01:52
Muddatidan oldin (chala) tug'ilgan bola

Bolaning ona qornida rivojlanish
davri 38-40 hafta davom etadi.
Homila tashqi muhit ta'siridan
onaning organizmida
himoyalanadi va ona organizmi
orqali hayot uchun muhim
bo'lgan ozuqa oladi va to'liq
rivojlanadi. Normada bola
homiladorlikning oxiriga kelib
tug'ilishi lozim. Bu muddatda
uning barcha organlari tashqi
muhitda bemalol faoliyat ko'rsata
oladi. Agar bola muddatidan
oldin tug'ilib qolsa, u holda u
shifoxonada maxsus nazorat
ostiga olinadi.
Muddatidan oldin tug'ilgan
bolalarning 4 darajasi mavjud:
1-daraja: 35-37 hafta oralig'ida
tug'ilgan - vazni 2100-2500 gr;
2-daraja: 32-34 hafta oralig'ida
tug'ilgan - vazni 1501-2000 gr;
3-daraja: 29-31 hafta
oralig'idatug'ilgan - vazni
1001-1500 gr;
4-daraja: 29 haftadan oldinroq
tug'ilgan - vazni 1000 gr dan
kam.
O'ttiz besh haftadan keyin
tug'ilgan bolalar odatda tez vazn
oshirib muddatida tug'ilgan
tengdoshlariga yetib oladilar.
Odatda bunday chaqloqlarda
patologik kasalliklar mavjud
bo'lmasa, ularni shifoxonadan
1-2 hafta ichida chiqarib
yuborishadi.
Vazni 1500 grdan oshgan
bolalarni o'pkasi tashqi muhitda
faoliyat ko'rsatishga tayyor
bo'lmagani tufayli ular boshida
maxsus nafas olish apparatiga
bog'langan bo'ladilar va bunday
bolalarda issiqlik
termoregulyatsiyasi
rivojlanmaganligi tufayli ular
harorati tashqi muhitdan ko'ra
issiqroq bo'lgan maxsus plastik
yotoq (kyuvet) ichida yotadilar.
Chala tug'ilganlik darajasi 2
bo'lgan bolalarni vazni 2500 gr
ni tashkil qilganda shifoxonadan
chiqarib yuborishadi.
Uchinchi darajada chala tug'ilgan
bolalarga bo'lgan ahamiyat biroz
yuqoriroq bo'lishi kerak. Chunki
bu bolalarning o'pkadan tashqari
boshqa organlari ham juda zaif
bo'ladi. Ularning yurak urishi va
qon bosimi doimiy ravishda
kuzatilib turishi lozim. Undan
tashqari chala tug'ilgan bolalar
qonida eritrotsitlar (qon
yaratuvchi moddalar) soni
kamligi va ularning tez nobud
bo'lishi tufayli bu bolalarga qon
quyilish talab etilishi mumkin.
Vazni 1000gr dan kam bo'lgan
bolalarni yashab ketishi uchun
shifoxonada ularni jiddiy nazorat
ostida saqlashadi. Bu bolalarning
organlari juda zaif bo'lgani
uchun ularga chala tug'ilgan
bolalar orasida eng katta
ahamiyat talab etiladi.
(O'zbekistonda bunday
bolalarning yashab ketish
ehtimoli katta emas, rivojlangan
mamlakatlarda vazni 500gr dan
oshgan deyarli barcha
chaqaloqlar yashab ketadi).
Hayotining har bir kuni bunday
toifadagi bolalarda katta bir
yutuq.
Ularni yashab ketishi uchun
shifoxonada barcha anjom va
dori vositalari mavjud bo'lishi
kerak. Bu bolalarning hayotining
birinchi 6 haftasi juda og'ir
bo'ladi. Shu oraliqda bolaning
ayrim organlari ishdan chiqishi
yoki oshqozon ichak tizimi, qon
aylanish tizimi pand berib
qo'yishi mumkin. Shunda
shifokorlarning vaqtida amalga
oshirilgan muolajalari bolaning
hayotini asrab qolishga yordam
beradi.
Chala tug'ilgan bolalarning
immuniteti umuman
rivojlanmaganligi tufayli ularni
infeksiyadan jiddiy asrash lozim.
Chala tug'ilganlik darajasi 1 va 2
bo'lgan bolalarni ko'krak suti
bilan ovqatlantirish juda foydali.
Ayrim hollarda 3-4 darajada
tug'ilgan bolalarga ham oz-ozdan
ko'krak suti (maxsus shprits
orqali) beriladi.
Dunyo olimlarining tadqiqotlari
ko'rsatishicha, chala tug'ilgan
bolalarni yashab ketishida
quyidagilar juda katta
ahamiyat kasb etadi:
1. Onaning ovozi. Kun mobaynida
ona barvaqt tug'ilgan bolasini
yonida unga qo'shiq aytib, alla
aytib, u bilan suhbatlashmog'i
lozim.
2. O'yinchoqlar. Chala tug'ilgan
bolalarning ko'zi deyarli
ochilmaydi. Shunga qaramasdan
bolani atrofida rang-barang
qiziqarli o'yinchoqlar mavjudligi
uning salomatligiga ijobiy ta'sir
ko'rsatishi aniqlangan.
3. Bolani "kenguru" qilib
ko'tarish. Yani bola tanasi
onaning badani bilan birga
bo'lishi juda muhim. Bolani
shifokor nazorati ostida
kyuvesdan olib onaning
ko'kraklari orasiga joylashtirib
yotish lozim. Shu harakat orqali,
birinchidan, bolaning teri ona
terisi bilan kontaktda bo'ladi,
ikkinchidan, onaning nafas
olishini his qilayotgan bola birga
nafas olib, nafas olish tizimi
rivojlanadi. "Kenguru" qilish
barvaqt tug'ilgan bolalarni
parvarish qilishda eng muhim
muolaja desak adashmaymiz.
4. Bolaga har kuni u naqadar
sevimli va kerakli ekanligi haqida
aytish lozim. Onaning mehrini
sezgan bola onasi uchun ham
yashab ketadi.
5. Bolani steril qo'llar bilan silash
shaklidagi massaj qilish juda
muhim. Agar silashni aynan onasi
amalga oshirsa, uning foydasi
ikki barobar kuchli bo'ladi.
6. Ollohga tilovat qilish.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 2928 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан сайтимизни Топдингиз?
Всего ответов: 110
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama