23:45
Homiladorlikda jig'ildoq qaynashi

Ko'plab homilador ayollar ovqatdan
so'ng yoki uyqudan oldin jig'ildoq
qaynashi kabi noxush holat bilan
tanishdirlar. Bunga sabab
homiladorlik gormonlaridir.
Ayniqsa, progesteron gormoni
oshishi natijasida homilador
ayolning xazm qilish tizimi
kuchsizlanadi, oshqozon mushaklari
bo'shashadi. Shunda ovqatning xasm
bo'lish davri cho'ziladi. Natijada
ovqat xazm bo'lguniga qadar
jig'ildoq qaynashi kabi hissiyot
kuzatiladi. Homiladorlik davomida
bachadon kattalashgan sari
oshqozonni bosadi va jig'ildoq
qaynashi hissi yanada ortishi
mumkin.
Homiladorlikda paydo bo'lgan
jigildoq qaynashi tuqqandan so'ng
o'z-o'zidan o'tib ketadi. Buning hech
qanday salbiy tomoni mavjud emas.
Jigildoq qaynashi hissini kamaytirish
maqsadida dori-vositalarini
qo'llashga shoshilmang, buni o'rniga
quyidagi maslahatlardan foydalanib
ko'ring:
Tez-tez va oz-ozdan ovqatlaning.
Shu yo'l bilan siz oshqozonga
tushadigan og'irlikni kamaytirasiz.
Ovqat "pastroqqa" tushishini
ta'minlang. Ovqat yegandan so'ng
kamida 30 daqiqa davomida
yotmay, o'tirgan holatda bo'ling.
Shunda ovqat tezroq oshqozonga
tushadi va jig'ildoq qaynashi hissi
kuzatilmaydi.
O'ng biqiningizda yoting. Bu yo'l
bilan oshqozondagi ovqatni
tezroq xazm bo'lishiga yordam
berasiz. Uchinchi trimestrda
jig'ildoq qaynashi hissini
kamaytirish uchun ko'p ayollarga
emaklash yordam beradi. Bu
holatda bachadon oshqozonga
bosim keltirmaydi va
oshqozondagi yegulik tezroq
ichaklarga tushadi.
Xom qizil sabzi va
bodom ko 'pchilikka
jig 'ildoq qaynashi
hissini
kamaytirishga
yordam berar ekan .
Aynan qaysi mahsulotlar sizda
jig'ildoq qaynatishini bilib oling.
Ularni yemaslikka harakat qiling
(Masalan, achchiq va qattiq
qovurilgan ovqat jig'ildoq
qaynashini kuchaytiradi).
Yog'liq mahsulotlardan voz
keching. Birinchidan, bu ortiqcha
vazn kelib chiqishiga sababchi
bo'ladi, ikkinchidan yog'liq
yeguliklar juda sekin xazm bo'ladi.
Ovqatlanishdan oldin, sut,
yog'sizlangan qaymoq yoki yengil
muzqaymoqdan 2-3 qoshiq yeb
olishingiz mumkin. Ular oshqozon
devorlarini qoplab, jig'ildoq
qaynashi hissini yumshatib
beradi.
Ovqatlanish jarayonida ko'p
suyuqlik ichmaslikka harakat
qiling.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 4648 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Qaysi bo'limlarni sevib mutolaa qilasiz ?
Всего ответов: 7
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama