23:52
Chaqaloqning ko'zi g'ilay bo'lib qolishi

Ko'pincha yangi tug'ilgan
chaqaloqning ko'z ikki chetga yoki
o'rtaga qarab siljib qoladi. Shunda
ko'zlari g'ilay bo'lib qolganidan ota-
ona cho'chib ketadi. Ko'zi har xil
tomonga ketib qolishi bir necha
soniya davom etadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda ko'z
mushaklari yaxshi rivojlanmagan
bo'lgani tufayli bu normal holatdir.
Ko'z mushaklari bolaning barcha
boshqa mushaklari singari o'z
maromiga yetishi lozim. Albatta ko'z
mushaklari tez rivojlanadi.
1. Agar homiladorlik yoki tug'ish
jarayonida ona yoki bola ma'lum
shikast yesa, u holda bola miyasida
ko'z mushaklariga javob beruvchi
ayrim qon sosudlari yorilib, bola
tug'ilishi bilan ko'zi g'ilay bo'lishi
mumkin. Agar vaqt o'tgan sayin bu
g'ilaylik ijobiy tomonga o'zgarmasa,
u holda okulistga uchrang. Lekin
ko'pincha bunday tug'ma g'ilaylik
o'z-o'zidan o'tib ketadi.
2. Chaqaloqning ko'zini g'ilay yoki
bir tomonga siljib ketgandek
ko'rinishiga yana bir sabab - bu yuz
mushaklarining ham bir oz
kattalarnikidan farqli (yetarlicha
rivojlanmagan) ekanligidan kelib
chiqishi. Bu holat ham hech qanday
muolajani talab qilmaydi va bola
yuzi kattalashgan sari g'ilaylik o'z -
o'zidan yo'q bo'lib ketadi.
3. Ikki oyga to'lgan go'dak qo'lidagi
o'yinchoqni ko'zlariga yaqin keltirsa,
ko'zi burun tomon o'rtaga siljib
ketadi. Bu holat ham o'tkinchi va
bezovta bo'lishni talab etmaydi.
Odatda 3-4 oygacha o'tib ketadi.
Manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 2064 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Baho Bering!
Всего ответов: 127
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama