00:37
Bolaga kompyuterning zarari yo'qmi?

Hozirgi
kunda
kompyuter
va
internetsiz
kundalik
hayotimizni
tasavvur
qila
olmaymiz.
Lekin
bolalarning
kompyuterdan
uzoq vaqt fydalanishi ota-onani
xavotirga solib qo'yadi.
Kompyuterda ko'p vaqt
o'tkazishning bolaga bo'lgan
ta'siri:
Ko'rish a'zolarining zoriqishi.
Kompyuterga termilib o'tirish
davomida nafaqat ko'z
mushaklari zo'riqishini talab
qiladi, balki ko'z ichki tomirlariga
ham salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Markaziy asab tizimini buzulishi.
Tadqiqotlarning ko'rsatishicha,
10-12 yoshgacha bo'lgan
bolalarning kompyuterda ko'p
o'tirishi ularning asabini
buzulishiga olib kelar ekan. Bu
narsa bolaning ortiqcha
charchovda, bosh og'rish,
uyquning buzulishi, kayfiyatining
tushishi, asabiylashgani yoki o'ta
passivligi, xayoli joyda bo'lmay
qolishi kabi holatlarda namoyon
bo'lar ekan.
Qo'l, yelka va bo'yin
mushaklarining o'zgarishi.
Kompyuterta o'tirgan bolaning
rivojlanayotgan qo'l, yelka va
bo'yin mushaklari bir holatda
uzoq vaqt davomida turishi
natijasida qo'l mushaklarining
ortiqcha holdan toyishiga, qon
aylanishining buzulishiga, ayrim
hollarda mushak og'riqlariga olib
keladi.
Bolaning psixikasi buzilishi. Bola
uzoq vaqt kompyuterda o'tirib, u
orqali virtual munosabatlar
o'rnatib haqiqiy hayotdagi
munosabatlardan qochadigan
bo'lib qoladi. Unga kompyuter
do'st, sinfdosh, suyukli inson
o'rnini bosadigan vosita bo'lib
qoladi. Ayniqsa kamgap bolalar
kompyuterda internet orqali
gaplashish osonroq ekanligini
tez anglab, odamlardan
qochadigan, ochiq suhbat qila
olmaydigan, do'stlasha
olmaydigan bo'lib qoladi.
Albatta, bugungi kunda bolani
kompyuterdan xoli qilishning iloji
yo'q. Undan tashqari o'qish,
ishlash jarayoni kompyuter va
internetga bog'liq bo'lib qolgani
uchun bola kompyuterni bilishi
kerak.
Aslida bola zerikkanda kitob
o'qishi eng yaxshi tanlov. Lekin
kitob o'qishga bolani ota-ona
qiziqtira bilishi kerak. Albatta
kuni bilan serial ko'rayotgan
onasini ko'rgan bola, hech
qachon kitob qiziq ekanligiga
ishona olmaydi.
Lekin ota-ona bolaga
kompyuterning zararini
minimallashtirish yo'lini qo'llashi
lozim, ya'ni:
1. Bola maktabga bormaguncha
umuman kompyuterdan
foydalanmasligi shart.
2. Uydagi kompyuterda o'yin
umuman bo'lmasligini ta'minlash
kerak, albatta til o'rgatuvchi yoki
bilim beruvchi o'yinlar bundan
mustasno bo'lishi mumkin.
Boshqa o'yinlar bolaning haqiqiy
hayotga bo'lgan nazarini salbiy
o'zgartiradi. O'yinda ayrim
to'sqinliklardan o'ta olib millioner
bo'lish imkoniyati borligini
ko'rgan bola hayot ham shunday
oson ekan deb tasavvur qila
boshlaydi.
3. Maktab yoshidagi bolalarga
kompyuterdan foydalanish vaqti
chegaralangan bo'lishi lozim.
O'n-o'n ikki yoshgacha kuniga 1
soatdan oshmasligi, 12-16
yoshda 2-3 soatni tashkil qilishi
mumkin.
4. Kompyuterdan o'qish, bilim
orttirish maqsadida
foydalanishgagina ruxsat
berilishi kerak. O'yin va ermak
uchun man qilinishi maqsadga
muvofiq bo'ladi.
5. Uyda internet ulangan bo'lsa,
ayrim saytlarga blokator o'rnatib
qo'yish kerak. Internetda bola
ko'ziga munosib bo'lmagan
minglab saytlar mavjud, bu
saytlarga bola bilmasdan turib
kirib qolishi mumkin. Shuning
uchun, internet ulagan
provayderga bolaga munosib
bo'lmagan o'sha saytlarni yopib
qo'yishini iltimos qilsangiz,
provayder o'zi blokator o'rnatib
qo'yadi.
6. Bola kompyuterda o'tirganda
vaqti-vaqti bilan u nima
qilayotganini tekshirib turish
lozim. Xonaga kirib kompyuter
ekraniga qarash yetarli emas,
bola foydalanayotgan saytlar,
ko'rgan ma'lumotlar,
foydalanayotgan programmalarni
nazorat qilib turish kerak.
7. Bolaga kompyuter ko'chada
o'ynashni, do'stlar bilan ko'rishib
gaplashishni, ovqatlanishni,
televizor ko'rishning o'rnini
bosmasligini ta'minlash foydadan
xoli bo'lmaydi.
8. Bolani oldida o'zingiz
kompyuterda o'yinlar o'ynab,
do'stlaringiz bilan suhbatlashib
salbiy namuna bo'lmaganingiz
yaxshi.
9. Bola kompyuterdan ijobiy
maqsadlarda foydalanishini
istasangiz, u bilan birga foydali
saytlar va dasturlardan birga
zavqlanib vaqt o'tkazing.
10. Bolaning asab tizimida,
kayfiyatida, ota-onasi va do'stlari
bilan munosabatlarida keskin
salbiy o'zgarishlar ro'y
berayotgan bo'lsa, kompyuterda
o'tkazayotgan vaqtini kamaytirib
ko'ring. Natijasi yaxshi bo'lsa,
demak sabab kompyuterda. Bola
umuman kompyuterdan voz
kecha olmay, janjal qilib,
isterikaga tushib, kompyutersiz
odamovi bo'lib qolayotganini
sezsangiz, psixologga
uchrashishingiz talab etiladi.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 2200 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama