00:04
Astma..

Astma
kasalligi
keng
tarqalgan
bo'lib,
kattalarda
juda
og'ir
kechadi.
Astma
bilan
kasal
bo'lgan
bola nafas olishi qiyin bo'lib,
doimiy yo'talishi bilan qiynaladi.
Oddiy jismoniy mashg'ulotlardan
keyin nafas olishi muamo bo'lish
hollari ham mavjud. Astma
kasalligini vaqtida aniqlab
davolash kerak. Aks holda bola
jismonan juda zaif bo'lib o'sadi.
Agar kattalarda astma surunkali
bo'lsa, bolalarda uni davolash
mumkin.
Astma kasalligining alomatlari:
- Tez-tez, qisqa-qisqa nafas olish
(chuqur nafas olish mushkul);
- Nafas hushtak bilan chiqadi;
- Nafas olinayotganda ko'krak
mushaklari qattiq, ko'rinarli
harakatda bo'ladi;
- Lab, tirnoq yoki yuzning
ko'kishroq rangda bo'lishi
(o'pkaga yetarlicha kislorod
tushmagani sababli);
- Doimiy charchoq hisi;
- Ishtahaning yo'qligi;
- Yig'lash ohangining o'zgarishi
(pastroq ohangda yig'lash);
- Apatiya;
- Bo'shlik.
Astma simptomlari ko'pincha
kechasi uyqu payti namoyon
bo'ladi. Buning sababi:
1. Nafas olish yo'llari kechasi
sezgirligi oshadi;
2. Tunda o'pka qisqarishi
pasayadi;
3. Tunda organizm o'pka
faoliyatini ozgartiruvchi maxsus
moddalarni ishlab chiqaradi;
4. Badan harorati kechasi
pasayadi, bu esa nafas yo'llari
sovushiga olib keladi.
Bolalarda astma kelib chiqish
sababi:
Hozirgi kungacha astma
kasalligining barcha sababi
aniqlanmagan. Asosiy aniq
sabablar:
- Allergiya - allergenlar tufayli bola
nafas olish tizimi zaiflashadi;
- Genetika - astma genetik o'tishi
mumkin bo'lgan kasallik;
- Bola rivojlanishi - chaqaloqning
immuniteti pasayishiga olib
keluvchi faktorlar mavjudligi
(og'ir homiladorlik, chaqaloqni
ko'p shamollatish, ko'krak sutini
emmasligi, homiladorlik
davomida homilador ayolning
chekishi va boshqalar).
Bolalarda astmani davolash:
Odatda bolalarda astma ikki
bosqichda davolalanadi.
Birinchisi - astmani keltirib
chiqaruvchi faktorlar (allergen,
sovuq havo, tashqi muhitdagi
yod moddalar, masalan tamaki)ni
aniqlab ularni bartaraf etish.
Ikkinchisi - kasallikni dori bilan
davolash.
Davolashni doimo yoki xuruj
paytidagina amalga oshirish
mumkin. Ko'pincha gormonal
preparatlar, ingalyatsiya va
spreylar ishlatiladi. Eng asosiysi
kasallikni davolash sxemasini
aniq bajarish lozim.
Astma bilan kasal bolalarni
jismoniy mashg'ulotlardan xoli
qilish kerak.
Ota-ona bilishi lozim bo'lgan
narsalar:
1. Bolaning hayotining dastlabki
yili davomida ko'p shamollagan,
ayniqsa yo'talgan bo'lsa, uni
nazorat qilib turing;
2. Astma alomatlari aniqlansa,
darhol vrachga murojaat qiling;
3. Vrach bilan davolash sxemasini
ishlab chiqing;
4. Astma alomatlari namoyon
bo'lish tezligi va sonini kuzating;
5. Bolada astma alomatlari paydo
bo'lishiga ta'sir etuvchi
faktorlarni aniqlang va ularni
bartaraf eting;
6. Vrach tavsiya etgan dorilarni
vaqtida to'g'ri miqdorda bolaga
ichiring.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 4471 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytning yangi ko'rinishi yoqdimi ?
Всего ответов: 3
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama