01:52
Chaqaloqning ko'zi g'ilay bo'lib qolishi

Ko'pincha yangi tug'ilgan
chaqaloqning ko'z ikki chetga
yoki o'rtaga qarab siljib qoladi.
Shunda ko'zlari g'ilay bo'lib
qolganidan ota-ona cho'chib
ketadi. Ko'zi har xil tomonga
ketib qolishi bir necha soniya
davom etadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda ko'z
mushaklari yaxshi rivojlanmagan
bo'lgani tufayli bu normal
holatdir. Ko'z mushaklari
bolaning barcha boshqa
mushaklari singari o'z maromiga
yetishi lozim. Albatta ko'z
mushaklari tez rivojlanadi.
1. Agar homiladorlik yoki tug'ish
jarayonida ona yoki bola ma'lum
shikast yesa, u holda bola
miyasida ko'z mushaklariga
javob beruvchi ayrim qon
sosudlari yorilib, bola tug'ilishi
bilan ko'zi g'ilay bo'lishi mumkin.
Agar vaqt o'tgan sayin bu g'ilaylik
ijobiy tomonga o'zgarmasa, u
holda okulistga uchrang. Lekin
ko'pincha bunday tug'ma g'ilaylik
o'z-o'zidan o'tib ketadi.
2. Chaqaloqning ko'zini g'ilay
yoki bir tomonga siljib ketgandek
ko'rinishiga yana bir sabab - bu
yuz mushaklarining ham bir oz
kattalarnikidan farqli (yetarlicha
rivojlanmagan) ekanligidan kelib
chiqishi. Bu holat ham hech
qanday muolajani talab qilmaydi
va bola yuzi kattalashgan sari
g'ilaylik o'z - o'zidan yo'q bo'lib
ketadi.
3. Ikki oyga to'lgan go'dak
qo'lidagi o'yinchoqni ko'zlariga
yaqin keltirsa, ko'zi burun tomon
o'rtaga siljib ketadi. Bu holat ham
o'tkinchi va bezovta bo'lishni
talab etmaydi. Odatda 3-4
oygacha o'tib ketadi.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 4585 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Baho Bering!
Всего ответов: 127
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama