22:32
Homiladorlikda molochnitsa (kandidoz)

Homiladorlik davrida kandidoz
kasalligi homilador bo'lmagan
ayollardan ko'ra 2-3 barobar ko'proq
uchraydi. Bunga sabab homiladorlik
davrida qindagi kimyoviy muhit
bakteriya uchun qulay bo'lib qolishi,
immunitetning pasayishi va ona
organizmidagi gormonal
o'zgarishlardir.
Kandidoz alomatlari:
- tashqi jinsiy organlarda qattiq
qichishish (ayniqsa uyqu payti va
suv tekkanda qichishish kuchayadi);
- qindan oq rangli, tvorogsimon
suyuqlik ajralishi;
- jinsiy aloqa davomida og'riq;
- siyish davomida og'riq.
Lekin bu simptomlar boshqa
infeksion kasalliklar (trihomoniaz,
gardnerellez, gonoreya, gerpes va
boshqalar) simptomlariga o'xshash
bo'lgani uchun, faqat simptomlarga
asoslanib davolanish noo'rin bo'ladi.
Davolanishdan oldin qin analizi
orqali infeksiya turi aynan kandida
ekanligi aniqlab olinishi shart.
Homiladorlik davomida kandidozni
davolash:
Odatda vrach kandidoz kasalligi
onaga homiladorlik davomida jiddiy
qiyinchilik keltirmayotgan bo'lsa,
davolamaydi. Lekin tug'ish dan oldin
qinni barcha infeksiyalardan holi
qilish shart. Chunki bola onaning
jinsiy organlaridan o'tayotganda, u
yerdagi mavjud infeksiyalarni o'ziga
yuqtirib olishi mumkin.
Davolash usulini
shifokorning o 'zi homilador
ayolning organizmiga va
kasallik darajasiga qarab
belgilaydi . Uy sharoitida ,
reklama qilinadigan dorilar
bilan o' z holicha
davolanish mumkin emas.
Agar kandidoz homiladolikning
boshida namoyon bo'lsa (dori ichish
mumkin bo'lmagan davr) u holda
kasallik simptomlarini
yengillashtirish uchun oddiy brilliant
yashili (zelyonka)dan foydalanish
mumkin. Buning uchun toza dokadan
tampon qilib, brilliant yashiliga
botirib, qin devorlarini va tashqi
jinsiy organlarni artib chiqish lozim.
Undan tashqari, iloji boricha shirin,
achchiq va xamirli yeguliklarni
kamaytirib, ko'proq qatiq va qatiqdan
tayyorlangan yeguliklardan iste'mol
qilganingiz ma'qul bo'ladi.
Homilador ayollar uchun immunitetni
oshiruvchi maxsus polivitaminlarni
ham shifokor bilan maslahatlashgan
holda qabul qilishingiz foydadan holi
bo'lmaydi.
Manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 6466 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 86
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama