02:18
Tuqqandan so'ng ko'p uchraydigan noxush holatlar

Tuqqan ayolni 40 kun chillada saqlash
kerakligi bejiz aytilmagan. Tuqqan ayolning
organizmi juda zaif va ta'sirchan bo'lib qoladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq parvarishi birinchi
o'rinda bo'lgani bilan, yangi tuqqan ayolga
ham maxsus e'tibor talab etiladi.
1. Bola tug'ilishi jarayonida ayolning jinsiy
a'zolarida yirtilish yoki kesish ro'y bergan
bo'lsa, yaraning batamom bitishiga bir necha
hafta talab etiladi.
Amaliy yordam:
Ko'proq yoting yoki maxsus o'rtasi teshik
yostiqda o'tiring.
Xojatga borib kuchanayotgan paytingizda
yara yoki chok tushgan joyni toza latta bilan
bosib ushlab turing, yirilib ketmasligini
ta'minlash uchun.
Chok yoki yaraga dezinfeksiyalovchi vositani
qo'llang.
Ichni yumshatish vositalarini shifokor bilan
maslahatlashgan holda qabul qiling.
Agar og'riq kuchayishi, chok yallig' lanishi ,
yoqimsiz hid chiqishi , chok va atrofida shish
paydo bo 'lishi kuzatilsa, shifokorga uchrash
zarur .
2. Qon ajralishi.
Tug'ishdan so'ng qindan bir necha hafta
davomida qon ajraladi. Qon ajralishi sekin-
sekin kamayib boradi, rangi o'zgaradi.
Bu davrda gigienaga rioya qilish muhim
ahamiyat kasb etadi. Tez-tez iliq suvda
yuvining. Toza tagliklardan foydalaning.
Agar sizda qon ajralishi keskin ko'payib
borayotgan bo'lsa yoki ajralayotgan qon hidi
o'ta yoqimsiz va kuchli bo'lsa, tana
haroratingiz o'shishi kuzatilsa, zudlik bilan
shifokorga murojaat etish zarur.
3. To'lg'oqlar.
Tuqqandan so'ng ham ayollarda to'lg'oq lar
davom etishi mumkin. Bu holat bachadonni
o'z o'rniga qaytishi va undagi kerakmas
ajralmalar chiqib ketishi uchun zarurdir. Bu
kabi to'lg'oq lar keltiradigan og'riq odatda
kuchli bo'lmaydi, aks holda shifokor og'riqni
qoldiruvchi dori-vositasini tavsiya etadi.
Agar qorin qismida noqulaylik sezilsa yoki
onaning tana harorati ko' tarilsa , shifokorga
uchrash talab etiladi .
4. Siyish muammosi.
Tug'ish jarayonida yuzaga kelgan qin va
uretra(siydik chiqish yo'li) atrofidagi shish
tufayli siyishda qiyinchlik paydo bo'lishi
mumkin. Bu holat o'z-o'zidan o'tib ketadi.
Amaliy yordam:
Siyishni osonlashtirish uchun, siyishga
harakat qilayotganingizda jinsiy a'zolarni
baklashkaga to'ldirilgan iliq suv bilan chayib
turing. Siyish refleksi ishlab ketishi uchun
yordam beradi.
Agar sizda qiyidagi holatlar kuzatilsa,
shifokorga murojaat etish tavsiya etiladi:
Tez-tez siydik qistashi;
Siyish davomida qizish;
Tez-tez, lekin kam miqdorda siyish.
Tug'ishdan so'ng jinsiy a'zo mushaklarining
cho'zilishi natijasida siydik bemahalda ham
chiqib ketishi kuzatiladi. Bunda yo'talish,
aksirish yoki kulish davomida siydik oz
miqdorda ajraladi. Bu holat ham vaqt o'tib
normaga keladi.
Amaliy yordam:
Kunda kamida 10 marta Kegel
mashg'ulot larini bajaring.
5. Bavosil(gemorroy).
Xojatga borish jarayonida o'g'riq yoki orqa
tomonda shish sezilsa, bavosil yuzaga kelgan
bo'lishi mumkin. Bavosil-bu orqa past
tomirlarining cho'zilishi va shishidir.
Amaliy yordam:
Kunda 3 marta iliq suv to'ldirilgan tozda
o'tiring;
Qabziyat(ich qotish)ga yo'l qo'ymang;
Kegel mashg'ulot larini bajaring.
Bavosil kuchli og' riq va noqulaylik keltirsa ,
shifokor bilan maslahatlashgan holda maxsus
maz yoki doridan foydalanishingiz mumkin .
6. Mayin ko'krak va sut oqishi.
Tuqqandan bir necha kun o'tgan ayolning
ko'kragi kattalashadi va mayinlashadi.
Ko'krakni tekkanda ayolga og'riq ham berishi
mumkin.
Amaliy yordam:
Ko'krakka iliq mayin dush suvini oqizing;
Tuqqan ayollar uchun tabiiy tolalardan
tayyorlangan maxsus byustgalter taqing;
Ko'krakdan sut oqayotganda shimib turadigan
maxsus ko'krak tagliklaridan foydalaning va
ularni tez-tez almashtirib turing.

Ko'krak uchun tagliklarni bu yerda sotib
olishingiz mumkin>>


Agar bolani emizmayotgan bo' lsangiz, u
holda sut ajralishini to'xtatish uchun qattiq
byustgalter taqib olish kerak . Sut ajralishini
butunlay to'xtatish haqida shifokor bilan
maslahatlashish zarur .
7. Soch to'kilishi va teridagi o'zgarishlar.
Homiladorlik davrida gormonlar o'zgarishi
natijasida to'kilishi kerak bo'lgan sochlar
to'kilmay turadi. Natijada tuqqan ayolda
haddan ziyod ko'p soch to'kilishi kuzatiladi.
Aslida bu homiladorlik payti to'kilishga
ulgurmagan sochlar, xolos. Odatda, bu jarayon
6 oyda to'xtaydi.
Qorindagi tortilish izlari hech qachon yo'q
bo'lmaydi. Lekin vaqt o'tgan sari ularning
rangi ochlashib, bilinmay ketadi.
8. Kayfiyat o'zgarishi.
Ayol uchun bola tug'ish , bu kuchli emosional
stress holatidir. Tuqqan ayolning kayfiyati
o'zgaruvchan bo'lishi, asabiyligi,
hafagarchiligi va vohmachiligi ko'p
uchraydigan holat. Ba'zi ayollarda tuqqandan
so'ng depressiya ham yuzaga keladi.
Amaliy yordam:
Yaqinlaringizdan yordam so'rashga uyalmang;
Kayfiyatingiz tug'ish natijasi ekanligi haqida
yaqinlaringiz bilan gaplashing;
Ko'proq dam oling.
Odatda kayfiyat bilan bog'liq muammolar 1
oy ichida o'tib ketadi.
Manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 6851 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytning yangi ko'rinishi yoqdimi ?
Всего ответов: 3
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama