00:55
Ovulyasiyani uy sharoitida hisoblash (bazal harorat)

Homilador bo'lishni niyat qilib, lekin
ma'lum sabablarga ko'ra bo'la
olmayotgan ayol o'z ovulyatsiya
davri haqida bilishi lozim. Chunki
aynan ovulyasiya payti yuz bergan
jinsiy aloqa homiladorlikka olib
keladi. Ovulyasiyani bilish uchun
ultra tovushli diagnostika eng aniq
yo'ldir. Lekin uy sharoitida ham
taxminan ovulyasiya kunini aniqlash
imkoniyati mavjud.
Uy sharoitida ovulyasiya bazal
haroratni aniqlash orqali amalga
oshiriladi.
Buning uchun:
1. Oddiy istma o'lchaydigan
termometrni tayyorlaymiz. Harorat
ayolning orqasi (anus)ida
aniqlangani tufayli termometr toza
bo'lishi kerak. Buning uchun uni spirt
bilan artib chiqib har kuni kechqurun
karavot yoniga idishga solib tayyor
qilib qo'yamiz.

Termometr bilan nihoyatda
ehtiyot bo'lish kerak. Uning
sinib ichidagi moddaning
to' kilishi hayot uchun o 'ta
xavflidir . Termometr
sinmasligi kerak. Mabodo
sinib qolsa , uyni maxsus
tez yordam brigadasi bilan
tozalash talab etiladi .

2. Daftarga quyida ko'rsatilgandek
jadval chizamiz:
Hayz kunlari - bu sizning hayz
davom etish davri (odatda 28-38
kunni tashkil etadi);
Ovulyasiyani aniqlash uchun kamida
6 hayz siklini nazorat qilish talab
etiladi. Ya'ni siz shunday jadvaldan
6 ta tayyor qilib to'ldirib chiqishingiz
kerak bo'ladi.

Har kuni haroratni ushbu jadvalga
yo'zib, grafikda nuqta bilan belgilab
borasiz.
Oltita hayz sikli bo'lib o'tgandan
keyin siz ovulyasiya kunlaringizni
qachon bo'lishini taxmin qilishingiz
mumkin bo'ladi.
3. Jadvaldan ovulyasiya kunlarini
bilish.
Normada hayz boshlangandan so'ng
o'rtacha 2 hafta davomi (hayz
siklining 1 fazasi)da bazal harorat
37.0 darajadan oshmaydi. Hayz
siklining 2-fazasi boshlanishidan
oldin harorat biroz pasayib birdan
0.4-0.5 pog'onaga ko'tariladi. Aynan
shu ko'tarilish ovulyasiya bo'lib
o'tganidan dalolat beradi. Agar siz 6
sikl davomida har kuni bazal
haroratni o'lchab yozib borsangiz,
keyingi oyda qachon ovulyasiya
kutilishi mumkinligini taxmin qila
olasiz. Keyingi hayz boshlangunicha
harorat ko'tarilgan bo'lib turadi,
uning pasayishi bilan hayz
boshlanadi. Harorat muntazam
pasaymasligi homiladorlik yuz
berganligidan dalolat berishi
mumkin.
Misol uchun, har
siklda harorat 14 - kuni biroz pasayib,
15 -kundan boshlab
ko 'tarilayotgani namoyon bo' lsa,
demak sizda hayz siklining 14 -kunida
ovulyatsiya bo 'ladi.
Aynan shu kunda
qilingan jinsiy aloqaning
homiladorlik ka olib kelish ehtimoli eng
katta bo'ladi .


Normal ovulyasiyalik hayz sikli:

Yuqoridagi rasmda hayz siklining
14-kunida ovulyasiya sodir bo'lgani
yaqqol namoyon bo'lmoqda. Hayz
siklining 12-13 kuni harorat pasayib,
15-kunda keskin ko'tarilgan. Demak,
14-kuni ovulyasiya bo'lib o'tdi.
Ovulyasiya bo'lmagan sikl:

Bu grafikda harorat butun hayz sikli
davomida past bo'lib, hayz siklining
2 fazasida ham ko'tarilmadi. Demak,
ovulyasiya ma'lum sabablarga ko'ra
sodir bo'lmagan.
Shuni unutmaslik kerakki, uyqusizlik,
qattiq asabiylashish, stess va boshqa
ruhiy holatlar bazal haroratni
o'zgartirib yuborishi mumkin.
Natijada harorat natijasi xato
chiqadi. Shuning uchun ovulyasiyani
aniq bilishni istayotgan ayol
asabiylashmaslikka, stress holatiga
tushmaslikka va haroratni to'g'ri
o'lchashga ahamiyat bermog'i lozim.
4. Bazal haroratni o'lchash tartibi.
Bazal harorat orqali ayol tuxumdoni
faoliyatini kuzatsa bo'ladi. Uni
aniqlash ba'zi xususiyatlarga ega:
Harorat tongda o'rindan
turmasdan o'lchanadi. Bundan
oldin kamida 3 soat uxlagan
bo'lish zarur. Shuning uchun
termometrni kechqurun uyqudan
oldin karavot yoniga tayyorlab
qo'yish kerak. Tongda karavotda
yotgan holda, qo'pol harakatlar
qilmay, termometrni anusga 5
daqiqaga joylaysiz;
Harorat o'lchash davomida va
undan 3 soat oldin ovqat yeyish,
suv ichish mumkin emas;
Ovulyasiyani o'lchab yurish
davrida stress, alkogol ichimliklar,
og'ir sport mashg'ulotlari,
muzlash va shamollashdan holi
bo'lmoq zarur. Chunki bu holatlar
harorat ko'rsatkichini xato qilib
ko'rsatadi.
Harorat darajasini aniq bilib shu
zahoti yozib qo'yishni unutmang.
Chunki 0.1 pog'onaga bo'lgan
o'zgarish ham ovulyasiya kunini
aniqlashda muhim rol o'ynaydi.
Qo'shimcha:
Agar hayz sikllining 1 - fazasida
ham bazal harorat 37.0 dan
yuqorida bo'lsa, sizda jinsiy
kasalliklar mavjud bo'lishi
mumkin;
Agar hayzning 2 - fazasi
boshlanib tana harorati oshishi
faqatgina 5-6 kunga cho'zilib,
keyingi hayz boshlangunicha
pasaysa, organizmda gormonal
buzilish mavjud bo'lishi mumkin;
Hayz kelayotgan kunlarda ham
bazal harorat 37.0 dan yuqori
bo'lishi, endometrit yoki
endometrioz mavjudligidan dalolat
berishi mumkin;
Hayz siklining barcha kunlarida
harorat 37.0dan yuqori bo'lishi
kuchli yallig'lanish mavjudligidan
dalolat berishi mumkin.
Manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 9553 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 3.0/2
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 86
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama