01:19
Tojikiston maktablarida “jinsiy axloq”darsi joriy qilinadi

Tojikiston parlamenti maktab programmasiga
jinsiy tarbiya haqidagi darslarni kiritishga
rozilik berdi. Parlament deputatlarining
aytishlaricha, jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan
kasalliklar va istalmagan homiladorlikni oldini
olish haqida o‘smirlarni xabardor qilish
maqsadida shunday qaror qabul qilingan.
Tojikiston Namoyandalar Majlisi deputatlari
maktab programmasiga jinsiy tarbiya
haqidagi darslarni kiritishga rozilik berdilar.
Bu taklif Tojikiston Sog‘liqni saqlash va
ijtimoiy himoya vazirligi tomonidan
“Reproduktiv salomatlik va reproduktiv
huquqlar haqida”gi Qonunga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish paytida taqdim qilindi.
Tojikiston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy
muhofaza vaziri o‘rinbosari Nasim Olimov o‘z
chiqishida jinsiy aloqa vositasida
tarqaladigan kasalliklar va istalmagan
homiladorlikni oldini olish uchun o‘smirlarni
o‘qitishga alohida e‘tibor qaratish lozimligi
haqida gapirgan.
Tojikiston parlamenti deputati Abdurahmon
Xonov bu darslar umumta‘lim
maktablarining, ayniqsa¸ qishloq
maktablarining yuqori sinf o‘quvchilariga
o‘tilishini aytadi:
“Jinsiy axloq, xususan jinsiy aloqa va
reproduktiv salomatlik haqidagi ma‘lumot
o‘quvchilarga kitob sifatida taqdim qilinishi
kerak”, dedi Abdurahmon Xonov.
Ammo maktablarga jinsiy axloq haqidagi
darsning kiritilishi haqidagi xabarni aksar
o‘quvchilar yaxshi qabul qilmadilar. Ular 21-
asrda bu haqdagi ma‘lumotlarni
muallimlarning yordamisiz ham topib o‘qish
mumkinligini aytadi:
“Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan har qanday
savolga Internetdan javob topishni
allaqachon o‘rganib olgan. Bunday darslar
vaqtning bema‘ni sarflanishidir”, dedi
Dushanbedagi maktablardan birining 10-sinf
o‘quvchisi.
11-sinf o‘quvchisi Akrom Solehov fikricha
bunday darslar har bir o‘quvchiga individual
o‘tilishi kerak:
“Albatta¸ buning foydasi bor. Lekin alohida
dars o‘tilsa yaxshi bo‘lardi. Agar hamma bir
joyda bo‘lsa o‘yin-kulgi bilan darsda sifat
bo‘lmaydi”, dedi o‘quvchi.
Tojik jamiyatida jinsiy yaqinlik haqida ota-
onalarning o‘z farzandlariga tarbiya berishi
rasm bo‘lmagan. Ular nafaqat bu haqda
gapirmaydilar, balki farzandlarining
boshqalar bilan bu mavzuda gaplashishini
ham ayb deb hisoblaydilar.
Dushanbe shahrida istiqomat qiladigan 43
yoshli Shoira Sobirovaning aytishicha,
bunday darslar yoshlarga aks ta‘sir qiladi:
“O‘smirlar bu haqda ko‘proq bilganidan
so‘ng shahvati oshib, bunday ishlarga mayli
yanada oshadi. Buning o‘rniga ta‘lim sifatini
yaxshilab, bolalarni yaxshi o‘qitishni yo‘lga
qo‘yish kerak”, dedi Shoira Sobirova.
Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, 2014 yilda
birgina Dushanbe shahrida 385 nafar fohisha
ushlanib, jarimaga tortilgan.
2013 yilda esa Dushanbeda 41 nafar balog‘at
yoshiga yetmagan qizlar fohishalik bilan
shug‘ullangani aniqlangan edi.
Просмотров: 3750 | Добавил: XakkeR_Kg | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 86
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama