00:16
Nega farzandlarim xarakteri shunday farq qiladi?

Ikki va undan ko'p farzandi bor
ota-ona shunday savol berishi
ajab emas. Bir ota-onada katta
bo'layotgan bolalarning tarbiyasi,
xarakteri, jismoniy va aqliy
rivojlanishi, munosabati ba'zida
bir-birinikidan tubdan farq qilishi
mumkin. Bir farzandimizning
zehni o'tkir bo'lsa, biri juda
hayolparast, biri aqllik bo'lsa,
ikkinchisi dangasa, biri muloyim
bo'lsa, ikkinchisi qo'pol va
hokazolar. Shunday
solishtirishlarni cheksiz davom
etish mumkin...
"Qara, ukang qanday aqlli, ikkita
besh olib keldi, sen esa yana ikki
bilan kelding", "Qachon
singlingga o'xshab xonani
tozalab yig'ishtirasan?", "Nega
akangga o'xshab bir joyda o'tira
olmaysan," kabi iboralar deyarli
har kuni bolaning qulog'iga
chalinadi. Bundan faqat bitta
natija kutsa bo'ladi, bolaning
o'ziga bergan bahosi pasayib
ketaveradi. Natijada o'ziga
bo'lgan ishonchi ham so'nib
boradi. Bola, "Men hech narsaga
loyiq emasman", "Men onamni
niyatlarini oqlay olmadim," "Nima
qilsam ham noto'g'ri chiqadi,"
kabi hayollar bilan katta bo'ladi.
Shunday qilib ota-ona o'z qo'llari
bilan guldek farzandini sekin-
sekin so'ldirib qo'yadi. O'ziga
ishonmaydigan, xarakteri og'ir,
quloqsiz bola katta bo'ladi.
Bolani tarbiya qilishda solishtirish
eng yomon ta'sir qiladigan
vositadir. U nafaqat foydasiz balki
zararli ham.
Agar ota-oning ko'zida bir
farzandi ota-onaga kerakli
fazilatlarga ega bo'lib, ikkinchisi
unday bo'lmasa, nima qilish
kerak? Qanday yo'l tutish kerak?
Ushbu savolga javob berishdan
oldin mashhur amerikalik pediatr
Sirs aytib bergan bir hikoyani
keltiramiz.
Bir inson butun umr Italiyaga
borishni orzu qilibdi. Uning
do'stlari ham Italiyaga borgan
ekan, qo'shnisi ham Italiyaga
borib mazza qilib kelganini
aytgan ekan. U ham bor pulini
yig'ib bir necha yildan so'ng
nihoyat Italiyada 1 oy dam olish
uchun bilet sotib olibdi. Bu kunga
qadar Italiya haqida, uning
barcha qiziqarli joylari va
odamlari haqida ko'plab
ma'lumotga ega bo'lishga
ulguribdi. Nihoyat Italiyaga
borish kuni keldi. Samolyot
qo'ndi, lekin qandaydur
sabablarga ko'ra samolyot
Italiyada emas Germaniyaga
qo'nibdi.
U inson g'azablangan, nima
qilishni bilmay juda
asabiylashadi. Axir bilet Italiyaga
ediku, u shuncha yil Italiyaga
borishga tayyorgarlik ko'rgan
ediku. Endi esa Germaniya! U
Germaniya haqida biron
ma'lumotga ham ega emas, bu
yerda nima qiziqarli ekanligini
ham o'rganmagan, nihoyat bu
uning orzusi emas edi...Endi nima
qiladi?
Shunda u inson oldida ikki yo'l
mavjud:
Biri, qolgan 1 oy davomida
asabiylashib, Italiyani armon qilib,
orzu qilgan mamlakatiga bora
olmaganidan afsuslanib vataniga
qaytib borish bo'lsa, ikkinchi yo'l
Germaniya haqida tezda kerakli
ma'lumotlarni topib, uning
qiziqarli tomonlari bilan va ajoyib
joylari bilan tanishishga kirishish
va yangi bo'lgan qirralarini o'ziga
ochishdir.
Agar birinchi yo'lni tanlasa, u
butun sayohat davomida
Germaniyani u bilgan va
o'rgangan Italiya bilan solishtirib,
Germaniya ham aslida naqadar
ajoyib mamlakat ekanligini
bilolmay qaytib ketadi. Ikkinchi
yo'lni tanlasa, mazza qilib
Germaniya ham ajoyib mamlakat
ekanligiga amin bo'lib, undan
zavqlanib dam olib qaytadi.
Endi yuqoridagi savolimizga
javob beradigan bo'lsak, ota-
onada ham ikki yo'l bor:
Biri, bolasida boshqa
farzandining fazilatlarni izlab,
unga o'xshay olmaganidan
afsuslanib yashash, yoki ikkinchi
yo'l, har bir farzandi o'zgacha va
o'ziga xos boylik va
kamchiliklarga ega ekanligini tan
olib, har bir farzandidagi o'ziga
xos boshqasiga o'xshamaydigan
qirralaridan zavqlanib
yashashdir.
Misol uchun yaxshi o'qimaydigan
bola sportta juda kuchli bo'lishi
mumkin, dangasa o'zida ijodkor
xususiyatlarini bekitayotgan
bo'lishi mumkin, yoki hayolparast
ilmga chanqoq bo'lib voyaga
yetishi mumkin. Faqat buning
uchun ota-ona har bir farzandi
o'zgacha ekanligini bilib, har biri
o'ziga xos ajoyib qirralarga ega
ekanligini ko'ra bilishi va bolada
shunga ishonch hosil qila olishi
muhim.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 1984 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saboq.ORG saytiga qay darajada muhlissiz ?!
Всего ответов: 56
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama