08:00
Homiladorlik testi

Homiladorlik testi bilan har bir ayol tanish
bo'lishi ajab emas. Aynan homiladorlik testi
yordamida ayol uy sharoitida homiladorlik yuz
berganligi haqida birinchi bo'lib bilib olish
mumkin. Homiladorlik testi haqida asosiy
savollarga javoblar.
Homiladorlik testi nima degani?
Uy sharoitida qilinadigan homiladorlik testi
barcha dorixonalarda sotiladigan vosita
hisoblanadi. Bu test ayol siydigidagi inson
xorionik ganodropin (IXG) moddasini
o'lchaydi. Urug'lanish yuz bergandan so'ng
7-10 kun o'tgach homilador bo'lgan ayolda
IXG moddasi o'lchash uchun yetarli miqdorda
ishlab chiqarilishni boshlaydi. Shunda testlar
siydikda IXGning miqdoriga qarab
homiladorlik yuz bergan yo bermaganligi
haqida xabar beradi.
Homiladorlik testini qachon o'tkazsa bo'ladi?
Homiladorlik testlari IXG moddasiga
sezuvchanligi har xil bo'lgani uchun ba'zi
testlarda oxirgi hayz kunidan 1 sikl (odatda
28-30 kun)o'tganda natija aniq chiqsa, ba'zi
testlar bu davrda xato natija ko'rsatadi.
Shuning uchun homiladorlik testini o'tkazish
uchun eng qulay davr - bu siz kutayotgan
hayz kuni kechikkan kun va undan keyingi
davr. Shu kundan keyin o'tkazilgan test
aniqroq javobga ega bo'ladi.
Homiladorlik testi qanday o'tkaziladi?
Odatda har bir test upakovkasida uni o'tkazish
usuli ko'rsatilgan bo'ladi. Test ruchkaga
o'xshash bo'lib bir tomonidagi qopqoqni
ochsa, siydikdagi IXGni sezuvchi maxsus
tayoqcha turadi. Siydikni aynan o'sha
tayoqchaga qarab chiqarish lozim. Bir necha
soniya davomida siydik tayoqchani qoplaydi.
Shundan so'ng homiladorlik testini tekis joyga
qo'yib 5-7 daqiqa kutish kerak bo'ladi.
Chiziqlar ko'rinishi hamma testlarda har xil
bo'lishi mumkin. Shuning uchun homiladorlik
yuz bergan bo'lsa, nechta chiziq aniq
ko'rinishi kerakligini instruksiyadagi rasmdan
bilib olsa bo'ladi.
Homiladorlikni kutayotgan bo' lsangiz testni
iloji boricha kechroq o 'tkazganingiz
psixologik stress keltirmaydi . Birinchidan ,
natija aniq bo 'ladi, ya' ni testni qayta
o 'tkazishga hojat bo' lmaydi . Ikkinchidan ,
agar homiladorlik yuz bermagan bo 'lsa , hayz
keladi
Qaysi hollarda homiladorlik testini o'tkazish
talab etilad?
1. Homiladorlik kutilayotganda yoki
homiladorlik alomatlari namoyon bo'lganda;
2. Hayz kelishi kechikkanda (agar bu holat
homiladorlik tufayli bo'lmayotgan bo'lsa, u
holda ginekologik yoki endokrin kasalliklar
mavjud bo'lishi mumkin);
3. Hayz kelgani bilan, uning miqdori, ko'rinishi
va holati odatdagidan farq qilayotgan bo'lsa;
4. Rejada jarroxlik operatsiya kutilayotgan
bo'lsa (ba'zida ayol homiladorligi haqida
bilmagan holda jarroxlik operatsiyaga
tayyorlanishi mumkin, shuning uchun har
doim ma'lum bir operatsiyadan oldin albatta
homiladorlik testini o'tkazib homiladorlik yo'q
ekanligida amin bo'lish talab etiladi).
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 4492 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Qaysi bo'limlarni sevib mutolaa qilasiz ?
Всего ответов: 7
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama