00:39
Qo'lda chaqaloq bilan homilador bo'lish

Emizayotgan ayol homilador bo'lib
qolishi ko'p uchraydigan holat.
Ayniqsa, kontrasepsiya vositasi
sifatida emizishni qo'llaydigan
onalarda shunday vaziyat keng
tarqalgan.
Shifokorlarning ta'kidlashicha, ikki
farzand orasidagi muddat kamida 2
yilni tashkil qilishi kerak. Bu muddat
onaning salomatligi tiklanib
olinishiga, bola sog'lom muhitda
katta bo'lishiga kerakdir. Shuning
uchun ham chaqalog'i bor onalar
bolani emizib, hayz ko'rmayotgan
bo'lsalar ham, qo'shimcha
kontrasepsiya vositalaridan
foydalanishi zarur. Emizish
homiladorlikdan himoya qilmaydi.
Emizib turib, tuqqandan so'ng hayz
ko'rmagan ayolda ham homiladorlik
yuz berishi ehtimoli katta.
Bolani emizayotgan davrda eng
qulay va zararsiz kontrasepsiya
vositasi bu prezervativ va bachadon
ichi spiralidir.
Qo'lda chaqaloq bilan homilador
bo'lib qolsa, nima qilish kerak?
Birinchi navbatda, xursand bo'lish
kerak! Olloh sizni yana bir bora
shunday oliy ne'mat bilan
taqdirlayotganiga shukur qiling.
Ikkinchidan, yuz bergan homiladorlik
tufayli asabiylashuv asoratini
qo'ldagi chaqaloqqa chiqarmaslik
zarur. Asabiy bo'lib qolgan
bo'lsangiz, tinchlaning. Ko'proq dam
oling. Ko'pincha ayolning
homiladorlikdagi asabiylashuvi uning
charchashidan kelib chiqadi.
Uchinchidan, Yordam so'rang.
Uyalmang. Opa-singil, qaynona-ona,
qo'shni, dugona, er, kim bo'lsa ham
yordam so'rash kerak. Qo'lda
emizikli chaqaloq bo'lishining o'zi
onadan katta kuchni talab etadi.
Bunga qo'shimcha ravishda ona
homilador ham bo'lsa, u holda unga
2-3 barobar qiyin. "Nega
saqlanmading?," deb bema'ni
savollar bilan sizni qiynayotgan
yaqinlaringizdan yordam so'rang.
Yalining, iltimos qiling, talab qiling,
lekin bir o'zingizga qolib ketmasin
hamma ish. Siz hozir ikki karra
buyuk ish qilmoqdasiz!
To'rtinchidan, yuz bergan
homiladorlikka xursandchilik bilan
qarang, uni mushkuldek qabul
qilmang. Axir egizaklarni ham katta
qiladilarku.
Beshinchidan, ovqatlanishingizga
alohida ahamiyat bering. Siz hozir
nafaqat o'zingiz uchun, balki ikki
farzandingiz uchun ham
ovqatlanishingiz lozim.
Oltinchidan, erkaroq bo'ling.
Homiladorligingizdan uyalmay, ayb
ish qilib qo'ygandek o'zingizni his
etmay, bundan faxrlaning. Hammaga
ham bunday baxt nasib etmaydi.
Erka bo'lishingiz uchun hozir ayni
vaqt.
Ona qanchalik
vaziyatga sabr va
tabassum ila
yondasha olsa ,
unga shunchalik
oson bo 'ladi. Agar
boshidanoq , "Voy
endi qiynalaman ,
hech narsa
eplolmayman ," deb
vaziyatga
yondashilsa, u
holda bolalarni
katta qilish jarayoni
qiyinchilik va
psixologik bosim
bilan kechadi .
Yettinchidan, o'zingiz uchun muhim
va muhim bo'lmagan narsalarni
ajratib oling. Hozir siz uchun eng
muhimi:
sizning salomatligingiz
sizning tinchligingiz
sizning asabiy bo'lmasligingiz
sizning dam olishingiz
sizning yaxshi kayfiyatingiz.
Siz uchun hozir umuman muhim
emas:
Qaynona-qaynotangizning siz
haqingizdagi fikrlari;
Uy ishlari
Ovqat-u pishiriqlar
Siz haqingizdagi birovlarning fikri
va hokazolar.
Faqat muhim narsalarga ahamiyat
bering. Bunda eringizni yordami
sizga kerak bo'ladi. Ayollik
makringizni yo'lga qo'ying.
Qisqa muddatni
ichida ikki
farzandlik bo'lib
qolganingiz - bu
eringizning ham
ma 'suliyatidir.
Eringizni ko' proq
bolani parvarish
qilish ishlariga jalb
qiling. Mehri
tushsin. Bolaga
ko 'proq vaqt
ajratishiga mehr
bilan uni undang.
Bolaga qarash
otaga yoqib qolsa ,
sizga undan zo'r
yordamchi
topilmaydi.
Sakkizinchidan, yangi chaqaloq
tug'ilganida, birinchi farzandingizni
katta bo'lib qoldi, deb o'ylamang. U
ham sizning mehr, e'tibor va
muhabattingizga zor go'dakdir.
To'qqizinchidan, yoshi orasidagi farqi
kichik bo'lgan bolalarni katta qilish
faqat boshida qiyinchilik tug'dirishini
unutmang. Katta bo'lishgan sari
sizga yengilroq bo'ladi ular esa
ahilroq bo'ladilar.
O'ninchidan, kichik farzandingiz
tufayli katta farzandingizni
urishmang ham, koyimang ham. U
sizning mehringizga to'yishga
ulgurmagan. Siz uni katta qilmay
turib, homilador bo'lib qolgansiz. U
hali ham sizga bog'langan. Uni ham,
yangi tug'ilgan chaqalog'ingizni ham
mehringizga to'ydiring. Boshqa
hamma ishni surib qo'yish kerak
bo'lsa ham, farzandlaringiz talablari
hozir siz uchun eng muhimdir.
O'zbek oilasidagi ayol uchun
yuqoridagi vazifalarni bajarish juda
qiyin bo'lsa kerak. O'zbek kelinini
ertalab xovli supurish, non yopish
yoki xo'jayinni ishga jo'natish kabi
vazifalari bisyordir. Lekin
farzandlarning baxti, osoyishtaligi,
psixologik salomatligi singari muhim
vazifa bo'lmasa kerak. Ayol shunday
vaziyatga tushib qoldimi, erini ham
uydagilarni ham unga har
tomonlama yordam berishlariga
undashi zarur. Shirinso'zalik,
ayyorlik, kerak bo'lsa, teatr
tomoshasidan foydalanish hech
kimga zarar keltirmagan, natijada
esa sog'lom ona va sog'lom ikki
farzand baxtli bo'ladi.
Manba: Uzbaby.Uz
Просмотров: 4956 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama