22:22
Хотин хизмат қилмаса

Assalomu alaykum Sardoraka. Saytingizni
kuzatib boraman muxlis minbarini uqib
boraman mana men ham yozishga qaror
qildim yozishdagi xatolar uchun oldindan uzr.
Ismim Kamron yoshim 29 da Xorazmdanman.
ikki yarim yil avval uylanganman. xotinim
Toshkentdan yoshi 25 da. men xozir aytib
bermoqchi buganim balki kulgilidir balki
bilmadim.... uylanganimdan keyin bildim
xotinimni umuman uyda ayolni vazifasini
qilmaydi buni qanday tushuntirsam buladi
bilmadim. xozir qozoqistonda yashaymiz
ikkimiz birga. bilaman xozir meni tryapka dep
uylarsiz , lekin men uchun oila muqaddas dep
chidayapman . ishdan charchap kech kelaman
borip qozonni qarayman bum bush. sukaman
urushaman janjal buladi. seviship turmush
qurganmiz uyimdagilarga ayta olmayman
onam siqiladi chidiyman. oldiniga ovqat
pishirishni bilmaydi dep uzimni ovuttim. lekin
yaqinda opasi keldi toshkentdan soat oltida
turip opasi bn bolasiga xizmat qilishga tushdi
lol qoldim. xatto kareyski kuksilargacha yedim
xotinimi qulidan.
1 yarim oy yaxshi buldi xayotim . ular ketishdi
yana shu xayot soat birgacha uxlashlar . yana
uzim ovqat qilishga tushdim. gaplaship
kordim meni qishloqi dep uylaysanmi yo
qurqsang xurmat qilasami dep gaplashdim.
xammasini aytdim oila bu muqaddas narsa
sen uyinchoq qarama sabrniyam chegarasi
buladi dep chuntirdim. yoqmasa ajrashing
diydi .xamma narsa oiladagi muxitga bogliq
ekan dep uylap qolyapman endi. ikkita opasi
ajrashgan va yana turmush qurishgan kotta
opasi 3 martaga tegdi uje. qaynonam uje 5
chi turmushdalar. men chuntirdim bu opang
ayang bilan poygaga seni aloqang yoq men
bir oila va usha bn baxtli bulishimiz kerak
qara mening opalarim xammasi bir turmushda
yaxshi baxtli yashayapdi . qiyinchilik xamma
oilada buladi bu turmush axir . men unga
ishla demayapman uzim eplayapman xudoga
shukir.ikkita akam bor borganda ularni korip
xavasim keladi ichimga yutaman. onam
sezadilar menimcha uzimga yorildilar. xotining
aytganingni qilmaydi menimcha dep. yoq
xammasi yaxshi dep aldayman .
uyalganimdan kop qola olmayman uyda tez
qaytaman ishimni baxona qilip.
Tugrisi qul kotarip xam kordim axiri foydasi
yoq. jonim tur choy damlap ke diman
quysaizchi diydi qiynalmi. sabrim tugayapdi
uje . xar kun yalinaman xar kun kelganda
ovqat pishirip qoy diyman. siz jekpot
yutuvogansiz qishlodan turip Toshkentdan
shunday chiroyli qiz ogansiz deydi. jonim
chiqadi nima qishlodagilar odamasmi. xo
ajrashi disam qornida bolamiz bor 4 oylik
farzandimda nima ayb uni uylayman.
onasidan umid qilip tushuntirdim qizi xaqida .
U meni eng erka qizim zarari yo chidang uzi
boyga berishim kere edi xizmatkori bulardi
didi. shok bulip qoldim znachit onasidayam
ayib bor. indamadim. umrim kinoday tuqlika
shuxlik qilyapdi menimcha . ayting iltimos
nima qilsam oilamni saqlap qolaman uje
manda kuch qolmadi tugrisi. ajrashsam
buladimi yomi.
Raxmat
Эслатиб ўтамиз, хар якшанба мухлислар
куни бўлиб, ўз муаммо ёки кўнгил
кечинмалари билан бўлишиб, кенг омма
билан хал қилишга имкониятингиз бор.
sayyod@gmail.com почтасига воқеа ёки
муаммоингизни ёзиб юборишингиз ёки
+99894 695-21-21 рақамига қўнғироқ
қилишингиз мумкин ёки шу номерга sms
хамда телеграм.
Бунда сизни телефон рақамингиз
кўринмаcлиги ва сизни воқеангиз аноним
тарзда чоп этилишига кафолат!
Диққат! Сайтга чоп этилиб бўлинган мактуб
кейин талабга биноан олиб ташланилмайди!
Воқеангиз сайт орқали кенг оммага чиқиши
ва халқдан турли маслахатлар бўлишини
билиб туриб жўнатдингизми, ўзингиз
кутмаган ва ёқтирмаган маслахатни олиб
кейин олиб ташланг дейиш мантиқсиз!
Manba: sayyod.com
Просмотров: 2030 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama