00:09
Bolaning asabiy bo'lishiga sabab

Angliya va Koreya
tadqiqotchilarining fikricha,
bolaning asabiy va agressiv
bo'lishi bilan kompyuter
o'yinlarini o'ynash orasida uzviy
bog'liqlik bor ekan.
Tadqiqtolar shuni aniqladiki,
kompyuter o'yinlarini
o'ynayotgan bolaning yaxshi
rivojlanmagan psixikasi juda
katta zarar ko'rar ekan.
O'yinlarda qiyinchiliklardan o'tish
shartlari bo'lsa, bu bolada
agressiyani rivojlantirar ekan.
Hatto oddiy TETRIS o'yinida ham
bir pog'onadan ikkinchi
pog'onaga o'tish shartlari
mavjud bo'lib, bolani asabiy
qilishi aniqlandi.
Ba'zi ota-onalar kompyuter
o'yinlari orqali bola rivojlanadi
deb, unga maxsus o'yinlar ham
olib beradilar. Afsus bu noto'g'ri
yondashuv. Bolaning rivojlanishi
uchun 5 hissiyot jalb etilishi
kerak. Ko'rish, tegish, hidlash,
eshitish va tatib ko'rish.
Kompyuter o'yin o'ynash
davomida bu hissiyotlardan
birontasi ham jalb etilmaydi.
Hatto ko'rish ham bu yerda
passiv jalb etilgan, ko'rish
davomida bola bir narsani ko'rib
turib o'rganmay, o'yin davomida
surat almashinuvini idrok etadi
xolos.
Natijada kompyuter o'yinlari
nafaqat bolani aqliy
rivojlantirmaydi, balki
birinchidan, ularning psixiasiga
salbiy ta'sir ko'rsatsa, ikkinchidan
bolani asabiy qilar ekan.
Koreada internet va kompyuter
o'yinlari juda rivojlangan
hisoblanadi. Korea olimlari o'yin
o'ynayotgan bola miyasi bilan
kitob o'qiyotgan bola miyasini
maxsus apparatlar yordamida
o'rgandilar. Kitob o'qish
davomida miyada shunday
o'zgarishlar sodir bo'lar ekanki, u
miyaga vitamin yuborilganga
teng holat ekan. Kompyuter
o'ynash davomida esa miya
qizigan yoki og'riyotgan holatni
namoyon qilar ekan.
Bola kompyuterdan
foydalanishga umr mobaynida
hali ulguradi. Lekin ko'chaga
chiqib chopib, dumalab, to'p
tepishga katta bo'lganida imkoni
bo'lmaydi.
Kompyuter o'ynashni
taqiqlamang, uyda kompyuter
o'yin bo'lmasligini ta'minlang.
Kompyuterda 10 tadan ortiq
o'yin borligini, otasi kunda ularni
o'ynashini bilgan bola, albatta
o'ynashni istaydi, lekin uyda o'yin
bo'lish-bo'lmasligi avallambor
ota-onaning tanlovi.
Muhim ma'lumot! Kompyuter
o'yinlari rivojlangan Koreya va
Yaponiya mamlakatlari yoshlari
kuchli psixologik muammolarga
egaligi bo'yicha dunyoda birinchi
o'rinni egallaydilar (Halqaro
Sog'liq tashkiloti ma'lumoti).

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 2082 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytning yangi ko'rinishi yoqdimi ?
Всего ответов: 3
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama