05:33
Homiladorlikning ilk belgilari va alomatlari

Homiladorlikning dastlabki
alomatlari turlicha bo'ladi.
Homiladorlikni orzu qilib
yashayotgan ayol bu alomatlarni
bilib o'zida tezroq his etishni
istaydi. Axir homiladorlik bu juda
ajoyib, ilohiy bir davrdir.
Homiladorlik bir ayolda barcha
alomatlar bilan kechsa, boshqa
ayol 9 oyni umuman hech narsa
sezmay o'tkazishi mumkin.
Quyida keltirilgan alomatlar
homiladorlikning dastlabki
alomatlaridir, lekin ba'zi hollarda
boshqa holat yoki kasallik
mavjudligidan dalolat berishi ham
mumkin.
Juda oz miqdordagi qon
ajralmalar
Ayol tuxumdoni urug'langandan
so'ng bachadonga joylashishni
boshlaydi. Bu jarayon implantasiya
deb ataladi. Aynan shu davrda
(odatda 1-2 kun) qindan oz
miqdorda qon ajralmalari
kuzatilishi mumkin. Ular hayz
davomidagi ajralmalardan rangi,
davomiyligi va miqdori bilan
tubdan farq qiladi. Rangi ochroq,
davomiyligi qisqaroq va miqdori
juda oz bo'ladi.
Ko'krak shaklini o'zgarishi yoki
kattalashishi
Homiladorlik yuzaga kelganda ayol
organizmida katta gormonal
o'zgarishlar yuzaga keladi. Bu
o'zgarishlar ko'krak bezlarini ham
ish faoliyatini o'zgartirib yuboradi.
Shunda ko'krakning kattalashgani
yoki uning shakli o'zgarganini
kuzatishimiz mumkin. Lekin
ko'krakning kattalashishi
homiladorlikka qarshi ichiladigan
gormonal dori vositalari tufayli
ham vujudga kelishi mumkinligini
inobatga olishimiz darkor.
Charchov
Besabab charchov, tez holdan
toyish ham homiladorlikning ilk
alolatlaridandir. Ba'zilar yig'loqi
bo'lib qo'lishi ham ko'p
uchraydigan holat.
Ertalabki toksikoz
Bunda ertalabdan ayolning ko'ngli
aynashi boshlanadi. Ba'zi ovqatlar
yoqimsiz tuyuladi yoki aksincha,
ishtaha ochilib ketadi.
Hayz kelmasligi
Bu homiladorlik alomatlaridan eng
ishonarlisi bo'lib, bunda hayz o'z
vaqtida boshlanmay 9 oy
muddatga umuman yo'q bo'lib
qoladi.
Qin ajralmalari
Ba'zi ayollarda homiladorlikning ilk
davrida qindan oq rangli hidsiz
ajralmalar miqdori ko'payishi
kuzatiladi.
Uyqusizlik
Bu alomatning boshqa sababi
juda ko'p bo'lishiga qaramay, ular
orasida homiladorlik ham bor.
Kayfiyatning tez-tez o'zgarib
turishi
Agar ayolning kayfiyati hazon.ru saytidan olingan o'z-o'zidan
o'zgaruvchan bo'lib qolsa, homila dorlik yuzaga kelgan bo'lishi mumkin.
Tez-tez siydik qistashi
Bu alomatning asosiy sababi sistit
bo'lishi mumkin. Lekin
homiladorlikning ilk 6-8
haftalarida ham ayolni tez-tez
siydik qistashi qiynab turadi.
Bosh aylanish va hushdan ketish
Qadimdan ayolning boshi aylansa,
homilador emasmikanligiga
shubha qilinar edi.
Boshqa alomatlar
Bunga bel og'rishi, qorin past
qismini sim-sim og'rishi, ich
qotish, qorinda gaz yig'ilishi va
bosh og'rishini kiritish mumkin.
Agar sizda homiladorlikning
dastlabki alomatlari sezilib, lekin
homiladorlik testi manfiy natija
ko'rsatayotgan bo'lsa, siz biroz
shoshilgan bo'lishingiz mumkin.
Bir necha kundan so'ng testni
qayta qilib ko'ring. Ikki-uch
haftadan so'ng ham test manfiy
chiqsa hayz kelmayotganligi
sababini shifokorga uchrab aniqlash maqsadga muvofiq
bo'ladi.

manba: uzbaby.uz
Просмотров: 30444 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан сайтимизни Топдингиз?
Всего ответов: 110
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama