00:05
Duduqlanish

Duduqlanish
bu
nutqning
tempi,
ravonligi,
harakatining
buzulishi
bo'lib,
nutq
apparatining
turli
hil
joyidagi
tutqanoq natijasida kelib
chiqadigan buzulishdir.
Duduqlanayotgan bolada biz
nutqning to'xtab qolishi yoki
nutq davomida ayrim tovushlarni
bir necha bor qaytarib borishini
kuzatishimiz mumkin.
Duduqlanish ko'pincha ikki
yoshdan besh yoshgacha bo'lgan
bolalarda uchraydi. Bolaga o'z
vaqtida yordam berish uchun
duduqlanishning eng asosiy
alomatlarini ota onalar vaqtida
ko'ra bilishlari lozim. Ular:
Bola birdan gapirmay jim bo'lib
qoladi. Bu sukunat ikki soatdan
bir kungacha cho'zilib ketishi
mumkin bo'lib, undan keyin bola
duduqlanib gapirishni boshlaydi.
Agar ayni shu paytda
mutaxassisga uchrashsangiz
bolaga tez yordam berish
mumkin bo'ladi;
Ayrim so'zlar oldida kerakmas
tovushlarni ishlatadi ("a" va "i"
tovushlari);
Birinchi bo'g'inlarni yoki butun
so'zlarni gap oldidan qaytaradi;
So'z yoki gapni o'rtasida
majburan to'xtab qoladi;
Gap boshlashdan oldin qiyinchilik
sezadi.
Duduqlanish paydo bo'lishining
sababi, markaziy asab tizimining
kuchsizlanib ketganligidir.
Duduqlanish paydo bo'lishiga
turli sabablar turtki bo'lishi
mumkin. Kuchli infeksion
kasalligi, qattiq cho'chib ketishi
yoki doimiy ravishdagi bolaga
yomon va qo'pol muomaladan
kelib chiqadi. Yashash
sharoitidagi yomon tomonga
o'zgarishlar ham duduqlanishga
olib kelishi mukin. Ayrim
bolalarda esa duduqlanish ota-
ona tomonidan doimiy ravishda
bolaga qo'yilgan o'qish, yodlash,
qaytarish, o'rganish kabi
talablarning ko'pligidan ham
kelib chiqadi.
Kech gapirgan bolalarda ham uch
yoshda birdan ko'p gapirishni
boshlab yuborsalar duduqlanish
holatlari uchrab turadi.
Bu sabalarni bilish ota-onaga o'z
bolalariga duduqlanish
alomatlarini vaqtida bartaraf
etishga yordam beradi. Bolani o'z
vaqtida mutaxassislarga ko'rsata
olishda qo'l keladi.
Duduqlanish asab tizimiga
bog'liq bo'lgan muammo
bo'lgani uchun :
Duduqlanaydigan bolaga alohida
e'tibor, tinch oilaviy sharoit va
oilada to'g'ri qo'yilgan nutqni
ta'minlash lozim.
Bolalarga juda ko'p kitob o'qish
yaxshi emas. Ayniqsa o'z yoshiga
mos bo'lmagan kitoblarni o'qish
mumkin emas.
Televizorni ko'p ko'rishni ruxsat
bermang, ayniqsa yoshiga mos
kelmagan dasturlarni umuman
ko'rsatmaslikka harakat qiling.
Bolani haddan tashqari erkalab
yuborish kerak emas, aks holda
bolaga arzimagan "YO'Q"
so'zingniz ham asab tizimiga
qattiq zarar yetkazishi mumkin.
Bolaga qo'yilgan talablar uning
yoshiga mos bo'lishi lozim.
Bolani qo'rqitish mumkin emas,
ayniqsa bir o'zini qorong'i
xonaga qoldirib jazolash bola
asab tizimiga yomon ta'sir qiladi.
Duduqlanayotgan bolalarni
yaxshi ravon gapiradigan bolalar
bilan muloqotga kiritish lozim.
Ashula etish o'yinlarini o'ynash
lozim.
Duduqlanayotgan bolalarni
hamma oldida javobga chaqirish
noto'g'ri.
Bunday bolalarda o'ziga ishonch
hisini tug'dirish lozim.
Duduqlanadigan bolalarni
musiqa, qo'shiq kuylash va
raqsga tushish to'garaklariga
olib borish lozim.
Duduqlanadigan bola doim
sizning ya'ni ota-onaning
mehrini his etib yurishi lozim.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 6136 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 2.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama