02:14
Tug'ishga tayyorgarlik ko'rish

Tug'ish jarayonidan har xil ayol turlicha
o'tadi. Og'riq va stress hammada bo'ladi, lekin
og'riq davomiyligi, kuchi va ayolga bo'lgan
ta'sirini kamaytirish tug'ish ga bo'lgan
tayyorgarlikka bog'liq.
Chet elda necha o'n yilliklar davomida
tug'ish ga tayyorgarlik o'quv kurslari mavjud.
Bu kurslar yordamida bo'lajak ona tug'ish
jarayonini yengillashtirish yo'llari bilan
tanishib amalda qo'llashni o'rganadi.
Tug'ish jarayoniga tayyorgarlik nega kerak?
1. Tug'ish jarayonida ona kamroq stress oladi;
2. To'lg'oq og'riqlari kamroq seziladi;
3. Bola chiqayotganida unga ona o'z xatti-
harakati va nafas olishi bilan yordam bera
oladi;
4. Tug'ish tufayli yirtilish yuzaga kelmaydi;
5. Tug'ish tufayli gimorroy yuzaga kelmaydi;
6. Tug'ish jarayoni organizm xususiyati tufayli
uzoq vaqt davom etsa, ona kuchsizlanib
qolmaydi;
7. Tug'ish tufayli kuchli stress olgan onada
sut qochib ketmaydi;
8. Tug'ishdan oldin onani vahimaga soladigan
qo'rquv bo'lmaydi;
9. Bo'lajak ona tug'ish jarayoniga ma'suliyat
bilan yondashadi;
10. Tug'ish jarayonidan ijobiy xotiralar qoladi.
Har bir ayol tug'ish oldidan o'z shifokori bilan
qiyidagi masalalar bo'yicha maslahatlashishi
darkor:
1. Shifoxonaga to'lg'oq lar boshlanganidan
so'ng qanchada borish zarur?
2. Tug'ishga borishdan oldin uyda nimalar yeb
olish kerak?
3. To'lg'oqlar davomida suyuqlik qancha
ichish mumkin?
4. Dardni osonlashtirish uchun qanday massaj
yoki mashg'ulot qilsa bo'ladi?
5. Tug'ish jarayoni boshlanganida qanday
nafas olish zarur?
6. Tug'ish payti onaning jismoniy holati
qanday bo'lsa, bola osonroq chiqadi?
7. Tug'ishni yengillashtirish uchun tug'ish
yo'llariga yog' surish mumkinmi?
8. Dard uzoq davom etsa, charchab qolmaslik
uchun nima qilish kerak?
9. Qanday dori vositalari tug'ish jarayoniga
salbiy ta'sir ko'rsatadi?
10. Darddan oldin suv ketib qolsa, qanday yo'l
tutish kerak?
Tug' ish jarayoni haqida qiynalib tuqqan
ayollar bilan maslahatlashmang. Ularning
tajribasi sizda bo 'lmasligi mumkin , lekin
ularning qiynalishi sizni kerakmas vahimaga
solib qo'yishi aniq.
Qo'shimcha ravishda uy sharoitida ona
quyidagi yo'llar bilan o'ziga yordam berishi
mumkin:
Homiladorlikning 34 haftasidan boshlab
shifoxonaga olib ketish kerak bo'lgan
narsalarni tayyor qilib qo'ying. Dard
boshlangan kuni yig'ishga imkoniyat
bo'lmaydi.
Dard endi boshlangan bo'lsa, uyda shirin
choy, shokolad va sitrusli meva bilan biron
o'zingiz sevadigan yegulik(tansiq ovqat)dan
tamadi qilib oling. Bu sizga kuch beradi.
Shifoxonaga sulayib charchab bormang.
Ko'proq suv ichib oling, ba'zida shifoxonada
tug'ish jarayonida suv ichishni man etib
qo'yadilar.
Dard kuni yaqinlashgan kunlarda og'ir ish
qilmang. Kuchingiz o'gir ishga ketib, tug'ish
davomida sulayib qolasiz. Yaxshi uxlang. Shu
kunlarda ko'p harakat qiling, sayr qiling,
uylarni tozalang lekin kuchsizlanish
darajasiga olib bormang.
Dard boshlanib oralig'i hali katta bo'lsa,
yuring, zinadan tushib chiqing, o'tirib turing,
harakatlaning. Yotmang. Oldingizda albatta
kimdur bo'lsin.
Sport do'konlarida sotiladigan yirik rezina
ko'ptoklari dardni osonlashtirishga va
bachadon bo'yni tezroq ochilishiga yordam
beradi. Shu ko'ptokni sotib olib, dard
boshlanganida uning ustida o'tirib-turing.
Ham og'riqni kamaytiradi, ham bachadon
bo'yni tezroq ochilishiga turtki bo'ladi.
Asabiylashmang. Qanchalik bo'shashgan va
qo'rqmagan bo'lsangiz, shunchalik hammasi
oson kechadi.
Yoningizdagi odam belingizni silab o'qalab
turishini so'rang. Bu sizga jismonan va
ma'nan yordam beradi.
Dard va to'lg'oq lar davomida chuqur-chuqur
nafas oling. Birinchidan, asablaringiz
tinchlanadi, ikkinchidan o'griqni osonroq
kechira olasiz. Nafas olganingizda ko'krak
qafasi bilan emas, qorin bilan nafas oling.
Yoqimli klassik musiqa tinglang.
Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, klassik musiqa
tug'ish jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Ollohdan yaxshiliklar so'rang.
Manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 8736 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 5.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 87
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama