00:26
A'lochi bolani to'g'ri ovqatlantirish

Yaqinda
Rossiya
olimlari
maktab
yoshidagi
bolalarning
yurak
va
nafas
olish
organlarini
dars
paytidagi
holatini tahlil qilib chiqishdi. Tahlil
natijasiga ko’ra o’quvchining
dars paytidagi xavotir darajasini
kosmonavtlarning fazo holatidagi
xavotir darajasi bilan solishtirsa
bo’lar ekan. O’quvchi partada
o’tirgani bilan u juda ko’p
kaloriya yoqotar ekan.
O’quvchining miyasi ovqat bilan
kirgan energiyaning 25 foizini
ishlatar ekan, vaholanki kattalar
atigi 3-4 foizni ishlatadilar.
Shuning uchun bolalar 7-10
yoshida ovqat bilan birga kuniga
2000 kilokaloriya qabul qilishligi
kerak, 11-14 yoshda 2400-2600
kilokaloriya, 16 yoshda esa 3000
kilokaloriya (kattalar ?
2000-2200, keksalar ? atigi 1500
kilokaloriya). Lekin bu degani
o’quvchilar qornini sosiska,
gamburger, qovurilgan
kartoshka va shokoladli konfeta
bilan to’ldirib, hammasi dars
davomida so’rilib ketadi degani
emas. Birinchidan, so’rilib
ketmaydi, hamma ovqat ham har
xil so’rilish darajasiga ega.
Hozirgi kunda o’quvchilarning 10
foizi ortiqcha vaznlik kasalligiga
duchor. Ikkinchidan, haqiqiy
a’lochilar umuman boshqa
mahsulotlarni iste’mol qilishi
zarur.
Onaning kashasi (quymoq)
Bolalar dietologi tavsiyasiga
binoan, ertalab bola iliq juda
shirin ham bo’lmagan, juda
yog’liq ham bo’lmagan yegulik
yeyishi lozim. Shuning uchun
sosiska, kolbasali buterbrod,
blinchik va bulochkalarni unutib
yuboring. Kam uglevodli
yegulikdan so’ng 2 darsga kelib
bola charchoq his qila boshlaydi.
Ertalab uchun eng yaxshi yegulik
bu ona qo’llari bilan tayyorlagan
kashadir.
Quymoq murakkab uglevodlar
bilan boy bo’lib, ular glyukozani
qonga asta sekinlik bilan
chiqaradi, bu esa bolangiz
tushlikgacha o’zini to'q
tutishining garovidir. Eng yaxshi
quymoq - bu grechkali
quymoqdir. Unda miyaning aktiv
ishlashi uchun zarur bo’lgan
oqsillar, fosfor, kal’siy, temir
moddalari va B guruhiga oid
vitaminlar ko’p. Guruchli quymoq
ham yaxshi. Lekin unda
oqsillarga nisbatan kraxmal
ko’proq bo’ladi. Mankadan
tayyorlangan quymoq oxirgi
o’rinda, lekin bu degani u yomon
emas, shunchaki yuqori
kaloriyaga egaligi tufayli oxirgi
o’rinni egallab kelmoqda.
Aytgancha, musobaqalar va
imtihonlardan oldin bolaga
aynan mankali quymoqni
bermoq lozim. Faqat quymoqlarni
sutni o’zida emas balki suv bilan
aralashgan holda tayyorlash
lozim, oshqozonda hazm qilishi
yengil bo’ladi. Quymoqni boshqa
nonushtalar bilan almashtirib
turish lozim, masalan, sabzavotli
omlet, turli xil zapekankalar,
pishloqdan va tvorogdan
tayyorlangan taomlar.
Sutmi yoki Yogurtmi?
Sut bolaga juda foydali degan
gapni ko’p uchratganmiz. Lekin
sut hamma bolalarga ham foydali
bo’lavermaydi. Agar oldin
bolangiz sutni osongina ichib,
keyin esa birdan ichmay qo’yib,
qornidagi og’riqlarga shikoyat
qila boshlagan bo’lsa, buni
erkalik emas, fiziologik holat deb
qabul qiling.
Uch-besh yoshgacha bolalar sigir
sutini oson qabul qiladilar,
chunki sutni hazm qiluvchi
laktoza ichak fermenti ularda
juda rivojlangan bo’ladi. Yosh
ulg’aygan sayin uning aktivligi
pasayib boradi, va 10 yoshga
kelib bola sutni icha oladimi
yoqmi aniq bo’ladi. Shvesiya,
Angliya va Irlandiyada sigir sutini
icha oladigan bolalar soni dunyo
bo’yicha eng ko’p. Afrikada esa
aholining 70-97 foizida laktoza
fermenti genetik darajada
mavjud emas. Rossiyada har
uchinchi bola sutni hazm qila
olmaydi. Shuning uchun ko’p ota-
ona bolasiga umuman sutli
mahsulot olib bermaydi. Bu
noto’g’ri. Achitilgan sut
mahsulotlarida aynan laktoza
fermenti yo’q bo’lib ketadi,
shuning uchun qatiq, yogurt,
tvorog kabi mahsulotlarni,
hattoki muammoli bolalar ham
bemalol iste’mol qilishi mumkin.
Sho’rva
Sho’rva juda ham kerakli taom.
Tushlikda hamma o’quvchilar
sho’rva ichishlari lozim. Sho’rva ?
bu iliq, to’yimli va oson hazm
bo’luvchi taom. U bolaning
darsdan keyin qolmagan
kuchlarini qayta tiklaydi. Undan
tashqari sho’rvada suv ko’p
bo’ladi, bu esa o’qish uchun
zarur. Lekin uzoq qaynatilgan
suyak qaynatmalari foydali emas.
Ularda xolesterin va yog’lar ko’p
bo’ladi.
Baliq - juda mazali
Ota-onalarni so’roq qilish
natijasida aniq bo’ldiki, bolalar
oqsillarga boy bo’lgan go’sht,
parranda mahsulotlarini yaxshi
iste’mol qiladilar-u, lekin
aminokislotalarga boy bo’lgan
baliqni unchalik xush
ko’rmaydilar ekan. Vaholanki
aynan baliqda miyani
aktivlashtirish uchun zarur
bo’lgan Omega 3 va Omega 6
kislotalari juda k’op. Undan
tashqari baliq fosfor, kalsiy, yod,
selen, A va E vitaminlarga boy.
Agar bolangiz baliqni umuman
yemasa, unda unga dengiz
mavjudodlaridan tayorlangan
taomlardan taklif qilib ko’ring.
Shokolad
Shokolad - yana bir "aqlli”
mahsulot. Uni imtihon paytlari
bolalarga berish lozim.
Shirinliklarda uglevodlar mavjud
bo’lib, miyani faol ishlashiga
yordam beradi. Bu degani
shokoladni kilolab yeyish
mumkin degani emas, kichik
sinfdagi bolaga sutli
shokoladdan bir parcha, yuqori
sinfdagi o'quvchilar uchun esa
qora shokoladdan bir parcha
yetadi. Lekin shokoladdan farqli
o'laroq konfetlar bola organizmi
uchun juda ham zararli.
O’quvchining nonushta qilish
tartibi:
7.30-8.00 - Ertalabki nonushta
11.00-11.30 - Maktabda issiq
nonushta
14.00-14.30 - Uyda tushlik
16.30-17-00 - Yengil tushlik
19.00-19.30 - Kechki ovqat
Bolani qanday qilib ovqat
yeyishga majbur qilish mumkin?
Tanlash huquqiga ega bo’lsin.
Agar bolangiz quymoq yeyishdan
bosh tortayotgan bo’lsa, uning
oldiga ayorlik qilib quymoqning
bir necha xilini har xil meva,
turshak, magiz, murabbolardan
qo’shgan holda taklif qilib
ko’ring. Bolalar tanlashni juda
xush ko’radi.
Smetana o’rniga yong’oq berib
ko’ring. Sabzavotlar bola
organizmi tomonidan oson qabul
qilinishi uchun ularni yog’ bilan
iste’mol qilish lozim. Agar
bolangiz smetanaga aralashgan
sabzavotlardan bosh tortsa,
sabzavotlarni danak va
yong’oqlar bilan aralashtirib
berib ko’ring.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 1981 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан сайтимизни Топдингиз?
Всего ответов: 110
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama