00:19
Aqlli bola katta qilish sirlari

Aqlli bola 2 yoshdan alfavitni
biladigan yoki 4 yoshida
ko'paytirish jadvalini yoddan ayta
oladigan bola emas. Aqlli bola
deb izlanuvchan, qiziquvchan,
kreativ(yangilik o'ylab topadigan)
va mohir bolani tushunish kerak.
Quyida ko'rsatilgan yo'llar bolani
haqiqatan aqlli bo'lib o'sishiga
yordam beradi.
Ko'p gapirish
Yoshi 1.5-2 atrofidagi bolaning
tili chiqishi uchun ota-ona u bilan
ko'p suhbat qurishi kerakligi
haqida bilamiz. Kattaroq
bolalarda ham shunday. Bolaning
tili rivojlanishi aqliy rivojlanish
bilan uzviy bo'gliq. Bola bilan
ko'p suhbatlashish, yoshiga
munosib kitoblarni ko'proq o'qib
berish, berayotgan savollariga
aniq va tushunarlik qilib javob
berish juda muhim. Bola
gapirishni televizordan emas,
muloqotdan o'rganishi kerak.
Televizor yordamida tili chiqqan
bolaning jamiyatda muloqot
qilishi jarayonida muammolar
kutishi mumkin. Ko'p
gapiradigan bola, ko'p
ma'lumotga muhtoj bo'ladi. Ana
shunday ma'lumotlarni ota-ona
bolaning yoshiga munosib
ravishda suhbat orqali taqdim
eta olishi darkor.
Hissiyotlarni o'rganish
Bola kichikligidanoq o'z
hissiyotlarini anglay olishni bilishi
kerak. U salbiy yo ijobiy his
bo'lishidan qat'iy nazar bola uni
bekitmasligi lozim. Aksincha, o'z
hissiyotlarini bilgan bola ularni
jilovlashni ham o'rganadi.
Bekitish bilan jilovlashning farqi
bor. Ota-onasidan qo'rqqanidan
ukasiga baqirmaslik bu
hissiyotlarni yutib olish, bekitish
deganidir. Lekin ukasi hali kichik
va ba'zida xato qilib turishini ota-
onasi tushuntirib bergan bola
ukasiga nisbatan chiqqan jahlini
jilovlaydi.
Yoki ijobiy bir hissiyotni olsak,
bola o'z do'sti bilan o'yinchog'ini
bo'lishmoqda. Shunda ota-ona
bir daqiqa vaqtini ajratib,
bolasiga qanday ajoyib ish
qilganini, do'stini xursand qila
olganini aytishi lozim. Shunda
bo'lishish orqali xursandchilik
hisi bilan bola tanishib oladi.
Aqlli o'yin o'ynash
Qarama-qarshiliklar o'yini 3
yoshdan katta bolalarni IQsini
oshirishda va matematik
qobiliyatni rivojlantirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Buning uchun, bolaga biron so'z
aytasiz. Masalan, "quyosh". Bola
bunga nisbatan qarama-qarshi
bir fikrni aytishi kerak bo'ladi.
Masalan, tun. "Quyosh" va "tun"
qarama-qarshi obrazlar. Quyosh
so'zini eshitgan bolaning
hayoliga birinchi bo'lib "kun"
keladi. Lekin shunda "kun"
demay, bir soniya o'ylab, qarama-
qarshilikni izlab uni izhor eta
olish aqliy rivojlanishga katta
ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Agar bolada gapirish lug'ati
ozroq bo'lsa, u holda huddi shu
o'yinni harakatlarda o'ynash
mumkin. Masalan, siz bitta
chapay chalasiz, bola ikkita yoki
undan ko'proq, muhimi sizdan
farqli miqdorda chapay chalishi
lozim.
Birinchidan, bu o'yin juda
qiziqarli bo'lsa, ikkinchidan,
bolada tabiiy ravishda o'ylash,
fikr yuritish, fikrni to'g'ri izhor
qila bilish, o'ylamay gapirmaslik,
rejalashtirish, maqsadga erishish
kabi xususiyatlar rivojlanadi.
Kreativlikni rahbatlantirish
Hozrigi kunda magazinlar
minglab o'yin va o'yinchoqlar
bilan to'lib ketgan. Biri bolani
aqliy rivojlantiradi desa, ikkinchisi
bolaga alfavit o'rgatadi deb
reklama qilinadi. Bunday ajoyib
o'yinchoqlar afsuski, bolada
kreativlik sifatini so'ndiradi.
Kreativlik (yangilik ixtiro eta
bililsh)ni rivojlanishi uchun eski
tuflini korobkasi bilan ikki dona
rangli qalam ham yetarli bo'la
oladi. Yoki magazindan olib
berilgan mashindan ko'ra, ikki
stul va ko'rpachadan yasalgan
samolyot kreativlikni rivojlantirish
uchun muhimroq vositadir.
Bolaning kreativligini rivojlanishi
uchun uy o'yinchoqlar yoki
qimmatbaho gilamlardan ko'ra, u
ishlatishi mumkin bo'lgan
narsalarga to'la bo'lgani darkor.
Natijani emas, harakatni
maqtash
Tadqiqotlarning ko'rsatishicha,
ota-ona bolaning aqlidan ko'ra
uning harakatini ajratishi lozim.
Ajoyib chizilgan rasmni ko'rib,
ota-ona: "Qanday chiroylik rasm,
judayam aqlli(zo'r
rassom)sande", deyishdan ko'ra,
"Bunday rasm chizish uchun rosa
ko'p mehnat qilganga
o'xshaysan,"deyish afzalroq.
Shunda katta bo'lgan sari bola
o'z faoliyati natijasiga emas, balki
unga erishish uchun kerak
bo'ladigan harakatga ko'proq
ahamiyat beradi. Natija xato
chiqsa ham, achinib, qo'l siltab,
o'ziga bo'lgan ishonchini
yo'qotmay, o'z harakatiga
ishonib faoliyatini davom eta
oladi.
Ko'rsatib gapirish
Bolaga biron narsa haqida
gapirayotganingizda bola u
narsani ko'rib turishi juda
muhim. Misol uchun, uyda bo'la
turib biron daraxt haqida
ma'lumot bermoqchi bo'lsangiz,
bola bu ma'lumotni to'liq qabul
qila olmaydi. Uning o'rniga,
tashqariga chiqib, daraxtni
ko'rsatib o'sha malumotni berish
foydaliroq. Shunda bolada
assosiativ fikr yuritish qobiliyati
rivojlanadi.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 4484 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama