00:54
Hayzga tegishli maslahat va tavsiyalar

Hayz — oy ko‘rishning
boshlanishi qizlarning balog‘atga
yetganidan nishona. Bu qizlar va
ayollarda har 21—30 (ko‘pincha
28) kunda sodir bo‘ladigan, 3—6
kun davom etadigan biologik
jarayon. Hayz payti asosan
tuxumdon va bachadonda
o‘zgarish ro‘y beradi,
bachadondan ma’lum miqdorda
qon ketadi.
Qizlarning birinchi hayz ko‘rishi
ikkilamchi jinsiy belgi-lar
(ko‘krak-sut bezi to‘lishib, qov
usti va qo‘ltiqda jun o‘sishi va b.)
yetilganidan keyin boshlanadi.
Kizlarning qachon hayz ko‘ra
boshlashi va muddati ularning
sog‘lig‘i va turmush tarziga, shu-
ningdek turar joyi va iqlimga
bog‘liq. Qizlarning hayz ko‘rishi
kechiksa, ya’ni ular (15—16
yoshgacha ham hayz
ko‘rmasalar), albatta, ayollar
maslahatxonasidagi mutaxassis
vrachlarga uchrashish tavsiya
etiladi. Oylik qon kelishning
maromi, muddati, ko‘p yoki ozligi,
og‘riqli-og‘riqsiz kechishi qiz
bolaning ahvoliga, uning shaxsiy
gigiyenaga nechog‘li rioya
etganiga bog‘liq. Odatda,
sog‘lom, chiniqqan, jismoniy
tarbiya bilan shug‘ul-langan va
to‘g‘ri ovqatlangan qizlarda hayz
kelishi nisbatan bilinmay o‘tadi.
Nimjon, salga kasalga chalinib,
tez-tez toliqib qoladigan qizlar
esa hayz paytida sillalari qurib,
boshlari og‘riyotganidan, qorni
va bellari sirqirayotganidan
shikoyat qila-dilar. Bir necha oy
davomida qizingizning hayz
ko‘rishi bir maromga tushib,
og‘riq yo‘qolmasa, vrachga
murojaat etish kerak.
Hayz ko‘rish muddati boshida
o‘zgaruvchan bo‘lib, keyinchalik
aniq qaror topadi va 21—24, 25
—28, 29—32 kunda bir
maromda kelib turadi.
Qiz bola organizmi balog‘atga
yetish davrida hissiyotlarga boy,
yaxshi va yomon kayfiyatlarga
o‘ta beriluvchan bo‘ladi. Asabiy va
ruhiy buzilishlar, turmushdagi
noxushliklar, jismonan va aqliy
jihatdan toliqish, shuningdek
ayrim yuqumli kasalliklar hayz
marominint buzilishiga sabab
bo‘ladi. Shuning uchun bu davrda
qizlar bilan nihoyatda ehtiyot
bo‘lib muomala qilish, ularning
ruhan va jismonan zo‘riqishiga,
toliqishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur
Qizlar birinchi bor hayz
ko‘rganda bu haqsa ko‘pincha
tasavvur- ga ega bo‘lmaganlari
sababli juda hayajonlanadilar.
Buning oldi- ni olib onalar, opalar
qiz bolani hayz ko‘rishga
oldindan tayyor- lab borganlari
ma’qul. Masalan, qizingiz to‘qqiz
— o‘n yoshga kirgandayoq
ularga hayz haqida dastlabki
tasavvurni bering. Aks holda bu
jarayonning kutilmaganda
boshlanishi qizingizda qo‘rquv-
gina emas, boshqa noxush
kayfiyatlarni ham yuzaga
kelishiga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari hayz tabiiy
fiziologik jarayon bo‘lishiga
qaramay, yosh organizm uchun
katta sinov hamdir. O‘z vaqtida
onasi-dan kerakli ma’lumotni
olmagan qizlar o‘zlarini
qiziqtirgan savollarga javobni
boshqa manbalardan axtara
boshlaydilar. Har bir a’zoning
o‘ziga xos xususiyati borligini
hali to‘la anglab yetmay ba’zan
kitobdan, ba’zan duch kelgan
joydan eshitgan masla-hatlarga
ko‘r-ko‘rona ergashadilar. Oqibat
o‘zlari ham bilmay tuza-tib
bo‘lmas xatoliklarga yo‘l
qo‘yadilar. Hayz ko‘rish davrida
gigiyena qoidalariga ayniqsa
qattiq amal qilish kerak. Ayniqsa,
jinsiy a’zolarni ozoda tutish lozim,
chunki hayz qoni infeksiya
ko‘payishi, uni qin va
bachadonga kirishi uchun juda
qulay hisoblanadi. Hayz
ko‘rganda kuniga ka-mida ikki-
uch marta qaynatilgan iliq suv
bilan ostini yuvish lozim. Jinsiy
a’zoni faqat xo‘jalik sovuni bilan
yuvgan ma’qul. Atir sovun, pasta
va turli shampunlarni
ishlatmaganingiz yaxshi. Hayz
davrida vanna qabul qilish, ochiq
suv havzalarida, hovuz-larda
cho‘milish, quyosh nurida
toblanish tavsiya etilmaydi. Faqat
iliq dush qabul qilish mumkin.
Jismoniy zo‘riqtiradigan mashq-
lar bilan shug‘ullanmaslik kerak,
lekin ertalab badan tarbiya qilish
mumkin. Hayz ko‘rishda
qo‘yiladigan bog‘lovni tez-tez al-
mashtirib turish zarur, issiqroq
lozim (rituza) kiyib yurish kerak.
Hayz ko‘rganda achchiq, nordon,
sho‘r narsalar iste’mol qil-maslik,
spirtli ichimliklar ichmaslik kerak,
aks holda ko‘p qon ketadi. Qiz
bolalarda hayz maromi dastlab
bir oz tartibsiz o‘tishi mumkin.
Ayollarda esa hayz ma’lum
kunlarda boshlanib, doimo bir
maromda og‘riqsiz kechadi.
Ayolning umumiy ahvoli deyarli
o‘zgarmaydi. Umri davomida
hayz maromini kuzatib borish
uchun aksariyat ayollar o‘zlariga
moslab maxsus hayz taqvimlari
(kalendar) tuzib oladilar va unga
hayz kuni muddati va boshqa
ma’lumotlarni muntazam qayd
qilib boradilar. Xuddi shu udumni
balog‘atga stgan qizingizga ham
o‘tkazsangiz yomon bo‘lmaydi.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 19161 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан сайтимизни Топдингиз?
Всего ответов: 110
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama