,
IKSI muolajalri ham immunologik
bepushtlikni davolashda keng
qo'llanilib kelmoqda.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 4342 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 86
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama