23:38
Emizish davrida yeyish mumkin bo'lmagan mahsulotlar

Agar emizish davrida siz iste'mol
qilayotgan mahsulotlardan qaysi
biri bolajoningizga zarar
keltirishi haqida o'ylansangiz,
ushbu svetofor qoidasini eslab
qoling.
Qizil rang - aslo mumkin emas!
Bu turkumdagi mahsulotlar
bolaga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
1. Vino - alkogol 100%
bo'lmasada, albatta ona suti bilan
bolaga o'tadi.
2. Xom va konservadagi piyoz,
sarimsoq, garimdori, mayonez va
Tobasko souslari-sut mazasini
achchiqlashtirib buzadi.
3. Gorchitsa (mustard), achchiq
kofe, achchiq shokolad, ko'k
pishloq, har xil hidli
qo'shimchalarga boy bo'lgan
pishloq - sut mazasini buzadi.
4. Selyodka, dengiz mahsulotlari,
ikra - sutni sho'r qiladi.
5. Xom va konservadagi tunets
(tuna) balig'i va krevetka-allergiya
sabachisi bo'ladi.
Sariq rang - mumkin lekin
ehtiyotlik bilan!
Bu turkumdagi mahsulotlarning
zarari bo'lmasada, ularni ko'p
miqdorda va ehtiyotsizlik bilan
iste'mol qilish mumkin emas.
1. Qovun, lavlagi, qatiq, no'xat,
o'simlik yog'i - ushbu
mahsulotlarning ko'pligi bola
qornida og'riq va ichi ketishiga
olib kelishi mumkin.
2. Nok, anor, xurmo, guruch, non
va pishiriqlar - bola ichini
qotirishi mumkin.
3. Sigir suti, apelsin, greypfrut,
qora smorodina, tuxum, qizil ikra,
baliq, mankali, jo'xo'rili va
bug'doyli kashalar-allergik
reaksiyalar qo'zg'atishi mumkin.
Yashil rang - xohlagancha
iste'mol qilishingiz mumkin!
Bu turkumdagi mahsulotlarni
iste'mol qilish ham mumkin, ham
foydali.
1. Sabzi, petrushka, ukrop - bola
ko'zini yaxshi qiladi.
2. Salat barglari, krijovnik,
smorodina - immunitet oshiradi.
3. Kabachok, qovoq, treska balig'i
- bola rivojlanishi va o'sishiga
ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
4. Tvorog, yogurt - suyak va
tishlarni mustahkamlaydi.
5. Kefir, qatiq, ayron, ovsyankali
kasha, brokkoli, gulli karam -
hazm qilish tizimini yaxshilaydi.
ENG ALLERGIK MAHSULOTLAR:
Sigir suti - ayrim bolalarda juda
qattiq allergik reaksiyalar
qo'zg'atadi. Sutni ozginadan
sinab-sinab, bolangizni kuzatib
ichiring.
Tuxum oqi - haftada bitta tuxum
yesangiz yetarli, aks holda bolada
allergiya qo'zg'ashi mumkin.
Parda pishgan go'sht - agar
bolangizda allergiyaga moyilligi
bo'lsa, muzlagan go'shtni
ishlating, muzlagan go'shtda
allergenlar darajasi pastroq
bo'ladi.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 7839 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Ёшингиз Неччида ??
Всего ответов: 372
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama