00:21
Bolaning aldashi

Deyarli har bir ota-ona farzandi
aldaganiga duch kelgan. Ba'zi
ota-onalar bunga befarq
bo'ladilar, ba'zilar bolani
koyidilar, ba'zilar esa qattiq
jazolaydilar. Nega bola aldaydi?
Maktabgacha yoshdagi bolalarda
aldash uchun 3 asosiy sabab
bo'ladi:
1. Kuchli tasavvur. Kichik bolalar
tasavvur qilishni yaxshi
ko'radilar. Shu sabab ba'zida ular
haqiqatni tasavvur bilan
adashtirib yuborishlari mumkin.
Ota-ona qancha urinmasin, bu
davrda bolaga haqiqat bilan
tasavvurni alohida ekanligini
tushuntira olishning iloji yo'q.
"Shokoladni men yeganim yo'q,
bu qo'shni dugonamning ishi"
kabi yolg'onlarni shu qatorga
kiritish mumkin.
2. Esdan chiqarish. Bu yoshda
bolalar biron muhim narsani
esidan chiqarishi normal holat.
Devorda chizilgan rasmlar
kimning ishi ekanligini
so'raganizda, bola, "bilmadim",
deb tursa, u haqiqatan ham
esidan chiqarib qo'ygan bo'lishi
mumkin.
3. Yaxshi ko'rinish. Bolada ota-
onasi uni yaxshi bola bo'lsagina
yaxshi ko'radi, degan fikr bo'lsa,
u qilib qo'ygan xatosini ota-
onasidan bekitishga harakat
qiladi. Shunda eng oson yo'l, bu
aldash bo'ladi.
Lekin maktab yoshidagi bolani
aldashga yuqoridagi vaqtinchalik
holatlar emas, balki boshqa
sabablar undashi mumkin. Bunga
atrof-muhitning ta'siri, uydagi
muhit, ota-onasining tez-tez
aldashi va boshqa psixologik
holatlar sabab bo'lishi mumkin.
Bola tez-tez aldayotganini
sezayotgan bo'lsangiz, uni
jazolab vaziyatni
murakkablashtirishingiz mumkin.
Bola qo'rqqanidan battar
aldashni boshlaydi yoki sizga
bo'lgan ishonchini yo'qotadi.
Quyidagi yo'llar bolani
psixikasiga salbiy ta'sir
ko'rsatmay aldashdan
cheklashga yordam beradi:
Haqiqatgo'ylikni
rag'batlantirish. Aldaganiga
ahamiyat beravermay, biron
kichik bo'lsa ham haqiqatni
aytganida, bolaga minnatdor
bo'ling. Unga bu haqda aytgani
uchun, "rahmat" deyishni
unutmang.
Kesatmaslik. Bola biron ayb ish
qilib ko'yganini bila turib,
o'zingizni bilmaganga olib unga
kesatmang. "Manimcha bugun
kimdur yomon baho olib keldi",
kabi gaplar bolaga uning ustidan
mazah qilayotganingizdek
tuyuladi va umuman haqiqatni
aytishga undamaydi.
Boladan ko'p narsa kutmaslik.
Bolaga yoshiga nisbatan ko'proq
va qiyinroq shart va qoidalarni
yuklab qo'yish to'g'ri emas.
Jismonan sizning talablaringizni
bajara olmagan bola, o'zini
kamsita boshlaydi. Sizning
oldingizda oqlanish uchun esa
yolg'on gapirishni boshlaydi.
Ishonchni rivojlantirish. Ota-ona
va bola orasidagi
munosabatlarda eng muhimi - bu
ishonchdir. Bola sizga ishonishi
va siz unga ishonayotganingizga
amin bo'lishi kerak. Buning
uchun oilada yolg'ondan hamma
voz kechishi kerak. Hatto kichik
yolg'on ham, bolaning ko'zida
ota-onasi yolg'onchiligini
namoyon qiladi. Masalan, ukol
olishdan oldin, bola "og'riydimi?",
deb so'rasa, uni ayab "yo'q",
deyishni o'rniga "ozgina og'rishi
mumkin, lekin men sening
yoningda bo'laman," deb aytish
muhimroq. Baribir, bir necha
soniyadan so'ng u biladi
og'riganini, lekin siz
aldaganingizni unutmaydi.
Undan tashqari bolaga biron
va'da berishdan oldin, u va'dani
ustidan chiqa olishingizga amin
bo'ling. Shunda bolada ham sizga
nisbatan ma'suliyat kabi tuyg'u
va ishonch rivojlana oladi.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 2094 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama