00:36
Bunday qilish mumkin emas

Psixologlarning
fikricha,
bola
tarbiyasida
bunday
qilish
mumkin
emas
ekan.
Qanday
desangiz,
solishtirish.
Qo'shnini
bolasi
ingliz
tili
o'rganayotgani
uchun
farzandini
ingliz
to'garagiga
berish,
jiyani
a'lo baholarga o'qayotganini
o'g'liga har doim namuna qilish,
sinfdoshi yaxshi natijalarga
erishganini ko'rib farzandidan
ranjish - ko'pchilik ota-onaga
tanish holat bo'lsa kerak.
Aslida aynan solishtirish yaxshi
tarbiyaga to'sqinlik qilar ekan.
Birinchidan, bolani hadeb
solishtiraverib uning haqiqiy
qadr-qimmatini ko'rmay qolasiz.
Qo'shni bolasining matematika
bo'yicha a'lo baholarini quvish
natijasida o'z farzandingizda
aslida mavjud bo'lgan chizish
qobiliyatini so'ndirib qo'yasiz. O'z
bolangizni o'ylang, uning
o'zining yutuqlaridan zavqlaning,
birovdan oshgani uchun emas,
o'zi ajoyib bo'lgani uchun.
Ikkinchidan, bolani birov bilan
solishtirganingizda uning
yutuqlari yutuqdek emas, balki
o'sha qo'shni bolasining
baholariga erishilgan natijadek
qaraladi. Agar solishtirish
bo'lmaganda bolaning natijalari
o'zining katta yutug'idek qabul
qilinar edi. Masalan, ma'lum bir
fandan sinfdoshi 78 ballga ega.
Bolangiz o'sha sinfdoshiga
yetishni maqsad qilib, 78 ball
olsa...uni dildan maqtay olmaysiz.
Faqatgina sinfdoshi natijasiga
erishganligini ta'kidlaysiz. Bunda
qahramon sizning farzandingiz
emas, balki o'sha sinfdoshi
bo'ladi.
Uchinchidan, solishtirishni
eshitavergan bola, o'zining siz
uchun qimmati yo'q ekanligiga
ishonib boradi. "Mening
yutuqlarim, mening birovga
o'xshashim yoki mening undan
oshib ketishimgina ota-onamni
xursand qila oladi, men emas",
degan fikrga keladi. Bu fikr
bolalikda shakllansa, keyinchalik
hayot davomida inson o'zining
qadr-qimmati haqida past,
yomon fikrga ega bo'lishiga olib
keladi. Natijada katta bo'lganda
biron maqsadga erishishda,
sevib-sevilishda muammolarga
duch keadi.
Ota-ona bolani o'zini sevadi.
Lekin bola shunday sevgini his
etishi lozim. "Qara anu bolalar jim
o'tirishini, sen esa qanaqa
topolonchisan", "Nega sen
palonchiga o'xshab 5 baho olib
kelmaysan", "Qachon qo'shnimiz
bolasiga o'xshab medal olib
kelasan" va hokazo va hokazo. Bu
gaplar bolani qulog'iga kirib
dilini yaralaydi.
Bolani o'zini seving, bolaning
o'zining yutuqlaridan quvoning,
bola hech kimga o'xshamasdan
aynan o'zining xarakter va
qobiliyatiga ega ekanligidan
quvonishni biling. Shunda u
sevimli ekanligigni, qanday baho
olishidan qat'iy nazar uni ota-
onasi yaxshi ko'rishiga ishonadi.
Psixologlar ishontirib aytadilarki,
bunday tarbiya ko'rgan bola
bugun bo'lmasa, ertaga albatta
sizning ishonchingizni oqlaydi.
O'zi, o'z hoxishi bilan, o'zining
qobiliyatidan kelib chiqqan holda,
lekin bu oqlash dildan va baxtli
qalb egasidan chiqadi.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 5773 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан сайтимизни Топдингиз?
Всего ответов: 110
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama