00:11
Bola bo'lgani uchun..

Hech bir ota-ona bolasini urib
yoki urshib katta qilishni
istamaydi. Lekin barchamizga sir
emas, bolasini biron marta
urmagan ota-ona juda kam.
Farzandimizni uramiz, keyin esa
aynan urganimiz uchun o'zimizni
ko'yib achinamiz. "Bolamni urgim
kelmaydi, bolamni urushgim
kelmaydi, lekin o'zi shunga
majbur qiladi", deb o'zimizni
oqlaymiz.
Biz hozir nega ota-ona bolasini
jazolashi haqida emas, balki
qanday qilib bolani urmaslik yoki
urushmaslik mumkinligi haqida
suhbatlashmoqchimiz. Axir
bolaning ba'zi qiliqlari, faoliyati,
gaplari uni jazolashga
majburlaydiku...
Tadqiqotlarning ko'rsatishicha,
bolani jazolashga yuzlab faktorlar
sababchi bo'lar ekan. Qizig'i
shundaki, biron faktor ham
bolaga taaluqli emas, ya'ni
jazolashga bolaning o'zi hech
qachon sababchi bo'lmas ekan.
Qanday qilib? "Axir u oynani
sindirib yubordi, u 4 soatdan beri
kompyuterdan boshini
ko'tarmayapti, u qo'shni bolasini
sochini yuldi, u onasini atir
upasini to'kib yubordi, aynan u
xolodilnikdagi ovqatni ag'darib
ketdi, u televizorda yomon
narsalar ko'rdi, u yana u va yana
u", deymiz, lekin bu faqat
muammoning yuzasi ekanligini
tushunmaymiz.
Bolaning yuqoridagi "xatolari"
muammo emas, balki chuqur
muammoning bir ko'risnihi,
xolos.
Bu chuqur muammo ota-ona
bilan bola orasidagi munosabat
dars ketganligidir. Bola 2 yosh
bo'lmasin 20 yosh bo'lmasin, ota-
ona bilan munosabatda bo'ladi,
ana shu munosabat izdan chiqsa,
bola ko'p jazolanadigan bo'lishni
boshlaydi.
Munosabatlar nega izdan
chiqadi? Ota-onasi bolasi deb
shuncha ter to'ksa, mehnat qilsa,
bor-yo'g'ini ayamasa, nega bola
buni tushunmaydi?
Aslida bola ota-onani emas, ota-
ona bolani tushunishi kerak.
Hamma bolasini sevadi, bolasi
deb dunyo ishlarini qilishga
tayyor bo'ladi, ba'zilar bolasi
bilan g'ururlanadi, kimdur
bolasini boshiga o'tqazib yuradi,
lekin bolasini tushunadiganlar
juda kam.
Bolani esa tushunish kerak.
Seving, ardoqlang, himoya qiling,
lekin tushunmasangiz hammasi
bir pul. Bolaning tilini, dilini,
ehtiyojini tushuna olgan ota-ona
har doim farzandi bilan a'lo
munosabatlarda bo'ladi.
Ikki oylik bola onasini qo'lidan
karavatga yotganda yig'laydi.
"Kichkinagina bo'lib, halittan
qo'lni bilib, ota-onasini
qiynamoqda," degan gaplar
chiqadi. Kulgilik emasmi? Ikki
oylik bola ota-onasini o'ynatish
uchun yoki ularni o'zini yonida
ko'proq ushlab turish uchun
rejali ish qila olmaydi, balki qo'lda
yurish 2 oylik bolaning jismoniy
va psixologik ehtiyoji bo'lgani
uchun u shuni istaydi, xolos. Axir
u go'dak, u hozir ayyorlikni
qaerdan bilsin? U faqat o'z
ehtiyojlarini qondirishni istaydi.
Uch yashar bolaga suv
o'ynamaslikni ta'kidlaganingiz
bilan imkoni bo'lsa o'ynaydi,
chunki u bola. U sizga o'xshab
kamida 20 yil yashab, ko'p suv
o'ynash natijasida kasal bo'lib
qolish mumkinligi haqida hali
tushunmaydi, etsangiz
ishonmaydi, u hozir miriqib o'z
bolalik ehtiyojidan kelib chiqqan
holda suvni o'ynamoqchi, xolos.
Sizni ranjitish yoki sizni
jahlingizni chiqarish uchun emas,
bola bo'lgani uchun!
Sakkiz yashar bola uy ishini
qilishdan ko'ra, televizor oldidan
keta olmayotgan bo'lsa, u aqlsiz,
ma'suliyatsiz yoki ota-onasini
gapiga kirmaydigan inson emas,
u bolalik gashtini surishni
istayotgan bir go'dakdir, xolos.
On besh yoshli bola uyga kech
kelishni odat qilib, ota-onasi
chizib qo'ygan chizig'idan chiqib
ketayotgan bo'lsa, bunga sabab
ota-onasini jig'iga tegish yoki
ularga nisbatan behurmatlik
ko'rsatish emas, balki o'smir
yoshdagi bolaning shaxsiy
psixologik ehtiyojlarini qondirish,
xolos.
Unday bo'lsa, bolaga hamma
narsani ruxsat berib qo'yish
kerakmi? Yo'q albatta. Muhimi
ruxsat berish yoki bermaslik
emas, muhimi bola biron ota-
onasiga yoqmagan ish qilib
qo'yganida uni jazolash emas,
tushunish kerakligidir. Bolani
tushungan ota-ona ruxsat
bermaslik haqida o'ylamaydi,
bolaga nega bu yaxshi emasligini
tushuntirishni maqsad qiladi.
Bola yomon, aqlsiz, odobsiz
bo'lgani uchun yoki ota-onasini
o'ynatish maqsadida emas, balki
bola bo'lgani uchun, ota-onasi
unga to'g'ri yo'lni ko'rsata
olmayotganliklari uchun, nihoyat
bolaning o'zi qiynalayotganligi
uchun biron yomon ish qilib
qo'yadi.
Bola gapga kirmaydigan bo'lib
qoldimi, demak u yordamga
muhtoj.
Bolasini sevib turib uradiganlar
juda ko'p. Bolani tushunishni
o'rganing. Bolaning qilib qo'ygan
ishiga baho berishdan oldin, u
hali go'dak, psixologik jihatdan
o'ta nozik inson ekanligini
eslang. Xato qilib qo'ygan bo'lsa,
sizni ranjitish yoki qiynash uchun
emas, bola bo'lgani uchun
qilganligini tushuning. Yomon
narsani so'rab injiqlik qilayotgan
bo'lsa, aqli shunga yetmayotgani
uchun emas, bola bo'lgani uchun
istamoqda. Ellik marta bir narsa
aytganingiz bilan qilmayotgan
bo'lsa ham, maqsad sizni qiynash
emas, balki bolalik ehtiyojini
qondirish, xolos.
Agar har bir ota-ona bolani
tushunishni o'rganib olsa, bolaga
qo'yadigan talablari biroz
yumshar edi, bolaning qilgan
ishlari esa ota-onaga nisbatan
behurmatlik sifatida emas,
bolalikning namoyondalari
sifatida qabul qilinar edi.
Bola yaxshi yo'ldan yurishini
istagan ota-ona, birinchi uni
tushuna olishi kerak. Shundagina
u bolaning ko'ngliga yo'l topa
oladi, bolani qanday qilib shu
holatda o'zgartirish mumkinligini
topa oladi.
"Bolamni zo'r bog'chaga berdim"
yoki "bolamga eng zo'r telefon
olib berdim", deb emas, bolamni
juda yaxshi tushuna olaman deb
maqtaning.
Ota-onasi uni tushunayotganini
his qilgan bola, o'z ehtiyojlarini
ham ularga to'g'ri izhor eta oladi,
o'z qarashlariga nisbatan hurmat
ko'rgan bola, ota-onasining
qarashlarini ham hurmat qila
oladi.
Bolani aqlli, odobli, go'zal yoki
boshqa bir yutuqlari uchun emas,
bola bo'lgani uchun tushunish
kerak. Bir oylik, 1 yoshlik, hatto
25 yoshlik bola ham ota-onasi
uni tushunishini istaydi.
Bir eslang, 1 oylik bola
yig'layotganda uni tushunib sut
bersangiz, qanchalik xursand
bo'ladi...har doim shunday. Faqat
bola katta bo'lgan sari uning
ehtiyojlari sutdan ko'ra ancha
kattalashadi.
Shunda ota-ona unga huddi 1
oylikligidagidek ehtiyojini
qondira olsa yoki buning iloji
bo'lmay bolaga muammo
mohiyatini uning holati va
istagini tushungan holda
tushuntira olsa, bu bolalik ehtiyoj
va ota-onaning maqsadi bolani
koyish emas balki to'g'ri yo'l
ko'rsatish ekanligini anglasa,
bolani jazolashga ehtiyoj
qolmaydi.
Qishning sovuq kunida
muzqaymoq so'rayotgan bolaga:
"Aqling bormi sani, qishda kim
muzqaymoq yeydi?" yoki
"Mumkin emas, dedimmi demak
mumkin emas", deyishdan ko'ra
"Seni tushunyapman,
muzqaymoq juda mazali bo'lgani
uchun uni yegin kelyapti, kel yana
ozgina kutaylik hech bo'lmasa
bahor kelsa olib beraman", deb
ko'ring. Natijada bola qanchalik
sizga minnatdor bo'lganini,
muzqaymoq yemaslik tog'ri
ekanini tushunib yetganini shu
zahoti his qila olasiz (Sizning
holatingizdan kelib chiqib
boshqa shunga o'xshash javob
topishingiz mumkin. Muhimi
bolaning ehtiyojini
tushunganingizni unga
ko'rsatish).
Bola hech qachon yomon
bo'lmaydi, bolani tushuna olmay
katta qilayotgan ota-ona yomon.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 2610 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama