00:24
Bolaning muloqot qila olmasligi - AUTIZM

Bola
nutqi
va
tili
rivojlanishida
bolaning
to'g'ri
emotsional
rivojlanishi
juda
katta
ahamiyat
kasb
etadi.
Bola
muloqot
qilishni
hoxlashi
kerak.
Lekin muloqotdan o'zini olib
qochadigan bolalar uchrab
turadi. Buning sababi ko'p va
turlicha bo'lishi mumkin.
Masalan, yomon oila va atrof-
muhit tarbiyasi, cho'chib ketish
bilan bog'liq psixik shikast,
bolaning oiladan birdan ajralishi,
yoki kasalxonaga tushib
yolg'izlanib qolishi, duduqlanish
va boshqalar.
Bolaning muloqot qila olmasligi
AUTIZM deb ataladi - bunda bola
umuman "o'ziga kirib ketib",
atrofdagilar bilan aloqa
qilmaslikni istaydi. Bu holat
bolada psixologik kasallik
mavjudligidan dalolat beradi.
Bunday bolalar muomala
qilmaydilar, atrof-muhitga hech
qanday qiziqish bildirmaydilar,
qo'rquv ko'rsatkichlari bolada
namoyon bo'lib turadi.
Autizm bolalari jismonan bitta
harakatni qaytarib yurishni
ma'qul ko'radilar. Ayrimlarida
agressiya kuzatilsa, boshqalar
esa aksincha judayam passivligi,
befarqiligi bilan ajralib turadi.
Bolada kichikligidanoq autizm
alomatlarini aniqlash mumkin:
1. Bunday bolalar kattalar bilan
har qanday aloqadan o'zlarini
olib qochadi, masalan, boshqa
bolalar singari onasiga
yopishmaydi.
2. Ko'zga tik qaray olmaydi.
3. Ko'z uchi bilan qarash odati
ko'p kuzatiladi.
4. Tovushlarga reaksiya qilmaydi
(buni ko'pincha bolada eshitish
qobiliyati pasayishi bilan
adashtirish mumkin).
5. Bola muloqot qilsa ham
tabassum, kulgi, mimika kabi
emotsiya qilolmaydi.
6. Bola uyqusi buzulgan bo'ladi.
7. Bola suhbat qilsa ham, boshqa
tomonga qarab hech kim bilan
gaplashmayotgandek o'zini
tutadi.
8. Bola doim nimadandir qo'rqib
turadi (oddiy chiroq ham qattiq
qo'rquv sabachisi bo'lishi
mumkin).
9. Xatar nima ekanligini ham
bilmasligi mumkin. Masalan,
mashina yo'liga chopib ketadi,
baland joylarda sarkab o'zini
otadi.
10.Bolada atrof bilan muloqot
qilishga ichidagi kuchli qarshilik
yo'l qo'ymaydi. Bola doim iltimos,
talab va harakatlarga qarshilik
ko'rsatgisi keladi.
Ko'pincha ota-onalar autizm
alomatlarini anglay olmay bola
erkalik qilyapti, shoxlik qilyapti,
quloq solmayapti deb bolani
kuch bilan tinchlantirmoqchi
bo'ladi yoki bolaga qo'yilgan
talablarni bajarish uchun jazolash
usullarini ham qo'llaydi. Bunday
muomala bola psixikasiga battar
ta'sir ko'rsatib, bolaning
psixologik holatini yanada
og'irlashtirib yuboradi.
Bolada autizm alomatlarini
sezsangiz, uni psixiatrga
ko'rsating.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 2050 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytning yangi ko'rinishi yoqdimi ?
Всего ответов: 3
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama